×
×
  • RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Нанолек,ООО
ATX kodi:
- C09AA05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
RAENOM tabletkalari 7,5mg N56 Гедеон Рихтер Румыния А.О./Гедеон Рихтер, ОАО Ruminiya / Vengriya
117 600 s`om dan
AMLODIPIN tabletkalari 5mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d, Словения произведено: Lek d.d Pharmaceuticals d.d. Sloveniya
4 500 s`om dan
IVAKARD tabletkalari 7,5mg N56 Гриндекс, АО Latviya
146 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RAMIPRIL

RAMIPRIL

 

Preparatning savdo nomi: Ramipril/Ramipril

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ramipril (ramipril)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg yoki 10 mg ramipril;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, o‘ta jelatinlangan kraxmal, cho‘ktirilgan kremniy dioksidi (Ye551), glisin gidroxloridi (Ye640), gliseril dibegenati, 5 mg li tabletkalar uchun qo‘shimcha – temir III oksidi bo‘yovchisi (Ye172).

Ta‘rifi:

5 mg: dog‘lari bo‘lgan och-pushti, bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan kapsulasimon tabletkalar. Tabletka ikki teng qismga bo‘linadi.

10 mg: oq yoki deyarli oq, bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan kapsulasimon tabletkalar. Tabletka ikki teng qismga bo‘linadi.

Farmakoterapevtik guruhi: antigipertenziv vositalar (AAF ingibitorlari)

ATX kodi: S09AA05.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ramiprilat – olddori ramiprilning faol metaboliti bo‘lib, dipeptidilkarboksipepti-daza I fermenti (sinonimlari: angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF); kininaza II) faolligini susaytiradi. Bu ferment plazma va to‘qimalarda angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylanishini va bradikininni parchalanishini katalizasiya qiladi. Ramipril qabul qilinganida angiotenzin II ni hosil bo‘lishi kamayadi va bradikininni parchalanishi susayadi, bu vazodilatasiyaga olib keladi. Angiotenzin II aldosteronning sekresiyasini ham rag‘batlantirishi tufayli, ramiprilat uning sekresiyasini pasayishini chaqiradi.

Ramiprilni qabul qilish, umuman olganda buyrak qon oqimida va kalava filtrasiyasi tezligida katta o‘zgarishlar chaqirmasdan, qon tomirlarning periferik qarshiligini ahamiyatli pasaytiradi. Preparatning antigipertenziv ta‘siri, ichga bir martalik doza qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o‘tgach, sezilarli bo‘ladi, cho‘qqi qo‘rsatkichiga 3-6 soat dan keyin erishiladi va 24 soat davomida saqlanib qoladi.

Uzoq muddatli davolashda maksimal antigipertenziv ta‘siri ko‘pchilik hollarda 3-4 hafta o‘tgach aniqlanadi va uzoq vaqt davomida tutib turiladi. Ramipril qabul qilishni keskin to‘xtatish, tez va haddan tashqari AB ni rikoshet oshishini chaqirmaydi.

diuretiklar va yurak glikozidlari (zarurati bo‘lganida) bilan birga, Ramiprilni Nyu-York kardiologlarning Assosiasiyasi (NYHA) tasnifi bo‘yicha II-IV funksional sinflariga mansub yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda samaralidir. Preparat yurak gemodinamikasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi (chap va o‘ng qorinchada to‘lishi bosimini pasayishi, qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini pasayishi, yurakdan qon otilib chiqishini oshishi va yurak indeksini yaxshilanishi kuzatiladi) va neyroendokrin faollashuvni kamaytiradi.

Yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanishining xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarda, xususan pasientlarda aterotrombotik yurak-qon tomir kasalliklaridan keyin (anamnezida yurak ishemik kasalligi, insult yoki periferik qon tomirlarning kasalligi) yoki qandli diabeti bo‘lgan va bittadan kam bo‘lmagan qo‘shimcha xavf omili (qayd etilgan mikroalbuminuriya, arterial gipertenziya, umumiy xolesterinning yuqori darajasi, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterining past darajasi yoki chekish) bo‘lgan pasientlarda, standart davolashga ramipril qo‘shilganda, va yurak-qon tomir asorati oqibatida miokard infarkti, insult o‘limni rivojlanishini tezligi statistik ishonchli pasayadi. Bundan tashqari, preparat xar qanday sabab oqibatidagi o‘lim ko‘rsatgichini, yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan revaskulyarizasiya va gospitalazasiyaga ehtiyojni va qandli diabet bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni pasaytiradi.

