×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROGINOVA draje N21

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Эстрадиол
Qadoqda soni:
- 21
Ishlab chiqaruvchi:
- Дельфарм Лилль С.А.С.
ATX kodi:
- G03CА03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

ico 200 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

GONAL F eritma 66mkg N1 Мерк Сероно С.п.А Italiya
YARINA PLYUS tabletkalari N28 Bayer Pharma AG, Германия произведено: Bayer Weimar GmbH and Co. KG Germaniya
129 000 s`om dan
KLOFIT tabletkalari 50mg N24 Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A. Gretsiya
123 900 s`om dan
LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Румыния А.О. Ruminiya
95 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROGINOVA draje N21 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROGINOVA®

PROGINOVA®

Preparatning savdo nomi: Proginova®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): estradiol

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: estradiol valerat – 2,0 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 46,25 mg, makkajo‘xori kraxmali – 26,2 mg, povidon 25000 – 3 mg, talk – 2,4 mg, magniy stearati – 0,15 mg, saxaroza – 33,54 mg, povidon 700000 – 0,323 mg, makrogol 6000 – 3,719 mg, kalsiy karbonati – 14,572 mg, talk – 7,104 mg, gliserol 85% – 0,205 mg, titan dioksidi Ye171 – 0,411 mg, indigokarmin Ye132 – 0,051 mg, montaglikolli mum – 0,075 mg.

Ta‘rifi: havo rangli qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: tabiiy va yarimsintetik estrogenlar, soddalar

ATX kodi: G03CA03

Farmakologik xususiyatlari

Proginova preparati odamning tabiiy 17β-estradiolining o‘tmishdoshi, estradiol valeratini (estrogen) saqlaydi.

Proginova preparatini qo‘llash vaqtida ovulyasiya susaymaydi va preparatni qabul qilish gormonlarni endogen ishlab chiqarilishiga deyarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Klimakterik jarayonni boshlanishi bilan tuxumdonlarda estrogenlarni ishlab chiqarilishi asta-sekin to‘xtaydi, bu birdan qizib ketish hissi, uyquni buzilishi, kuchli terlash, qin shilliq qavatini qurishi, dispareuniya va siydikni tutaolmaslik simptomlari bilan kechuvchi urogenital yo‘llarning atrofik o‘zgarishlarning sababi bo‘lgan termoregulyasiya jarayonini buzilishiga olib kelishi mumkin. Kam holatlarda spesifik simptomlardan stenokardiya, yurak urishini tezlashishi, asabiylik holdan toyish va fikrni jamlash qobiliyatini susayishi, xotirani susayishi, libidoni kamayishi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kabi unchalik o‘ziga xos bo‘lmagan simptomlar ham klimakterik sindromining simptomlari hisoblanadi. Gormon o‘rnini bosuvchi davolash (GO‘BD) ayollarda menopauza davrida estradiol yetishmovchiligining bu simptomlarini ko‘pchiligini sezilarli kamaytiradi.

Proginova preparatida bo‘lgani kabi, estrogenning muvofiq dozasi bo‘lgan GO‘BD suyaklar rezorbsiyasini susaytiradi va postmenopauzal davrida suyak to‘qimasining massasini yo‘qotilishini sekinlashtiradi. GO‘BD to‘xtatilganida suyak to‘qimasining massasi, yaqinda kuzatilgan postmenopauzal davrda aniqlangan tezlik bilan xil tezlikda kamayadi. GO‘BD suyak to‘qimasining massasini menopauzal davrni boshlanishidan oldin qayd etilgan darajagacha tiklashini isbotlovchi ishonchli ma‘lumotlar yo‘q. GO‘BD shuningdek terida kollagen miqdoriga va terining zichligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi va ajinlarni hosil bo‘lish jarayonini kechiktiradi.

GO‘BD lipid profilini o‘zgartiradi, bunda umumiy xolesterinni va PZLP xolesterini miqdorini kamaytiradi va YUZLP xolesterini va trigliseridlar darajasini oshiradi. Progestagenni davolash sxemasiga kiritilishi metabolizm jarayonlariga ozgina darajada ta‘sir qilishi mumkin.

Bachadoni olib tashlanmagan ayollarga estrogen bilan o‘rinbosar davolash tartibiga, Proginova preparatida saqlanuvchi progestagenni har bir siklda kamida 10 kun kiritilishi tavsiya etiladi. Bu endometriy giperplaziyasini rivojlanish xavfini va adenokarsinomani mavjud rivojlanish xavfini pasaytiradi. Estrogenli gormon o‘rnini bosuvchi davolash tartibiga progestogenni kiritilishi estrogenning samaradorligini pasaytirmaydi.

