×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIMAFUKORT maz 15g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Гидрокортизон, Натамицин, неомицин
Ishlab chiqaruvchi:
- Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
ATX kodi:
- D07CA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 200 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1% Lekinterkaps, ООО O'zbekiston
1 500 s`om dan
FUSIS gel 30g 0,5% Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
27 100 s`om dan
ELOKOM maz 15g 0,1% Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V. Belgiya
69 400 s`om dan
KETOZOL SN krem 20g BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PIMAFUKORT maz 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 

 

 

 

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RPreparatning savdo nomi: Pimafukort®

Dori shakli:

Sirtga qo‘llash uchun krem

Sirtga qo‘llash uchun surtma.

Tarkibi:

Krem:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

natamisin 10 mg

neomisin (neomisin sulfati ko‘rinishida) 3500 TB

mikronizasiya qilingan gidrokortizon 10 mg

yordamchi moddalar:

14,0 mg natriy sitrati (Ye 331), 115,0 mg emulgator F, 30,0 mg sorbitan stearati (Ye 492), 60,0 mg setilefir mumi, 150,0 mg setiol V, 20,0 mg makrogol stearati 100, 2,0 mg metilparagidroksibenzoat (Ye 218), 0,50 mg propilparagidroksibenzoat (Ye 216), tozalangan suv 1000,0 mg gacha.

Surtma:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Natamisin 10 mg

neomisin (neomisin sulfati ko‘rinishida 3500 TB

mikronizasiya qilingan gidrokortizon 10 mg

yordamchi moddalar:

976,5 mg polietilenli surtma asosi (95% suyuq parafin, 5% polietilen).

Ta‘rifi:

Krem: oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan krem.

Surtma: oqdan sariq rangligacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada

ATX kodi: D07CA01

Farmakologik xususiyatlari

Antibakterial, zamburug‘larga qarshi, mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi majmuaviy preparatdir.

Neomisin aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik, qator grammusbat (Staphylococcus spp., Enterococcus spp.) va grammanfiy (Klebsiella spp., Proteus spp., Escherichia coli va boshq.) bakteriyalarga nisbatan faol.

Natamisin polien qatori zamburug‘lariga qarshi preparatlarga mansub bo‘lib, achitqi va achitqisimon zamburug‘larga, ayniqsa Candida spp. ga nisbatan fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Dermatomisetlar natamisinga kamroq sezuvchandir.

Gidrokortizon yallig‘lanishiga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega. Dermatozlarning turli ko‘rinishlari bilan birga kechuvchi, yallig‘lanish ko‘rinishlari va qichishishni bartaraf qiladi.

Farmakokinetikasi

Natamisin va neomisin shikastlanmagan teri va shilliq qavatlari orqali deyarli so‘rilmaydi. Neomisin jarohat, yaralarga tushganida, preparat shikastlangan teri orqali so‘rilishi mumkin. Shikastlanmagan teri orqali 1% dan 3% gacha gidrokortizon  so‘riladi; dermatitda so‘riladigan gidrokortizonning miqdori 2 marta oshadi, terini infeksion shikastlanishlarida 5 martagacha oshishi mumkin. Bolalarda gidrokortizonning shikastlanmagan teri orqali so‘rilishi, kattalarga qaraganda yuqori, tizimli qon oqimiga preparatning so‘rilish darajasi yosh oshgani sayin kamayadi.

Qo‘llanilishi

Glyukokortikosteroidlar bilan davolash mumkin bo‘lgan ikkilamchi bakterial va/yoki zamburug‘li (ayniqsa Candida spp. avlodiga mansub zamburug‘lar chaqirgan) infeksiya bilan asoratlangan dermatozlar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kattalar terining shikastlangan sohalariga sutkada 2-4 marta qo‘yiladi. Davolashning davomiyligi kasallikning xarakteriga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi, davolash kursi odatda 14 kundan oshmaydi.

Preparat krem shaklida o‘tkir va nimo‘tkir dermatozlarni, shu jumladan namlanish bilan kechuvchi dermatozlarni davolash uchun tavsiya qilinadi. Surtma nimo‘tkir va surunkali dermatozlar, ayniqsa terining yaqqol quruqligi, lixenifikasiya, seboreya borligida yoki surtmaning okklyuzion xususiyatlari zarur bo‘lgan hollarda davolash uchun mo‘ljallangan.

Bolalarda qo‘llanishi

Preparat bolalarda shifokorning nazorati ostida qo‘llanadi, uni terining cheklangan sohalariga qo‘yish kerak, okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanmasin.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘siri

Pimafukort sirtga qo‘llanganida nojo‘ya samaralari, boshqa glyukokortikosteroidlar qo‘llanganidagi kabi kam rivojlanadi va qaytuvchi xarakterga ega.