Arterial bosimi normal yoki yuqori bo‘lgan ≥55 yoshli, ularning ko‘pchiligida qandli diabetning 2-nchi tipi bo‘lgan (va bittadan kam bo‘lmagan boshqa yurak-qon tomir asoratlarning xavf omili) bo‘lgan pasientlarda joriy tibbiy tartibga 10 mg ramiprilni qo‘shish, manifest nefropatiyani rivojlanishi tez-tezligini pasaytirgan.

Surunkali nodiabetik nefropatiya bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rtacha (ya‘ni oqsilni siydik bilan chiqarilishini o‘rtacha darajasi sutkada > 1 va < 3 g) yoki og‘ir proteinuriyasi (sutkada ≥ 3 g) bo‘lgan, arterial bosimi normal yoki yuqori bo‘lgan katta pasientlarda, ramipril kalava filtrasiyasi tezligini pasayishini sekinlashtirgan.

Kuzatuvlar natijalariga ko‘ra, o‘rtacha 15 oy davomida yurak yetishmovchiligining o‘tkinchi/doimiy klinik belgilari bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan miokard infarktidan so‘ng Ramipril qabul qilinganida o‘tkir miokard infarktidan so‘ng 3-chi sutkadan 10-chi sutkagacha, plaseboga nisbatan o‘lim ko‘rsatkichini absolyut pasayishi va o‘lim xavfini nisbiy pasayishi aniqlangan.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin ramipril me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Plazmadagi eng yuqori konsentrasiyasiga bir soat davomida erishiladi. Siydik bilan chiqarilishi bo‘yicha so‘rilish darajasi kamida 56% ni tashkil qiladi va me‘da-ichak yo‘llarida ovqat bo‘lishiga uncha ahamiyatli bog‘liq emas. Ichga 2,5 mg va 5 mg ramipril qabul qilinganidan keyin faol metabolit – ramiprilatning (ramiprilning yagona faol metaboliti) biokiraolishi – 45%. Ramipril qabul qilinganidan keyin ramiprilatning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyalariga 2-4 soat o‘tgach erishiladi, ramiprilning odatdagi dozalari kuniga bir marta qabul qilinganida uning plazmadagi barqaror konsentrasiyalariga esa – davolashning taxminan to‘rtinchi kunida erishiladi.

Zardob oqsillari bilan taxminan 73% ramipril va taxminan 56% ramiprilat bog‘lanadi. Metabolitlarning ekskresiyasi asosan buyraklar orqali amalga oshiriladi.

Ramiprilatning plazmadagi konsentrasiyalari ko‘p bosqichli tarzda pasayadi. Uning AAF bilan kuchli to‘yinib bog‘lanishi va bu ferment bilan bog‘lanishdan sekin dissosiaqiyasi tufayli, ramiprilat plazmadagi juda past konsentrasiyalarda eliminasiyaning davomli yakuniy bosqichini namoyish qiladi.

Ramiprilning ko‘p martalik sutkalik dozalari qabul qilinganidan keyin ramiprilat konsentrasiyalarining yarim chiqarilishining samarali davri 5-10 mg dozalar uchun 13-17 soatlarni va 1,25-2,5 mg li pastroq dozalar uchun ko‘proqni tashkil qilgan. Bu farq fermentni ramiprilatni to‘yintirib bog‘lash qobiliyati bilan bog‘liq.

Ramiprilning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan keyin u va uning metaboliti ko‘krak sutida aniqlangan. Lekin ko‘p marta qabul qilishning ta‘siri noma‘lum.