Kon‘yugasiyalangan ot estrogenlari (KOE) va medroksiprogesteron asetati (MPA) ning majmuasini qo‘llab o‘tkazilgan observasion tadqiqotlarning natijalari, shuningdek ayollar sog‘lig‘ini himoya qilish inisiativasi (WHI) shiori ostida o‘tkazilgan tadqiqotlar, postmenapauza davrida GO‘BD qabul qilgan ayollarda yo‘g‘on ichak raki bilan kasallanish darajasini pasayishini taxmin qilishga imkon beradi. WHI shiori ostida o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida, kon‘yugasiyalangan ot estrogenlari bilan monoterapiya o‘tkazilganda ushbu patologiyani rivojlanish xavfini kamayishi aniqlanmagan. Bu GO‘BD uchun boshqa preparatlarga ham taalluqlimi, yoki yo‘qligi noma‘lum.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Estradiol valerati tez va to‘liq so‘riladi. So‘rilish jarayonida va jigar orqali birinchi bor o‘tishda dori moddasining murakkab efir shakli parchalanadi va estradiol va valeryan kislotasi hosil bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida estradiol metabolizmga uchrab, estron, estriol va estron so‘lfati hosil bo‘ladi. Estradiol valerati peroral qabul qilinganidan keyin faqat taxminan 3% estradiol qon oqimiga tushadi. Ovqatlanish estradiolning kiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Taqsimlanishi

Estradiolning qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasi taxminan 15 pg/ml (yoki           30 pg/ml) ga teng bo‘lib, odatda tabletka qabul qilingandan so‘ng 4-9 soatdan keyin erishiladi. Tabletka qabul qilingandan so‘ng sutka davomida qon zardobidagi estradiolning darajasi 8 pg/ml (yoki 15 pg/ml) gacha kamayadi. Estradiol qon zardobidagi albumin va jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulin (SHBG-JSBG) bilan bog‘lanadi. Taxminan 1-1,5% estradiol erkin steroid ko‘rinishida, 30-40% jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulin bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi. Bir marta vena ichiga yuborilgandan keyin estradiolning taxminiy taqsimlanish hajmi taxminan 1 l/kg ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Ekzogen yuborilgan estradiol valeratining metabolizmi endogen estradiolning bioalmashinuvi sxemasi bo‘yicha yuz beradi. Estradiol asosan jigarda metabolizmga uchraydi, lekin undan tashqarida, masalan ichakda, buyrakda, skelet mushaklarida va nishon-a‘zolarda ham metabolizmga uchraydi. Metabolizm jarayonlari estrogen, estriol, katexolestrogenlar, sulfatlarni va estrogen faollikka ega bo‘lmagan bu birkmalarning glyukuron kon‘yugatlarini hosil bo‘lishini ng o‘z ichiga oladi.

Chiqarilishi

Vena ichiga bir marta yuborilgandan keyin estradiolning qon zardobidan umumiy klirensining tezligi juda o‘zgaruvchan bo‘lib, minutiga 10 ml/kg dan 30 ml/kg gachani tashkil qiladi. Estradiolning metabolitlarini ayrim qismi safro bilan chiqib, enterojigar sirkulyasiyasi deb nomlangan jarayondan o‘tadi. Estradiolning metabolitlari asosan siydik bilan sulfatlar va glyukuronidlar ko‘rinishida chiqariladi.

Muvozanatli konsentrasiyalari

Preparatni ko‘p marta qabul qilinganidan keyin bir martalik doza qo‘llanganiga nisbatan qon zardobida estradiolning 2 marta yuqori darajasi kuzatiladi. O‘rtacha estradiolning konsentrasiyasi 15 dan (yoki 30 pg/ml) (minimal darajasi) 30 gacha (yoki      60 pg/ml) (maksimal darajasi) gacha o‘zgarib turadi. Estron, kamroq estrogenlikka ega metaboliti kabi qon zardobida 8 marta yuqori konsentrasiyaga, estrogen sulfati esa – 150 marta yuqori konsentrasiyaga erishadi. Preparatni qabul qilish tugaganidan keyin, estradiol va estrogenning davolash boshlangunicha aniqlangan darajalari, keyingi          2-3 kun davomida tezda tiklanadi.

Qo‘llanilishi

  • Tabiiy menopauza yoki kastrasiya oqibatida ayollardagi estrogentanqisligi simptomlarida gormon o‘rnini bosuvchi davolash (GO‘BD),
  • Postmenopauza davrida ayollarda osteorozni oldini olish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkani butunligicha, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi.

Dozalash tartibi

Proginova preparatini qabul qilishni qanday boshlash kerak.

Bachadoni olib tashlangan ayollar preparatni hohlagan paytda qabul qilishni boshlashlari mumkin.

Agar pasient ayolning bachadoni olib tashlanmagan bo‘lsa, hayz ko‘rishi hali ham davom etayotgan bo‘lsa, hayz ko‘rish siklining birinchi 5 kuni davomida Proginova preparati va progestagenni qo‘llash bilan majmuaviy davolash tartibini boshlash kerak (Majmuaviy davolash bo‘limiga qarang).

