×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OLIGOVIT tabletkalari N30

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Serbiya
Faol modda:
Поливитамины, Минералы
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Galenika a.d.
ATX kodi:
- A11AA03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
Saqlash shartlari В сухом, защищенном от света месте, при температуре 15–30 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OLIGOVIT tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

(pasient uchun ma‘lumot)

OLIGOVIT® qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi!

Ushbu preparatni shifokor reseptisiz sotib olishingiz mumkin. Maksimal ijobiy natijalarga erishishi uchun, ushbu preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llang. Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. Balki Sizda uni qayta o‘qib chiqishga istak paydo bo‘lishi mumkin. Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslahat kerak bo‘lsa, unda shifokor yoki farmasevtga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

Preparatning savdo nomi: OLIGOVIT®

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

500 XB A vitamini (500000 XB/g asetat shaklida); 500 XB Xolekalsiferol 40000000 XB/g; 12,50 mg Alfa-tokoferol asetati (α-tokoferol asetati 50% sws/s shaklida); 5,00 mg Tiamin gidroxloridi; 5,00 mg Riboflavin; 50,00 mg Nikotinamid; 10,00 mg Kalsiy patotenati; 2,50 mg Piridoksin gidroxloridi; 0,0025 mg Sianokobalamin* (0,1% li sianokobalamin shaklida); 100,00 mg Askorbin kislotasi; 200,00 mg Kalsiy gidrofosfati digidrati; 10,00 mg temir (quritilgan temir (II) sulfati shaklida); 3,00 mg Magniy (og‘ir magniy oksidi shaklida); 2,50 mg Kaliy (kaliy sulfati shaklida); 0,75 mg Rux (rux sulfati geptagidrati shaklida); 0,50 mg Mis (mis sulfati pentogidrati shaklida); 0,50 mg Marganes (marganes sulfati monogidrati shaklida); 0,50 mg Ftor (natriy ftoridi shaklida); 0,10 mg Molibden (natriy molibdati digidrati shaklida);
0,05 mg Kobalt (kobalt (II) sulfati shaklida).

Yordamchi moddalar:

12,78 mg qisman o‘ta jelatinlangan 1500 makkajo‘xori kraxmali; 35,00 mg kopovidon VA 64; 35,00 mg talk; 35,00 mg natriy kroskarmelloza; 56,00 mg natriy glikolyati kraxmali; 10,50 mg stearin kislotasi.

Qandli qobig‘i:

3,80 mg opaglos regulyar (shellakning 33% li eritmasi); 237,00 mg saxaroza; 56,20 mg talk; 2,41 mg akasiya; karmoizin laki S 14720 (Ye122): 20-26% 0,30 mg; 0,29 mg quyosh sariq shafaqi bo‘yovchi laki SI 15985 (Ye110); karnaub mumi – juda oz miqdorda.

Ta‘rifi: dumaloq, qizil rangli, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

  1. OLIGOVIT PREPARATI NIMA VA U NIMA UCHUN MO‘LJALLANGAN?

Qobiq bilan qoplangan OLIGOVIT tabletkalari 10 vitamin va 10 minerallarning majmuasidir. Preparat organizmning vitaminlar va minerallarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan va ovqatlanish jarayonidagi ularning yetishmovchiligini qoplaydi.

OLIGOVIT PREPARATI QANDAY TA‘SIR ETADI?

Qobiq bilan qoplangan OLIGOVIT tabletkalarining tarkibiga kiruvchi vitaminlar va minerallar barcha muhim biokimyoviy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va immunitetni mustahkamlash, organizmni o‘sishi, rivojlanishi va normal faoliyati uchun zarurdir.

OLIGOVIT PREPARATI QANDAY HOLATLARDA QO‘LLANILADI?

OLIGOVIT gipo- va avitaminozlar va mineral moddalar tanqisligini oldini olish va davolash uchun:

  • to‘liq, bo‘lmagan va muvozanlatlanmagan ovqatlanishda,
  • o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davrida,
  • kuchli jismoniy va ruxiy yuklamalarda, sport bilan jadal shug‘ullanish paytida qo‘llaniladi.

  1. PREPARATNI QO‘LLASHDAN OLDIN NIMANI O‘QIB CHIQISH KERAK?

Agar Siz boshqa dorilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, surunkali kasalliklar, metabolizmni buzilishlaridan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, agar Sizda dorilarga nisbatan yuqori sezuvchanlik bo‘lsa yoki ularning ayrimlariga allergik reaksiyalar bo‘lgan bo‘lsa, u holda bu haqida albatta shifokorga xabar bering.

 

PREPARATNI QACHON QABUL QILISH MUMKIN EMAS?

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, homiladorlik va emizish davrida, bolalarda, A, Ye, D gipovitaminozida, tireotoksikozda, kompensasiyalangan yurak yetishmovchiligida, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligini zo‘rayish bosqichida, kalsiy miqdori oshganida (giperkalsiemiya), agar Sizda temir to‘planishiga olib keluvchi buzilishlar (masalan gemoxromatoz) bo‘lsa, OLIGOVIT ni qabul qilish man etilgan. Agar Siz saxarozani yomon o‘zlashtirsangiz, preparatni qabul qilishdan oldin bu haqida shifokorga xabar bering, chunki bu modda uning tarkibiga kiradi.

