×
×
  • OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
- Medac GmbH
ATX kodi:
- L01XA03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
ANASTROZOL tabletkalari 1mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
98 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OKSALIPLATIN EBEVE®

OKSALIPLATIN EBEVE

 

Preparatning savdo nomi: Oksaliplatin Ebeve®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksaliplatin (oxaliplatin)

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:

Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 ml yoki 20 ml erituvchini tayyorlash uchun muvofiq ravishda 50 mg yoki 100 mg oksaliplatin.

Infuziya uchun tayyorlangan 1 ml eritma 5 mg oksaliplatin saqlaydi.

Yordamchi modda: laktoza monogidrati.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq, rN ko‘rsatkichi 4,0-6,0 bo‘lgan eritma

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi boshqa vositalar, platina birikmalari.

ATX kodi: L01XA03.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Oksaliplatin o‘sma modellarining turli tizimlarida, shu jumladan odam kolorektal raki modelida sitotoksik xususiyatlarning keng spektrini in vitro sharoitda, shuningdek o‘smalarga qarshi faollikni in vivo sharoitda namoyon qiladi.

Sisplatinga rezistent bo‘lgan turli modellarga nisbatan faollikni namoyon qiladi.

Oksaliplatinning sitotoksik va o‘smalarga qarshi ta‘sir mexanizmi hujayralarning DNK sintezini izdan chiqarishga asoslangan. Sinergetik sitotoksik ta‘sir 5-ftorurasil bilan majmuasida qo‘llanganda kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

2 soatlik infuziya yakunida yuborilgan platinaning 15% katta qon aylanish doirasida bo‘ladi, ayni vaqtda qolgan 85% to‘qimalarda tezda taqsimlanadi yoki siydik bilan chiqariladi. Qon va plazma eritrositlari bilan qaytmas holda bog‘lanishi shunga olib keladiki, bunda ushbu matrisalar bilan bog‘liq bo‘lgan yarim chiqarilishi davri qon eritrositlari va zardob albuminining yarim yashash davriga yaqin bo‘ladi.

Ikki haftada bir marta 85 mg/m2 dozada yoki uch haftada bir marta 130 mg/m2 dozada yuborilganida plazma ultrafiltratida platinaning to‘planishi kuzatilmagan. Ushbu matrisada muvozanat holatiga 1-siklda erishilgan.

In vitro sharoitdagi biotransformasiyasi nofermentativ parchalanish natijasi bo‘lib hisoblanadi; diaminosiklogeksan (DACH) halqasi metabolizmida R450 sitoxromining ishtirokiga doir dalillar yo‘q.

Oksaliplatin organizmda sezilarli biotransformasiyaga uchraydi. 2 soatlik infuziya yakunida plazma ultrafiltratida o‘zgarmagan faol modda aniqlanmagan. Keyinchalik tizimli qon oqimida biotransformasiyaning sitotoksik mahsulotlari, shu jumladan monoxlor-, dixlor- va diakva-DACH platina katta miqdordagi nofaol kon‘yugatlar bilan bir qatorda identifikasiya qilingan.

Platina asosan siydik bilan ajratiladi. Klirensi, odatda yuborilganidan keyin 48 soatdan oshmaydi. 5-kunga kelib umumiy dozaning taxminan 54% siydikda va 3% dan kam miqdori axlatda aniqlangan.

Alohida klinik hollarda farmakokinetikasi. Buyrak yetishmovchiligida klirensni soatiga 17,6±2,18 l dan soatiga 9,95±1,91 l gacha sezilarli darajada pasayishi va taqsimlanish hajmining 330±40,9 l dan 241±36,1 l gacha sezilarli pasayishi kuzatiladi. Buyrak funksiyasini og‘ir buzilishining platina klirensiga ta‘siri o‘rganilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Oksaliplatin Ebeve 5-ftorurasil (5-FU) va folinat kislotasi (FA) bilan majmuada quyidagi hollarda:

  • birlamchi o‘sma to‘liq olib tashlanganidan so‘ng III bosqichdagi (Dyuk bo‘yicha – S bosqichdagi) yo‘g‘on ichak rakini ad‘yuvant davolashda;
  • metastatik kolorektal rakni davolashda buyuriladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat kattalarni davolash uchun mo‘ljallangan

Ad‘yuvant davolash uchun tavsiya etiladigan doza – 12 ta sikl (6 oy) davomida har 2 haftada tana yuzasining 1 m2 ga 85 mg dan vena ichiga yuboriladi.

Metastatik kolorektal rakni davolash uchun tavsiya etiladigan doza – har 2 haftada tana yuzasining 1 m2 ga 85 mg dan vena ichiga yuboriladi.

Dozaga preparatni o‘zlashtiraolishini inobatga olgan holda tuzatish kiritiladi («Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).

