×
×
  • OZAPEKS tabletkalari 15mg N28

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OZAPEKS tabletkalari 15mg N28

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gretsiya
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmathen S.A.
ATX kodi:
- N05AH03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VALERIANI nastoyka 25ml Aktash, ЧП O'zbekiston
1 900 s`om dan
MELASON tabletkalari 3mg N30 Рубикон, ООО Belarusiya
51 000 s`om dan
RISPAKSOL tabletkalari 2mg N60 Гриндекс, АО Latviya
156 240 s`om dan
105 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OZAPEKS tabletkalari 15mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa: Pasient uchun ma‘lumot

OZAPEKS, 5 mg dan shimish uchun tabletkalar

OZAPEKS 10 mg dan shimish uchun tabletkalar

OZAPEKS 15 mg dan shimish uchun tabletkalar

OZAPEKS 20 mg dan shimish uchun tabletkalar

Olanzapin

 

Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin bu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir savollar bo‘lsa, shifokoringizdan yoki farmasevtdan so‘rang.
  • Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. U hatto agar kasallikning Sizdagi belgilari kuzatilsa ham, zarar yetkazishi mumkin.
  • Biron-bir nojo‘ya reaksiyalar rivojlangan yoki chuqurlashgan holatlarda shifokoringiz, farmasevt yoki hamshiraga murojaat eting. Ularga ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya reaksiyalar kiradi. 4-bo‘limga qarang.

Ilova-varaqaning mazmuni

  1. OZAPEKS nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Siz OZAPEKS ni qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak
  3. OZAPEKS qanday qo‘llanadi
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar
  5. OZAPEKS qanday saqlanadi
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. OZAPEKS nima va u nima uchun qo‘llanadi

OZAPEKS antipsixotik preparatlar deb nomlanuvchi dori preparatlari guruhiga mansub.

OZAPEKS eshitish, ko‘rish yoki hid bilish gallyusinasiyalari, yanglish taxminlar, odatdagi bo‘lmagan shubhalanish va alohidalanish kabi simptomlarga ega kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi. Bu kasalliklar bilan xastalangan odamlarda shuningdek depressiya, xavotirlik yoki zo‘riqish kuzatilishi mumkin.

OZAPEKS xursandlik hissi, ortiqcha energiya, uyquga odatdagidan kamroq talab, fikrlarni tez o‘zgarishi bilan kechuvchi juda tez nutq va ba‘zida yaqqol ta‘sirlanish kabi simptomlarga ega kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi. U shuningdek ushbu kasalliklar bilan bog‘liq ish qobiliyatini yo‘qotilishiga olib keluvchi juda yaxshi yoki juda yomon (depressiv) kayfiyat xurujlarini oldini oluvchi kayfiyatni barqarorlashtiruvchi vosita hisoblanadi.

  1. Siz OZAPEKS ni qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak

OZAPEKS ni qabul qilmang, agar:

  • Sizda olanzapinga yoki OZAPEKS preparatining har qanday boshqa komponentlariga (6-bo‘limda keltirilgan) allergiya bo‘lsa. Allergik reaksiya toshma, qichishish, yuzni shishi, lablarni shishi yoki hansirash bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Agar Sizda shundaylar kuzatilsa, bu haqida shifokoringizga xabar bering;
  • agar Sizda avval glaukomaning (ko‘z ichki bosimini oshishi) ayrim shakllari kabi ko‘z kasalliklari aniqlangan bo‘lsa.

 

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

OZAPEKS ni qabul qilishdan oldin Siz shifokoringiz, farmasevt yoki hamshira bilan maslahatlashishingiz kerak.