OGOHLANTIRISH VA EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Preparatning belgilangan dozasini oshirmang. OLIGOVIT bilan bir vaqtda boshqa multivitaminli (A vitaminini saqlovchi yoki saqlamaydigan) preparatlarni qabul qilish mumkin emas.

Preparat temir saqlaganligi tufayli, bolalarga uni buyurishda dozani oshirib yuborilishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlik zarur.

OLIGOVIT tuzsiz parhezga amal qiluvchi pasientlarda qo‘llash uchun xavfsizdir.

Azo bo‘yovchilar, asetilsalisil kislotasi va boshqa prostaglandinlar ingibitorlari, shuningdek boshqa multivitaminli preparatlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilgan pasientlarda ushbu dori vositasini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Kaliy preparatlarini o‘zlashtiradigan shaxslarga, shu jumladan buyrak kasalliklari yoki buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lgan keksa pasientlarga, kaliyni tejovchi diuretiklar, beta-blokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar qabul qilayotganlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Jigar shikastlanishlarida, anamnezida me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakning peptik yaralari bo‘lganida, o‘t toshi kasalligida, surunkali pankreatitda, qandli diabetda, o‘smalar bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Siydikni sariq rangga bo‘yalishi mutloq xavfsiz holat bo‘lib, bu preparatda riboflavin borligi bilan tushuntiriladi.

OLIGOVIT PREPARATINI OVQAT YOKI ICHIMLIKLAR BILAN BIRGA QABUL QILISH

Ovqat va ichimliklar OLIGOVIT preparatining samarasiga ta‘sir etmaydi.

HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO‘LLANILISHI

OLIGOVITni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

AVTOTRANSPORTNI BOSHQARISHDA YOKI USKUNALAR BILAN MUOMALA QILISHDA RUXIY JISMONIY QOBILIYATIGA TA‘SIRI

Qobiq bilan qoplangan OLIGOVIT tabletkalari avtotransportni boshqarish va uskunalar bilan muomala qilish qobiliyatiga ta‘sir etmaydi.

OLIGOVIT PREPARATI SAQLAGAN YORDAMCHI MODDALAR HAQIDA NIMALARNI BILISH KERAK?

Agar Siz qandlardan birontasini yomon o‘zlashtirsangiz, preparatni qabul qilishdan oldin shifokorga xabar bering, chunki saxaroza uning tarkibiga kiradi.

BOSHQA DORI VOSITALARNI QABUL QILAYOTGANDA NIMALARGA E‘TIBOR BERISH KERAK?

Ushbu ma‘lumot Siz boshqa qabul qilmayotgan dorilarga ham, va Siz kelajakda qabul qilishni rejalashtirayotgan dorilarga ham taalluqli bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak. OLIGOVIT preparatini qabul qilishdan oldin Siz qanday preparatlarni qabul qilayapsiz yoki yaqinda qabul qilgan preparatlar to‘g‘risida, shu jumladan shifokor reseptisiz beriladigan preparatlar to‘g‘risida, o‘z shifokoringiz yoki farmasevtni xabardor qiling.

Preparatni qabul qilayotgan vaqtda alkogolni faqat oz miqdorda qabul qilish mumkin, chunki alkogol ba‘zi vitaminlarni so‘rilishini kamaytiradi.

A va Ye vitaminlari ta‘sirlarni o‘zaro kuchaytiradi va ular sinergist hisoblanadi. Retinol glyukokortikoidlarning yallig‘lanishiga qarshi ta‘sirini pasaytiradi. Nitritlar va xolestiramin retinolni so‘rilishini izdan chiqaradi, shuning uchun ularni preparat bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. A gipervitaminozi rivojlanishi ehtimoli bo‘lgani uchun, preparatni A vitaminini saqlaydigan boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. A vitamini retinoidlar bilan bir vaqtda buyurilmaydi, ularning majmuasi zaharli hisoblanadi. Alfa-tokoferol asetatini temir, kumush preparatlari, ishqoriy reaksiyaga ega vositalar (natriy gidrokarbonati, trisamin va boshqalar), bilvosita ta‘sirga ega antikoagulyantlar (dikumarin, neodikumarin va boshqalar) bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Ye vitamini steroid va nosteroid yallig‘lanishiga qarshi vositalar (diklofenak natriy, ibuprofen, prednizolon) ning samarasini kuchaytiradi.

S vitamini temirning so‘rilishini oshiradi, sulfanilamidlar (kristalluriya yuz berishi mumkin), penisilinlarning zaharliligini kuchaytiradi, geparin va bilvosita ta‘sir etuvchi koagulyantlar samaradorligini pasaytiradi. S vitaminini so‘rilishi peroral qabul qilinadigan kontraseptivlar bilan birga qo‘llanilganida kamayadi. S vitamini siydikda glyukoza borligini aniqlovchi tekshiruvda soxta manfiy natija olishiga olib kelishi mumkin. Buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar hisobga olishlari kerak.

