Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RIDKOLD
RIDCOLD
Preparatning savdo nomi: RidKold
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, fenilefrin gidroxlorid, xlorfeniramin maleati va kofein.
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol ingredientlar:
Parasetamol – 500 mg
Fenilefrin gidroxloridi – 5 mg
Xlorfeniramin maleati – 2 mg
Kofein – 30 mg
Yordamchi moddalar:
Mikrokristall sellyuloza – 58,225 mg
Natriy metilparaben – 1,025 mg
Natriy propilparaben – 0,25 mg
Povidon K-90 – 10,0 mg
Tozalangan suv – q.s.
Natriy kraxmal glikolyati – 16,0 mg
Magniy stearati – 2,27 mg
Tozalangan talk – 6,0 mg
Suvsiz kolloid kremniy dioksidi -4,0 mg
Natriy laurilsulfati – 5,0 mg
Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq, bir tomoni riska va faskali va boshqa tomoni yassi qobiqsiz tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vosita
ATX kodi: N02BE51.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat.
Parasetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shamollash kasalliklarida kuzatiladigan og‘riq sindromini – tomoqda og‘riq, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘ini kamaytiradi, yuqori haroratni tushiradi.
Fenilefrin – alfa1-adrenomimetik. Qon tomir toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori nafas yo‘llarini va burunni qo‘shimcha bo‘shliqlarini shilliq qavatini shishini va qizarishini kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati – gistamin N1-reseptorlarini blokatori, allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, burun bo‘shlig‘i, burun-halqum va burunning qo‘shimcha bo‘shliqlarini shishini va qizarishini kamaytiradi, ko‘z va burunda qichishishni bartaraf qiladi, ekssudativ belgilarni kamaytiradi.
Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu toliqish va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Klinik manzarasida isitma yoki etni uvishishi, gipertermiya, bosh og‘rig‘i, burun bitishi, tumov, mushaklarda og‘riq ustun bo‘lgan shamollash (O‘RVI, gripp) simptomlarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 tabletkadan har 6-8 soatda. Maksimal sutkalik doza 8 tabletka.
12 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Parasetamol pankreatit, toshma ko‘rinishidagi allergik reaksiyalarni yoki qon kasalliklarini (shu jumladan neytropeniyani, pansitopeniyani, leykopeniyani, agranulositozni va trombositopeniyani) chaqirishi mumkin. Simptomlar preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi. Toshma odatda qizil dog‘lar yoki allergik qavarchiqlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va haroratni oshishi va shilliq qavatini shikastlanishi bilan kechishi mumkin.
Yengil uyquchanlikdan chuqur uyqugacha o‘zgaradigan sedativ samara, shu jumladan toliqish, bosh aylanishi va koordinasiyani yo‘qotilishi xlorfenaminning eng ko‘p tarqalagan nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa bolalarda asabiylashish, ta‘sirchanlik, eyforiyani his qilish,tremor va kamroq tungi tungi dahshatlar, gallyusinasiyalar va tirishishlar bilan kechadigan markaziy nerv tizimining paradoksal rag‘batlantiruvchi yuz berishi mumkin. Keksa yoshdagi pasientlar preparatni ta‘siriga, qon bosimini pasayishiga va markaziy nerv tizimini faoliyatini pasayishiga, xatto davolash uchun samarali bo‘lgan dozalarda ham sezuvchan.
Feniefrin gidroxloridi bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, yurak urishini tezlashishi yoki nomuntazam bo‘lishi (taxikardiya, qorinchalar aritmiyasi), qon bosimini oshishi, siyishni qiyinlashishi, mushak zaifligi, tremor, xavotirlik, bezovtalik va uyqusizlik, qo‘rquv, ongni chalkashishi, ishtahani pasayishi, hansirash, terlash, ko‘p so‘lak ajrashi, moddalar almashinuvini buzilishini chaqirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat MAO ingibitorlarini, sedativ preparatlarni, etanolning samaralarini kuchaytiradi.
Preparatni antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalari, fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda siyishni tutilishini, og‘izni qurishi, qabziyatlarni rivojlanish xavfi oshadi.
Parasetamol diuretik preparatlarni samaradorligini kamaytiradi.
Etanol antigistamin dori vositalarning sedativ ta‘sirini kuchaytiradi.
Xlorfenaminni MAO ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda qo‘llash gipertonik xuruj qo‘zg‘alishga, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin.
Trisiklik antidepresantlar fenilefrinning adrenomimetik ta‘sirini kuchaytiradi, galotanni bir vaqtda buyurish qorinchalar aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi.
Fenilefrin guanetidinni gipotenziv ta‘sirini pasaytiradi, u o‘z navbatida fenilefrinni alfa- adrenostimulyasiyalovchi faolligini kuchaytiradi.
Preparatni barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin va jigarning mikrosomal fermentalarini boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda parasetamolni gepatotoksik ta‘sirini rivojlanish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin.
Preparatni qo‘llash davrida alkogolni, uxlatuvchi va anksiolitik preparatlarni (trankvilizatorlar) istemol qilishdan saqlanish lozim.
Parasetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin.
Homiladorlik va laktasiya
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida buyurish mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Davolanish davrida avtotransportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Odatda parasetamol bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishi parasetamolni 10-15 g dan yuqori dozalarda qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi.
Simptomlari: teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gepato nekroz, jigar transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi.
Davolash: me‘dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish,simptomtatik davolash, dozani oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan keyin metioninni va 12 soatdan keyin – asetilsisteinni yuborish.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda, №4.
Saqlash sharoiti
Quruq va qorong‘u joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.