×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Faol modda:
Метамизол натрия, Тиамин, Кофеин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Balkanpharma-Dupnitsa AD
ATX kodi:
- N02BB52
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 500 s`om dan
24 000 s`om dan
GRIPGO tabletkalari N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
89 600 s`om dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
5 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEDALGIN – NEO®

SEDALGIN – NEO

 

Preparatning savdo nomi: Sedalgin – neo®

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 300 mg parasetamol, 150 mg metamizol natriy, 50 mg kofein, 15 mg fenobarbital, 10 mg kodein fosfat gemigidrati;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, bug‘doy kraxmali, povidon, krospovidon, natriy metabisulfiti, talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: dumaloq  yassi, oqdan deyarli oq ranggacha, ikki tomoni faskali va bir tomonida riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy tarkibga ega analgetik-antipiretiklar

ATX kodi: N02BE71

 

Farmakologik xususiyatlari

Sedalgin-neo yaqqol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega majmuaviy preparatdir. Majmuada alohida komponentlarning og‘riq qoldiruvchi ta‘siri kuchayadi va nojo‘ya samaralari va ko‘nikishni rivojlanishi ehtimoli preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarning past dozalarini qo‘llash natijasida kamayadi. Majmua shuningdek quyidagi samaralarni namoyon qiladi: o‘t chiqarish va siydik chiqarish yo‘llariga va bachadon silliq mushaklariga biroz bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi; markaziy nerv tizimiga sedativ (tinchlantiruvchi) ta‘sir ko‘rsatadi; bosh miya qon tomirlariga ijobiy ta‘sir qiladi va bosh miya ichki bosimini kamaytiradi (bosh og‘rig‘i kamayadi). Kofein boshqa komponentlarning sedativ ta‘sirini kamaytiradi va umuman olganda majmuada ish qobiliyatini sezilarli darajada buzilishiga olib kelmaydi. Kodein yaqqol yo‘talga qarshi ta‘sirga ega va metamizol va parasetamolning og‘riq qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Qo‘llanilishi

Sedalgin-neo ning alohida komponentlari mustaqil qo‘llaganda davolash qiyin bo‘lgan, turli kelib chiqishga ega, quyidagi og‘riqlarni qisqa muddatli va simptomatik davolash uchun qo‘llanadi:

  • bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i;
  • jarohatlar, operasiyalar va kuyishlardan keyingi og‘riqlar;
  • nevralgiyalar va nevritlar, bo‘g‘imlar va mushaklardagi o‘tkir og‘riqlar.

dori vositasining qo‘llash oldidan zarur bo‘lgan ma‘lumot

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sedalgin-neoni doimo Sizning davolovchi shifokoringizning aniq qo‘llanmalariga muvofiq qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokoringizdan yoki farmasevtdan so‘rang!

Preparat ichga qabul qilinadi, davolovchi shifokor dozalashni aniqlab beradi.

Odatda bir tabletkadan sutkada 3-4 marta qabul qilinadi.

Maksimal bir martalik doza 2 tabletkani, maksimal sutkalik doza esa – 6 tabletkani tashkil qiladi.

Davolash kursi ko‘pi bilan 3 kun davom etadi.

Tabletkalar ovqatlanish vaqtida, suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

 

Bolalar va o‘smirlar

Preparat bolalar va o‘smirlar uchun to‘g‘ri kelmaydi!

Sedalgin-neoni qo‘llash ovqat va ichimliklarni qabul qilish

Alkogolga tolerantlikni pasayishini nazarda tutib, uni preparat bilan davolash vaqtida qabul qilishdan saqlanish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Har qanday dori preparati kabi Sedalgin-neo xam, garchi ular barchada namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Ko‘pincha nojo‘ya samaralari o‘tkinchi xarakterga ega va davolash tugaganidan keyin o‘tib ketadi. Ayrim pasientlarda quyidagi reaksiyalar bo‘lishi mumkin:

immun tizimi tomonidan buzilishlar

  • anafilaksiya (og‘ir, hayot uchun xavf soluvchi allergik reaksiya) va agranulositoz (infeksiyalarga moyillik bilan oq qon tanachalari sonini kamayishi) xavfini oshishi, ular davolashning har qanday bosqichida namoyon bo‘lishi mumkin va sutkalik dozaga bog‘liq emas;
  • allergik reaksiyalar: qichishish, teri toshmasi, astma xurujini qo‘zg‘ashi, dispnoe (bo‘g‘ilish).

