×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORNILON tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Орнидазол, Ципрофлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Samarkand England Ecomedical, СП, ООО (упаков.) East African (India) Overseas, Индия (произ.)
ATX kodi:
- J01M
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFURO tabletkalari 250mg N10 Deva Holding A.S Turkiya
AKPIM poroshok 1g Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
SEFAZOLIN poroshok 1,0g Красфарма, ПАО Rossiya
2 500 s`om dan
POLIMIK tabletkalari N10 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
43 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORNILON tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORNILON

ORNILON

Preparatning savdo nomi: Ornilon

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): siprofolksasin gidroxloridi, ornidazol

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 500 mg siprofloksasin, siprofloksasin gidroxloridiga ekvivalent; 500 mg ornidazol.

yordamchi moddalar: kraxmal, tozalangan suv, metil gidroksibenzoat, propil gidroksibenzoat, magniy stearati, talk, mikrokristall sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, natriy krosskarmelloza, gipromelloza, povidon K30, titan dioksidi, polietilenglikol 6000, metilen xloridi, izopropil spirti.

Ta‘rifi: deyarli oq rangdan oq ranggacha bo‘lgan, uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, oval shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar.

ATX kodi: J01

Farmakologik hususiyatlari

Ta‘siri tarkibidagi faol komponentlarning farmakologik hususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat.

Siprofloksasin:

Ftorxinolonlar guruhiga mansub, keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan mikroblarga qarshi preparat. Bakterisid ta‘sir qiladi. Preparat bakteriyalardagi DNK-girazani ingibisiya qiladi, natijada bakteriyalarning DNK replikasiyasi va hujayralardagi oqsillar sintezi izdan chiqadi. Siprofloksasin ham ko‘payayotgan mikroorganizmlarga, ham tinch holatdagi mikroorganizmlarga ta‘siri qiladi. Siprofloksasinga quyidagi mikroorganizmlar sezgir:

Grammanfiy aerob bakteriyalar: enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafhia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.),

Boshqa grammanfiy bakteriyalar: (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.);

Ba‘zi hujayra ichi qo‘zg‘atuvchilari: Legionella pneumophila, Bracella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Mycobacterium avium-intracellulare.

Grammusbat aerob bakteriyalari: Staphylococcus spp. (S.aureus, S.haemolyticus, S.hominis, S.saprophyticus), Streptococcus spp. (St.pyogenes, St.agalactiae). metisillinga chidamli ko‘pchilik stafilokokklar, siprofloksasinga ham chidamlidir. Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis bakteriyalarning sezgirligi o‘rtacha darajadadir.

Corynebacterium spp., Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides mikroorganizmlar preparatga chidamlidir. Treponema pallidum nisbatan preparatning ta‘siri yetarli darajada o‘rganilmagan.

Ornidazol:

Protozoylarga qarshi vosita bo‘lib, 5-nitroimidazolning hosilasidir. Protozoy va aralash infeksiyalarni davolashda yuqori samaradorlikka ega.

Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis), shuningdek Bacteroides i Clostridium spp., kabi ba‘zi anaerob bakteriyalar, shu bilan birga anaerob kokklarga nisbatan faol. Preparat ko‘pchilik aralash infeksiyalarda, bittadan ortiq qo‘zg‘atuvchi bo‘lganida va majmuaviy davolash lozim bo‘lganida samaralidir.

Farmakokinetikasi

Siprofloksasin

Peroral qabul qilinganida siprofloksasin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparatning biokiraolishligi 50-85% ni tashkil etadi. 500 mg preparat peroral qabul qilinganida (ovqatdan oldin) sog‘lom ko‘ngillilarning qon zardobida preparatning maksimal konsentrasiyasiga 1-1,5 soatdan keyin erishiladi va muvofiq 2,4 mkg/ml ni tashkil etadi.

Peroral qabul qilingan siprofloksasin organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga taqsimlanadi. Preparatning yuqori konsentrasiyalari safro, o‘pkalar, buyraklar, jigar, o‘t pufagi, bachadon, urug‘ suyuqligi, prostata bezi to‘qimasi, murtaklar, endometriy, fallopiy naylari va tuxumdonlarda kuzatiladi. Ushbu to‘qimalarda preparatning konsentrasiyasi zardobdagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Siirofloksasin shuningdek suyak, ko‘z suyuqligi, bronxial sekret, so‘lak, teri, mushaklar, plevra, qorin parda, limfaga ham yaxshi o‘tadi.

Neytrofillarda to‘planadigan siprofloksasinning konsentrasiyasi zardobdagiga nisbatan 2-7 marta yuqori bo‘ladi. Organizmda taqsimlanish hajmi 2-3,5 l/kg ni tashkil etadi. Preparat orqa miya suyuqligiga katta bo‘lmagan miqdorlarda o‘tadi, u yerda uning konsentrasiyasi zardobdagi konsentrasiyasini 6-10% ni tashkil etadi. Siprofloksasinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 30% ni tashkil etadi. Buyrak faoliyatini o‘zgarishi bo‘lmagan bemorlarda yarim chiqarilish davri odatda 3-5 soatni tashkil etadi. Buyrak faoliyati buzilganida yarim chiqarilish davri uzayadi. Siprofloksasinni organizmdan asosiy chiqarilish yo‘li – buyraklar. Siydik bilan 50-70% chiqariladi. 15% dan 30% gacha qismi ekskrementlar bilan chiqariladi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min/1,73 m2 dan past) bo‘lgan bemorlarga preparatning sutkalik dozasini yarmini buyurish kerak.