Oksaliplatinni yuborish doimo ftorpirimidinlar yuborilishidan oldin amalga oshirilishi kerak.

250–500 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultirilgan oksaliplatinni 2–6 soat davom etadigan vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi.

Oksaliplatin, odatda, 5-ftorurasilni uzluksiz infuziyasi bilan majmuada qo‘llanilgan.

Ikki haftalik sxema bo‘yicha 5-ftorurasil asosida oqim bilan yuborishni uzluksiz infuziya qilish bilan birga olib boriladigan tartiblar qo‘llanilgan.

Pasientlarning alohida guruhlari

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda oksaliplatinni qo‘llanilishi o‘rganilmagan.

O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda oksaliplatin bilan davolashni standart tavsiya etiladigan dozadan boshlanadi (shuningdek «Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang). Yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar funksiyasini va o‘t chiqarish yo‘llari buzilishlari tez-tezligi va og‘irligini kasallik rivojlanishiga va pasientning dastlabki holatini o‘rganish chog‘ida jigar sinamalaridagi o‘zgarishlarga bog‘liqligi qayd etilgan. Jigar sinamalari ko‘rsatkichlarini buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun dozaga preparatni ishlab chiqishning klinik bosqichida tuzatish kiritilmagan.

Keksa pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar: bolalarda qo‘llash uchun buyurilmaydi.

Qo‘llash usuli

Vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi.

Oksaliplatin yuborilganda gipergidratasiya talab qilinmaydi.

Liofilizasiya qilingan oksaliplatin qo‘llanilishidan oldin eritilishi va keyinchalik suyultirilishi kerak.

Liofilizatni eritish va eritmani keyinchalik suyultirish uchun natriy xloridi eritmasidan HECh QACHON FOYDALANMANG (qolgan ehtiyotkorlik choralari haqida quyida keltirilgan «Ishlatish va yuborilishda ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).

Liofilizatni eritish

Liofilizatni eritish uchun in‘eksiya uchun suvdan yoki 5% li glyukoza eritmasidan
(50 mg/ml) quyidagi miqdorda foydalaniladi:

  • 50 mg li oksaliplatin flakoni uchun 10 ml va
  • 100 mg li oksaliplatin flakoni uchun 20 ml.

Tayyorlangan eritmaning konsentrasiyasi – 5 mg/ml.

Infuziya uchun eritmani tayyorlash

Tayyorlangan eritmaning zarur miqdori darhol 250–500 ml 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultiriladi. Infuziya uchun hosil qilingan eritmada oksaliplatin konsentrasiyasi
0,2 mg/ml dan 0,7 mg/ml gachani tashkil etadi; bunda 0,7 mg/ml li konsentrasiya klinik amaliyotda qo‘llaniladigan maksimal konsentrasiya bo‘lib hisoblanadi va oksaliplatinning 85 mg/m2 li dozasini ta‘minlaydi. Ushbu konsentrasiyalar diapazonida oksaliplatinning fizik-kimyoviy barqarorligi namoyon bo‘lgan.

Suyultirishdan va keyingi foydalanishdan oldin eritmani ko‘zdan kechiriladi. Keyingi qo‘llanilishi uchun faqat ko‘rinadigan zarrachalari bo‘lmagan tiniq eritma yaroqlidir.

Ushbu dori vositasi bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan. Foydalanilmagan eritma yo‘q qilinadi.

Infuziya uchun oksaliplatin eritmasining mutanosibligi polivinilxlorid asosidagi reprezentativ to‘plamlardan foydalangan holda sinovdan o‘tkazilgan.

Infuziya

Kamida 0,2 mg/ml li konsentrasiyani hosil qilish uchun 250–500 ml 5% li glyukoza eritmasida (50 mg/ml) suyultirilgan oksaliplatinni markaziy venoz kateteri orqali yoki periferik venaga 2–6 soat davomida yuborish zarur.

Ekstravazasiya yuz bergan taqdirda preparatni yuborish darhol to‘xtatiladi.

5-ftorurasil bilan qo‘llanilishi

Oksaliplatinni ftorpirimidinlar, ya‘ni 5-ftorurasil yuborilishiga qadar yuborish lozim.

Oksaliplatin yuborilganidan keyin liniyani yuvish lozim, so‘ngra esa 5-ftorurasil yuborilishi kerak.

Folinat kislotasi (kalsiy folinati yoki dinatriy folinati) bilan qo‘llanilishi

250–500 ml 5% li glyukoza eritmasida oksaliplatinning 85 mg/m2 li dozasini vena ichiga infuziyasi 250–500 ml 5% li glyukoza eritmasida folinat kislotasini infuziyasi bilan bir vaqtda infuziya joyiga bevosita yaqin joylashtirilgan Y-liniyadan foydalangan holda 2–6 soat davomida bajariladi.