  • Bunday tipdagi dori preparatlari odatdagi bo‘lmagan harakatlar, ayniqsa yuz yoki tilning harakatlarini chaqirishi mumkin. Agar OZAPEKS ni qabul qilgandan keyin ular paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu haqida shifokoringizga xabar bering.
  • Bunday tipdagi dori preparatlari juda kam hollarda tana haroratini oshishi, nafas olishni tezlashishi, ko‘p terlash, mushaklar rigidligi va holsizlik yoki uyquchanlikni birga kelishini chaqiradi. Agar bu yuz bersa, darhol shifokor bilan bog‘laning.
  • Demensiyasi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda OZAPEKS ni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki u jiddiy nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin.
  • Agar Sizda yoki biron-bir qarindoshingizda avval tromb hosil bo‘lishi kuzatilgan bo‘lsa, chunki bu turdagi dori preparatlarini qo‘llash tromblar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
  • OZAPEKS qabul qilayotgan pasientlarda tana vaznini oshishi kuzatilgan. Siz va shifokoringiz tana vazningizni muntazam nazorat qilishingiz kerak.
  • OZAPEKS qabul qilayotgan pasientlarda qonda glyukoza va yog‘lar (trigliseridlar va xolesterin) ning yuqori darajalari kuzatilgan. Shifokoringiz OZAPEKS preparati bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida muntazam qonda glyukoza va ayrim yog‘larning darajasini tekshirish uchun qon tahlilini o‘tkazishi kerak.

Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan kasalliklardan birontasi bo‘lsa, iloji boricha tezroq shifokoringizga xabar bering:

  • Qandli diabet
  • Yurak kasalliklari
  • Jigar yoki buyrak kasalliklari
  • Parkinson kasalligi
  • Tutqanoq
  • Prostata bezi kasalliklari
  • Ichak tutilishi (paralitik ichak tutilishi)
  • Qon tomonidan buzilishlar
  • Insult yoki mikroinsult (insultning vaqtincha simptomlari)

Agar Sizda demensiya bo‘lsa, Siz yoki Sizni parvarishlayotgan shaxs/Sizning qarindoshingiz, Sizda qachonlardir insult yoki mikroinsult bo‘lganligi haqida shifokorga xabar berishi kerak.

Agar Siz 65 yoshdan oshgan bo‘lsangiz, odatdagi ehtiyotkorlik chorasi sifatida shifokor Sizning arterial bosimingizni tekshiradi.

OZAPEKS 18 yoshdan kichik pasientlar uchun mo‘ljallanmagan.

Boshqa dori preparatlari va OZAPEKS

OZAPEKS ni qo‘llash vaqtida bosh dori preparatlari faqat shifokor ruxsati bilan qabul qilish mumkin. OZAPEKS ni antidepressantlar yoki xavotirlikni davolash uchun yoki uyquga ketishga yordam beruvchi (trankvilizatorlar) dori vori preparat bilan majmuada qo‘llanilganda Siz uyquchanlik his qilishingiz mumkin.

Agar Siz fluvoksamin (antidepressant) yoki siprofloksasin (antibiotik) qo‘llayotgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar berishingiz kerak, chunki OZAPEKS ning dozasini o‘zgartirish kerak bo‘lishi mumkin.

Agar Siz biron-bir dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar bering. Bu ayniqsa Parkinson kasalligini davolash uchun dori preparatlariga taalluqli.

OZAPEKS ni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

OZAPEKS ni qo‘llaganda alkogol iste‘mol qilish taqiqlanadi, chunki OZAPEKS alkogol bilan birga uyquchanlik chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Siz homiladorlik vaqtida shifokor bilan maslahatlashmasdan bu dori preparatini qo‘llamasligingiz kerak. Siz emizish davrida bu dori preparatini qo‘llamasligingiz kerak, chunki OZAPEKS ning oz miqdori ko‘krak sutiga o‘tishi mumkin.

Onalari homiladorlikning so‘nggi uch oyligida (homiladorlikning oxirgi uch oyligi) OZAPEKS qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin: qaltirash, mushaklarning rigidligi/kuchsizligi, uyquchanlik, ajitasiya, nafas olishni buzilishlari va emizish bilan muammolar. Agar Sizning bolangizda ushbu simptomlardan birontasi kuzatilsa, Siz shifokor bilan bog‘lanishingiz kerak.

Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash

OZAPEKS ni qo‘llaganda uyquchanlik rivojlanishi xavfi mavjud. Bunday hollarda Siz transport vositalarini boshqarishingiz yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashingiz mumkin emas. Bu haqida shifokorga xabar bering.

