×
×
  • POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Петровакс Фарм, НПО, ООО
ATX kodi:
- L03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 238 ta dorixonasida topildi

ico 165 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 208 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 180 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

T LAYF liofilizat 1mg N5 Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
180 000 s`om dan
ELAFRA tabletkalari 20mg N30 S.C. Rompharm Company S.R.L., Румыния произведено: Haupt Pharma Munster GmbH Germaniya
222 300 s`om dan
IMMUNOKIND tabletkalari N150 Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
55 000 s`om dan
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 Пептек ЗАО Rossiya Federatsiyasi
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

POLIOKSIDONIY®

POLYOXIDONIUM

 

Preparatning savdo nomi: Polioksidoniy®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azoksimer bromidi

Dori shakli: in‘eksiya uchun va mahalliy qo‘llashga eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Tarkibi:

1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: polioksidoniy® (azoksimer bromidi) -3 mg yoki 6 mg

yordamchi moddalar: mannitol, povidon, betakaroten – 4,5 mg gacha 3 mg dozasi uchun yoki 9 mg gacha 6 mg dozasi uchun.

Ta‘rifi: Sarg‘ish tusli oq ranglidan to sariq rangligacha bo‘lgan g‘ovak massa. Preparat gigroskopik va yorug‘likka sezuvchan.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyasiya qiluvchi vosita.

ATX kodi: L03

 

Farmakologik xususiyatlari

Polioksidoniy® immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sirga ega bo‘lib, lokal va tarqalgan infeksiyalarga nisbatan organizmning rezistentligini oshiradi. Polioksidoniy®ning immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sir mexanizmi asosan fagositlovchi hujayralarga va tabiiy killerlarga bevosita ta‘siri, hamda antitelolar hosil bo‘lishini rag‘batlantirishidir.

Polioksidoniy® turli infeksiyalar, jarohatlar, kuyishlar, xavfli o‘smalar, jarrohlik operasiyalar, kimyoterapevtik vositalar, shu jumladan sitostatiklar, steroid gormonlar qo‘llanganidan keyingi asoratlar chaqirgan ikkilamchi immuntanqisligi holatlarida immun reaksiyalarini tiklaydi.

Immunomodulyasiya qiluvchi ta‘siri bilan birga Polioksidoniy®, yaqqol detoksikasion va antioksidant faollikka ega, organizmdan toksinlar, og‘ir metallarning tuzlarini chiqarish qobiliyatiga ega, lipidlarning perekisli oksidlanishini ingibisiya qiladi. Ko‘rsatilgan xususiyatlari preparatning tuzilishi va yuqori molekulyar tabiati bilan belgilanadi. Polioksidoniy® ni onkologik bemorlarning majmuaviy davolashga kiritilishi kimyo – va nur bilan davolash fonida intoksikasiyani kamaytiradi, ko‘pchilik hollarda infeksion asoratlar va nojo‘ya samaralarining (mielosupressiya, qusish, diareya, sistit, kolit va boshqalar) rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan sxemani o‘zgarishisiz standat davolashni o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Polioksidoniy®ni ikkilamchi immun tanqisligi fonida qo‘llash, davolashning samaradorligini oshirish va davolash muddatini qisqartirish, antibiotiklar, bronxolitiklar, glyukokortikoidlarni ishlatishni ancha kamaytirish, remissiya muddatini uzaytirish imkoniyatini beradi.

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, mitogen, poliklonal faollikka, antigen xususiyatlarga ega emas, allergizasiya qiluvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kanserogen ta‘sirlar ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Polioksidoniy® mushak ichiga yuborilganida yuqori biokiraolishlikka ega (89%); qondagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – 40 minut; barcha a‘zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Organizmdagi yarim taqsimlanish davri (tez fazasi) – 0,44 soat, yarim chiqarilish davri (sekin fazasi) – 36,2 soat. Organizmda preparat oligomerlargacha gidrolizga uchraydi, ular asosan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalar va 6 oylikdan boshlab bolalarda immunitetini muvofiqlashtirish.

Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda:

  • zo‘rayish va remissiya bosqichidagi standart bilan davolab bo‘lmaydigan surunkali qaytalanuvchan infeksion-yallig‘lanishli kasalliklarda;
  • o‘tkir va surunkali virusli va bakterial infeksiyalarda (shu jumladan urogenital infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida);
  • tuberkulyozda;
  • o‘tkir va surunkali allergik kasalliklarda (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatitda), asoratlangan surunkali qaytalanuvchan bakterial va virusli infeksiyalarda;
  • onkologiyada kimyo- va nur davolash jarayonida va undan keyin dori preparatlarining immunosupressiv nefro- va gepatotoksikligini kamaytirish uchun;
  • regenerator jarayonlarni (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar), faollashtirish uchun;
  • uzoq vaqt immunodepressantlar bilan davolangan revmatoid artritda; O‘RK bilan asoratlangan revmatoid artritni kechishida;
  • operasiyalardan keyingi infeksion asoratlarini oldini olish uchun;
  • gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun.

Bolalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda:

  • bakteriyali, virusli, zamburug‘li infeksiyalarni qo‘zg‘atuvchilari chaqirgan o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarda (shu jumladan LOR-a‘zolarining – sinusitda, rinitda, adenoiditda, bodomsimon bezlarning gipertrofiyasida, ORVI);
  • o‘tkir allergik va toksiko-allergik xolatlarda;
  • respirator yo‘llarining surunkali infeksiyalari bilan asoratlangan bronxial astmada;
  • yiringli infeksiya bilan asoratlangan atopik dermatitda;
  • ichak disbakteriozida (spesifik terapiya bilan birga);
  • tez-tez va davomli kasal bo‘luvchi shaxslarni reabilitasiyasi uchun;
  • gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Polioksidoniy® preparatini qo‘llash usullari: parenteral, intranazal. Qo‘llash usullari kasallikning og‘irligi, bemorning yoshiga qarab, shifokor tomonidan tanlanadi.

Mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab): preparat kattalarga 6-12 mg dozada sutkada 1 marta har kuni, yoki kunora, yoki haftada 1-2 marta qo‘yilgan tashxisga yoki kasallikning og‘irligiga qarab buyuriladi.

Mushak ichiga yuborish uchun ampula yoki flakon ichidagisi 1,5-2 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki in‘eksiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga (tomchilab) yuborish uchun preparat 2 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida, Gemodez-N da, Reopoliglyukinda yoki 5% li dekstroza eritmasida eritiladi, so‘ngra steril sharoitida yuqorida ko‘rsatilgan eritmalarning 200-400 ml hajmidagi flakoniga o‘tkaziladi.

Parenteral yuborish uchun tayyorlangan eritma saqlanmasligi lozim.

Intranazal: 6 mg doza 1 ml (20 tomchi) distillangan suv, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi.

Kattalarni davolashga tavsiya etiladigan sxemalar

Parenteral:

O‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida: har kuni 6 mg dan 3 kun davomida, keyinchalik kunora, umumiy kursi 5-10 in‘eksiya.

Surunkali yallig‘lanish kasalliklarida: 6 mg dan kunora 5 in‘eksiya, keyinchalik haftada 2 marta, kursi kamida 10 in‘eksiyani tashkil qiladi.

Tuberkulyozda: 6-12 mg dan haftada 2 marta, kursi 10-20 in‘eksiya.

O‘tkir va surunkali urogenital kasalliklarda: 6 mg dan kunora, kursi 10 in‘eksiya kimyopreparatlari bilan birga.

Surunkali qaytalanuvchi gerpesda: 6 mg dan kunora, kursi 10 in‘eksiya viruslarga qarshi preparatlar, interferonlar va interferon sintezini induktorlari bilan birga buyuriladi.

Allergik kasalliklarning asoratlangan shakllarini davolash uchun: 6 mg dan 5 in‘eksiya kursi: birinchi 2 in‘eksiya har kuni, keyingilari kunora. O‘tkir allergik va toksiko-allergik holatlarda vena ichiga 6-12 g dan allergiyaga qarshi preparatlar bilan birga yuboriladi.

Revmatoid artritda: 6 mg dan kunora 5 in‘eksiya, keyinchalik haftada 2 marta, kursi kamida 10 in‘eksiya.

Onkologik kasallarda:

– kimyoterapiyadan avval va kimyoterapiya fonida kimyoterapevtik vositalarni immunodepressiv, gepato– va nefrotoksik ta‘sirini kamaytirish uchun 6-12 mg dan kunora, kursi kamida 10 in‘eksiya, keyinchalik yuborishning tez-tezligi kimyo- va nur bilan davolashning o‘zlashtirilishi va davomiyligiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi;

– o‘smaning immunodepressiv ta‘sirini oldini olish uchun, kimyo- va nur terapiyasidan keyingi immuntanqisligini muvofiqlashtirish uchun, o‘sma jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanganidan keyin Polioksidoniy®ni 6-12 mg dan haftada 1-2 marta uzoq vaqt qo‘llash ko‘rsatilgan (2-3 oydan bir yilgacha).

O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda haftada 2 martadan ortiq buyurilmaydi.

Intranazal LOR–a‘zolarning o‘tkir va surunkali infeksiyalarini davolash uchun, shilliq pardalarning regenerator jarayonlarini kuchaytirish uchun, kasalliklarning asoratlari va qaytalanishlarini oldini olish uchun, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarida 3 tomchidan har bir burun yo‘liga har 2-3 soatda (sutkada 3 marta) 5-10 kun davomida buyuriladi.

Bolalar uchun qo‘llash usuli va dozalari

Polioksidoniy® preparatini qo‘llash usullari: parenteral, intranazal, sublingval. Qo‘llash usullari tashxis, kasallikning og‘irligi, bemorning yoshi va tana vazniga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi.