Ushbu ikki dori vositasini infuziya uchun bitta qopchada birlashtirish mumkin emas. Folinat kislotasi yordamchi modda sifatida trometamol saqlamasligi kerak. Uni izotonik 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirish lozim. Uni suyultirish uchun ishqoriy eritmalardan yoki natriy xloridini yoki boshqa xloridlarni saqlovchi eritmalardan aslo foydalanish mumkin emas.

Ishlatish va yuborishda ehtiyotkorlik choralari

  • In‘eksiya uchun alyuminiy saqlovchi materiallardan foydalanish MUMKIN EMAS.
  • Suyultirilmagan ko‘rinishda yuborish MUMKIN EMAS.
  • Ekstravaskulyar yuborish uchun foydalanish MUMKIN EMAS.
  • Faqat 5% li glyukoza eritmasi (50 mg/ml) bilan suyultirilishi kerak.
  • Natriy xloridi eritmasi yoki boshqa xloridlarni saqlovchi infuziyalar uchun eritmalar bilan suyultirish MUMKIN EMAS.
  • Bitta infuziya qopchasida har qanday boshqa dori vositasi bilan aralashtirish yoki aynan o‘sha bitta infuziya liniyasi orqali bir vaqtda yuborish MUMKIN EMAS.
  • Ishqoriy dori vositalari yoki eritmalari, xususan yordamchi moddalar sifatida trometamol saqlovchi 5-ftorurasil, folinat kislotasi preparatlari va trometamol tuzlari ko‘rinishida boshqa faol moddalar preparatlari bilan birga foydalanish MUMKIN EMAS. Ishqoriy dori vositalari va preparatlari oksaliplatinning barqarorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Sitotoksik moddalarni in‘eksiya qilish uchun eritmalarni tayyorlash foydalaniladigan dori vositasini qo‘llashga doir bilimlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar tomonidan, dori vositasining intaktligini, atrof muhit muhofazasini va ayniqsa dori vositalari bilan ishlaydigan xodimlar himoya qilinishini kafolatlovchi sharoitlarda kasalxonaning ichki qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bu ushbu maqsad uchun mo‘ljallangan zonani tayyorlashni talab qiladi. Bunday zonada chekish, ovqatlanish va ichimlik ichish taqiqlanadi.

Xodimlar tegishli materiallar, xususan yengi uzun xalatlar, himoya niqoblari, qalpoqchalar, himoya ko‘zoynaklari, steril bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplar, ishchi zona uchun himoya g‘iloflari, chiqindilarni to‘plash uchun konteyner va qopchalar bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak.

Ekskrementlar va qusilgan massalar bilan ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘lish lozim.

Homilador ayollar sitotoksik preparatlar bilan bog‘liq ishlardan saqlanishlari zarurligi haqida ogohlantirilishlari kerak.

Sindirilgan flakonlar bilan xuddi shunday ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda muomalada bo‘lish lozim.

Ular ifloslangan chiqindilar deb hisoblanishi kerak. Ifloslangan chiqindilar tegishli tarzda markirovka qilingan qattiq konteynerlarda yoqib tashlanishi kerak.

Oksaliplatin kukun, tayyorlangan eritma yoki infuziya uchun eritma ko‘rinishida teriga yoki shilliq qavatlarga tushgan taqdirda, ularni darhol va sinchkovlik bilan suv bilan yuvib tashlash zarur.

Presipitasiya belgilari mavjud bo‘lganida tayyorlangan eritmadan foydalanish mumkin emas; u xavfli chiqindilarni utilizasiya qilishga doir qonun hujjatlari talablariga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak.

Utilizasiya prinsiplari

Dori vositalarining qoldiqlari, shuningdek tayyorlash, suyultirish va yuborish uchun ishlatilgan barcha materiallar sitotoksik preparatlarga qo‘llash mumkin bo‘lgan kasalxonaning standart proseduralariga va xavfli chiqindilarni utilizasiya qilishning mahalliy talablariga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Oksaliplatinni 5-ftorurasil va folinat kislotasi bilan majmuada me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va mukozit), gematologik buzilishlar (neytropeniya, trombositopeniya) va nevrologik buzilishlar (o‘tkir va doza to‘planib qolganida rivojlanadigan periferik sensor neyropatiyasi) eng ko‘p uchraydigan noxush nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lib hisoblanadi.

Umuman olganda ushbu nojo‘ya ta‘sirlar ko‘proq uchragan va 5-ftorurasil/folinat kislotasi bilan monoterapiyaga qaraganda 5-ftorurasil/folinat kislotasini oksaliplatin bilan majmuada yuborilganida yanada og‘irroq ko‘rinishda bo‘lgan.