OZAPEKS laktoza saqlaydi

Agar shifokor Sizga Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

  1. OZAPEKS qanday qabul qilinadi

Ushbu dori preparatini har doim shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizga gumonlar bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Shifokoringiz Sizga OZAPEKS ning nechta tabletkasini va qancha davomiylikda qabul qilishingizni aytadi. OZAPEKS ning sutklik dozasi 5 mg dan 20 mg gachani tashkil etadi. Agar Sizning simptomlariningiz takroran paydo bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar bering, lekin OZAPEKS ni qo‘llashni to‘xtatmang, shifokor buni aytgan holatlardan tashqari.

Siz OZAPEKS tabletkalarini shifokor ko‘rsatmalari bo‘yicha kuniga bir marta qabul qilishingiz kerak. Tabletkalarni har kuni, kunning bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling. Siz ularni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilayotganligingiz muhim emas. OZAPEKS tabletkalari shimish uchun mo‘ljallangan.

OZAPEKS tabletkalari juda mo‘rt, shuning uchun u bilan ehtiyotkorlik bilan muomala qilish kerak. Nam qo‘llar bilan tabletkani ushlamang, chunki u bo‘linib ketishi mumkin.

1 va 2. Blisterning chetlaridan ushlang.

  1. Tabletkani ehtiyotkorlik bilan siqib chiqaring.
  2. Tabletkani og‘izga tashlang. U og‘izda erib ketadi va uni oson yutib yuborish mumkin.

Siz shuningdek tabletkani bir stakan yoki piyola suv, apelsin sharbati, olma sharbati, sut yoki kofega solishingiz va aralashtirishingiz mumkin. Ayrim ichimliklar bilan aralashtirilganda aralashmaning rangi o‘zgarishi va xira bo‘lishi mumkin. Aralashtirilgandan keyin darhol qabul qiling.

 

Agar Siz OZAPEKS ni keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz

OZAPEKS ni keragidan ortiq qabul qilgan pasientlarda quyidagi simptomlar: yurak urishini tezlashishi, ajitasiya/tajavuzkorlik, nutqni buzilishi, odatdagi bo‘lmagan harakatlar (ayniqsa yuz va tilni) va ong darajasini pasayishi kuzatilgan. Boshqa simptomlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘tkir ong chalkashishi, tutqanoq xurujlari (tutqanoq), koma, tana haroratini oshishi, nafas olishni tezlashishi, ko‘p terlash, mushaklar rigidligi, holsizlik yoki uyquchanlik, nafas olish tezligini sekinlashishi, aspirasiya, arterial bosimni oshishi yoki arterial bosimni pasayishi, yurak ritmini buzilishi. Darhol shifokor bilan bog‘laning yoki shifoxonaga murojaat eting. Shifokorga tabletkalar o‘ramini ko‘rsating.

Agar Siz OZAPEKS ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Eslagan zahotingiz tabletkani qabul qiling. Bir kunda ikkita doza qabul qilmang.

Agar Siz OZAPEKS ni qabul qilishni to‘xtatayotgan bo‘lsangiz

Faqat o‘zingizni yaxshi qilganligingiz uchungina tabletkani qabul qilishni to‘xtatmang. OZAPEKS ni shifokor aytganidek qabul qilishni davom ettirishingiz muhim.

OZAPEKS ni qabul qilishni to‘satdan to‘xtatganda ko‘p terlash, uxlayolmaslik, tremor, xavotirlik, ko‘ngil aynishi va qusish kabi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Shifokor davolashni to‘liq to‘xtatishdan oldin dozasi asta-sekin kamaytirishni tavsiya etishi mumkin.

Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash yuzasidan biron-bir savollar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar

Barcha dori preparatlari kabi ushbu dori preparati garchi hammada ham kuzatilmasada, nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Juda tez-tez kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar: (10 odamdan 1 nafaridan ko‘prog‘ida kuzatilishi mumkin)

  • Tana vaznini oshishi
  • Uyquchanlik
  • Qonda prolaktin darajasini oshishi

Tez-tez kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar: (10 odamdan 1 nafaridan kamrog‘ida kuzatilishi mumkin)

  • Ayrim qon xujayralari va qonda yog‘ darajasini o‘zgarishi
  • Qonda va siydikda glyukoza darajasini oshishi
  • Yaqqolroq namoyon bo‘lgan ochlik hissi
  • Bosh aylanishi
  • Bezovtalik
  • Tremor
  • Mushaklar rigidligi yoki spazmi (shu jumladan ko‘z olmalari harakati)
  • Nutqni buzilishi
  • Odatdagi bo‘lmagan harakatlar (ayniqsa yuz va tilni)
  • Qabziyat
  • Og‘izni qurishi
  • Toshma
  • Kuchni kamayishi
  • Yuqori toliqish
  • Kaft, to‘piq yoki panjalarda shish paydo bo‘lishiga olib keluvchi organizmda suyuqlikni tutilishi
  • Davolashning erta bosqichlarida ayrim odamlarda bosh aylanishi yoki hushdan ketish (yurak qisqarishlari tezligini kamayishi bilan), ayniqsa yotgan yoki o‘tirgan holatdan turganda kuzatilishi mumkin. Odatda bu o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi, agar o‘tib ketmasa – bu haqida shifokorga xabar bering.
  • Erkaklar va ayollarda libidoni pasayishi yoki erkaklarda erektil disfunksiya kabi jinsiy disfunksiya

Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya reaksiyalar (100 odamdan 1 nafaridan kamrog‘ida kuzatilishi mumkin)

  • Yurak qisqarish tezligini pasayishi
  • Quyosh nuriga sezuvchanlik
  • Sochlarni to‘kilishi
  • Siydikni tutib turolmaslik
  • Hayzni yo‘qligi yoki kamayishi
  • Ko‘krak sutini patologik ishlab chiqarishi yoki patologik o‘sishi kabi erkaklar va ayollarda sut bezlaridagi o‘zgarishlar
  • Venalarda, ayniqsa oyoq venalarida tromb hosil bo‘lishi (simptomlariga oyoqni shishi, og‘rig‘i va qizarish kiradi), ular ko‘krakda og‘riq va nafas olishni qiyinlashishini chaqirib, qon tomirlar orqali o‘pkaga ko‘chishi mumkin. Agar Siz bu simptomlardan birontasini sezsangiz, darhol tibbiy yordamga murojaat eting.

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya reaksiyalar: mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi.

  • Allergik reaksiyalar (masalan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni shishi, qichishish, toshma)
  • Qandli diabet yoki ketoasidoz (qon va siydikda ketonlarni mavjudligi) yoki koma bilan kechuvchi qandli diabetni zo‘rayishi
  • Normal tana haroratini pasayishi
  • Tutqanoq xurujlari, odatda anamnezida tutqanoq xurujlari (tutqanoq) bo‘lganida
  • Tana haroratini oshishi, nafas olishni tezlashishi, ko‘p terlash, mushaklar rigidligi, holsizlik yoki uyquchanlikni birga kuzatilishi
  • Ko‘z olmalarini aylanma harakatini chaqiruvchi ko‘z mushaklari spazmlari
  • Yurak ritmini buzilishi
  • Tushuntirib bo‘lmaydigan to‘satdan o‘lim
  • Qorinda kuchli og‘riq, tana haroratini oshishi va ko‘ngil aynishini chaqiruvchi me‘da osti bezini yallig‘lanishi
  • Teri va ko‘z sklerasini sarg‘ayishi bilan namoyon bo‘luvchi jigar kasalliklari
  • Tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi mushaklar kasalliklari
  • Siyishni qiyinlashishi
  • Davomli va/yoki og‘riqli ereksiya.

