×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Niderlandlar
Faol modda:
Натамицин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Europe B.V.
ATX kodi:
- G01AA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OVUMIKS suppozitorii N6 Laboratoria Elea S.A.C.I.F.y A. Argentina
134 000 s`om dan
METROGIL gel 30g 1% Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
56 100 s`om dan
KANDIGO krem 7g 10% Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
15 000 s`om dan
KANDID gel 30g Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIMAFUSIN®

PIMAFUCIN®

 

Preparatning savdo nomi: Pimafusin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natamisin

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 20 mg natamisin

Yordamchi moddalar: setilefir mumi, desiloleat (setiol V), natriy laurilsulfati, propilenglikol, propilparagidroksibenzoat, metilparagidroksibenzoat, setostearil spirti, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan krem.

Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vositalar.

ATX kodi: D01AA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Natamisin – preparatning ta‘sir etuvchi moddasi, fungisid ta‘sirga ega zamburug‘larga qarshi polien antibiotikdir. Natamisin xujayra membranalarining sterollarini bog‘laydi, ularning butunligi va faoliyatini buzadi, bu mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Natamisinga ko‘pchilik patogen achitqi zamburug‘lari, ayniqsa Candida albicans, ayrim sodda hayvonlar (T.vaginalis) sezgir. Dermatofitlar kamroq sezgirdirlar. Klinika amaliyotida achitqi zamburug‘lari orasida natamisinga rezistentlik uchramaydi.

Farmakokinetikasi

Sirtga va mahalliy qo‘llanganida shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan teri va shilliq qavatlarning zamburug‘li kasalliklari, shu jumladan:

– asosan Candida zamburug‘lari chaqirgan vulvit, vulvovaginit, balanopostit;

– teri va tirnoqlar kandidozi;

– zamburug‘lar tomonidan birlamchi chaqirilgan, yoki kandidoz bilan asoratlangan tashqi otit;

– dermatomikozlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Homiladorlik va laktasiya

Pimafusin homiladorlik va laktasiya davrida ishlatilishi mumkin. Preparatni homilaga noxush ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vulvitda, vulvovaginitda, balanopostitda krem shikastlangan sohalarga sutkada bir yoki bir necha marta surtiladi. Candida albicans chaqirgan vulvit, vulvovaginitlarni og‘ir kechishida, ichakdagi kandidoz infeksiyasining o‘chog‘ini sanasiyasi uchun, qo‘shimcha ravishda Pimafusin ichga qabul qilish uchun tabletka yoki qin shamchalari ko‘rinishida buyuriladi.

Dermatomikozlarda (shu jumladan teri va tirnoqlarning kandidozida, bolalardagi bichilishda) krem teri yoki tirnoqning shikastlangan yuzasiga sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi.

Tashqi eshitish yo‘lining mikozida shikastlangan yuzaga krem sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi. Preparatni qo‘llashdan oldin quloq tozalanadi. Preparat qo‘llanganidan keyin eshitish yo‘liga tabiiy matodan (paxta, jundan) turunda qo‘yiladi.

Davolash kursining davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi. Kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin davolashni yana bir necha kun davom ettirish tavsiya etiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda preparat surtilgan joyda yengil ta‘sirlanish, achishish hissi bo‘lishi mumkin.

 

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi

Pimafusin preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Preparatning dorilar bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 2% li krem 30 g dan alyumin yoki plastik tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15-25°S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 dori vositasi Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Europe B.V. tomonidan Niderlandlar mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NATASIN vaginal suppozitorlar 100mg N6
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
NATASIN vaginal suppozitorlar 100mg N3
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
PIMAFUSIN krem 30g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Натамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Narh: 139 000 so'mdan Batafsil
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Натамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Narh: 150 000 so'mdan Batafsil
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Натамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Narh: 168 000 so'mdan Batafsil
PRIMAFUNGIN suppozitorii 100mg N3
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZINERIT poroshok 40 mg/ml+12 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Ishlab chiqaruvchi: LEO Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Europe B.V.
Другие формы препарата
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Натамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Натамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
PIMAFUSIN krem 30g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Натамицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9