Nojo‘ya samaralar rivojlanishining tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1 000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Infeksiyalar va invaziyalar

Juda tez-tez: infeksiyalar.

Tez-tez: rinit, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, neytropenik sepsis.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: anemiya, neytropeniya, trombositopeniya, leykopeniya, limfopeniya.

Tez-tez: febril neytropeniya.

Kam hollarda: immunoallergik trombositopeniya, gemolitik anemiya.

Tez-tezligi noma‘lum: gemolitik-uremik sindrom.

Immun tizimi tomondan o‘zgarishlar

Juda tez-tez: allergiya/allergik reaksiyalar*.

* Eshakemi, kon‘yunktivit va rinit ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan teri toshmasi bilan kechadigan allergik reaksiyalar juda tez-tez uchraydi. Anafilaktik yoki anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan bronxospazm, angionevrotik shish, arterial gipotenziya, ko‘krakda og‘riq hissi va anafilaktik shok tez-tez uchraydi.

Metabolizm va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: anoreksiya, giperglikemiya, gipokaliemiya, gipernatriemiya.

Tez-tez: suvchizlanish.

Tez-tez emas: metabolik asidoz.

Ruhiy buzilishlar

Tez-tez: depressiya, uyquni buzilishi.

Tez-tez emas: nerv tizimining yuqori qo‘zg‘aluvchanligi.

Nevrologik buzilishlar

Juda tez-tez: periferik sensor neyropatiya, sensor buzilishlar, ta‘mning buzilishi, bosh og‘rig‘i.

Tez-tez: bosh aylanishi, harakatlanish nevritlari, meningizm.

Kam hollarda: dizartriya, qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromi (shuningdek «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Tez-tezligi noma‘lum: tirishishlar.

Nevrologik toksikligi dozani cheklovchi nojo‘ya ta‘sir bo‘lib hisoblanadi.

U ko‘pincha sovuqda qolib ketish oqibatida kelib chiqadigan tirishishlar yoki ularsiz qo‘l-oyoqlar dizesteziyasi va (yoki) paresteziyasi bilan ifodalanadigan sensor periferik neyropatiyani o‘z ichiga oladi.

Ushbu simptomlar 95% pasientlarda uchraydi; ularning davomiyligi davolash sikllari soni ko‘payishi bilan ortib boradi.

Og‘riq va (yoki) funksional buzilishlarning paydo bo‘lishi dozaga tuzatish kiritish yoki hatto ushbu simptomlarning davomiyligiga bog‘liq holda davolashni to‘xtatish uchun ko‘rsatma bo‘ladi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Funksional buzilishlar aniq koordinasiyalangan harakatlarni bajarishdagi qiyinchiliklarni ichiga oladi va sensor buzilishlarining ehtimol oqibati bo‘lib hisoblanadi. Turg‘un simptomlar yuzaga kelishi xavfi 850 mg/m2 kumulyativ doza (10 ta sikl) uchun taxminan 10% ni, 1020 mg/m2 kumulyativ doza (12 ta sikl) uchun taxminan 20% ni tashkil etadi.

Ko‘pgina hollarda nevrologik belgilar va simptomlar davolash to‘xtatilganidan keyin kamayadi yoki to‘liq o‘tib ketadi. Yo‘g‘on ichak raki ad‘yuvant davolashda davolash to‘xtatilganidan keyin 6 oy o‘tgach pasientlarning 87 foizi simptomlarga ega bo‘lmagan yoki yengil simptomlarga ega bo‘lgan. 3 yilgacha davom etgan keyingi kuzatuvlar davomida pasientlarning taxminan 3 foizida yoki o‘rtacha jadallikdagi cheklangan barqaror paresteziyalar (2,3%) yoxud funksional buzilishlar bo‘lgan paresteziya (0,5%) kuzatilgan.

