×
×
  • SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
- НВ Азия Лтд (NV ASIA LTD), Республика Кипр произведено: Gracure Pharmaceuticals Ltd, Индия по заказу New Vision Holding Ltd
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
40 000 s`om dan
ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 SAMO, OOO Avstriya
2 300 s`om dan
SERIKOLD tabletkalari N100 Shayana Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

qO‘llash Bo‘YICHA yO‘riqnoma

SantaKold-nochnoy

 

Preparatning savdo nomi: SantaKold-nochnoy

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 160 mg parasetamol; 2,5 mg setirizin gidroxloridi, 1 mg xlorfeniramin maleati, 5 mg dekstrometorfan gidrobromidi;

yordamchi moddalar: natriy metilparabeni, natriy propilparabeni, natriy karboksimetilsellyuloza, ksantin kamedi, sorbitol, dinatriy editati, karmuazin supra bo‘yovchisi, saxaroza, meva aralashmali aromatizatori, tozalangan suv.

Ta‘rifi: pushti rangli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik va antipiretik. Psixoleptiklarsiz parasetamol majmuasi.

ATX kodi: N02B E51

 

Farmakologik xususiyatlari

Parasetamol og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Ta‘sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilish va gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘siri bilan bog‘liq.

Setirizin gidroxloridi – yallig‘lanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi xujayralar (asosan eozinofillar) migrasiyasining kechki fazasini ingibisiya qilish bilan bog‘liq allergiyaga qarshi xususiyatlarga ega. Boshqa mediatorlar va PAF (trombosit-faollashtiruvchi omil) va R substansiya kabi gistamin sekresiyasi induktorlarini susaytiradi. Deyarli antixolinergik va antiserotonin samaralarga ega emas. Terapevtik dozalarda sedativ ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Dekstrometorfan gidrobromidi – yo‘talga qarshi vosita, sovuq havo bilan nafas olinganda bronxlarni ta‘sirlanishi oqibatida paydo bo‘luvchi quruq bronxial yo‘talda samarali. Ta‘sir mexanizmi uzunchoq miyadagi yo‘tal markaziga ta‘siri bilan bog‘liq.

Xlofeniramin – allergiyaga qarshi vosita, N1-reseptorlar blokatori. O‘rtacha yaqqollikdagi sedativ samara chaqiradi.

Qo‘llanilishi

Gripp va tana haroratini oshishi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, tomoq va burun bo‘liqlarida og‘riq, burun bitishi, tumov, quruq ta‘sirchan yo‘tal, ko‘z yosh oqishi va aksirish bilan kechuvchi o‘tkir respirator – virusli infeksiyalarni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1 o‘lchov qoshiq (5 ml) o‘ramning o‘rtasida joylangan.

4 yoshdan 6 yoshgacha bolalarga: 1 choy qoshiqdan sutkada 4 marta; kattalar va 6 yoshdan bolalarga: 2 o‘lchov qoshiqdan sutkada 3-4 marta.

Davolashning maksimal davomiyligi: 3-5 sutka. Qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soatni tashkil etishi kerak.

Sutkada 4 martadan ko‘p qabul qilish mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘p hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, og‘iz qurishi, toliqish, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, ta‘sirchanlik yoki asabiylik, taxikardiya va yurakni urib ketishi kuzatiladi. Kam hollarda (ayniqsa bolalarda) – qo‘zg‘aluvchanlik va uyquni buzilishi. Preparatni uzoq vaqt, ayniqsa yuqori dozada qo‘llanilganda, ayniqsa alkogolni bir vaqtda qabul qilganda, SantaKold-nochnoy tarkibidagi – parasetamolning jigar va buyrakka toksik ta‘siri namoyon bo‘ladi, xususan – jigar yetishmovchiligi rivojlanada (dozani oshirib yuborilishi ko‘rinishlari “Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limida to‘liq ta‘riflangan). Preparatga va uning tarkibidagi moddalarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda quyidagilar bilan namoyon bo‘luvchi allergik nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin: bronxospazm xuruji, anafilaksiya, angionevrotik shish, hiqildoq shishi. Shuningdek allergik reaksiyalar makulopapulyoz, uritkar, eritematoz toshma, eshakemi, shilliq qavatlarni shikastlanishi kabi teri ko‘rinishlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki meteorizm). Xlorfeniraminning periferik antixolinergik ta‘siri bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalari: og‘izni qurishi, ko‘zning shilliq qavatini qurishi, siydikni tutilishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘z ichki bosimini oshishi va me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar. Xlorfeniraminning markaziy ta‘siri bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalari: uyquchanlik, yakka hollarda koma, tirishish xurujlari, diskineziya, xulqni o‘zgarishi.