Qo‘llanilishi

  • Arterial bosimni davolashda qo‘llaniladi.
  • Yurak-qon tomir asoratlarni oldini olish: yurak-tomir asoratlar rivojlanishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim xavfini, quydagilari bo‘lgan pasientlarda pasaytirish:
  • manifest aterotrombogen yurak-qon tomir kasalligi (anamnezda yurak ishemik kasalligi, insult yoki periferik qon tomirlarning kasalliklari bor) bo‘lgan pasientlar;
  • yurak-qon tomir kasalliklarni rivojlanishining kamida bitta xavf omili bo‘lgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlar.
  • Buyrak kasalliklarini davolash:
  • mikroalbuminuriyani aniqlashda aniqlangan diabetik nefropatiyaning boshlang‘ich bosqichi;
  • yurak-qon tomir kasalliklarining kamida bitta xavf omili bo‘lgan pasientlarda mikroalbuminuriyani aniqlashda aniqlangan manifest diabetik nefropatiya;
  • sutkada ≥3 g mikroproteinuriyani aniqlashda aniqlangan manifest nodiabetik glomerulopatiya.
  • Simptomatik yurak yetishmovchiligini davolash.
  • O‘tkir miokard infarktidan keyingi ikkilamchi profilaktika: o‘tkir miokard infarktidan keyin 48 soat o‘tgach, paydo bo‘lgan, yurak yetishmovchiligining klinik simptomlari bo‘lgan pasientlarda miokrd infarktining o‘tkir davrida o‘lim ko‘rsatkichini pasaytirish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Xar kuni, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, sutkaning bir vaqtida qabul qilish kerak. Tabletka butunligicha, suyuqlik bilan yutiladi; uni chaynash yoki maydalash mumkin emas.

Katta pasientlar

Diuretiklar bilan davolanayotgan pasientlar

Davolashni boshida, ayniqsa bir vaqtda diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, gipotenziya aniqlanishi mumkin. Ehtiyotkorolik bilan qabul qilish kerak, chunki bu pasientlarda suyuqlik xajmi va (yoki) tuzlar tanqisligi bo‘lishi mumkin.

Ramipril bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin, iloji boricha diuretiklarni bekor qilish kerak. Diuretiklarni bekor qilish mumkin bo‘lmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarga, ramipril bilan davolash 1,25 mg dozadan boshlanadi. Buyrak funksiyasini va zardobda kaliyini nazorat qilish kerak. Ramiprilning keyingi dozasi maqsadli arterial bosimga bog‘liq.

Arterial gipertenziya

Doza pasientning profili va arterial bosimning nazoratiga muvofiq individual ravishda tanlanishi kerak.

Preparat monoterapiya ko‘rinishida yoki boshqa klassik antigipertenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.

Davolashni asta-sekin 2,5 mg sutkalik dozadan boshlash tavsiya etiladi.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining faolligi yuqori bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich doza qabul qilinganidan keyin, arterial bosimni xaddan ziyod tushib ketishi aniqlanishi mumkin. Bunday pasientlarda davolashni 1,25 mg dozadan va tibbiy kuzatuv ostida boshlash tavsiya etiladi.

Maqsadli arterial bosimga progressiv erishish uchun doza ikki-to‘rt hafta o‘tgach, ikki marta oshirilishi mumkin; maksimal yo‘l qo‘yiladigan sutkalik doza – 10 mg. Odatda, preparat sutkada bir marta buyuriladi.

Yurak-qon tomir asoratlarni oldini olish

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza: 2,5 mg sutkada bir marta.

Pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshiriladi. Sutkada bir marta 10 mg ga teng maqsadli samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga erishilgunicha dozani davolashni birinchi yoki ikkinchi haftasidan keyin ikki barobar oshirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlar uchun yuqoridagi dozalashga qarang.

 

 

Buyrak kasalliklarini davolash

Qandli diabeti va mikroalbuminuriyasi bo‘lgan pasientlar.

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza: 1,25 mg sutkada bir marta buyuriladi.

Pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshiriladi. Davolashni ikkinchi haftasidan keyin bir martalik sutkalik dozani 2,5 mg gacha, so‘ngra esa yana ikki hafta o‘tgach, 5 mg gacha oshirish tavsiya etiladi.

Yurak-qon tomir kasalliklarining kamida bitta xavf omili bo‘lgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlar

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza: 2,5 mg sutkada bir marta.

Pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshiriladi. Davolashni birinchi yoki ikkinchi haftasidan keyin sutkalik dozani 5 mg gacha, so‘ngra esa yana ikki-uch hafta o‘tgach, 10 mg gacha oshirish tavsiya etiladi. Maqsadli sutkalik doza 10 mg hisoblanadi.

Nodiabetik neyropatiyasi va sutkada ≥3 g mikroalbuminuriyasi bo‘lgan pasientlar

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza: 1,25 mn sutkada bir marta.

Pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshiriladi. Davolashni ikkinchi haftasidan keyin bir martalik sutkalik dozani 2,5 mg gacha, so‘ngra esa yana ikki hafta o‘tgach, 5 mg gacha oshirish tavsiya etiladi.