O‘tkir neyrosensor holatlar qayd etilgan bo‘lib, ular preparat yuborilganidan keyin bir necha soat o‘tgach paydo bo‘lgan va ko‘pincha sovuqlik ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular o‘tib ketuvchi paresteziya, dizesteziya va gipesteziya ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. Uchrash tez-tezligi 1–2% ni tashkil etadigan halqum-hiqildov dizesteziyasining o‘tkir sindromi disfagiyaning sub‘ektiv hislari bilan yoki respirator distress (sianozsiz yoki gipoksiyasiz), laringospazm yoki bronxospazmning (stridorsiz yoki hushtaksimon nafas olishsiz) biron-bir ob‘ektiv belgilarisiz hansirash bilan xarakterlanadi. Bunday hollarda antigistamin preparatlari va bronxodilatatorlar yuborilgan, biroq simptomlar hatto davolash o‘tkazilmaganida ham tezda o‘tib ketgan. Davolashning keyingi sikllarida infuziya davomiyligini oshirish ushbu noxush holatning uchrashi tez-tezligini kamayishiga olib kelgan («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Bundan tashqari, kam hollarda quyidagi simptomlar: jag‘larning spazmi, mushaklar spazmi, mushaklarning beixtiyor qisqarishlari, mushaklarning tortishishi, mioklonus, harakatlar muvofiqligini buzilishi, qadam tashlashning buzilishi, ataksiya, muvozanat buzilishlari, tomoqda yoki ko‘krakda siqilish hissi, bosimni sezish hissi, diskomfort, og‘riq kuzatilgan. Shuningdek bosh miya nervlari disfunksiyalari yoxud yuqorida eslatib o‘tilgan holatlar bilan bog‘liq disfunksiyalar, yoxud ptoz, diplopiya, afoniya, disfoniya, gohida ovoz paylarining falajligi sifatida ta‘riflanadigan ovoz bo‘g‘ilishi, tilda anomal hislar yoki gohida afaziya sifatida ta‘riflanadigan dizartriya, uchlamchi nervning nevralgiyasi, yuz og‘rig‘i, ko‘zlarda og‘riq, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, ko‘rish maydonining buzilishi kabi simptomlar ko‘rinishida ajralib turuvchi hodisa sifatida yuzaga keladigan disfunksiyalar rivojlanishi mumkin.

Oksaliplatin bilan davolash vaqtida shuningdek dizartriya, chuqur pay reflekslarining yo‘qolishi va Lermitt sindromi kabi boshqa nevrologik simptomlar qayd etilgan.

Ko‘rish nervining nevriti haqidagi yakka xabarlar mavjud.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: kon‘yunktivit, ko‘rishni buzilishi.

Kam hollarda: ko‘rish o‘tkirligini o‘tkinchi pasayishi, ko‘rish maydonini buzilishi, ko‘rish nervining nevriti, ko‘rishni qisqa muddatli yo‘qotilishi (davolash to‘xtatilganidan keyin qaytuvchan bo‘ladi).

Eshitish a‘zosi va muvozanat tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: ototoksiklik.

Kam hollarda: karlik.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qon ketishi, qizib ketish hissi, chuqur venalar trombozi, gipertenziya.

Nafas a‘zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: hansirash, yo‘tal, burundan qon ketishi.

Tez-tez: hiqichoq, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi.

Kam hollarda: o‘pkaning interstisial kasalligi (gohida o‘lim bilan yakunlanuvchi), o‘pka fibrozi (shuningdek «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, stomatit/shilliq qavatning yallig‘lanishi, qorinda og‘riq, qabziyat.

Tez-tez: dispepsiya, me‘da-qizilo‘ngach reflyuksi, rektal qon ketishi.

Tez-tez emas: ichak tutilishi, ichak obstruksiyasi.

Kam hollarda: kolit, shu jumladan Clostridium difficile keltirib chiqaradigan diareya, pankreatit.

Og‘ir diareya/qusish, ayniqsa oksaliplatinni 5-ftorurasil (5-FU) bilan majmuada qo‘llanilganida suvsizlanish, paralitik ileus, ichak tutilishi, gipokaliemiya, metabolik asidoz va buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin (shuningdek «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan o‘zgarishlar

Juda kam hollarda: shuningdek jigarning obliterasiyalovchi kasalligi sifatida ma‘lum bo‘lgan sinusoidal obstruksiya sindromi yoki jigarning bunday buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan patologik holatlarning namoyon bo‘lishi, shu jumladan jigar purpurasi, tugunli regenerativ giperplaziya va perisinusoidal fibroz. Klinik jihatdan portal gipertenziya va (yoki) transaminazalar darajasining oshishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Teri va teri osti-yog‘ to‘qimalari tomonidan o‘zgarishlar

Juda tez-tez: teri buzilishlari, alopesiya.

Tez-tez: terini kepaklanishi (masalan, «qo‘l panjasi-oyoq kafti» sindromi), eritematoz toshma, toshma, gipergidroz, onixopatiya.

Suyak-mushak tizimi, biriktiruvchi to‘qimalar va suyaklar tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: belda og‘riq.

Tez-tez: artralgiya, suyaklarda og‘riq.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: gematuriya, dizuriya, siyish tez-tezligining buzilishi.

Juda kam hollarda: o‘tkir kanalchalar nekroz, o‘tkir interstisial nefrit va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar

Juda tez-tez: isitma (et uvishishi (tremor) yoxud febril neytropeniya bilan yoki usiz kechadigan infeksiya tufayli yoxud immunologik mexanizm bo‘yicha sodir bo‘ladigan), toliqish, asteniya, og‘riq, yuborish joyida reaksiyalar.