Amenoreyasi yoki hayz ko‘rishi juda kam bo‘lgan pasient ayollar, shuningdek postmenopauzadagi ayollar istalgan vaqtda, lekin homiladorlik isitisno qilingan holdagina majmuaviy davolashni (Majmuaviy davolash bo‘limiga qarang) boshlashlari mumkin.

GO‘BD uchun ishlatiladigan boshqa preparat (siklik, uzluksiz ketma-ket yoki uzluksiz majmuaviy GO‘BD) dan o‘tish.

GO‘BD uchun ishlatiladigan boshqa har qanday preparatdan o‘tishda Proginova preparatini qabul qilishdan oldin buyurilgan davolash siklini tugatish kerak.

Dozalash

Har kuni 2 mg Proginova preparatining bitta moviy rangli tabletkasini qabul qilish kerak.

Qo‘llash usuli

Har bir o‘ram 21 kunlik davolash kursiga mo‘ljallangan. Preparatni 21 kun qo‘llangandan so‘ng, odatda 7 kun yoki undan kamroq (siklik GO‘BD) tanaffus qilish mumkin yoki preparatni qabul qilishni har kuni davom ettirish mumkin (uzluksiz GO‘BD). Oxirgi davolash tartibini tanlashda, avvalgi o‘ram tugagashi bilan tabletkalarni darhol yangi o‘ramdan qabul qilish kerak.

Majmuaviy davolash:

Bachadonni olib tashlanmagan ayollar uchun har 4 haftada 10-14 kun davomida tegishli progestogenni yondosh qo‘llanishi (uzluksiz-ketma-ket yoki siklik GO‘BD) yoki progestogenni estrogenning har bir tabletkasi bilan birga yondosh qo‘llash tavsiya qilinadi (uzluksiz-majmuaviy GO‘BD).

Majmuaviy davolashning tavsiya qilingan tartibiga pasient ayol tomonidan amal qilinishini oldindan ko‘ra bilish va ta‘minlash lozim.

Tabletka butunligicha, ko‘p bo‘lmagan suyuqlik bilan yutiladi.

Tabletkani har kuni ayni bir vaqtda qabul qilgan afzal.

O‘tkazib yuborilgan tabletkalar

Qabul qilish o‘tkazib yuborilganda o‘tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish lozim. Agar odatdagi qabul qilish vaqtidan 24 soatdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, qo‘shimcha tabletkani qabul qilmaslik kerak. Bir nechta tabletkalar o‘tkazib yuborilganda vaginal qon ketishlari rivojlanishi mumkin.

Pasientlarning o‘ziga xos toifasi uchun qo‘shimcha ma‘lumot

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi

Proginova preparatini bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Katta yoshdagi ayollarda qo‘llanilishi

Katta yoshdagi ayollarda qo‘llanganda preparatning dozasiga tuzatish kiritish zaruratini tasdiqlovchi ma‘lumotlar olinmagan. Preparatni 65 yosh va undan oshgan ayollarda qo‘llanganda Maxsus ko‘rsatmalar va Ehtiyotkorlik choralari bo‘limiga amal qilish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasient ayollarda qo‘llanishi

Proginova preparatini jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasient ayollarda qo‘llanishi yetarli darajada o‘rganilmagan. Proginova preparatini og‘ir jigar kasalliklarida qo‘llash mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasient ayollarda qo‘llanishi

Proginova preparatini buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasient ayollarda qo‘llanishi yetarli darajada o‘rganilmagan. Mavjud ma‘lumotlar preparatni bu toifa bemorlarda qo‘llanganda dozani to‘g‘rilash zarurati yo‘qligini ko‘rsatadi. “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘rinbosar gormonal davolashni qo‘llanishi bilan bog‘liq jiddiy noxush holatlar, shuningdek MAXSUS KO‘RSATMALAR bo‘limida ham ta‘riflangan.

Quyida jadvaldi o‘rinbosar gormonal davolashni olayotgan pasient ayollarda aniqlangan, Regulyator faoliyat uchun chiqarilgan Tibbiy lug‘at (MedDRA) ga muvofiq tizim a‘zolari sinfi bo‘yicha tasniflangan noxush holatlar keltirilgan.

Tizim a‘zolari sinfi Tez-tez (≥1/100, <1/10) Tez-tez emas (≥1/1.000, <1/100) Kam (<1/1.000)
Immun tizimi tomonidan buzilishlar   Allergik toshmalar  
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar Tana vaznini o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi)    
Ruhiyatni buzilishlari   Depressiv holatlar Xavotirlik, libidoni oshishi yoki kamayishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i Bosh aylanishi Migren
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar   Ko‘rish qobiliya-tini buzilishi Kontakt linzalar-ni taqaolmaslik
Yurak tomonidan buzilishlar   Yurak urishini tezlashishi  
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi Dispepsiya Qorin dam bo‘lishi, qusish
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Toshma, qichishish Tugunli eritema, eshakemi Girsutizm, akne
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar     Mushaklar spazmi
Tizim a‘zolari sinfi Tez-tez

(≥1/100 <1/10)

Tez-tez emas (≥1/1000 <1/100) Kam

(<1/1000)

Jinsiy a‘zolar tomonidan buzilishlar va sut bezlari Bachadondan/qindan qon ketishlari, shu jumladan qonli ajralmalar Sut bezida og‘riq Dismenoreya, jin-siy yo‘llardan aj-ralmalar.