Simptomatik yurak yetishmovchiligi

Diuretiklar bilan barqarorlashtirilgan gemodinamikali pasientlarda sutkada 1,25 mg boshlang‘ich doza tavsiya etiladi.

Ramiprilning dozasini 10 mg li maksimal sutkalik dozagacha, xar bir-ikki haftada ikki bartaraf oshirish tavsiya etiladi. Preparatni sutkada ikki marta qabul qilish afzalroq.

Yurak yetishmovchiligi bilan kechgan o‘tkir miokard infarktidan keyingi ikkilamchi profilaktika

Miokard infarktidan keyin 48 soat o‘tgach, klinik va gemodinamik barqaror pasientlarda uch kun davomida boshlang‘ich doza sutkada ikki marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Agar 2,5 mg boshlang‘ich doza yomon o‘zlashtirilsa, ikki kun davomida 1,25 mg dan sutkada ikki marta buyuriladi, so‘ngra esa doza sutkada ikki marta 2,5 mg va 5 mg gacha oshiriladi. Agar dozani sutkada ikki marta 2,5 mg gacha oshirish mumkin bo‘lmasa, davolashni to‘xtatish kerak.

Shuningdek, diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlar uchun yuqoridagi dozalashga qarang.

Sutkalik doza sutkada ikki marta 5 mg ga teng arterial bosimni maqsadli pasaytirish samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga erishilgunicha bir-uch kunlik interval bilan asta-sekin ikki barobar oshiriladi.

Iloji boricha sutkalik samarani bir maromda saqlab turuvchi doza ikki marta qabul qilishga bo‘linadi.

Agar dozani sutkada ikki marta 2,5 mg gacha oshirish mumkin bo‘lmasa, davolashni to‘xtatish kerak.

Miokard infarktidan keyinoq rivojlangan og‘ir (NYHA IV) yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarni davolash tajribasi xozircha yetarli emas. Bunday pasientlarni davolash xaqida qaror qabul qilinganida, dozani xar bir oshirishda aloxida ehtiyotkorlikka rioya qilingan holda sutkada bir marta 1,25 mg dan boshlash tavsiya etiladi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Sutkalik doza kreatinin klirensiga bog‘liq:

  • kreatini klirensi ≥60 ml/min bo‘lganda, boshlang‘ich dozaga (sutkada 2,5 mg) tuzatish kiritish zarurati yo‘q; maksi mal sutkalik doza – 10 mg;
  • kreatinin klirensi 30-60 ml/min bo‘lganda, boshlang‘ich dozaga (sutkada 2,5 mg) tuzatish kiritish zarurati yo‘q; maksimal sutkalik doza – 5 mg;
  • kreatinin klirensi 30-60 ml/min bo‘lganda boshlang‘ich doza sutkada 1,25 mg ni, maksimal sutkalik doza esa – 5 mg ni tashkil qiladi;
  • gemodializ bilan davolanayotgan arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar: ramipril yomon dializlanadi; boshlang‘ich doza – sutkada 1,25 mn, maksimal sutkalik doza esa – 5 mg; dori preparatini gemodializ seansidan keyin bir necha soat o‘tgach buyurish kerak.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Davolash faqat sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boshlanishi kerak. Maksimal sutkalik doza – 2,5 mgni tashkil etadi.

Keksa yoshdagi shaxslar

Boshlang‘ich doza past, titrlangan dozalar esa – ancha asta-sekin amalga oshirilishi kerak, chunki noxush samaralarni yuz berishi ehtimoli, ayniqsa juda qari va kuchsiz pasientlarda yuqori bo‘ladi. Boshlang‘ich dozani – 1,25 mg gacha pasaytirish tavsiya etiladi.

Bolalar

Xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi uchun, preparat bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning xavfsizlik profiliga doimiy quruq yo‘tal va arterial gipotenziya bilan bog‘liq bo‘lgan reaksiyalar kiradi. Jiddiy noxush reaksiyalarga angionevrotik shish, giperkaliemiya, buyrak va jigarni shikastlanishi, pankreatit, og‘ir teri reaksiyalari va neytropeniya/agranulositoz kiradi.

Noxush reaksiyalarning tez-tezligi quydagi tarzda aniqlanadi:

Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha), tez-tez uchramaydigan (≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha), juda kam hollarda (≤ 1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).

Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quruq dag‘al yo‘tal, bronxit, sinusit, xansirash, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan yallig‘lanishli o‘zgarishlar, ovqat xazm qilinishini buzilishi, qorin soxasida diskomfort, dispepsiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, toshma, xususan makulo-papulez toshma, mushak spazmlari, mialgiya, qonda kaliyni oshishi, arterial gipotenziya, ortostatik arterial bosimni pasayishi, xushdan ketish, ko‘krak qafasida og‘riq, toliqish.

Tez-tez uchramaydigan: miokard ishemiyasi, shu jumladan stenokardiya yoki miokard ishemiyasi, taxikardiya, aritmiya, kuchli yurak urishi, periferik shish, eozinofiliya, vestibulyar bosh aylanishi, parasteziya, ta‘m sezishni yo‘qolishi (agevziya), ta‘mni buzilishi (disgevziya), shu jumladan ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi, bronxospazm, shu jumladan brolnxial astmani yomonlashishi, burunni bitishi, pankreatit (juda kam AAFI qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim hollari xaqida xabar berilgan), me‘da osti bezi fermentlari darajasini oshishi, ingichka ichakning angionevrotik shishi, qorinning yuqori bo‘limlarida og‘riq, shu jumladjan gastrit, qabziyat, og‘izni qurishi, buyrak funusiyasini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, siydikni chiqarilishini kuchayishi, mavjud bo‘lgan proteinuriyani yomonlashishi, qondagi mochevina darajasini oshishi, qonda kreatinin darajasini oshishi, angionevrotish shish (juda kam angionevrotik shish oqibatidagi nafas yo‘llarining obstruksiyasi, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin), qichishish, gipergidroz, artralgiya, anoreksiya, ishtaxani pasayishi, oqib kelishlar, isitma, jigar fermentlari va (yoki) kon‘yugasiyalangan bilirubin darajasini oshishi, tranzitor erektil disfunksiya, libidoni pasayishi, tushkun kayfiyat, xovotirlik, asabiylik, bezovtalik, uyquni buzilishi, shu jumladan uyquchanlik.

Kam hollarda: leykositlar sonini pasayishi (shu jumladan neytropeniya yoki agranulositoz), eritrositlar sonini pasayishi, gemoglobinni pasayishi, trombositlar miqdoritni pasayishi; tremor, muvozanatni buzilishi; kon‘yunktivit; eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash; glossit, eksfoleativ dermatit, eshakemi, onixolizis, qon tomirlar stenozi, gipoperfuziya, vaskulit, asteniya, xolestatik sariqlik, jigar xujayralarini shikastlanishi, ongni chalkashishi.

Juda kam hollarda: fotosensibilizasiya reaksiyasi.

Tez-tezligi noma‘lum: suyak ko‘migining yetishmovchiligi, pansitopeniya, gemolitik anemiya, serebral ishemiya, shu jumladan ishemik insult va tranzitor ishemik xuruj, psixomotor ko‘nikmalarni buzilishi, achishish xissi, xidlarni sezishni buzilishi (parosmiya), aftoz stomatit, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, po‘rsildoq yara, psoriazni yomonlashishi, psoriazsimon dermatit, pemfigoid yoki lixenoid ekzantema yoki enantema, alopesiya, qonda natriyni pasayishi, Reyno sindromi, anafilaktik yoki anafilatoid reaksiyalar, antinuklear antitelolarni oshishi, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, xolestatik yoki sitolitik gepatit (o‘lim bilan yakunlanish juda kam aniqlangan), ginekomastiya, diqqatni jamlashni buzilishi.

Bolalar

Nojo‘ya samaralarining xarakteri va og‘irligi kattalardagi shunday samaralar bilan asosan mos keladi, lekin quyidagi reaksiyalar bolalarda ko‘proq uchraydi: taxikardiya, burunni bitishi, rinit, kon‘yunktivit, tremor, eshakemi. Bolalardagi ramiprilning xavfsizligini umumiy profili kattalardagi shunday ko‘rsatkichdan ahamiyatli farq qilmaydi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning ta‘sir etuvchi yoki yordamchi moddalariga, yoki angiotenzinga-aylantiruvchi fermentning boshqa ingibitorlariga (AAFI) yuqori sezuvchanlik.
  • Anamnezdigi angionevrotik shish (nasliy, ideopatik yoki AAFI yoki angiotenzin II reseptorlari blokatorlarini (AII RB) qabul qilish oqibatida yuz bergan).
  • Qonni manfiy zarayadlangan yuzalar bilan kontaktiga olib keluvchi davolashning ekstrakorporal usullari.
  • Buyrak arteriyalarining ikki tomonlama yoki yakka faoliyat ko‘rsatayotgan buyrakning buyrak arteriyasini yaqqol stenozi.
  • Homiladorlik.
  • Nostabil gemodinamika yoki arterial gipotenziyada qo‘llash mumkin emas.
  • Qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda AAFI (shu jumladan ramiprilni) yoki angiotenzin reseptorlarining blokatorlarini (BRA) aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar

Jiddiy anafilaktoid reaksiyalarning yuqori xavfi tufayli, qonni manfiy zaryadlangan yuzalar bilan kontaktiga olib keluvchi qator yuqori o‘tkazuvchan membranalar (masalan, poliakrilonitrilli) ishlatish bilan dializ yoki gemodializ kabi davolashning ekstrakorporal usullari va dekstran sulfati bilan past zichlikdagi lipoproteidlarning aferezini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang). Agar bunday davolash talab etilsa, dializ membranalarning boshqa turini yoki antigipertenziv vositalarning boshqa sinfini qo‘llash kerak.

Angiotenzinga-aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAFI), angiotenzin reseptorlarining blokatorlari (ARB) yoki aliskiren qo‘llanganida renin-angiotenzin-aldosteron tizimini (RAAT) ikki tomonlama blokadasi

RAAT ga ta‘sir etuvchi boshqa preparatlar bilan AAFI birga qo‘llash, monoterapiyaga nisbatan arterial gipotenziya, giperkaliemiya va buyrak funksiyasini o‘zgarishlari xavfini oshishi bilan bog‘liq. Ramipril va RAAT ga ta‘sir qiluvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda arterial bosimni, buyrak funksiyasini va qondagi elektrolitlar miqdorini doimo nazorat qilish tavsiya etiladi.

Buyrak funksiyasini og‘ir buzilishi (KFT ≤ 30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda AAFI, shu jumladan ramiprilni, yoki ARB larni aliskiren bilan qo‘llashdan saqlanish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang). qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda AAFI, shu jumladan ramiprilni, yoki ARB ni aliskiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llish mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang).

Qo‘llashdagi ehtiyotkorliklar

Kaliy saqlovchi tuzlar, geparin, kaliyni tejovchi diuretiklar va plazmada kaliyni oshiruvchi boshqa ta‘sir qiluvchi moddalar (shu jumladan angiotenzin II antagonistlari, trimetoprim, takrolimus, siklosporin): giperkaliemiya aniqlanishi mumkin, shuning uchun zardobdagi kaliyni sinchiklab nazorat qilish talab etiladi.

Antigipertenziv vositalar (masalan, diuretiklar) va arterial bosimni pasaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa vositalar (masalan, nitratlar, trisiklik antidepressantlar, anastetiklar, alkogolni birdan ko‘p qabul qilish, baklofen, alfuzozin, doksazozin, prazozin, tamsulozin, terazozin): gipotenziya xavfi oshadi.

Vazopressor simpatomimetiklar va ramiprilning antigipertenziv samarasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalar (masalan, izoproterenol, dobutamin, dopamin, epinefrin): arterial bosimni nazorat qilish tavsiya etiladi.

Allopurinol, immunosupressantlar, kortikosteroidlar, prokainamid, sitostatiklar va qon xujayralarining miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalar: gematologik reaksiyalar ehtimoli oshadi.

Litiy tuzlari: AAF ingibitorlari litiyni chiqarilishini pasaytiradi, shuning uchun uning toksikligi oshishi mumkin. Litiyning darajasini nazorat qilish kerak.

Diabetga qarshi vositalar, shu jumladan insulin: gipoglikemik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Qondagi glyukozani nazorat qilish tavsiya etiladi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va asetilsalisil kislota: ramiprilning antigipertenziv ta‘sirining pasayishi kutiladi. Buyrak funksiyasini yomonlashishi va giperkaliemiya xavfi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Arterial gipotenziyaning yuqori xavfi bo‘lgan pasientlar

Renin-angiotenzi-aldosteron tizimining yaqqol faollashuvi bo‘lgan pasientlar.