Yuborish joyida reaksiyalar mahalliy og‘riq, qizarish, shish va trombozni o‘z ichiga oladi. Ekstravazasiya mahalliy og‘riq va yallig‘lanishga olib kelishi mumkin bo‘lib, ular og‘ir shaklga ega bo‘lishi va asoratlarga, shu jumladan, ayniqsa oksaliplatin periferik vena orqali yuborilganida nekrozga olib kelishi mumkin.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

Juda tez-tez: qonda jigar fermentlari, ishqoriy fosfataza, bilirubin, laktatdegidrogenaza (LDG) darajasini oshishi, tana vaznini oshishi (ad‘yuvant davolash o‘tkazilganida).

Tez-tez: kreatinin darajasini oshishi, tana vaznini kamayishi (metastazlar mavjud bo‘lganida).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Anamnezda oksaliplatinga yoki preparatning yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlikda;
  • emizish davrida;
  • davolashning birinchi kursi boshlanishiga qadar mielosupressiyada, bu haqida neytrofillarning < 2 x 109/l va (yoki) trombositlarning < 100 x 109/l dastlabki darajasi dalolat beradi;
  • davolashning birinchi kursi boshlanishiga qadar funksional buzilishlari bo‘lgan periferik sensor neyropatiyada;
  • buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) qo‘llaniladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

5-ftorurasilni yuborishdan bevosita oldin oksaliplatinni 85 mg/m2 dozada bir marta qabul qilgan pasientlarda plazmada 5-ftorurasil darajasini o‘zgarishi kuzatilmagan. Eritromisin, salisilatlar, granisetron, paklitaksel va natriy valproati kabi preparatlar bilan іn vitro sharoitda birga qo‘llanilganida plazma oqsillari bilan bog‘lardan oksaliplatinni siqib chiqarilishi kuzatilmaydi.

Nomutanosiblik

Mazkur dori vositasini boshqa dori vositalari bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Liofilizatni eritish uchun in‘eksiya uchun suvdan yoki glyukozaning 5% li eritmasidan foydalanish kerak; suyultirish uchun faqat glyukozaning 5% li eritmasidan foydalanish kerak. Eritilgan dori vositasini bitta infuziya qopchasida yoki infuziya liniyasida boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Oksaliplatinni Y-simon sistema orqali folinat kislotasi bilan bir vaqtda yuborish mumkin.

  • Ishqoriy dori vositalari yoki eritmalari (xususan, yordamchi moddalar sifatida trometamol saqlaydigan 5-ftorurasil, folinat kislotasi preparatlari va trometamol tuzlari ko‘rinishida boshqa faol moddalarning preparatlari) bilan birga qo‘llash MUMKIN EMAS. Ishqoriy dori vositalari va preparatlari oksaliplatinning barqarorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
  • Eritish va suyultirish uchun fiziologik eritma yoki xlor ionlarini saqlovchi boshqa eritmalardan (shu jumladan kalsiy, kaliy yoki natriy xloridi saqlovchi eritmalardan) foydalanish MUMKIN EMAS.
  • Bitta infuziya qopchasida yoki infuziya liniyasida boshqa dori vositalari bilan aralashtirish MUMKIN EMAS.
  • In‘eksiya uchun alyuminiy saqlovchi uskunadan foydalanish MUMKIN EMAS.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni faqat ixtisoslashgan onkologik bo‘limlarda qo‘llash va tajribali onkolog kuzatuvi ostida yuborish lozim.

Buyrak yetishmovchiligi

O‘rtacha darajada buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumot cheklanganligi tufayli, preparat qo‘llanilishini faqat pasient uchun foyda/xavf nisbati baholanganidan keyin ko‘rib chiqish lozim. Buyrak funksiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur, dozaga esa toksikligiga bog‘liq ravishda tuzatish kiritish kerak.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Anamnezida platina saqlovchi boshqa preparatlarga allergik reaksiyalar qayd etilgan pasientlar alohida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Anafilaktoid ko‘rinishlar namoyon bo‘lganida infuziya darhol to‘xtatiladi va tegishli simptomatik davolash boshlanadi. Oksaliplatinni bunday pasientlarga takroran yuborish taqiqlanadi. Platinaning barcha birikmalari bilan kesishgan reaksiyalar, gohida o‘lim bilan yakunlanadigan reaksiyalar qayd etilgan.

Ekstravazasiya yuz berganida infuziya darhol to‘xtatiladi va odatdagi mahalliy simptomatik davolash boshlanadi.

Nevrologik simptomlar

Oksaliplatinning nevrologik toksikligini, ayniqsa spesifik nevrologik toksikligiga ega bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Nevrologik tekshiruv har bir yuborilishidan oldin, shuningdek keyinchalik davriy o‘tkazilishi kerak. Agar 2 soatlik infuziya vaqtida yoki undan keyin dastlabki bir necha soatlar davomida o‘tkir hiqildoq-halqum dizesteziyasi rivojlansa, oksaliplatinning keyingi infuziyasi 6 soat davom etishi kerak.