Predmenstrual sindromga o‘xshash holatlar,

Sut bezlarini kattalashishi

Umumiy xarakterga ega asoratlar va yuborish joyidagi reaksiyalar   Shish Toliqish

Aniq nohush holatni, uning simptomlarini va yondosh holatlarni ta‘riflash uchun MedDRA ga muvofiq eng to‘g‘ri keladigan atama ishlatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

GO‘BD quyida keltirilgan holatlardan birida qo‘llanmasligi kerak. GO‘BD o‘tkazilganda quyidagi holatlarining birortasi yuz bersa, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim.

  • Homiladorlik va laktasiya davri
  • Bachadondan aniqlanmagan qon ketishlari
  • Tasdiqlangan yoki taxmin qilingan sut bezi raki tashhisi
  • Tasdiqlangan yoki taxmin qilingan gormonga bog‘liq rak oldi kasalligi yoki gormonga bog‘liq gormonga bog‘liq xavfli o‘sma tashhisi (masalan, endometriy raki)
  • Xozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi (xavfli yoki xavfsiz) jigar o‘smalari
  • Jigarning og‘ir kasalligida
  • O‘tkir arterial tromboemboliya (masalan, miokard infarkti, insult)
  • Chuqur venalarning zo‘rayish bosiqchidagi trombozi, xozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboembolitik buzilishlar
  • Venoz yoki arterial trombozni yuqori ivojlanish xavfi
  • Yaqqol gipertrigliseridemiya
  • Bolalar va o‘smirlar
  • Preparatning faol moddasi yoki yordamchi komponentlardan biriga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi

Proginova preparatini quyidagi holatlarda: arterial gipertenziya, tug‘ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), xolestatik sariqlik yoki homiladorlik vaqtidagi xolestatik qichishish, endometrioz, bachadon miomasi, qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

GO‘BD boshlangandan keyin, gormonal kontraseptivlarni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Zarurat tug‘ilganda pasientkaga nogormonal kontraseptivlarni tavsiya etish kerak.

Boshqa dori preparatlari bilan ta‘siri

Jigar fermentlarini induksiyalovchi preparatlar (masalan, antikonvulsantlar va mikroblarga qarshi preparatlar) bilan uzoq muddatli davolash jinsiy gormonlarni klirensini oshirishi va ularning klinik samaradorligini pasaytirishi mumkin. Xuddi shunday xususiyat – jigar fermentlarini induksiyalash xususiyati gidantoinlar, barbituratlar, primidon, karbamazepin va rifampisinda aniqlangan, bunday xususiyatni borligi shuningdek okskarbazepin, topirmat, flebamat va grizeofulfinda ham bo‘lishi taxmin qilinadi. Fermentlarini maksimal induksiyasi odatda eng ertasi 2-3 haftadan keyin kuzatiladi, lekin keyin u, preparat qabul qilish to‘xtatilgan keyin yana kamida 4 hafta saqlanib qolishi mumkin.

Kam hollarda ayrim antibiotiklarni (masalan, penisillin va tetrasiklin) qabul qilish fonida estradiolning darajasini pasayishi kuzatilgan.

Kon‘yugatlarni ko‘p miqdorda hosil qiluvchi moddalar (masalan, parasetamol), so‘rilish jarayonida kon‘yugasiya tizimlarini raqobatli ingibirlash yo‘li bilan estradiolning biokiraolishligini oshirishi mumkin.

Ayrim hollarda glyukozaga bo‘lgan tolerantlikka ta‘siri tufayli, peroral diabetga qarshi preparatlar yoki insulinga bo‘lgan ehtiyoj o‘zgarishi mumkin.

Alkogol bilan ta‘siri

GO‘BD ni o‘tkazish vaqtida alkogolni haddan tashqari iste‘mol qilish qonda estradiolning darajasini oshirishi mumkin.