Ornidazol:

Me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi yuqori, biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi. Plazmada Cmax 3 soatdan keyin erishadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 13% ni tashkil etadi. Jigarda gidroksillanish, oksidlanish va glyukuron kislotasi bilan bog‘lanishi orqali metabolizmga uchraydi. T1/2 12-14 soat. Ko‘krak suti, va ko‘pchilik to‘qimalarga o‘tadi, GET va yo‘ldosh orqali o‘tadi. Metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali (60-70%) va axlat massalari (20-25%) bilan, dozaning taxminan 5% o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparatning komponentlariga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizmlar va sodda hayvonlar) chaqiradigan quyidagi aralash infeksiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan:

  • siydik tanosil tizimi kasalliklari: o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, sistit, epididimit, siydik tanosil tizimining asoratlangan yoki qaytalanuvchi infeksiyalari;
  • ginekologik kasalliklar;
  • penisillinga chidamli gonokokklar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan, jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar;
  • qorin bo‘shlig‘i a‘zolari va safro chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, shuningdek amyobiaz;
  • og‘iz bo‘shlig‘ining infeksiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivit;
  • immunitet tanqisligi yoki neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda infeksion asoratlarni oldini olish
  • jarrohlik infeksiyalari, ayniqsa gastroenterologiyada infeksiyani operasiyadan oldingi tayyorgarlik yoki operasiyadan keyingi davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga, chaynamasdan, ovqatdan oldin ham, keyin ham suv bilan qabul qilinadi. Preparatning dozasi va davolash davomiyligini shifokor belgilaydi. Kattalar uchun o‘rtacha dozasi – 1 tabletkadan sutkada 2 marta, davolash davomiyligi 5-10 kunni tashkil etadi; kasallikning klinik simptomlari yo‘qolganidan so‘ng yana kamida 3 kun davomida davolashni davom ettirish kerak. buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparatning yarim dozasini buyurish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, paresteziya, qo‘zg‘aluvchanlik, bosh aylanishi, uyquni buzilishi (uyqusizlik yoki uyquchanlik), periferik sezuvchanlikni buzilishi yoki koordinasiyani buzilishi.

Yurak qon-tomir tizimi va qon tizimi (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: yurak urishini his etish, arterial gipotenziya, anemiya, leykopeniya, eozonofiliya, trombositopeniya, gipotenziya, taxikardiya.

Me‘da ichak yo‘llari tomonidan: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, enterokolit, jigar transaminazalarining faolligini oshishi, giperbilirubinemiya.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: tendinitlar, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda, shuningdek artralgiya, mialgiya.

Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi (havfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindrom), fotosensibilizasiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik, emizish davri, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar, siprofloksasin yoki ornidazolga yuqori sezuvchanlik, soxta membranoz kolitda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siprofloksasin va teofillinni bir vaqtda qo‘llash sitoxrom R450 ning bog‘lanish sohalarida raqobatli ingibisiya bo‘lishi hisobiga, qon plazmasida teofillinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu holat teofillinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga va teofillin bilan bog‘liq bo‘lgan toksik ta‘sir qilish havfini oshishiga olib keladi.

Antasidlar, shuningdek tarkibida alyuminiy, rux, temir yoki magniy saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish siprofloksasinning so‘rilishini pasaytirishi mumkin, shuning uchun ushbu preparatlarni buyurish o‘rtasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi kerak.

Siprofloksasin va antikoagulyantlar bir vaqtda qo‘llanganida qon ketish vaqti uzayadi.

Siprofloksasin va siklosporin bir vaqtda qo‘llanganida siklosporinning nefrotoksik ta‘siri kuchayadi.

Ornidazol kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksasiya qiluvchi ta‘sirini uzaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida tutqanoq, tirishish hurujlari bo‘lgan, bosh miyani qon-tomir kasalliklari va organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, MNS tomonidan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish havfi borligi sababli, Ornilon preparatini faqat hayotiy ko‘rsatmalarga qarab buyurish kerak.

Preparat bilan davolanish vaqtida og‘ir va davomli diareya rivojlanganida, preparatni zudlik bilan bekor qilishni va muvofiq davolashni talab etadigan soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak.

Paylarda og‘riqlar paydo bo‘lganida yoki tendovaginitning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, ftorxinolonlar bilan davolanish vaqtida paylarni yallig‘langanligi va hatto uzilganligi yuzasidan ayrim holatlar ta‘riflanganligi sababli, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Ornilon preparati bilan davolanish vaqtida normal diurezga rioya qilingan holda organizmga yetarli miqdorda suyuqlik kirishini ta‘minlash kerak. Ornilon bilan davolanish vaqtida bevosita quyosh nurlarini ta‘siridan saqlanish kerak.

Avtotrasnportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ornilon preparatini qabul qilayotgan pasientlar, avtomobilni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Spesifik antidoti ma‘lum emas. Bemorning ahvolini sinchiklab nazorat qilish, me‘dani yuvish, odatdagi shoshilinch yordam choralarini bajarish, organizmga yetarli miqdorda suyuqlik kirishini ta‘minlash kerak. gemo- yoki peritoneal dializ yordamida preparatning juda kam miqdorigina (10% dan kam) chiqarilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORNILON tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORNILON tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORNILON tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10 dori vositasi Samarkand England Ecomedical, СП, ООО (упаков.) East African (India) Overseas, Индия (произ.) tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORNILON tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORNILON tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ORSIPOL tabletkalari 500mg 500mg/500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Орнидазол, Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
ORSIPOL tabletkalari 500mg 500mg/500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Орнидазол, Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
ORNILIF tabletkalari 500mg 500 mg + 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Орнидазол, Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
ORSIPOL tabletkalari 500mg/500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Орнидазол, Ципрофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San.Ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 81 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NIMESIM tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Nimesulid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП, ООО (упаков.) East African (India) Overseas, Индия (произ.)
PIOGLETON SEEM tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП, ООО (упаков.) East African (India) Overseas, Индия (произ.)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9