Venalarda, ayniqsa oyoq venalarida tromb hosil bo‘lishi (simptomlariga oyoqni shishi, og‘rig‘i va qizarish kiradi), ular ko‘krakda og‘riq va nafas olishni qiyinlashishini chaqirib, qon tomirlar orqali o‘pkaga ko‘chishi mumkin. Agar Siz bu simptomlardan birontasini sezsangiz, darhol tibbiy yordamga murojaat eting.

Olanzapinni demensiyasi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanilganda insult, pnevmoniya, siydikni tutib turolmaslik, yuqori toliqish, ko‘rish gallyusinasiyalari, tana haroratini oshishi, terini qizarishi va yurishni buzilishlari kuzatilgan. Ushbu guruh pasientlarida bir nechta o‘lim holatlari qayd etilgan.

Parkinson kasalligi bo‘lgan pasientlarda OZAPEKS simptomlarni chuqurlashtirishi mumkin. Uzoq vaqt davomida bu tipdagi dori preparatlarini qabul qilayotgan ayollarda kam hollarda ko‘krak suti ajrala boshlagan va ularda hayzni kechikishi yoki muntazam bo‘lmagan hayz sikllari kuzatilgan. Agar bunday ko‘rinish saqlanib qolsa, bu haqida shifokoringizga xabar bering.

Nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berish

Biron-bir nojo‘ya reaksiyalar rivojlangan holatlarda shifokoringiz, farmasevt yoki hamshiraga xabar bering. Ularga kuzatilishi mumkin bo‘lgan, ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya reaksiyalar kiradi. Nojo‘ya reaksiyalar haqida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi haqida ko‘proq ma‘lumot to‘plashga yordam berasiz.

  1. OZAPEKS ni qanday saqlanadi

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Dori preparatlarini karton qutidagi va blisterdagi “GODEN DO” yozuvidan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llash mumkin emas. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Yorug‘likdan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.

Dori preparatlarini kanalizasiyaga to‘kish yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Sizga kerak bo‘lmagan dori preparatlarini qanday tashlab yuborish kerakligi haqida farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

OZAPEKS preparatining tarkibi

  • Faol modda bo‘lib olanzapin hisoblanadi. OZAPEKS shimish uchun tabletkalari 5 mg, 10 mg, 15 mg yoki 20 mg faol modda saqlaydi. Aniq miqdori OZAPEKS preparatining o‘ramida ko‘rsatilgan.
  • Boshqa ingredientlar:
  • krospovidon, laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksidi, gidroksipropilsellyuloza, yalpiz kukuni, talk, magniy stearati.

OZAPEKS ning tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

OZAPEKS 5 mg, 10 mg, 15 mg va 20 mg sariq rangli shimish uchun tabletka hisoblanadi. Shimish uchun tabletkalar deb, og‘iz bo‘shlig‘ida eriydigan tabletkalar ataladi va ularni oson yutib yuborish mumkin.

OZAPEKS 5 mg, 10 mg, 15 mg va 20 mg 28, 35, 56 yoki 70 tabletkadan karton qutilarda ishlab chiqariladi. Sotuvda barcha turdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.

BU DORI PREPARATI

  • Dori preparati – bu Sizning sog‘log‘ingizga ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatdir va uni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llamaslik Siz uchun xavf tug‘diradi.
  • Shifokor ko‘rsatmasi, qo‘llash usuli va dori preparatini sotgan farmasevt yo‘riqnomalariga qat‘iy amal qiling.
  • Shifokor va farmasevt dori preparatlari, shuningdek ularning foydasi va xavfi yuzasidan mutaxassislar hisoblanadi.
  • Buyurilgan davolash kursini mustaqil to‘xtatmang.
  • Preparatni shifokor bilan maslahatlashmasdan huddi shu resept asosida takroran xarid qilmang.

Barcha dori preparatlarini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OZAPEKS tabletkalari 15mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OZAPEKS tabletkalari 15mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OZAPEKS tabletkalari 15mg N28 dori vositasi Pharmathen S.A. tomonidan Gretsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OZAPEKS tabletkalari 15mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OZAPEKS tabletkalari 15mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TORAMAT tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
TORAMAT tabletkalari 25mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
OZAPEKS tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
OZAPEKS tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmathen S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9