×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RENOKETOL kukuni 2,7g N20

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
L-тирозин, кальций, L-Лизина ацетата, L-Треонина, L-Триптофана, L-Гистидина
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Pharmline Plus MChJ
ATX kodi:
- V06DD
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 340 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
2,7 g dan alyumin folga li sashe paketlar.20 ta sashe tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutida.

Aminokislotalar – bu oqsillarni tarkibiy qismi bo'lib xizmat qiladigan organik birikmalardir. Har bir aminokislotada amino guruh va karboksil kislota guruhi mavjud. Aminokislotalar muhim ahamiyatga ega, chunki ular organizm uchun muhim qismi bo'lgan oqsillarni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Aminokislotalar oqsillar va fermentlarning asosiy qurilish bloklari bo'lib, tananing normal ishlashi uchun, ayniqsa, o'sish va kasallikdan keyin tiklanish davrida muhimdir. Almashinmaydigan aminokislotalar organizmda ishlab chiqarilmaydi va shuning uchun ular ovqat tarkibidi yoki ko'shimchalar sifatida qabul kilinishi kerak.

Xar bir 2,7 g sashe paket quyidagilarni saklaydi:

faol moddalar

Kaltsiy 3 - metil -2 -okso -valerat i (izoleytsin) - 0,201 g

Kaltsiy 4 – metil - 2 - okso - valerati (leytsin) - 0,303 g

Kaltsiy 2 - okso - 3 fenilpropionata (fenilalanin) - 0,204 g

Kaltsiy 3 - metil - 2 - okso - butirata (valin) - 0,258 g

Kaltsiy Dl – 2 gidroksi - 4 (metiltio) butirati (metionin)- 0,177 g 

L-lizina atsetat (ekvivalent L-lizina) - 0,315 (0,225) g

L-treonin - 0,159 g

L-triptofan - 0,069 g

L-gistidin - 0,015 g

L-tirozin - 0,090 g 

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, natriy xloridi, povidon (K30), natriy kroskarmelloza, sukraloza, titan dioksidi, suyuq glyukoza, menrik bo'yovchi modda kukuni, apelsinli kukun aromatizatori, izopropil spirti.

Giperkaltsemiya rivojlanishi mumkun. Bunday holatda D vitamini iste'molini kamaytirish tavsiya etiladi, agar giperkaltsemiya davom etsa, alfaketoanalogining dozasini, shuningdek boshka har kanday kaltsiy manbasini kamaytirish lozim. Charchoq va koordinatsiyani yo'qotish kabi nojo'ya tasirlar yuzaga kelishi mumkun. Aminokislotalar oshqozon bilan bog'liq muammolarni, shu jumladan ko'ngil aynish,qusish, diareya va shishishni keltirib chiqarishi mumkun. Kamdan kam hollarda aminokislotalar qon bosimi, bosh og'rig'i yoki terinig oqarishiga olib kelishi mumkun.

Shu vaqtgacha homiladorlik va pediatriyada qo'llanilmagan. Alfaketoanalogini tegishli aminokislotalarga to'g'ri singishi va metabolizmini yaxshilash uchun ovkat bilan birga qabul qilish kerak. Qon zardobidagi kaltsiy miqdorini muntazam ravishda kuzatib borish kerak. Etarli kaloriya ta'minlanishi kerak.

Surunkali buyrak kasalligi tufayli kuniga 40 g yoki undan kam miqdorda (kattalar) oqsillarning organizmga qabul qilinishidan kelib chiqadigan oqsillar metabolizmning etishmovchiligi tufayli kelib chikadigan jaroxatlarni tuzatish yoki oldini olish da ishllaniladi. Bu odatda glomerulyar filtrlash tezligi (GFR) 25 ml / min dan kam bo'lgan bemorlarga qo'llaniladi.

Giperkaltsiemiya, aminokislotalar almashinuvining buzilishi, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Tarkibida kaltsiy saqlovchi preparatlar bilan qabul qilinganda qon zardobida kaltsiyning ko'payishiga olib kelishi mumkin. Kaltsiy bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiluvchi (masalan: tetrasiklinlar, tsiprofloksasin va norfloksasin kabi xinolinlar, shuningdek temir, ftorid yoki estramustin saqlovchi) preparatlarni alfaketoanalog bilan bir vaqtda kabul qilmaslik kerak. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalarni qabul qilish oralig'i kamida ikki soatni tashkil qilishi kerak. Kardioaktiv glikozidlarga sezuvchanlik aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar qon zardobida kaltsiy miqdorini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi preparatlar bilan davolashda uremik alomatlar yaxshilanadi. Shuningdek tarkibida alyuminiy gidroksid saqlovchi preparat qabul qilinganda, kerak bo'lganda ushbu preparat dozasi kamaytirilishi kerak. Qon zardobi tarkibidagi fosfat miqdori kamaytirilishi nazorat qilinishi kerak.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan, 30oS dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroklilik muddati

2 yil.

Deyarli oq rangdagi kristall kukun.

Ichish uchun.

Kattalar: kuniga 1 dan 3 ta gacha paketdan yoki shifokor/sog'lik uchun ma'sul xodim ko'rsatmasiga binoan. Ovqat vaqtida qabul qilinganda tog'ri so'riladi va metabolizmga uchraydi.

Aminokislota tabletkalari, ehtimol 6 oygacha bo'lgan bolalarda og'iz orqali qabul qilinganda, bolalar uchun xavfsizdir.

Agar homilador yoki emizikli bo'lsangiz, aminokislotalar, kaltsiy tabletkalarini qabul qilish xavfsizligi to'g'risida etarlicha ma'lumot yo'q. Ehtiyot bo'ling va shifokoringizga murojaat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RENOKETOL kukuni 2,7g N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RENOKETOL kukuni 2,7g N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RENOKETOL kukuni 2,7g N20 dori vositasi Pharmline Plus MChJ tomonidan Индия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RENOKETOL kukuni 2,7g N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RENOKETOL kukuni 2,7g N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9