Laborator ko‘rsatkichlar natijalariga ta‘siri

Jinsiy steroid gormonlarini qabul qilish jigar, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezi va buyrak faoliyatining biokimyoviy ko‘rsatkichlariga, plazmada kortikosteroidlar va lipidlar/lipoproteinlar fraksiyasini bog‘lovchi globulin kabi oqsillar (tashuvchilar), miqdori, shuningdek, uglevodlar metabolizmining parametrlariga va koagulyasiya va fibrinolizin parametrlariga ta‘sir qilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Quyida ko‘rsatilgan kasalliklar/xavf omillari bor bo‘lsa yoki zo‘rayganda GO‘BD ni boshlash yoki davom ettirishdan oldin preparatning foydasi va xavfi o‘rtasidagi nisbatning individual tahlilini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

GO‘BD ni o‘tkazish vaqtida har qanday qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar, shuningdek quyidagi holatlar aniqlangan hollarda davolashni darhol to‘xtatish kerak:

  • Ilk bor yuz berayotgan migrenga o‘xshash yoki tez-tez uchraydigan va g‘ayri-tabiiy kuchli bosh og‘riqlari yoki bosh miya qon tomirlari okklyuziyasining yaqqol belgilari bo‘lgan boshqa simptomlar.
  • Homiladorlik davrida yoki jinsiy steroidlarni ilgari qo‘llanganda ilk bor yuz bergan xolestatik sariqlik yoki xolestatik qichishishni qaytalanishi.
  • Rivojlanayotgan trombotik kasallikning simptomlari yoki trombozning taxminiy tashhisi.

Quyida ko‘rsatilgan kasalliklar/xavf omillari bor bo‘lsa yoki zo‘rayganda GO‘BD ni boshlash yoki davom ettirishdan oldin preparatning foydasi va xavfi o‘rtasidagi nisbatning individual tahlilini, ayni paytda davolashni to‘xtatish zaruratini hisobga olgan holda o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Bir nechta xavf omillari yoki aniq bir xavf omilining og‘irlik darajasi yuqori bo‘lgan ayollarga GO‘BD buyurilganda, buyurilgan davoni trombozni rivojlanishiga bo‘lgan sinergik ta‘siri oshishi mumkinligini hisobga olish lozim. Pasient ayol uchun xavfni bunday oshishi barcha xavf omillarining umumiy darajasini oshirishi mumkin. Preparatning foyda va xavf nisbatini baholashning salbiy natijalarida GO‘BD ni buyurish mumkin emas.

Venoz tromboemboliya

Epidemiologik va randomizasiyalangan, nazoratli tadqiqotlarning natijalari, gormon o‘rnini bosuvchi davolash (GO‘BD) venoz tromboemboliyani (VTE), ya‘ni chuqur venalar trombozi yoki o‘pka emboliyasini rivojlanishininng yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishga asos bo‘la oladi. Shu boisdan, shifokorning maslahati vaqtida venoz tromboemboliyani rivojlanish xavf omili bo‘lgan ayollarga GO‘BD ni buyurishda, davolashning xavf va foyda nisbatini sinchkovlik bilan chamalab ko‘rish lozim.

VTE ni rivojlanishining umum tan olingan xavf omillariga shaxsiy va oilaviy anamnez (VTE ni yaqin qarindoshda nisbatan yoshroq paytda bo‘lishi genetik moyillikni borliigidan dalolat berishi mumkin), shuningdek og‘ir darajadagi semizlik kiradi. Yuz berish xavfi yosh o‘tgani sayin xam oshib boradi. VTE ni rivojlanishida venalarni varikoz kengayishini tutgan o‘rni to‘g‘risidagi masala xanuzgacha munozarali bo‘lib qolmoqda.

VTE ni rivojlanish xavfi uzoq muddatli immobilizasiyada, jiddiy rejali yoki posttravmatik operasiyadan yoki og‘ir jarohatdan keyin vaqtinchalik oshishi mumkin. GO‘BD ni vaqtinchalik to‘xtatish maqsadga muvofiqligi xususidagi masalani vaziyatning xarakteri va immobilizasiyani davomiyligiga qarab xal etish kerak.

Arterial tromboemboliya

Ikkita keng qamrovli klinik tadqiqotlarning natijalari, kon‘yugasiyalangan ot etrogenlari (KOE) va medroksiprogesteron asetati (MPA) ning majmuasini uzluksiz qo‘llanishi birinchi yil qo‘llash davomida keyinchalik ijobiy samarani bo‘lmasligi bilan, yurak ishemik kasalligi (YUIK) ni rivojlanish xavfini oshishi bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bir keng qamrovli klinik tadqiqotning ramkasida faqat KOE qo‘llanilganda, tadqiqotning umumiy populyasiyasi orasida umumiy ijobiy samara bo‘lmagani holda, 50-59 yoshdagi ayollar orasida YUIK ni rivojlanish hollarini potensial qisqarishi aniqlangan. KOE ni monoterapiya ko‘rinishida yoki MPA bilan birga qo‘llash bilan o‘tgazilgan ikkita keng qamrovli klinik tadqiqotlarda ikkilamchi natija sifatida insultni rivojlanish xavfini 30-40% ga oshishi aniqlangan. Shuning uchun bu yuqori xavfni GO‘BD ning boshqa preparatlariga yoki ichga qabul qilishdan farqli bo‘lgan boshqa qo‘llash usullariga xam taalluqli bo‘lish bo‘lmasligi ma‘lum emas.

