×
×
  • NEOMIB poroshok 3,5mg N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEOMIB poroshok 3,5mg N1

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Getwell Pharmaceuticals
ATX kodi:
- L01XX32
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BIKATERO 50 tabletkalari 50mg N30 Hetero Labs Limited Hindiston
FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEOMIB poroshok 3,5mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEOMIB

NEOMIB

 

Preparatning savdo nomi: Neomib

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bortezomib

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatlangan kukun, 3,5 mg

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 3,5 mg bortezomib;

yordamchi moddalar: mannitol, suvsiz spirt, in‘esiya uchun suv.

Ta‘rifi: oq rangli liofilizatlangan massa.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita.

ATX kodi: L01XX32

Farmakologik xususiyatlari

Farmakologik ta‘siri – o‘smalarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Proteasoma 26S ning ximotripsinsimon faolligini ingibisiya qiladi. Proteasoma 26S – asosiy oqsillarni parchalanishini katalizasiya qiluvchi va ularning xujayra ichidagi konsentrasiyasini boshqaruvchi yirik oqsil kompleksidir. “Ubikvitin-proteasoma yo‘li” deb nomlanuvchi yo‘l spesifik oqsillarning darajasini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi, shu orqali sut emizuvchilarda xujayra ichida gomeostazni tutib turadi. Bortezomib protesoma 26S ning ximotripsinsimon faollgini ingibisiya qilib, xujayra ichida murakkab signal kaskadi, normal xujayra gomeostazini buzilishi va ehtimol apoptozga olib keluvchi proteolizni tormozlanishini chaqiradi. Eksperimentlarda bortezomib in vitro sharoitda o‘smalarning ko‘pgina tiplariga nisbatan sitotoksikligi namoyish etilgan. U shuningdek in vivo sharoitda o‘smalarning noklinik modellarida, shu jumladan ko‘plab mielomada o‘smani o‘sishini sekinlashishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Bortezomibni ko‘plab mielomasi bo‘lgan pasientlarga 1 mg/m2 va 1,3 mg/m2 dozada vena ichiga oqim bilan yuborilganda plazmadagi bortezomibning Smax muvofiq ravishda
57 ng/ml va 112 ng/ml ni tashkil qiladi. Preparatni keyingi yuborishlarida qon plazmasidagi Smax 1 mg/m2 doza uchun 67-106 ng/ml va 1,3 mg/m2 doza uchun 89-120 ng/ml chegaralarida. Ko‘plab mielomasi bo‘lgan bemorlarga 1,3 mg/m2 dozada teri ostiga yoki vena ichiga yuborilganda xuddi shu dozada takroran yuborilgandan keyin umumiy tizimli ta‘siri (AUClast) ikkala yuborish yo‘llari uchun ekvivalent bo‘lgan. Smax vena ichiga yuborilgandagiga (223 ng/ml) nisbatan teri ostiga yuborilganda (20,4 ng/ml) pastroq bo‘lgan.

Qo‘llanilishi

  • ko‘plab mieloma;
  • avval kamida davolashning 1 qatorini qabul qilgan bemorlarda mantiy-xujayralari limfomada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Neomib faqat vena ichiga yuborish uchun ko‘rsatilgan.

Vena ichiga yuborilganda eritmaning konsentrasiyasi 1 mg/ml ni tashkil etishi kerak. Eritmaning konsentrasiyasini sinchkovlik bilan hisoblash kerak.

Monoterapiya

Preparat 3-5 sekund davomida vena ichiga oqim bilan yoki teri ostiga yuboriladi.

Bortezomibning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi tana yuzasiga 1,3 mg/m2 haftada 2 marta 2 hafta davomida (1, 4, 8 va 11 kunlari) tashkil etadi, keyinchalik 10-kunlik tanaffus (12-21 kunlari) qilinadi. Neomib preparatining ketma-ket dozalarini yuborishlar orasida kamida 72 soat o‘tishi kerak.

Klinik javob darajasini 3 va 5 davolash sikllari o‘tkazilgandan keyin baholash tavsiya etiladi.

To‘liq klinik javobga erishilgan holatda qo‘shimcha 2 davolash sikllarini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Davolash davomiyligi 8 sikldan oshganida Neomibni standart sxema yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi sxemada – 4 hafta davomida har afta (1, 8, 15, 22 kunlari), keyinchalik 12-kunlik tanaffus davri (23-35 kunlari) bilan qabul qilish mumkin.

Neomib preparati bilan davolash klinik javob namoyish qilmagan pasientlarda (2 yoki 4 sikllardan keyin muvofiq ravishda kasallikni avj olishi yoki barqarorlashishi), deksametazonni yuqori dozalarda Neomib preparati bilan majmuada buyurilishi mumkin. Bunday hollarda 40 mg dozada deksametazon Neomibning har bir dozasi bilan ichga buyuriladi: 20 mg Neomib preparati yuboriladigan kuni va Neomib yuborilgandan keyingi kuni 20 mg. Shunday qilib, deksametazonni 1, 2, 4, 5, 8, 9, 11 va 12 kunlari, yig‘indi – 3 haftada 160 mg dozada qabul qilish kerak.