V6 vitamini levodopa ta‘sirini kuchsizlantiradi, izoniazid yoki boshqa tuberkulyozga qarshi vositalar qo‘llanilgandagi zaharli ta‘sir ko‘rinishlarini oldini oladi yoki kamaytiradi.

V1 vitamini nerv mushak sinapslarida qutblanish jarayonlariga ta‘sir etib kurare ta‘siriga o‘xshash samarani kuchsizlantirishi mumkin.

PASK, simetidin, kalsiy preparatlari, alkogol V12 vitaminini so‘rilishini kamaytiradi.

V2 vitamini streptomisin bilan nomutanosib, antibakterial preparatlar (oksitetrasiklin, doksisiklin, eritromisin, tetrasiklin va linkomisin) ning samaradorligini kamaytiradi.

Shuning uchun uni antibiotik qabul qilishdan kamida 3 soat oldin qabul qilish kerak.

Trisiklik antidepressantlar, impiramin va amitriptilin, ayniqsa yurak to‘qimalarida riboflavinning metabolizmini ingibisiya qiladi.

  1. OLIGOVITNI QANDAY QO‘LLASH KERAK?

Agar Siz preparat Sizning organizmingizga haddan tashqari kuchsiz yoki haddan tashqari kuchli ta‘sir ko‘rsatyapti deb hisoblasangiz, unda davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

OLIGOVIT tabletkalari ichga qabul qilinadi.

Sutkada bir tabletkadan ovqatdan keyin, oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qiling. Shifokorning maslahatisiz preparatni 30 kun davomida qabul qilish mumkin, so‘ngra davolashni davom ettirish masalasi yuzasidan shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

AGAR SIZ PREPARATNI TAYINLANGAN DOZADAN ORTIQ QABUL QILGAN BO‘LSANGIZ

Agar Siz OLIGOVIT preparatini tayinlangan dozadan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz, unda darhol o‘z shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling!

OLIGOVIT preparatining bilan dozasini oshirib yuborish hollari aniqlanmagan. Preparatining katta miqdori qabul qilingandan keyin ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorinda og‘riq, qusuq massasida qon paydo bo‘lishi, yo‘g‘on ichakning oxirgi qismlaridan qon ketishlari paydo bo‘lishi mumkin. OLIGOVIT preparatining tarkibiga kiruvchi temirning dozasini oshib ketganligini ko‘rsatuvchi sanab o‘tilgan belgilar paydo bo‘lganida, shoshilinch choralar ko‘rish uchun darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

AGAR SIZ OLIGOVIT PREPARATINI QABUL QILISHNI UNUTGAN BO‘LSANGIZ

Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasini o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani xech qachon qabul qilmang!

  1. PREPARATNING NOJO‘YA TA‘SIRLARI

OLIGOVIT preparati tayinlangan dozalash tartibida qo‘llanilganda, preparat uning nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan.

Preparatning tarkibiga kiruvchi faol moddalarning nisbatan ta‘sir etish mumkinligi to‘g‘risidagi ma‘lumotni hisobga olib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar ro‘yxati keltiriladi. Nojo‘ya ta‘sirlar kelib chiqqan holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda anafilaktik shok, angionevrotik shish, gipertermiya, kam hollarda – bronxospazm va boshqalar kabi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Teri va teri osti qavati tomonidan o‘zgarishlar:

teri toshmasi, eshakemi, qichishish, terini qizarishi.

Me‘da-ichak buzilishlari:

dispeptik buzilishlar, ko‘ngil aynishi/qusish, abdominal og‘riq, kekirish, qabziyat, diareya, me‘da shirasi sekresiyasini oshishi, jig‘ildon qaynashi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik.

Boshqalar: ko‘rishni buzilishlari, ko‘p terlash, siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin.

Katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta‘sirlanishi, giperkalsiemiya, giperkalsiuriya, aritmiyalar, paresteziyalar, giperuikemiya, glyukozaga nisbatan tolerantlikni pasayishi, giperglikemiya, AST, laktatdegidrogenaza, ishqoriy fosfataza faolligini tranzitor oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi, kaft va tovonni qurishi va yorilishlar, alopesiya, seboreyali toshmalar kelib chiqishi mumkin.

 

 

O‘rami

Qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan ALYU/PVX folga va PVX/PVDX folgadan iborot blisterga joylanadi (blister termo-presslash orqali shakllantiriladi).

3 blisterdan ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.

  1. SAQLASH VA YAROQLILIK MUDDATI

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda 25oS dan bo‘lmagan haroratda saqlansin.

OLIGOVIT bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparatni qo‘llash mumkin emas!

DORI VOSITASINING CHIQARISH USULI

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OLIGOVIT tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OLIGOVIT tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OLIGOVIT tabletkalari N30 dori vositasi Galenika a.d. tomonidan Serbiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OLIGOVIT tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OLIGOVIT tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KOMPLIVIT MAMA tabletkalari N60
KOMPLIVIT MAMA tabletkalari N30
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DEKSAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/5ml N25
PROTAMINA SULFAT inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Serbiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Galenika a.d.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9