O‘t tosh kasalligi

Ma‘lumki, estrogenlar safroning litogenligini oshiradi. Ayrim ayollar estrogenlar bilan davolanish vaqtida o‘t tosh kasalligini rivojlanishiga moyil bo‘ladilar.

Demensiya

65 yosh va undan oshgan ayollarga davolash buyurilganda gormonal terapiya aqli zaiflikni rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligini isbotlovchi, KOE ni saqlovchi preparatlarni qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning cheklangan ma‘lumotlari mavjud. Xavf, agar GO‘BD preparatlarini qabul qilish tadqiqotlarda kuzatilgani kabi, ilk menopauzada boshlangan bo‘lsa, pasayishi mumkin. Bu GO‘BD ning boshqa preparatlariga taalluqli bo‘lish bo‘lmasligi ma‘lum emas.

O‘smalar

Nisbiy xavf estrogenlar bilan monoterapiyaning davomiyligini uzayishi bilan oshishi mumkin, lekin bo‘lmasligi xam yoki pasaygan bo‘lishi xam mumkin. Xavfning bu oshishi ayollarda tabiiy menopauzani kechroq boshlangandagi schut bezlari rakini yuz berish xavfini oshishi bilan, shuningdek semizlikda va alkogolni xaddan ziyod iste‘mol qilinganda bir xil bo‘lgan. Yuqori xavf GO‘BD to‘xtatilganidan keyin birinchi bir necha yil davomida odatdagi darajasigacha asta-sekin pasayadi.

Sut bezi rakini rivojlanish xavfini oshishi yuzasidan taxminlar 50 dan ortiq epidemiologik tadqiqotlarning natijalari asosida qilingan.

Sut bezi rakini sut bezidan tashqarida tarqalishi to‘g‘risida ma‘lumotlar munozarali bo‘lib qolmoqda.

KOE ni monoterapiya ko‘rinishida yoki MPA bilan birga qo‘llab o‘tkazilgan ikkita keng qamrovli randomizasiyalangan tadqiqotlarda GO‘BD taxminan 6 yil qo‘llangandan keyin, muvofiq ravishda 0,77 (95% ishonchli interval: 0,59–1,01) yoki 1,24 (95% ishonchli interval: 1,01-1,54) ga teng xavfning hisob ko‘rsatkichlari olingan. Ammo bu yuqori xavf Proginova preparati mansub bo‘lgan GO‘BD ning boshqa vositalariga xam taalluqli bo‘lish, bo‘lmasligi noma‘lum.

GO‘BD sut bezlarining mammografik zichligini oshiradi, bu ayrim hollarda sut bezi rakini rentgenologik jihatdan aniqlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Sut bezi raki

Klinik va nazoratli tadqiqotlarning natijalari GO‘BD ni bir necha yil davomida qo‘llagan qo‘llagan ayollarda sut bezi rakini rivojlanish xavfini oshishini aniqladi. yildan keyin sodir bo‘lishi aniqlanadi. Bu faktlar ancha erta diagnostika bilan, mavjud o‘smani GO‘BD fonida o‘sishini tezlashishi yoki ikkala omilni birga qo‘shilishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

50 dan ortiq epidemiologik tadqiqotlarda keltirilgan sut bezi rakini aniqlanishining umumiy nisbiy xavfini baholash ko‘pchilik tadqiqotlarda 1-2 diapazonda o‘zgarib turadi.

Nisbiy xavf davolash davomiyligini uzayishi bilan oshadi va estrogen bilan monoterapiyada pasayishi yoki ruxsat berilgan chegaralarda qolishi mumkin.

KOE ni alohida yoki MPA bilan doimiy birga qo‘llab o‘tkazilgan ikkita keng qamrovli randomizasiyalangan tadqiqotlar ramkasida GO‘BD taxminan 6 yil qo‘llangandan keyin, muvofiq ravishda 0,77 (95% ishonchli interval: 0,59–1,01) yoki 1,24 (95% ishonchli interval: 1,01-1,54) ga teng xavfning hisob ko‘rsatkichlari olingan. Ammo bu yuqori xavf GO‘BD ning boshqa vositalariga ham taalluqli bo‘lish, bo‘lmasligi noma‘lum.

Sut bezi rakini rivojlanish xavfini bunday oshishi, masalan, tabiiy menopauzani boshlanishini kechikishida, alkogolli ichimliklar iste‘mol qilinganda yoki semizlikda kuzatiladi.

GO‘BD ni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin oshgan xavf bir necha yillar davomida yo‘qoladi.

Ko‘pchilik tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, GO‘BD ni qo‘llayotgan yoki yaqinda qo‘llagan ayollarda aniqlangan o‘smalar, GO‘BD ni qo‘llamagan ayollarda aniqlangan o‘smalarga nisbatan yaxshiroq aniqlanadi. Diagnostika qilingan o‘smani sut bezidan tashqarida tarqalishi bo‘yicha ma‘lumotlar ishonchli emas.