Doza va yuborish tartibiga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar

3-chi og‘irlik darajasidagi har qanday nogematologik toksiklik yoki neytropeniyadan tashqari 4-chi og‘irlik darajasidagi gematologik toksiklik rivojlanganda Neomib preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak. Toksiklik simptomlari bartaraf etilgandan keyin davolashni 25% ga pasaytirilgan dozada (1,3 mg/m2 dozani 1,0 mg/m2 gacha; 1,0 mg/m2 dozani 0,7 mg/m2 gacha) takroran davom ettirish mumkin.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak funksiyasini buzilish darajasi Neomib preparatining farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Dializ Neomib preparatining qondagi konsentrasiyasini pasaytirishi mumkinligi tufayli, preparatni dializdan keyin yuborish kerak.

Majmuaviy davolash

Tavsiya etilgan doza: vena ichiga oqim bilan, 3-5 minut davomida ichga qabul qilinadigan melfalan va prednizolon bilan mamjuada yuboriladi.

Qo‘llash usuli

Neomib o‘smalarga qarshi preparat bo‘lib hisoblanadi. Preparatni tayyorlaganda va muomala qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Aseptikaning tegishli choralariga rioya qilish kerak. Teri bilan kontaktdan saqlanish uchun qo‘lqop va boshqa himoya kiyimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

10 ml li flakon ichidagisi 3,5 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritiladi. Tayyorlangan eritma periferik yoki markaziy venoz kateter orqali 3-5 sekundli vena ichiga oqim bilan yuboriladigan in‘eksiya yo‘li bilan yuboriladi.

Preparatni 0,9% li natriy xloridi eritmasidan tashqari boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Bortezomibning eritmasi tiniq va rangsiz bo‘lishi kerak. Mexanik kiritmalar yoki rangini o‘zgarishi aniqlanganda tayyorlangan eritmani ishlatish mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Maksimal 8 sikllargacha davomiylikda 10 kunlik tanaffus bilan (davolash sikli davomiyligi – 21 kun) 2 hafta davomida xaftada ikki marta 1,3 mg/m2 dozada bortezomib qabul qilgan ko‘plab mielomasi bo‘lgan 228 nafar pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan ikkita tadqiqotlarning natijalari taqdim etilgan.

Eng ko‘p uchragan nojo‘ya samaralar astenik holatlar (shu jumladan yuqori toliqish, umumiy holsizlik, lohaslik) (65%), ko‘ngil aynishi (64%), diareya (51%), ishtahani pasayishi (shu jumladan anoreksiya) (43%), qabziyat (43%), trombositopeniya (43%), periferik neyropatiya (shu jumladan periferik sensor va periferik neyropatiyani zo‘rayishi) (37%), isitma (36%), qusish (36%), anemiya (32%) bo‘lgan. Pasientlarning kamida 14% da 4-chi og‘irlik darajasidagi toksiklikning kamida bir epizodi kuzatilgan, ularning ichida eng ko‘proq trombositopeniya (3%) va neytropeniya (3%) bo‘lgan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • bortezomib, bor va mannitolga yuqori sezuvchanlik;
  • o‘pkaning o‘tkir diffuz va infiltrativ kasalliklari;
  • perikardni shikastlanishi;
  • homiladorlik;
  • laktasiya (emizish) davri;
  • bolalarda qo‘llash mumkin emas (qo‘llash tajribasini yo‘qligi).

Ehtiyotkorlik bilan:

  • jigar funksiyasini o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi;
  • buyrak funksiyasini og‘ir darajada buzilishlari;
  • tirishishlar yoki anamnezida tutqanoq;
  • hushdan ketish;
  • anamnezida diabetik nevropatiya;
  • gipotenziv preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • diareya yoki qusish fonida suvsizlanish;
  • qabziyat;
  • surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi;
  • CYP3A4 izomermentining ingibitorlari yoki substratlari, CYP2S9 izofermentining substrati, peroral gipoglikemik preparatlarni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya va giperglikemiya holatlari qayd etilgan.

Bortezomibni dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar yo‘qligiga qaramasdan, CYP3A4 (ketokonazol, ritonavir) va CYP2S19 faol ingibitorlari (fluoksetin) yoki CYP3A4 induktorlari (rifampisin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. CYP3A4 va CYP2S19 izofermentlarining substratlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bortezomib faqat o‘smalarga qarshi ximioterapiya o‘tkazish tajribasiga ega shifokor tomonidan buyurilishi mumkin.

