Yordamchi moddalar: natriy xloridi - 6,0 g; kaliy xloridi - 0,30 g; magniy xloridi (suvsiz magniy xloridiga qayta hisoblanganda) - 0,12 g; natriy gidroksidi - 1,788 g; in’eksiya uchun suv - 1,0 l gacha.
Preparatning ta’siri ostida anaerob jarayonlarni aerob jarayonlarga o‘tishi tezlashadi, gepatotsitlarni energiya bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, makroergik birikmalarni sintezi oshadi, gepatotsitlarning membranalarini lipidlarning perekisli oksidlanishiga chidamliligi oshadi, antioksidant ximoya fermentlarining faolligi tiklanadi. Riverton sitolizni kamaytiradi, bu indikator fermentlar: aspartataminotransferazalar, alaninaminotransferazalarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Riverton bilirubin va uning fraksiyalarini kamayishiga yordam beradi, bevosita bilirubinni safroga ekskretsiyasini yaxshilaydi. Gepatotsitlarning ekskretor fermentlari - ishkoriy fosfotaza va gammaglyutamiltranspeptidaza faolligini kamaytiradi, xolesterinni o‘t kislotalariga oksidlanishiga yordam beradi.
Allergik toshma va teri qichishishi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ularni antigistamin preparatlarni qo‘llash bilan bartaraf qilish mumkin.
Kam uchraydigan nohxush reaksiyalarga ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishini paydo bo‘lishi kiradi.
Preparat tomonidan organizmdagi aerob jarayonlarni faollashishi sababli, qonda glyukoza konsentratsiyasi kamayishi va siydik kislotasining miqdori oshishi mumkin.
Retsept bo‘yicha
homiladorlik;
laktatsiya davri;
bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi ta’qiqlanadi.
Buyrak faoliyati buzilishida qo‘llanilishi
Nefrolitiazda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarda qo‘llanilishi ta’qiqlanadi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir etish hususiyati.
Preparat faqat statsionar sharoitlarda qo‘laniladi. Nojo‘ya ta’sir kuzatilganda qo‘llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
Nefrolitiaz, podagra, giperurikemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.