×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PAVISIN suppozitorii N14

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- XXR
Faol modda:
борнеол, масло куркумы
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Hainan Bikai Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:
- G02CX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 243 ta dorixonasida topildi

ico 157 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 215 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 170 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BIOSELAK kapsulalar N10 Rotapharm Limited Buyuk Britaniya
POVIDON YODIN suppozitorii 200mg N14 ФАРМАПРИМ, ООО Moldova
23 500 s`om dan
GINO VITAL L suppozitorii 750mg/200mg N7 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
MAKMIROR KOMPLEKS kapsulalar 200000me N8 Доппель Фармацеутици С.р.Л. Italiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PAVISIN suppozitorii N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PAVISIN

PAVISIN

Preparatning savdo nomi: Pavisin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): kurkuma moyi, borneol

Dori shakli: vaginal suppozitoriylar

Tarkibi

Bitta suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: kurkuma moyi – 82 mg; borneol – 75 mg;

yordamchi moddalar: etanol, makrogol 400, makrogol 4000, polioksil (40) stearati, laurokapram.

Ta‘rifi: oq-sut, sarg‘ish yoki jigarrang rangli, o‘qsimon shaklli suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi: asosan akusherstva va ginekologiyada qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: G02CX

Farmakologik hususiyatlari

Suppozitoriyning tarkibiga kiruvchi kurkuma moyi va borneol uchuvchan moddalar hisoblanadi, shu sababli yallig‘lanish o‘chog‘iga chuqur kiradi. Keng antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir doirasiga ega bo‘lib, kurkuma moyi va borneol periferik qon-tomir havzasida oq qon tanachalarining miqdorini ko‘paytiradi, fagositlarning fagositar faolligini va immunitetni yaxshilaydi. Preparatning ta‘sir etuvchi komponentlari eroziya bo‘lgan sohada qon oqimini yaxshilaydi. Suppozitoriylar nekrozga uchragan to‘qimalarni bartaraf qilib, yallig‘lanish natijasida shikastlangan to‘qimalarning regenerasiyasini va yangilanishini tezlashtiradi. Odam papilloma virusini ingibisiya qiladi.

Farmakokinetikasi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Qo‘llanilishi

  • Servisit;
  • Bachadon bo‘yni eroziyasi;
  • Vaginit (shu jumladan, zamburug‘li);
  • Vaginoz (shu jumladan, bakterial);
  • Qarilik kolpiti;
  • Papillomavirus infeksiyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vaginal qo‘llanadi.

Suppozitoriy bevosita uxlashdan oldin, qo‘llarni yuvib, yotgan holatda barmoqning uchiga qo‘yiladi va qinning ichiga (orqa gumbaziga) chuqur kiritiladi. Bir marta qo‘llash uchun bitta suppozitoriydan ishlatilsin. Davolash kursi 14 kunni tashkil etadi.

Papillomavirus infeksiyasini davolashda 1-2 davolash kursini o‘tkazish kerak, qator hollarda davolashning davomiyligi 2-3 davolash kursini tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida davolash kursini takrorlash mumkin.

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi eroziyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni 1-2 davolash kursini qo‘llash kerak. Og‘ir darajadagi eroziyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni 2-3 davolash kursi davomida qo‘llash kerak. Suppozitoriylarni lazerli terapiya, elektrokoagulyasiya, kriodestruksiya va radioto‘lqinli jarrohlik kabi fizikaviy usullar bilan davolashga tayyorgarlik maqsadida qo‘llash mumkin. Preparat yuqoridagi holatlarda qo‘llanganida asoratlar kamayadi, to‘qimalarni regenerasiya vaqti qisqaradi.

Zamburug‘li kolpitni davolashda 1-2 davolash kursini o‘tkazish kerak. Zarurat bo‘lganida davolash kursini takrorlash mumkin.

Bakterial vaginozni 1-2 davolash kursi davomida davolash kerak, so‘ngra esa profilaktika maqsadida 1-2 suppozitoriydan har hafta qo‘llanadi. Zarurat bo‘lganida davolash kursini takrorlash kerak.

Klimaks davrida va menopauzadan so‘ng, shuningdek estrogenlarning miqdori past bo‘lgan yosh ayollarda namoyon bo‘ladigan qarilik kolpiti qinni qichishishi, achishishi, qin ajralmalarini ko‘payishi bilan namoyon bo‘ladi, ajralmalar badbo‘y hidli yiringli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin, qinning shilliq qavati quruq va dag‘al bo‘lib qoladi. Davolashning davomiyligi – 2-4 davolash kursini tashkil etadi, so‘ngra profilaktika maqsadida 1-2 suppozitoriydan har hafta qo‘yiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qinga kiritilganidan so‘ng kam hollarda tana harorati vaqtinchalik oshadi, achishish hissi, og‘riq, qichishish, shish, toshma va allergiya paydo bo‘ladi, keksa yoshdagi ayollarda yoki estrogenlarning miqdori past bo‘lgan pasientlarda et uvishishi kuzatiladi, bunday holatda preparatning dozasi kamaytiriladi yoki qo‘llash bekor qilinadi. Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng ushbu noxush reaksiyalar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga, homiladorlikni 12 haftasigacha qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan pasientlar preparatni ehtiyotkorlik bilan ishlatishlari kerak.

Preparat qinga kiritilganida qinda sovush hissi seziladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

Chiqarilish shakli

7 suppozitoriydan alyumin kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram barmoqqa kiyiladigan qopchalar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PAVISIN suppozitorii N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PAVISIN suppozitorii N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PAVISIN suppozitorii N14 dori vositasi Hainan Bikai Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan XXR mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PAVISIN suppozitorii N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PAVISIN suppozitorii N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9