Renin-angiotenzi-aldosteron tizimining yaqqol faollashuvi bo‘lgan pasientlarda .arterial bosimni o‘tkir xaddan ziyod pasayishi va buyrak faoliyatini yomonlashish xavfi bo‘ladi, bu ayniqsa AAFI (yoki yondosh diuretik) birinchi marta buyurilganida yoki doza oshirilganida, AAF ni susayishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Renin-angiotenzi-aldosteron tizimining ahamiyatli faollashishi quyidagi gurux pasientlarda kutiladi, unda arterial bosimni nazorati bilan tibbiy kuzatuv kerak bo‘lishi mumkin:

  • og‘ir arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlar;
  • dekompensasiyalangan dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar;
  • chap qorinchaga qonni oqib kelishi yoki oqib ketishiga gemodinamik ahamiyatli to‘sig‘i bo‘lgan pasientlar (masalan, aortal yoki mitral klavpanning stenozi);
  • buyrak arteriyasining bir tomonlama stenozi bo‘lgan va ikkinchi buyrak normal pasientlar;
  • suyuqlik yoki tuzning tanqisligi bo‘lgan (shu jumladan diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlar) yoki rivojlanishi mumkin bo‘lgan pasientlar;
  • jigar sirrozi va (yoki) assiti bo‘lgan pasientlar;
  • katta xirurgik aralashuvlarni o‘tkazgan pasientlar, yoki gipotenziya chaqirishi mumkin bo‘lgan vositalar bilan anasteziya o‘tkazilganda.

Davolashni boshlashgacha degidratasiyani, gipovolemiyani yoki tuzning tanqisligini muvofiqlashtirish tavsiya etiladi (lekin yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda suyuqlik xajmini oshib ketish xavfi tufayli, bunday muvofiqlashtiruvchi xarakatlar sinchiklab baxolanishi kerak).

Miokard infarktidan keyingi tranzitor yoki vaqti-vaqti bilan avj oluvchi yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar.

O‘tkir gipotenziya hollarida davolashning boshlang‘ich bosqichi aloxida tibbiy kuzatuvni talab qiladi yurak yoki bosh miya ishkmiya xavfi bo‘lgan pasientlar.

Keksa yoshdagi pasientlar

“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang.

Xirurgik aralashuvlar

Iloji boricha operasiyadan bir kun oldin AAFI ni (shu jumladan ramiprilni) bekor qilish kerak.

Buyrak funksiyasini nazorati

Davolashgacha va davolash vaqtida buyrak funksiyasini baxolash va ayniqsa birinchi haftada dozani muvofiqlashtirish kerak. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarni ayniqsa sinchkov nazorat qilish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang). Buyrak funksiyasini buzilishi xavfi, ayniqsa dimlangan yurak yetishmovchiligi yoki buyrak transplantasiyasidan keyingi pasientlarda bo‘ladi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (SKF ≤ 30 ml/min) AAFI (shu jumladan ramiprilni) yoki BRA ni aliksiren bilan qo‘llashdan saqlanish kerak (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa turlari” ga qarang).

Angionevrotik shish

AAF ingibitorlari, shu jumladan ramipril bilan davolangan pasientlarda, angionevrotik, shu jumladan interstisial shish rivojlanishi ta‘riflangan, u qorin og‘riqlari bilan (ko‘ngil aynishi yoki qusish bilan yoki ularsiz) kechgan.

Angionevrotik shishi rivojlangan hollarda preparat bekor qilinadi va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Pasient kamida 12-24 soat kuzatuv ostida bo‘lishi va barcha simptomlar to‘liq yo‘qolganidan keyin shifoxonadan chiqarilishi kerak.

Desensibilizasiya davridagi anafilaktik reaksiyalar

AAF ingibitorlari xashoratlarning zaxriga va boshqa allerganlarga nisbatan anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar rivojlanish ehtimolini va og‘irlik darajasini oshiradi. Desensibilizasiya oldidan ramiprilni qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish kerak.

Giperkaliemiya

AAF ingibitorlari, shu jumladan ramipril bilan davolangan ayrim pasientlarda, giperkaliemiya rivojlangan. Giperkaliemiyani rivojlanish xavfi bo‘lgan pasientlarga buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, 70 yoshdan oshgan shaxslar, nazorat qilib bo‘lmaydigan qandli diabeti bo‘lgan, kaliy tuzlarini, kaliyni tejovchi diuretiklarni va plazmada kaliyni oshiruvchi boshqa ta‘sir qiluvchi moddalarni qabul qilayotgan pasientlar, yoki degidratasiya, o‘tkir yurak dekompensasiya, metabolik asidoz kabi holatlari bo‘lgan shaxslar kiradi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan vositalarni yondosh qo‘llash zarur bo‘lsa, zardobda kaliyni muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.