Parenteral preparat 6 oylikdan boshlab bolalarga 3 mg dozada (mushak ichiga yoki vena ichiga tomchilab – 0,1-0,15 mg/kg) har kuni, kunora yoki haftada 2 marta, kursi 5-10 in‘eksiya (doza hisobi jadvalda keltirilgan) buyuriladi.

Mushak ichiga yuborish uchun preparat 1 ml in‘eksiya uchun suvda yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritiladi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun preparat 1,5-2 ml steril 0,9% li natriy xloridi eritmasida, Reopoliglyukinda, Gemodez-N da yoki 5% li dekstroza eritmasida eritiladi, steril holatda yuqorida keltirilgan eritmalarni saqlovchi 150-250 ml hajmli flakonlariga o‘tkaziladi.

Intranazal va sublingval: har kuni 0,15 mg/kg sutkalik dozada 5-10 kun davomida. Preparat 1-3 tomchidan bir burun yo‘liga yoki til ostiga har 2-3 soatda tomiziladi.

Intranazal va sublingval qo‘llashga eritma tayyorlash uchun 3 mg doza 1 ml (20 tomchi), 6 mg doza – 2 ml distillangan suv, 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi. Tayyorlangan eritmani 1 tomchisida (50 mkl) 0,15 mg Polioksidoniy® saqlanadi va bu miqdordagi preparatni bola vaznining har 1 kg ga hisoblab buyuriladi.

Sublingval va intranazal yuborish uchun mo‘ljallangan eritma sovutgichda ko‘pi bilan 7 kun saqlanadi. Ishlatishdan avval pipetka eritmasi bilan xona haroratigacha (20-250S) ilitilishi lozim.

 

Bolalarni davolash uchun tavsiya etiladigan sxema

  • O‘tkir yallig‘lanish kasalliklarda: 0,1 mg/kg kunora, kursi 5-7 in‘eksiya.
  • Surunkali yallig‘lanish kasalliklarda: 0,15 mg/kg haftada 2 marta, kursi 10 in‘eksiyagacha.
  • O‘tkir allergik va toksiko-allergik holatlarda: vena ichiga tomchilab 0,15 mg/kg dozada allergiyaga qarshi vositalar bilan birga buyuriladi.
  • Allergik kasalliklarning asoratlangan shakllarini davolash uchun bazis terapiyasi bilan birga: mushak ichiga 0,1 mg/kg dan 1-2 kunlik interval bilan, kursi 5 in‘eksiya.

Intranazal 1-3 tomchidan bir burun yo‘liga har 2-3 soatda (sutkada 2-4 marta) yuboriladi.

Bolalar uchun intranazal va sublingval yuborish uchun sutkalik dozani hisoblash jadvalda berilgan.

Bolaning vazni Sutkada buyuriladigan tomchilar miqdori Yuboriladigan eritmaning hajmi ml da
5 kg 5 tomchi 0,25 ml
10 kg 10 tomchi 0,5 ml
15 kg 15 tomchi 0,75 ml
20 kg 20 tomchi 1,00 ml

Sublingval: barcha ko‘rsatilishlari bo‘yicha – har kuni 0,15 mg/kg sutkalik dozada 10 kun davomida, ichak disbakteriozini davolash uchun 10-20 kun davomida. 1-3 tomchidan til ostiga har 2-3 soatda tomiziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mushak ichiga yuborilganida yuborish joyida og‘riq.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktasiyada qo‘llash mumkin emas (qo‘llashning klinik tajribasi mavjud emas).

Ehtiyotkorlik bilan. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar (qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba cheklangan).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Polioksidoniy® antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antigistamin preparatlar, bronxolitiklar, glyukokortikoidlar, sitostatiklar bilan mutanosib.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat yuborilgan joyda og‘riqlar paydo bo‘lganida, agar bemorda prokainga nisbatan yuqori sezuvchanlik bo‘lmasa, preparat 1 ml 0,25% li prokain eritmasida eritiladi. Vena ichiga (tomchilab) yuborishda oqsil saqlovchi infuzion eritmalarda eritish mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

1 gidrolitik sinfi shisha ampulalar yoki flakonlarda in‘eksiya uchun va mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 4,5 mg dan (3 mg doza uchun), 9 mg dan (6 mg doza uchun). 5 ampula yoki flakondan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida yoki 5 ampula yoki flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

50 ampula yoki flakonlar 10 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton to‘siqlari bo‘lgan qutida (stasionarlar uchun).

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 4 dan 8oS gacha haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 dori vositasi Петровакс Фарм, НПО, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
POLIOKSIDONIY tabletkalari 12 mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Другие формы препарата
POLIOKSIDONIY liofilizat 3mg N5
POLIOKSIDONIY liofilizat 6mg N5
POLIOKSIDONIY suppozitorii 6 mg N10
POLIOKSIDONIY suppozitorii 12 mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9