GO‘BD mammografiyada sut bezlari tasvirining zichligini oshiradi, bu ayrim hollarda sut bezi rakini rentgenologik jihatdan aniqlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Endometriy raki

Estrogenlar bilan uzoq muddatli monoterapiya endometriyning giperplaziyasi yoki karsinomasini rivojlanish xavfini oshiradi. Tadqiqotlar, davolash sxemasiga progesteronlarni qo‘shish, endometriyning giperplaziyasi yoki rakini rivojlanish xavfini pasaytirishini tasdiqladi.

Tuxumdon raki

Ayrim epidemiologik tadqiqotlar, olindan gisterektomiya o‘tkazilgan ayollarda estrogenli GO‘BD ni uzoq muddat (kamida 5-10 yil) qo‘llanishi tuxumdon rakini rivojlanishi xavfini oshishi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.

Jigardagi o‘smalar

Proginova preparatida saqlanuvchi komponentlar kabi gormonal moddalar qo‘llanganidan keyin, kam hollarda jigarning xavfsiz o‘smalari, yana xam kam hollarda jigarning xavfli o‘smalarini rivojlanishi kuzatilgan. Ayrim hollarda bu o‘smalar hayot uchun xavf tug‘diruvchi qorin ichida qon ketishlariga olib kelgan. Qorinning yuqori qismida og‘riqda, jigar kattalashganda yoki qorin ichida qon ketishlari belgilari paydo bo‘lganida differensial diagnostika o‘tkazishda jigar o‘smasini bor bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim.

Boshqa holatlar

GO‘BD ni qo‘llanishi va klinik yaqqol gipertenziyani rivojlanishi orasidagi umumiy bog‘liqlik aniqlanmagan. GO‘BD ni qabul qilayotgan ayollarda arterial bosimni biroz oshishi to‘g‘risida xabar berilgan, biroq arterial bosimni oshishining klinik ahamiyatli holatlari kam kuzatilgan. Shunday bo‘lsada, ayrim hollarda GO‘BD ni qabul fonida turg‘un klinik ahamiyatli gipertenziya rivojlanganda, GO‘BD dan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

Jigar faoliyatini og‘ir bo‘lmagan buzilishlarida, shu jumladan Dubin-Djonson sindromi yoki Rotor sindromi kabi giperbilirubinemiyaning turli shakllarida, pasient ayollarni shifokor tomonidan sinchkov kuzatuvi, shuningdek jigar faoliyatini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish talab etiladi. Jigar faoliyatining ko‘rsatkichlari yomonlashganda GO‘BD ni to‘xtatish kerak.

Trigliseridlar darajasi o‘rtacha oshgan ayollarni o‘ziga xos tarzda kuzatish lozim. Bunday hollarda GO‘BD ni qo‘llash, qonda trigliseridlar darajasini yanada oshishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘tkir pankreatitni rivojlanish xavfini oshiradi.

GO‘BD periferik insulin rezistentlikka va glyukozaga tolerantligiga ta‘sir qilishi mumkinligiga qaramay, GO‘BD o‘tkazilganda qandli diabeti bo‘lgan bemorlarni davolash uchun davolash sxemasini o‘zgartirish zarurati odatda tug‘ilmaydi. Shunday bo‘lsada, qandli diabeti bilan xastalangan ayollar GO‘BD o‘tkazilganda sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari lozim.

Ayrim pasient ayollarda GO‘BD ta‘siri natijasida estrogen rag‘batlanishning nohush ko‘rinishlari, masalan, bachadondan patologik qon ketishi rivojlanishi mumkin. Davolash fonida bachadondan tez-tez yoki to‘xtamaydigan patologik qon ketishlari endometriyni tekshirish uchun ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi.

Estrogenlarning ta‘siri ostida bachadonning fibroz o‘smalari (miomalar) ning o‘lchami oshishi mumkin. Bunday hollarda davolashni to‘xtatish kerak.

GO‘BD fonida endometrozni qaytalanishi yuz berganida davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Prolaktinomani borligiga shubha tug‘ilganda davolashni boshlashdan oldin bu kasallikni istisno etish lozim. Prolaktinoma aniqlangan hollarda pasient ayol sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi (shu jumladan prolaktinning konsentrasiyasini vaqti-vaqti bilan baholab turish) lozim.

Ayrim hollarda, ayniqsa anamnezida homiladorlar xloazmasi bo‘lgan ayollarda xloazma kuzatilishi mumkin. Xloazmani hosil bo‘lishiga moyil bo‘lgan ayollarda GO‘BD ni o‘tkazish vaqtida, quyosh yoki ultrabinafsha nurlaridan saqlanishlari kerak.

Estrogenlar organizmda suyuqlikni tutilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun yurak va buyrak patologiyasi bo‘lgan pasientlar tegishli kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Proginova (estradiol valerati) ning qonda aylanib yurgan faol moddalarining darajasini oshishi tufayli og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarni sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.