Neytropeniya/agarnulositoz

Kam hollarda neytrpeniya/agranulositoz, trombositopeniya va anemiya kuzatilgan, shuningdek suchk ko‘migini susayishi ta‘riflangan yuz berishi. Mumkin bo‘lgan leykopeniyani aniqlash uchun leykositlar sonini nazorat qilish tavsiya etiladi. Davolashni boshida va biriktiruvchi to‘qimaning yondosh diffuz kasalligi bilan kechuvchi buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (masalan, tizimli qizil yugirik yoki tizimli sklerodermiya) va qon manzarasini o‘zgarishini chaqiruvchi boshqa preparatlar bilan davolanayotgan pasientlarda tez-tez nazorat qilish tavsiya etiladi.

Etnik farqlar

AAF ingibitorlari ko‘proq qora tanli pasientlarda angionevrotik shish chaqiradi. AAF ning boshqa ingibitorlari kabi, preparat qora tanli pasientlarda arterial bosimni pasaytirishda kam samarali bo‘lishi mumkin, bu ehtimol, bu pasientlar populyasiyasida renin darajasi past bo‘lgan arterial gipertenziyaning tarqalganligi bilan bog‘liqdir.

 

 

Yo‘tal

AAF ingibitorlari qo‘llanganda balg‘amsiz doimiy yo‘tal paydo bo‘lishi ta‘riflangan, u davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. AAF ingibitorlari chaqirgan yo‘tal, yo‘talni differensial diagnozining bir qismi sifatida qaralishi kerak.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini (RAAT) ikki tomonlama blokadasi

AAFI, shu jumladan ramiprilni, RAAT bloklovchi, BRA yoki aliskiren kabi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang).

Homiladorlik va emizish

Ramiprilni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang). AAFI rivojlanish nuqsonlari, homilaning (yangi tug‘ilgan chaqaloqning) kasalliklari va o‘limini chaqirishi mumkin.

Homiladorlik aniqlanganida preparat darxol bekor qilinadi va homilani rivojlanishi muntazam nazorat qilinadi. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarla ramiprilni qo‘llash mumkin emas.

Preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Emizish davrida, ayniqsa yangi tug‘ilgan yoki chala tug‘ilgan bolani emizish davrida, xavfsizlik profili aniqlangan boshqa davoldash sxemalarini qo‘llagan avzalroqdir.

Har qanday dorini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ayrim noxush samaralari (masalan, bosh aylanishi kabi arterial bosimni pasayishi simptomlari) diqqatni jamlashni va reaksiyani pasaytirishi mumkin va shuning uchun transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarishda xavf tug‘dirishi mumkin.

Ularni yuz berishi ehtimoli davolashni boshida yoki AAF ingibitoriga o‘tishda juda yuqoridir. Birinchi doza qabul qilinganidan keyin yoki doza oshirilganida, bir necha vaqt davomida avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash maqsadga muvofiq emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

AAF ingibitorlarining dozasini oshirib yuborilishining simptomlari xaddan ziyod vazodilatasiya (ahamiyatli arterial gipotenziya, shok bilan), bradikardiya, elektrolit buzilishlar va buyrak yetishmovchiligini o‘z ichiga olishi mumkin. Sinchiklab kuzatish kerak, davolash – simptomatik va samarani bir maromda saqlab turuvchi.

Tavsiya etilgan choralar birlamchi detoksikasiya (ma‘dani yuvish, adsorbentlarni buyurish) va gemodinamikaning barqarorligini tiklash bo‘yicha choralar, adrenergik reseptorlarining alfa-1 agonistlarini yoki angiotenzin II (angiotenzinamid) buyurishni o‘z ichiga oladi. Ramiprilning faol metaboliti ramiprilat, gemodializ yo‘li bilan umumiy qon aylanishidan yomon chiqariladi.

Chiqarilish shakli

Alyuminiy blisterlar

5 mg: o‘ramda 20 tabletkadan.

10 mg: o‘ramda 100 tabletkadan.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28 dori vositasi Нанолек,ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N35
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N21
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 10 mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N35
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N21
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 5 mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 2,5 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 2,5 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 2,5 mg N35
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 2,5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 2,5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
RAMIPRIL-NANOLEK tabletkalari 2,5 mg N21
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Нанолек,ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9