QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PROPOLIS NASTOYKASI
TINCTURAE PROPOLISI
Preparatning savdo nomi: Propolis nastoykasi
Tarkibi: propolis 100 g, tibbiy etil spirti 80% 1,0 l gacha.
Propolis (asalari yelimi) asalarilar hayot faoliyatining mahsulotidir. Efir moylari, mum, smolalar aralashmasi, daraxtlar kurtaklarida saqlanuvchi tabiiy birikmalar (flavonlar, flavanlar, flavonollar, dolchin kislotasi xosilalari, asetoksibetulinol va boshqalar), ulardan asalarilar yopishqoq ajratmalar yig‘adilar.
Ta‘rifi: tiniq qizil-jigar rang rangli o‘ziga xos propolis hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: To‘qimalar trofikasini va regenerasiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Qichimaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, granulyasiyalar o‘sishiga yordam beradi, jaroxat yuzalarini regenerasiya va epitelizasiya jarayonlarini tezlashtiradi, kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega.
Qo‘llanilishi
Surunkali ekzema, neyrodermatitlar, qichimali dermatozlar, uzoq vaqt bitmaydigan jaroxatlar va trofik yaralar, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni yallig‘lanish kasalliklarini (majmuaviy davolash tarkibida) davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga, sutkada 1-2 marta, har kuni shikastlangan joylarga ko‘yiladi. Jaroxatlar va trofik yaralarni davolashda sutkada 1 marta, kun ora qo‘llanadi, davolash kursi odatda 2-3 xaftani tashkil qiladi. Og‘iz va tomoqni suvda suyultirilgan nastoyka bilan chayiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar (qichima, terining qizarishi, toshmalar).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir ekzema, preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaksiyalar rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘ggandan so‘ng ыщllanilmasin.
Chiqarilish shakli.
Shisha yoki PET idishlarda 25 ml, 40 ml, 50 ml xajmda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.