Preparat tarkibida laktoza va saxaroza bo‘lganligi tufayli, laktoza va saxarozani o‘zlashtira olmaslikning kam uchraydigan nasliy muammolari bo‘lgan pasientlar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

GO‘BD o‘tkazilganda quyidagi holatlar yuz berishi yoki zo‘rayishi mumkinligi aniqlangan. Garchi bu o‘zgarishlar GO‘BD bilan bog‘liqligini ishonch bilan tasdiqlab bo‘lmasada, GO‘BD bilan davolash kursini olayotgan va bunday kasalliklar aniqlangan pasient ayollarni diqqat bilan kuzatish kerak.

  • Epilepsiya
  • Sut bezining xavfsiz o‘smasi
  • Astma
  • Migren
  • Porfiriya
  • Otoskleroz
  • Tizimli qizil yugurik
  • Kichik xoreya

Angionevrotik shishning nasliy shakllari bo‘lgan ayollarda ekzogen estrogenlar angionevrotik shish simptomlarini chaqirishi yoki og‘irlashtirishi mumkin.

Proginova preparatini zudlik bilan to‘xtatish sabablari

Quyidagi holatlardan birontasi Sizda namoyon bo‘lsa, Siz zudlik bilan davolanishni to‘xtatishingiz va shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

  • ilk bor yuz bergan migren xuruji (oldin ko‘rishni buzilishi yuz beruvchi pulsasiyali bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi bilan ifodalanuvchi xuruj);
  • mavjud migrenni zo‘rayishi, har qanday g‘ayritabiy tez-tez yoki g‘ayritabiy og‘ir bosh og‘riqlari;
  • ko‘rish va eshitishni bexosdan buzilishlari
  • venani yallig‘lanishi (flebit).

Agar Proginova preparatini qabul qilish fonida sizda tromboz yuz bersa yoki bunga o‘xshash holat yuz berganiga shubha tug‘ilsa, unda Siz preparatni qabul qilish zudlik bilan to‘xtatishingiz va shifokorga murojaat qilishingiz lozim.

Trombozning ehtiyotkorlikka chaqiruvchi belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin

  • qon aralash yo‘tal;
  • qo‘l yoki oyoqlarda g‘ayritabiy og‘riqlar yoki ularni shishi;
  • bexosdan nafas yetishmovchiligi;
  • xushdan ketish.

Homiladorlikda yoki sariqlik rivojlanganida ham Proginovani qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish lozim.

Tibbiy ko‘riklar

Proginova preparatini qabul qilishni boshlashdan yoki qaytadan boshlashdan oldin pasient ayolning kasallik tarixi bilan batafsil tanishib chiqish va fizikal va ginekologik tekshiruvni o‘tkazish kerak. Bunday tekshiruvlarning chastotasi va xarakteri har bir pasient ayolning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tibbiyot amaliyotidagi mavjud me‘yorlarga asoslanishi lozim va arterial bosimni o‘lchash, sut bezlari, qorin bo‘shlig‘i va chanoq a‘zolarining holatini baholashni, shu jumladan bachadon bo‘yni epiteliysini sitologik tekshiruvini o‘z ichiga olishi lozim.

Proginova kontraseptik maqsadda qo‘llanilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

GO‘BD ni homiladorlik yoki emizishda buyurilmaydi.

Proginova preparatini homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Agar Proginova preparatini qabul qilish jarayonida homiladorlik yuz bersa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Jinsiy steroidlarni kontrasepsiya va gormon o‘rnini bosuvchi davolash usuli sifatida qo‘llash bilan o‘tkazilgan kengaygan epidemiologik tadqiqotlar, homiladorlikkacha shunga o‘xshash gormonlarni qabul qilgan ayollardan tug‘ilgan bolalarda tug‘ma nuqsonlarni rivojlanish xavfini oshishi borligini ko‘rsatmadi. Homiladorlik vaqtida GO‘BD preparatlarining teratogen ta‘siri, ularni behosdan qabul qilinganda aniqlanmagan.

Jinsiy garmonlarining oz miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mezanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati

Preparatni avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir toksiklikni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar preparatni sutkalik terapevtik dozadan ko‘p marta yuqori bo‘lgan miqdorda behosdan qabul qilinganda o‘tkir nojo‘ya samaralar xavfini aniqlamagan.

Chiqarilish shakli

21 qobiq bilan qoplangan tabletka saqlovchi siklik o‘ramlar. 21 qobiq bilan qoplangan tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROGINOVA draje N21 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROGINOVA draje N21 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROGINOVA draje N21 dori vositasi Дельфарм Лилль С.А.С. tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROGINOVA draje N21 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROGINOVA draje N21 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DIVIGEL 1g 0,1% N28
Narh: 222 300 so'mdan Batafsil
DIVIGEL 0,5g 0,1% N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Finlyandiya
  • Faol modda: Эстрадиол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Орион Корпорейшн Орион Фарма
  • Vakil: Sorrento Medical
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9