Periferik sensor neyropatiya

Nevrologik simptomlar (paresteziya, dizesteziya) rivojlanganida mavjud simptomlarning davomiyligi va og‘irlik darajasini inobatga olgan holda oksaliplatin dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi, aynan esa:

  • agar simptomlar yetti kundan ortiq davom etayotgan va diskomfortni keltirib chiqarayotgan bo‘lsa, keyingi yuborilganida oksaliplatin dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (metastatik kolorektal rakni davolash uchun qo‘llanilganida) yoki 75 mg/m2 gacha (ad‘yuvant davolash uchun qo‘llanilganida) pasaytiriladi;
  • agar funksional buzilishlarsiz paresteziya keyingi siklgacha saqlanib qolinsa, keyingi yuborilganida oksaliplatin dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (metastatik kolorektal rakni davolash uchun qo‘llanilganida) yoki 75 mg/m2 gacha (ad‘yuvant davolash uchun qo‘llanilganida) pasaytiriladi;
  • agar funksional buzilishlar bilan paresteziya keyingi siklgacha saqlanib qolinsa, oksaliplatinni qo‘llash to‘xtatilishi zarur;
  • agar ushbu simptomlar oksaliplatin bilan davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qolsa, davolashni qaytadan boshlash masalasini ko‘rib chiqish mumkin.

Periferik sensor neyropatiyaning turg‘un simptomlari davolash yakunlanganidan keyin ham saqlanishi mumkin. Ad‘yuvant davolashda chegaralangan o‘rtacha paresteziya yoki funksional faollikka salbiy ta‘sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan paresteziya davolash to‘xtatilganidan keyin uch yilgacha muddat davomida saqlanib qolishi mumkin.

Qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromi

Oksaliplatinni majmuaviy davolashda qabul qilayotgan pasientlarda qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromi (QOLS) hollari qayd etilgan. QOLS kam uchraydigan, qaytuvchan, tezda rivojlanadigan nevrologik holat bo‘lib, u tirishishlar, qon bosimini oshishi, bosh og‘rig‘i, ongning xiralashishi, ko‘rlik va ko‘rish a‘zosi va nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar bilan kechishi mumkin. QOLS tashhisi bosh miyani vizualizasiyasi usullari, asosan MRT (magnit-rezonans tomografiyasi) yordamida tasdiqlanadi.

Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, degidratasiya va gematologik o‘zgarishlar

Agar oksaliplatin yuborilganidan keyin ko‘ngil aynishi va qusish bilan namoyon bo‘ladigan me‘da-ichak toksikligi rivojlansa, profilaktika va (yoki) davolash maqsadlarida qusishga qarshi vositalar qo‘llaniladi.

Og‘ir diareya/qusish, ayniqsa oksaliplatinni 5-ftorurasil bilan majmuada qo‘llanilganida suvsizlanish, paralitik ileus, ichak tutilishi, gipokaliemiya, metabolik asidoz va buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin.

Gematologik toksiklik rivojlanganida (neytrofillar < 1,5 x 109/l yoki trombositlar < 50 x 109/l) keyingi davolash kursini gematologik ko‘rsatkichlar maqbul darajagacha qayta tiklanmaguncha qoldirib turish lozim. Oksaliplatin bilan davolash boshlanishiga qadar va har bir keyingi davolash kursi oldidan kengaytirilgan leykositar formulasi bilan umumiy qon tahlilini bajarish zarur.

Oksaliplatin va 5-ftorurasil yuborilganidan keyin diareya/qusish, mukozit/stomatit va neytropeniya xavfi mavjud; bunday simptomlar mavjud bo‘lganida davolovchi shifokoringiz bilan shoshilinch ravishda bog‘lanish lozim va u tegishli davolashni ta‘minlab beradi.

Neytropeniya bilan yoki usiz kechadigan mukozit/stomatit rivojlanganida keyingi yuborilishini mukozit/stomatit simptomlari 1-darajagacha yoki undan kamga pasaymagunicha va (yoki) neytrofillar soni ≥ 1,5 x 109/l ga yetmagunicha qoldirib turish kerak.

Oksaliplatinni 5-ftorurasil bilan (folinat kislotasi bilan yoki usiz) majmuada qo‘llanilganida 5-ftorurasil keltirib chiqargan toksiklikka bog‘liq holda dozaga odatdagi tuzatish kiritilishi kerak.

4-darajali diareya, 3–4-darajali neytropeniya (neytrofillar < 1 x 109/l), 3–4-darajali trombositopeniya (trombositlar < 50 x 109/l) rivojlanganida
5-ftorurasil dozasini pasaytirishga qo‘shimcha ravishda oksaliplatin dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (metastatik kolorektal rakni davolash uchun qo‘llanilganida) yoki 75 mg/m2 gacha (ad‘yuvant davolashda) pasaytirish zarur.

