QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PALIN®
PALIN®
Preparatning savdo nomi: Palin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pipemidat kislotasi (pipemidic acid)
Dori shakli: 200 mg li kapsulalar
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 200 mg pipemidat kislotasini trigidrat shaklida;
yordamchi moddalar: magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi suvsiz, makkajo‘xori kraxmali;
kapsulaning tarkibi: jelatin, titan dioksidi (Ye 171), sarig‘i xinolin (Ye 104), patent blyu V (Ye 131), brilliant qorasi BN (E 151), sariq “shafaqi” FCF-FD&C Yellow 6 bo‘yovchisi (E 110).
Ta‘rifi: yashil qopqoqli och-sariq rangli kapsulalar
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar, antibakterial xinolonlar, boshqa xinolonlar.
ATX kodi: J01MB04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Pipemidat kislotasi xinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan siydik yo‘llari antiseptigi hisoblanadi. Xinolonlar keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan samarali antibakterial preparatlardir.
Ta‘sir mexanizmi
Pipemidat kislotasi infeksiya o‘chog‘idagi konsentrasiyasiga qarab bakteriostatik yoki bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. U bakterial DNK ning replikasiyasida, transkripsiyasida, reparasiyasida, rekombinasiyasida va tashilishida ishtirok etadigan bakterial DNK topoizomeraza II fermentining (DNK-giraza deb ataladigan fermentining) faolligini susaytiradi. Bu bakterial DNK ni buzilishga olib keladi. Pipemidat kislotasining bakteriyalari o‘sishini susaytiruvchi chegara konsentrasiyalari (breakpoints): S (sezuvchan) <=8 mg/l va R (rezistent) >=16 mg/l.
Sezuvchanligi
Ayrim turlarning rezistentligini tarqalishi geografik va xarakterga ega bo‘ladi, shuning uchun davolashni boshlashdan avval, antibiotikka rezistentlik bo‘yicha, ayniqsa og‘ir infeksiya hollarida mahalliy ma‘lumotni olish maqsadga muvofiqdir. Agar antibiotikka rezistentligining mahalliy ko‘rsatkichlari infeksiyaning kamida bir nechta ayrim turlarida preparatni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini shubhaga qo‘ysa, tegishli mutaxassislarga yordam olish uchun murojaat qilish lozim.
Odatdagi sezuvchan mikrorganizmlar
Grammanfiy aerob bakteriyalar: Proteus spp., E. Coli, Citibacter spp., Haemophillus influenza, Morganella morganii, Serratia spp.
Rezistentlikni rivojlanish potensiali bo‘lgan mikroorganizmlar
Grammusbat aerob bakteriyalar: Klebsiella spp., Alcaligenes spp., Acinetobacter spp., Providentia stuartii, Proteus mirabilis
Tabiiy rezistentligi bo‘lgan mikroorganizmlar
Grammusbat aerob bakteriyalar: Coccobacilli u bacilli
Grammanfiy aerob bakteriyalar: Pseudomonas spp., Chlamydia trachomatis, Mycobacterium marinum
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Pipemidat kislotasi oson (93%) so‘riladi va qon zardobida 1-2 soatdan keyin maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. 500 mg pipemidat kislotasini qabul qilgandan keyin qon zardobida o‘lchangan konsentrasiyasi 4,4 mg/l ni tashkil qilgan. Biologik yarim chiqarilish davri – 3,1 soat.
Taqsimlanishi
Pipemidat kislotasining taxminan 30% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi; bog‘lanishi qon zardobidagi konsentrasiyasiga bog‘liq. Taqsimlanish hajmi – 1,7 l/kg. Peroral qabul qilingandan keyin pipemidat kislotasi qon zardobida past konsentrasiyalarda bo‘lib, siydikda juda yuqori konsentrasiyasiga erishadi, shuning uchun u tizimli infeksiyalarni davolash uchun yaroqsiz, ammo quyi siydik yo‘llarining infeksiyalarini davolash uchun samarali vosita hisoblanadi. Preparatni 500 mg dozada qabul qilingandan keyin pipemidat kislotasining 2 soatdan 6 soatgacha bo‘lgan intervalda siydikda o‘lchangan konsentrasiyasi 1116 mg/l ni tashkil qilgan va 12 soat davomida u 100 mg/l dan pastga tushmagan. 1000 mg pipemidat kislotasini qabul qilingandan keyin uning konsentrasiyasi 24 soat davomida 100 mg/l dan pastga tushmagan. Pipemidat kislotasi to‘qimalarga yaxshi kiradi, u yerda uning konsentrasiyasi xuddi shunday yoki xatto zardobdagidan ham yuqori qiymatlarga erishadi. Preparatni odatiy terapevtik dozalarda qabul qilingandan keyin uning safrodagi konsentrasiyasi 5 mg/l dan 7 mg/l gacha va buyrakda 31,8 mg/l ga yetadi. Markaziy nerv tizimi bundan mustasno bo‘lib, preparatning undagi konsentrasiyasi juda ham kam. So‘lakda pipemidat kislotasining qon zardobidagi konsentrasiyasining uchdan biriga teng konsentrasiyasiga erishiladi. Pipemidat kislotasi yo‘ldosh orqali o‘tadi (amniotik suyuqligidagi konsentrasiyasi 2 mg/l dan 7 mg/l gachani tashkil qiladi) va oz miqdorda ona sutiga o‘tadi.