Ikkinchi avlod antigistamin preparatlaridan farqli ravishda, feniraminni qo‘llash QT ni intervalini uzayishi va aritmiya bilan assosiasiyalanmaydi.

Setirizin gidroxloridi mavjudligi quyidagilarni chaqirishi mumkin: turli og‘irlik darajasidagi allergik nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi, idiopatik eshakemi; jigar tomonidan buzilishlar: jigar fermentlari darajasini oshishidan gepatitni rivojlanishigacha; markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi simptomlari.

Dekstrometorfan gidrobromidiga xos nojo‘ya reaksiyalar nafas olishni susayishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Parasetamolni ta‘siri bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar: allergik reaksiyalar – teri qichishishi, terida va shilliq qavatlarda toshma, angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi);

markaziy nerv-tizimi tomonidan: bosh aylanishi, psixomotor qo‘zg‘alishlar va orientasiyani buzilishi; me‘da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan – ko‘ngil aynishi, epigastriyda og‘riq; sariqlik rivojlanmasdan kechuvchi “jigar” fermentlari faolligini oshishi, gepatonekroz;

endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya, hatto gipoglikemik komagacha;

qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, sulfgemoglobinemiya va metgemoglobinemiya (sianoz, hansirash, yurakda og‘riq), gemolitik anemiya (ayniqsa glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan bemorlarda). Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda – aplastik anemiya, pansitopeniya, agranulositoz, neytropeniya, leykopeniya, trombositopeniya;

siydik chiqarish tizimi tomonidan: (yuqori dozalarda qabul qilganda) – nefrotoksiklik (buyrak sanchig‘i, interstisial nefrit, papillyar nekroz).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, surunkali alkogolizm, jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, glyukozo-6-fosfatdegidrogenazalar va glyutation-reduktaza fermentlarining tanqisligi (preparat qo‘llanganida eritrositlar gemolizi paydo bo‘lishi mumkin), qon kasalliklari, yopiq burchakli glaukoma, uretra va prostata bezi kasalliklari bilan bog‘liq siydikni ushlanib qolishi xavfi, qovuq bo‘yinchasi obstruksiyasi, og‘ir kechuvchi gipertoniya kasalligi, yurak koronar arteriyalari kasalligi, qandli diabet, tutqanoq; monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO) bilan davolanayotgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda; homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampisin va alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida gepatotoksik ta‘siri xavfi ahamiyatli darajada oshadi.

SantaKold-nochnoy preparati metoklopramid bilan birga qo‘llanilganda parasetamolni so‘rilishini oshirishi mumkin. Kofein parasetamolning og‘riq qoldiruvchi ta‘sirini potensiya qilishi mumkin.