Periferik neyropatiya. Asosan sensor (garchi boshqa holatlar, shu jumladan aralash sensor-motor neyropatiya) neyropatiya yuzaga kelganda (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang) tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Simptomlari (sezuvchanlikni yo‘qolishi, qo‘l yoki oyoqlarda og‘riq yoki achishish) va/yoki periferik neyropatiya belgilari bo‘gan pasientlarda kasallik zo‘rayishi mumkin. Achishish, giperesteziya, gipesteziya, paresteziya, diskomfort yoki neyropatik og‘riq kabi simptomlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun pasientlarni kuzatish kerak. Neyropatiyaning yangi simptomlari paydo bo‘lganda yoki mavjud simptomlari kuchayganda dozani pasaytirish va dozalash tartibini o‘zgartirish talab etilishi mumkin.

Gipotenziya. Bortezomib bilan davolash davolash davrida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ortostatik gipotenziya bilan kechishi (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang) tufayli, anamnezida hushdan ketish epizodlari bo‘lgan, gipotenziv dori vositalarini qabul qilayotgan bemorlarni, shuningdek diareya yoki qusish fonida suvsizlanishi bo‘lgan bemorlarni davolaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Bortezomibni qo‘llaganda suyuqlikni tutilishi olib kelishi mumkin bo‘lgan dimlangan yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki kuchayishi ta‘riflangan.

Har bir davolash siklini boshlashdan oldin va davolash vaqtida leykositar formula va trombositlar sonini hisoblash bilan qon tahlilini o‘tkazish kerak.

Trombositopeniya odatda siklning 11-chi kuni maksimal yaqqol namoyon bo‘ladi, trombositlar darajasi keyingi siklgacha dastlabki ko‘rsatkichgacha tiklanadi (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Trombositlar soni 25 ming/mkl gacha pasayganda davolashni to‘xtatish, trombositlar soni tiklanganda – davolashdan kuzatilishi mumkin bo‘lgan foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan solishtirib, kamaytirilgan dozada davom ettirish kerak. Bortezomib chaqirgan trombositopeniya bilan assosiasiyalangan gastrointestinal va intraserebral gemorragiyalar haqida xabar berilgan. Gematologik toksiklikni davolash uchun koloniestimulyasiyalovchi faktorlarni qo‘llash, trombositar va eritrositar massani quyish mumkin.

Ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun qusishga qarshi preparatlar, diareya yuzaga kelganda – diareyaga qarshi dori vositalari qo‘llash, suvsizlanishni oldini olish yoki davolash uchun – regidratasion davolash va suv-elektrolit muvozanatini tutib turish kerak. Ichak tutilishi rivojlanishi mumkinligi tufayli, qabziyati bo‘lgan bemorlarni dinamik kuzatish kerak.

O‘sma lizisi bilan bog‘liq giperurikemiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolash vaqtida qon zardobida siydik kislotasi va kreatinin konsentrasiyasini aniqlash tavsiya etiladi. Giperurikemiyani oldini olish uchun – ko‘p miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish, zarurati bo‘lganida – allopurinol qabul qilish va siydikni ishqoriylashtirish kerak. Amiloidozi bo‘lgan bemorlarni davolaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki oqsil miqdori oshishi bilan kechuvchi kasalliklarda proteasomalar faolligini susayishi ta‘siri noma‘lum.

Preparat bilan ishlaganda sitostatik preparatlar bilan muomala qilishning umumiy qoidalariga rioya qilish kerak.

Ayrim nojo‘ya samaralar (yuqori toliqish, bosh aylanishi, ortostatik gipotenziya, ko‘rishni buzilishi) avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida qo‘llash mumkin emas. FDA bo‘yicha homilaga ta‘sir ko‘rsatish toifasi – D.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dozani kamida 2 marta oshirib yuborilishi arterial bosimni o‘tkir pasayishi va o‘lim bilan yakunlanuvchi trombositopeniya bilan kechgan.

Davolash: dozani oshirib yuborilganda bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan nazorat qilish va arterial bosimni (infuzion davolash, qon tomirlarni toraytiruvchi va/yoki inotrop preparatlar) va tana haroratini tutib turish uchun tegishli davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Bortezomibga spesifik antidot noma‘lum.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiya qilingan 3,5 mg kukun tiniq shisha flakonda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yorug‘lik ta‘siridan himoyalash uchun original o‘ramida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEOMIB poroshok 3,5mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEOMIB poroshok 3,5mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEOMIB poroshok 3,5mg N1 dori vositasi Getwell Pharmaceuticals tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEOMIB poroshok 3,5mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEOMIB poroshok 3,5mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIKLOFOSFAN GETWELL poroshok 200mg N1
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
SIKLOFOSFAN GETWELL poroshok 500mg N1
FOSFA S MESNA poroshok 1g
ZOLDRON poroshok 4mg
LEUKOVEL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
LEUKOVEL inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
KARBOTIN konsentrat 45ml 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
KARBOTIN konsentrat 15ml 150mg/15ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
GEMSIT liofilizat 200mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
GEMSIT liofilizat 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
BLEOVEL liofilizat 15YeD
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
L GINAZA liofilizat 10000YeD
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Getwell Pharmaceuticals
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9