×
×
  • SANOVIT sirop 100ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SANOVIT sirop 100ml

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine, Великобритания произведено: Laboratorios Basi Industria Farmaceutica S.A., Португалия по лицензии Medreich, Великобритания
ATX kodi:
- A11H
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 180 ta dorixonasida topildi

ico 45 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 67 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 52 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SANOVIT sirop 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SANOVIT

suNOVIT

 

Preparatning savdo nomi: Sanovit

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun sirop.

Tarkibi:

1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

A vitamini (retinol palmitati shaklida)       150 ME;

B1 vitamini (tiamin gidroxloridi)                   0,10 mg;

B2 vitamini (riboflavin natriy fosfati)       0,12 mg;

B5 vitamini (dekspantenol)                                 0,20 mg;

B6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)          0,15 mg;

V9 vitamini (folat kislotasi)                            0,01 mg;

B12 vitamini (sianokobalamin)                           0,15 mkg;

S vitamini (askorbin kislotasi)                                    6 mg;

D3 vitamini (xolekalsiferol)                           40 ME;

E vitamini (all-rac-α-tokoferil asetati)           0,7 ME;

PP vitamini (nikotinamid)                                 1,20 mg;

yordamchi moddalar: natriy propilparagidroksibenzoati, natriy metilparagidroksi-benzoati, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, gliserin, natriy saxarini, «Apelsin» aromatizatori, polisorbat 80, propilgallat, butilgidroksianizol, natriy gidroksidi, dinatriy edetati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oltin-sariq rangli, apelsin hidli tiniq sirop.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitaminlar.

ATX kodi: A11BA

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sanovit – majmuaviy multivitamin preparat bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning samaralari bilan ifodalanadi. Vitaminlar moddalar almashinuvida biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatorlari va regulyatorlari sifatida ishtirok etadilar.

A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezini boshqarishda ishtirok etadi, moddalar almashinuvini normal kechishiga, hujayra va subhujayra membranalarining faoliyatiga yordam beradi, yangi hujayralarni o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi.

B1 vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beruvchi hujayra energiyasidir, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, detoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarida uglevodlar va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydigan qator fermentlarning kofermentlarini tuzilishida ishtirok etadi. Tiaminni yetishmovchiligi Beri-beri sindromi (spesifik polinevrit) va Vernike sindromi (polinevrotik psixoz) ni rivojlanishiga olib keladi.

B2 vitamini hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNKni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to‘qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regenerasiyasi jarayonlariga, hujayralarda trofik buzilishlarni korreksiya qilishga yordam beradi.

B5 vitamini koferment A (fermentlarning faolligini namoyon qilish uchun kerak bo‘lgan oqsil tabiatli bo‘lmagan organik birikma) ning tarkibiga kiradi. Uglevodlar va yog‘larni asetillanish va oksidlanish jarayonlarida, o‘t kislotalari sintezida, gormonlar sintezida muhim rol o‘ynaydi.

V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi.

V9 vitamini to‘qimalarni o‘sishi, rivojlanishi va proliferasiyasi jarayonlarini normal kechishi uchun, xususan qon yaratilishi va embriogenez uchun zarur, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me‘dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

V12 vitamini immunomodulyator, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta‘sirga ega, arterial bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalarning sintezida ishtirok etadi, jigar, nerv tizimining faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, qon ivishi, uglevodlar va lipidlar almashinuvi jarayonlarini faollashtiradi.

S vitamin kuchli qaytarilish hususiyatlariga ega, xususan, atrof muhitning zaharli moddalarini zararsizlantiradigan fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar devori, bog‘lamlar va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) sintezi, xolesterinni yog‘larni hazm qilish uchun, shuningdek ichaklar harakatini kuchaytiradigan yog‘ kislotalariga aylantirish uchun zarur.

D3 vitamini kalsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, ingichka ichakda kalsiyni so‘rilishini oshiradi, buyrak naychalarida kalsiyni reabsorbsiyasini oshiradi. D3 vitamini osteoblastlar sintezini faollashuvi yordamida matrisa oqsillari va I turdagi kollagen sintezini oshirish orqali suyak to‘qimasini qayta modellanish jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, jinsiy bezlarning funksional holatiga ta‘sir qiladi, skelet suyaklarini kalsifikasiyasini ta‘minlaydi.

Ye vitamini hujayralarni shikastlanish va qarishdan himoya qiladigan antioksidant modda hisoblanadi, erkin radikallarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi. Hujayralararo modda, biriktiruvchi to‘qima tolalari, qon-tomirlar, ovqat hazm qilish yo‘llarining siliq mushaklarini shakllanishida ishtirok etadi.

PP vitamini hujayra nafasi va oliy nerv faoliyati va ovqat hazm qilish a‘zolarining faoliyatini boshqaruvchi oqsillar almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning tarkibiga kiradi.

Farmakokinetikasi

Sanovit preparatining ta‘siri komponentlarining umumiy hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q. Barcha komponentlarini markerlar yordamida yoki biotadqiqotlar yordamida bir vaqtda kuzatish mumkin emas.

 

Qo‘llanilishi

  • avitaminozlar va gipovitaminozlarni oldini olish;
  • jismoniy va aqliy ish faoliyatini oshishi;
  • almashinuv jarayonlarini normallashishi;
  • o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davri;
  • organizmni infeksion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sanovit ichga ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Siropni dozalash uchun o‘lchov stakanidan foydalaniladi.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: sutkada 5 ml dan buyuriladi;

4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: sutkada 10 ml dan buyuriladi.

Kattalarga: sutkada 10-20 ml dan buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaksiyalar xaqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Pasientda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaksiyalar aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta‘riflanmagan yangi noxush reaksiyalar paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatning tarkibiga kiruvchi B6 vitamini levodopaning samaradorligini kamaytiradi.

Tarkibiga mineral moy kiruvchi surgi dori vositalari va kolestiramin A, D va E vitaminlarining o‘zlashtirilishini pasaytiradilar.

Ftorurasil, vinblastin, bleomisin, sisplatin A, V1 i V6 vitaminlarni o‘zlashtirilishini izdan chiqaradilar.

Penisillamin, izoniazid V1 vitaminini chiqarilishini oshirib, samaradorligini pasaytiradilar.

Izoniazid piridoksinning samaradorligini pasaytiradi.

Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

Sanovit preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik ta‘siri va noxush reaksiyalarini kuchaytiradi.

Sanovit preparatini, dozani oshirib yuborilishidan saqlanish maqsadida, boshqa polivitamin komplekslar, ayniqsa tarkibida A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas.

Siydikning rangi to‘q sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida riboflavinni borligi bilan ifodalanadi.

Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiya davrida Sanovit preparatini qo‘llash mumkinligi masalasi individual ravishda hal qilinadi.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi bexosdan oshirib yuborilganida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan, chunki Sanovit preparatining tarkibiga kiruvchi yog‘da eruvchan vitaminlarni organizmga toksik ta‘sir qilishi mumkinligini hisobga olish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun sirop 100 ml dan polietilen qopqoqli sariq rangli butilkada. 1 flakon o‘lchov stakani, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqdansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SANOVIT sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SANOVIT sirop 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SANOVIT sirop 100ml dori vositasi World Medicine, Великобритания произведено: Laboratorios Basi Industria Farmaceutica S.A., Португалия по лицензии Medreich, Великобритания tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SANOVIT sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SANOVIT sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9