Metabolizmi
Pipemidat kislotasining faqat oz miqdorigina metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda va faqat 6% – metabolitlar shaklida chiqariladi. Uning metabolitlari (formilpipemid kislotasi, asetilpipemid kislotasi, oksopipemid kislotasi) bir xil ta‘sir doirasiga ega, biroq ularning faolligi 10 marta past.
Chiqarilishi
Pipemidat kislotasi asosan siydik bilan buyrak kalavachalarida filtrasiya va naychalar sekresiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Diurez qanchalik katta bo‘lsa, pipemidat kislotasining siydikdagi konsentrasiyasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Peroral dozaning 50 % dan 85% gacha qismi birinchi 24 soat davomida chiqariladi. Pipemidat kislotasining 35% gacha qismi ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Palin pipemidat kislotasiga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun mo‘ljallangan:
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda sistitni, pielonefritni, pielitni va uretritni davolash uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada peroral 800 mg ni tashkil qiladi. Pasientlar preparatni
400 mg (2 kapsula) dan har 12 soatda, ertalab va kechqurun qabul qilishlari kerak. Davolash davomiyligi odatda 5 kundan 10 kungachani tashkil qiladi va 4 haftadan oshmasligi kerak. Ayollarda asoratlanmagan sistitni davolash odatda 3 kun davom etadi.
Quyi siydik yo‘llarining infeksiyalarini qaytalanishini oldini olish uchun tavsiya qilingan doza kuniga 1 marta 200 mg (1 kapsula) ni tashkil qiladi. Klinik tadqiqotlarda profilaktik qabul qilish davomiyligi 6 oyni tashkil qilgan. Profilaktik doza sutkada 200 mg ni tashkil qiladi. Preparatni ovqatdan keyin, suv bilan ichib qabul qilish tavsiya qilinadi.
Davolanish vaqtida ajralib chiqadigan siydik miqdorini oshirish uchun ko‘p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.
Buyrak funksiyasini faoliyatini buzilishida o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml va undan ortiq) bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml va undan kam) bo‘lgan pasientlarda doza kamaytiriladi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak funksiyasi normal bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarni ham odatdagi dozalar bilan davolash tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralar ko‘pchilik hollarda yengil va o‘tkinchi bo‘lib, odatda preparatni bekor qilishni talab etmaydi. Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya boshqalarga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Boshqa antimikrob vositalarni qabul qilingandagi bo‘lgani kabi, davolash vaqtida rezistentlik va superinfeksiya rivojlanishi mumkin.
Allergik reaksiyalar, anafilaktik reaksiyalar, toksik epidermal nekroz yoki tirishish belgilari paydo bo‘lganida davolashni darhol to‘xtatilish kerak.
Nojo‘ya samaralarni baholash ularni paydo bo‘lish tezligiga asoslanadi:
juda tez-tez: 10 pasientdan 1 nafaridan ko‘pida
tez-tez: 100 pasientdan 1-10 nafarida
tez-tez emas: 1000 pasientdan 1-10 nafarida
kam hollarda: 10000 pasientdan 1-10 nafaridan kamida
juda kam hollarda: 100000 pasientdan 1 nafaridan kamida
tez-tezligi noma‘lum: bor ma‘lumotlarga ko‘ra tez-tezligini aniqlash mumkin emas.
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: eozinofiliya; tez-tezligi noma‘lum: qaytuvchan trombositopeniya (keksa pasientlarda va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda); gemolitik anemiya (glyukozo-6-fosfat-degidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarda).
Ruhiy buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: qo‘zg‘alish, depressiya, ongni chalkashuvvi, gallyusinasiyalar, uyquni buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: tremor, sensor buzilishlar, bosh miya shishi bilan bog‘liq uzoq tirishishlar.
Ko‘z kasalliklari
Tez-tezligi noma‘lum: ko‘rishni buzilishi.
Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: vestibulyar bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: anoreksiya, epigastral sohada og‘riq, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, yoki qorinda og‘riq, diareya yoki qabziyat.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, yengil qichishish), fotoosensibilizasiya yoki toksik epidermal nekroz ko‘rinishida).