Parasetamol antikoagulyantlar, kumarin va indol hosilalarining bevosita ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Preparat tarkibida xlorfeniramin va dekstrometorfan gidrobromidi bo‘lganligi uchun: markaziy nerv tizimini depressorlari (gipotonik vositalar, anestetiklar, MAO ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi preparatlar, barbituratlar, trankvilizatorlar, narkotik analgetiklar, shuningdek alkogol) ning ta‘siri kuchayadi. Xlorfenaramin antikoagulyantlar ta‘sirini susaytirishi va progesteron, rezerpin, tiazid diuretiklar bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin. Kontraseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llash SantaKold-nochnoy preparatidagi antigistamin komponentining samaradorligini susaytirishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar, ovqat-hazm qilish yo‘llari va buyraklar faoliyatini buzilishi, giperbilirubinemiya, prostata bezi gipertrofiyasi, siydikni tutilishi, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, bronxial astma, balg‘amli yo‘tal bo‘lgan pasientlarda, shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda periferik qon va jigarning funksional holatini (10 kunda 1 marta) muntazam nazorat qilish kerak.

Davolash vaqtida antigistamin preparatlari (xlorfeniramin maleati) ning sedativ ta‘sirini kuchaytiruvchi sedativ preparatlar (ayniqsa barbituratlar) ni qo‘llash mumkin emas.

Agar kasallik bakterial infeksiyalar bilan chaqirilgan bo‘lsa, antibiotiklar bilan parallel davolash tavsiya etiladi.

Agar SantaKold-nochnoy preparatini qo‘llash vaqtida eritrositlarni gemolizi yoki medikamentoz gemolitik anemiya kelib chiqsa, preparatni zudlik bilan bekor qilish kerak.

Preparatni qo‘llash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi

Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida (preparat ko‘krak sutiga o‘tishi mumkin) qo‘llash mumkin emas.

Bolalar

Preparatni 4 yoshdan oshgan bolalarga qo‘llash mumkin.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa turdagi mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Preparatni qo‘llash vaqtida transport vositalarini boshqarish, mexanizmlar bilan va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Siptomlari: dozani oshirib yuborilishi ko‘rinishlari odatda ko‘pincha SantaKold-nochnoy preparatining ta‘sir etuvchi moddasi parasetamolni kattalarda 15 g va undan ko‘p bir martalik dozada, bolalarda – 150 mg/kg va undan ko‘p bir martalik dozada qo‘llanilganda paydo bo‘ladi. Shuningdek dozani oshirib yuborilishi SantaKold-nochnoy preparatini tavsiya etilgan yoki oshirib yuborilgan dozada, lekin, sutkada 4 martadan ko‘p tez-tezligida qo‘llanilganda paydo bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilganda dastlab dispeptik ko‘rinishlar (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish), oqarib ketish kuzatiladi. Keyinchalik transaminazalar, bilirubin darajasi oshadi, azotemiya paydo bo‘ladi. Jigar biopsiyasida markaziy lobulyar nekroz aniqlanadi. Zardobda kreatinin darajasi asta-sekin oshadi, transaminazalar darajasi kritik ravishda oshadi, albumin va glyukoza darajasi pasayadi, metabolik asidoz, oliguriya, ensefalopatiya, jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘ladi. Markaziy nerv tizimi tomonidan uyquni buzilishi, toliqish, tremor paydo bo‘lishi mumkin; odatda dastlab qo‘zg‘aluvchanlik, keyinchalik nafas olishni buzilishi va yurak-qon tomir tizimini ish faoliyatini buzilishi (puls tez-tezligi pasayishi, arterial bosimni hatto qon-tomirlar yetishmovchiligigacha pasayishi) bilan kechuvchi tormozlanish simptomlari kuzatiladi. Qon tomonidan trombositlarni sonini kamayishi, protrombin darajasini pastligi, qonning ivishi faolligini yomonlashadi, bu qon ketishi, xususan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan qon ketishi bilan kechishi mumkin. Tana haroratini oshishi, teri qichishishi – urtikar toshma paydo bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi mumkin. Siydik chiqarish tizimi tomonidan – siydik tutilishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Tirishish paydo bo‘lgan hollarda – diazepam buyuriladi. Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

100 ml suspenziya flakonlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml dori vositasi НВ Азия Лтд (NV ASIA LTD), Республика Кипр произведено: Gracure Pharmaceuticals Ltd, Индия по заказу New Vision Holding Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SANTAKOLD NOCHNOY suspenziya 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9