  • O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (qichishish, achishish, qizarish yoki terining quruqligi) kam rivojlanishi mumkin
  • Juda kam – terini yupqalashishi va atrofiyasi, teleangiektaziyalar, steriyalar, purpura, rozaseasimon va perioral dermatit, jarohatlarning bitishini sekinlashishi, depigmentasiya, gipertrixoz, davolash tugaganidan keyingi bekor qilish sindromi
  • Sirtga qo‘llanadigan glyukokortikoidlar uzoq vaqt davomida terining katta sohalariga qo‘llanganida yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida, ayniqsa bolalarda buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini bostirilishi kabi tizimli ta‘sir qiluvchi glyukokortikoidlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan nojo‘ya samaralari rivojlanishi mumkin.
  • Neomisinga kontakt dermatit.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik,
  • teri tuberkulyozi, bakteriyalar, zamburug‘lar (shu jumladan achitqisimon zamburug‘lar), parazitlar, viruslar tomonidan chaqirilgan terining birlamchi infeksion shikastlanishi,
  • zaxmning teri ko‘rinishlari,
  • trofik yaralar, kuygan jarohatlar, terining postvaksinal reaksiyalari, ochiq jarohatlar,
  • perioral dermatit, glyukokortikoidlarni qo‘llash chaqirgan atrofik striyalar,
  • yuvenil kaft dermatozi,
  • teri tomirlarini sinuvchanligi, teri atrofiyasi,
  • xusnbuzar kasalligi, rozasea, ixtioz.

Ehtiyotkorlik bilan

Tuberkulyozda (tizimli shikastlanish tufayli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.

Anamnezida aminoglikozidlarni qo‘llash fonida IX juft bosh miya nervlarini shikastlanishi aniqlangan pasientlarda.

Nog‘ora pardani teshilishida va neomisinni o‘rta quloqqa bevosita ta‘sirida  ototoksik ta‘sir qilishining xavfi bor.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.

Neomisin va kimyoviy tuzilishi o‘xshash bo‘lgan preparatlar, masalan, kanamisin, paromomisin, gentamisinlar orasida kesishgan o‘ta yuqori sezuvchanlik va neomisin va aminoglikozidlar guruhiga mansub boshqa antibiotiklar orasida kuzatilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pimafukort qovoqlar va periorbital sohaga qo‘yilganida ko‘z ichki bosimni oshishi, kataraktani rivojlanish xavfi bor.

Preparat bolalarda katta yuzalarga yoki bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida, gipotalamo-gipofizlar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyatini bostirilishi ehtimolini ko‘zda tutish kerak.

Uzoq vaqt davolanish holida, jarohatlar va yaralar borligida neomisinning ototoksik va nefrotoksik ta‘sirining nazariy xavfi bor.

Superinfeksiya paydo bo‘lganida yoki zamburug‘lar haddan tashqari o‘sib ketganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va tegishli choralarni ko‘rish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik davrida preparat buyurilganida neomisinning ototoksik ta‘sirining nazariy xavfini hisobga olish kerak, shuning uchun preparatni uzoq vaqt qo‘llash va uni okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yish mumkin emas.

Emizish: natamisinni ko‘krak sutiga chiqarilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Terining kichik sohalarida qisqa muddat ishlatilganda kortikosteroidlar va aminoglikozidlar sutda kam miqdorda aniqlanadi.

Preparatni terining kichik sohalarida va qisqa muddatli davolashda qo‘llangan sharoitdagina, pimafukortni emizish vaqtida ishlatish mumkin. Uzoq ishlatilganida, yoki terining katta sohalariga yoki shikastlangan teriga qo‘llanganida emizish tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Pimafukortni transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, va bunday ta‘sirni paydo bo‘lishi mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Nog‘ora pardani teshilishi borligida va neomisinni o‘rta quloqqa bevosita ta‘sirida preparat tashqi eshituv yo‘li sohasiga qo‘yilgan holda, neomisinning ototoksik ta‘sirining nazariy ehtimoli mavjud.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun krem va surtma:

15 g dan epoksid lak bilan ishlov berilgan, membranani teshish uchun moslamasi bo‘lgan alyumin membrana va buraladigan polietilen qalpoqcha bilan yopilgan alyumin yoki plastik tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti va muddati

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

krem – 3 yil, surtma – 5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIMAFUKORT maz 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIMAFUKORT maz 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIMAFUKORT maz 15g dori vositasi Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIMAFUKORT maz 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIMAFUKORT maz 15g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PIMAFUKORT krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон, Натамицин, неомицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PIMAFUSIN krem 30g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Natamisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Narh: 147 000 so'mdan Batafsil
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Natamisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Narh: 174 900 so'mdan Batafsil
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Natamisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Narh: 99 799 so'mdan Batafsil
PIMAFUKORT krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон, Натамицин, неомицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
LOKOID krem 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Gidrokortizon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
LOKOID LIPOKREM krem 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Gidrokortizon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
LOKOID KRELO emulsiya 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Gidrokortizon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia s.r.l.
LOKOID maz 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Gidrokortizon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
Другие формы препарата
PIMAFUKORT krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон, Натамицин, неомицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9