O‘pka tomonidan ko‘rinishlar

Quruq yo‘tal, hansirash, o‘pkada nam xirillash yoki infiltratlar (rentgenografiya ma‘lumotlariga ko‘ra) kabi tushuntirib bo‘lmaydigan respirator simptomlar rivojlanganida o‘pkaning interstisial kasalligi mavjudligi holatini istisno qilishga qadar oksaliplatin yuborilishi to‘xtatiladi.

Homiladorlik

Ayollar oksaliplatin bilan davolanish vaqtida homiladorlikdan saqlanishlari kerak. Davolash davomida va u yakunlanganidan keyin 4 oy davomida samarali kontrasepsiya vositalarini qo‘llash zarur.

Fertillik

Oksaliplatinning klinik oldi sinovlarida genotoksik ta‘sirlar kuzatilgan. Shu sababli oksaliplatin bilan davolanayotgan erkaklarga davolash davomida va u yakunlanganidan keyin 6 oy davomida homilador qilmaslik maslahat beriladi.

Oksaliplatin qaytmas bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkinligi tufayli, davolash boshlanishiga qadar spermani konservasiya qilish haqidagi masala bo‘yicha maslahat olish uchun murojaat qilish lozim.

Immunodepressant samaralar/infeksiyalarga yuqori moyillik

Ximioterapiya preparatlari, shu jumladan oksaliplatin bilan davolashdan kelib chiqqan immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarga tirik yoki kuchsizlantirilgan tirik vaksinalarni yuborilishi og‘ir yoki o‘lim bilan yakunlanuvchi infeksiyaga olib kelishi mumkin. Tirik vaksinalar bilan vaksinasiyalashdan saqlanish lozim. O‘ldirilgan yoki faolsizlantirilgan vaksinalarni yuborish mumkin, biroq bunday vaksinalarga reaksiya past bo‘lishi mumkin.

Bolalar

Oksaliplatinni bolalarda qo‘llash mumkin emas. Bolalarda qo‘llanilganida oksaliplatinning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Oksaliplatinni homiladorlik davrida va kontrasepsiya vositalaridan foydalanmaydigan, tug‘ruq yoshidagi ayollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi

Oksaliplatinni faqat homila uchun xavf tegishli tarzda baholanganidan va pasient roziligi olinganidan keyin qo‘llash mumkin.

Tegishli kontrasepsiya choralari davolash vaqtida va davolash to‘xtatilganidan keyin ayollar uchun 4 oy davomida va erkaklar uchun 6 oy davomida qo‘llanilishi kerak.

Oksaliplatin bilan davolash vaqtida emizish mumkin emas.

Oksaliplatin bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri o‘rganilmagan. Oksaliplatin bilan davolash bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qusish xavfini oshishiga, qadam tashlash va muvozanatga ta‘sir ko‘rsatuvchi boshqa nevrologik simptomlarning paydo bo‘lishiga, shuningdek ko‘rishni buzilishlariga (ko‘rish qobiliyatini o‘tkinchi yo‘qotilishiga) olib keladi, bu esa transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqida pasientlarni ogohlantirish zarur.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Oksaliplatin uchun antidot noma‘lum. Doza oshirib yuborilganida noxush ko‘rinishlar kuchayishi mumkin. Gematologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va simptomatik davolashni boshlash zarur.

 

Chiqarilish shakli

Rangsiz shishadan tayyorlangan, rezina tiqinli va plastik qopqoqlari bo‘lgan alyuminiy himoyalovchi qalpoqchali flakonlar.

O‘ramining o‘lchami: 50 mg yoki 100 mg dan 1 ta flakon preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Korxona o‘ramiga joylangan dori vositasi.

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Original flakonda tayyorlangan eritma: infuzion eritmani tayyorlash uchun darhol foydalanish lozim.

Infuziya uchun eritma.

Mikrobiologik nuqtai nazardan qaralganda infuziya uchun eritmadan darhol foydalanish lozim.

Tayyorlangan eritmani 5% li glyukoza eritmasi bilan eritilganidan keyin kimyoviy va fizik barqarorligi 2°C dan 8°C gacha haroratda 24 soat davomida isbotlangan.

Agar eritmadan darhol foydalanilmasa, saqlash sharoitlari va muddatlari uchun foydalanuvchi javobgar bo‘ladi.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml dori vositasi Medac GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OKSALIPLATIN liofilizat 100mg 5mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OKSALIPLATIN liofilizat 50mg 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Medac GmbH
OKSALIPLATIN liofilizat 150mg 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Medac GmbH
Другие формы препарата
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 50mg
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 100mg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9