Suyak – mushak va biriktiruvchi to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: o‘tkir artropatiya va tendinit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Pipemidat kislotasi bilan uzoq vaqt davolanganda teofillinni yarim chiqarilish davri uzayadi, boshqacha so‘z bilan aytganda, uning klirensi kamayadi. Bu teofillinning zardobdagi konsentrasiyasini 40-80% ga oshishiga olib keladi. Shunday qilib, teofillin va pipemidat kislotasi qo‘llangan pasientlarda teofillinning qon zardobidagi konsentrasiyasini ko‘proq aniqlash kerak.
Hamma xinolon antibiotiklari qon zardobida kofein va pipemidat kislotasining konsentrasiyasini 2 martadan 4 martagacha oshiradi.
Antasidlar (alyuminiy, magniy va kalsiy birikmasi) va sukralfat pipemidat kislotasining so‘rilishini sezilarli sekinlashtiradi. Ushbu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi interval kamida 2-3 soatni tashkil qilishi kerak. Ammo bunday samaralar, simetidin va ranitidinni bir vaqtda ishlatilganda kuzatilmagan.
Palin varfarinning antikoagulyantlik samarasini kuchaytirishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va xinolinlarni bir vaqtda qo‘llash tirishishlarni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash vaqtida samaradorlikni oshirish uchun ko‘p miqdorda suyuqlik ichish (diurezni nazorati ostida) tavsiya qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan past bo‘lganda preparatni to‘planish ehtimoli borligi sababli, dozani pasaytirish va sinchkov nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Juda kam hollarda Palin tirishishlarni chaqirishi mumkin, shuning uchun tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda va boshqa tirishish bo‘sag‘asini pasayishi bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyokorlikka rioya qilish lozim.
Anamnezida bosh miyada qon aylanishini buzilishi (shu jumladan bosh miyaga qon quyilishi, bosh miyaning qon tomirlarini spazmi) bo‘lgan pasientlarga preparat buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
70 yoshdan oshgan pasientlarda qo‘llanganda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki bu yoshdagilarda nojo‘ya samaralar soni oshadi.
Davolash jarayonida fotosensibilizasiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, ultrabinafsha nurlanishdan saqlanish kerak.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki xinolonlar o‘tkir gemolitik hurujlarni chaqirishi mumkin.
Pipemidat kislotasi preparatlari bilan davolash vaqtida o‘tkir porfiriya krizini chaqirishi mumkinligi tufayli, pasientlarni sinchkov kuzatish zarur.
Preparatni anamnezida xinolonlarga allergik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarga buyurilganida kesishgan sezuvchanlik yuz berishi mumkinligi tufayli, ehtiyot bo‘lish kerak. Palin allergik reaksiyalar, shu jumladan astmatik turdagi allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan brilliant qorasi BN (E151) bo‘yovchisini saqlaydi. Allergik reaksiyalar asetilsalisil kislotasini o‘zlashtiraolmaydigan odamlarda ko‘proq kuzatiladi.
Palin kapsulalari sariq “quyosh shafaqi” FCF FD&C (Ye110) bo‘yovchisini saqlaydi, u allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin va bolalarni faoliyati va diqqatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatashi mumkin.
Preparatni uzoq muddat qo‘llanganda qonning umumiy ko‘rsatkichlarini kuzatish, jigar va buyrak funksiyasini aniqlash va mikroflorani Palinga nisbatan sezgirligini takroran aniqlash kerak.
Benedikt reaktivi yoki Felling eritmasini ishlatilganida siydikda glyukoza darajasi yuzasidan soxta-musbat reaksiyasi kuzatilishi mumkin. Glyukozooksidaza bilan fermentativ reaksiyalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktasiya
Palin preparatini homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun homiladorlik va laktasiya vaqtida preparat buyurilmaydi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang). Emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Avtomobilni haydash va texnikani boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Pipemidat kislotasi vestibulyar bosh aylanishi va ko‘rish buzilishini chaqirishi mumkinligi tufayli ayrim pasientlarda diqqatni jamlash qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Pipemidat kislotasining dozasini oshirib yuborilishi “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limida ko‘rsatilgan sanab o‘tilgan simptomlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi, tremor va tirishishlar kabi simptomlar bo‘lishi mumkin. Agar pasient preparatning katta miqdorini qabul qilgan bo‘lsa va hushida bo‘lsa, qusishni chaqirish va me‘dani yuvishni o‘tkazish, shuningdek unga faollashtirilgan ko‘mir berish kerak. Pipemidat kislotasini organizmdan gemodializ yordamida (6 soatda 90%) chiqarib yuborish mumkin. Markaziy nerv tizimini buzilishlari, shu jumladan tutqanoq xurujlarini, simptomatik (diazepam) bilan davolash kerak.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda, 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.