me‘da-ichak yo‘llari tomonidan – og‘izni qurishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat yoki ich ketishi, jigar transaminazalarini oshishi.

nerv tizimi tomonidan – uyquchanlik, toliqish, koordinasiyani buzilishi, tremor, bezovtalik, ta‘sirchanlik; uzoqroq muddat qo‘llanilganda – qaramlikni rivojlanishi.

yurak-qon tomir tizimi tomonidan – arterial bosimni pasayishi, yurak urib ketishi, ekstrasistoliya (muntazam bo‘lmagan puls).

buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan – yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda buyrak shikastlanishi (interstisial nefrit, buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi) bo‘lishi mumkin.

qon yaratish tizimi va limfatik tizimi tomonidan – juda kam xollarda gemolitik anemiya (qizil qon tanachalari sonini kamayishi, bu terini oqarishi yoki sarg‘ayishi, holsizlik, bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkin), trombositopeniya (trombositlar sonini kamayishi, bu qon ketishi va qon talashlar (ko‘karishlar) paydo bo‘lishi xavfini oshiradi). Jiddiy teri reaksiyalarining juda kam holatlari haqida ma‘lumotlar bor.

Agar biron-bir nojo‘ya reaksiya jiddiylashsa yoki Sizda ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya reaksiyalar aniqlansa, iltimos, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Bu ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha nojo‘ya reaksiyalarni o‘z ichiga oladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Sedelgin-neoni quyidagilarda qo‘llamang:

  • agar Sizda biron-bir ta‘sir etuvchi moddaga yoki preparatning tarkibidagi yordamchi moddaga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
  • agar Sizda qonning biron-bir kasalligi (gemorragik diatez, aplastik anemiya, leykopeniya yoki agranulositoz) bo‘lsa;
  • agar Sizda bronxial astma (“aspirin” turi) bo‘lsa;
  • moddalar almashinuvi bilan bog‘liq kam uchraydigan kasalliklar (glyukozo-6-fosfatdegidrogenazani nasliy tanqisligi, jigar porfiriyasi) bo‘lsa;
  • og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida;
  • narkotik analgetiklar, uxlatuvchi va sedativ vositalarni suiste‘mol qilganda;
  • homiladorlik vaqtida;
  • emizish davrida;
  • agar shifokoringiz Sizga, Siz CYP2D6 ning “juda tez metabolizatori” ekanligingizni aytgan bo‘lsa;
  • bolalar.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Iltimos, Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilganligingiz haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Majmuaning komponentlari ko‘pchilik dorilarning metabolizmi (o‘zlashtirilishi) ga aralashadi va shuning uchun boshqa medikamentlar bilan birga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Agar Siz quyida sanab o‘tilgan dori vositalaridan birini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering:

  • kumarin antikoagulyantlari;
  • siklosporin (immunitetni susaytirish uchun);
  • trisiklik antidepressantlar;
  • ichga qabul qilish uchun homilador bo‘lishga qarshi vositalar;
  • allopurinol (podagraga qarshi);
  • xloramfenikol va mielotoksik (suyak ko‘migi faoliyatini susaytirish) ta‘sirini kuchayishi tufayli suyak ko‘migini shikastlovchi boshqa preparatlar;
  • aminofenazon (og‘riq va isitmaga qarshi);
  • tuberkulyozga qarshi antibiotik rifampisin;
  • simetidin (me‘dani himoyalash uchun);
  • alkogol va jigarni shikastlovchi boshqa vositalar;
  • barbituratlar, benzodiazepinlar, uxlatuvchi va tinchlantiruvchi preparatlar;
  • MAO ingibitorlari yoki trisiklik antidepressantlar;
  • antixolinergik vositalar;
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (ketoprofen, ibuprofen, naproksen, dikofenak);
  • grizeofulvin (zamburug‘larga qarshi);
  • xinidin (antiaritmik vositalar);
  • doksisiklin (antibiotik);
  • estrogenlar (ayollar jinsiy gormonlari);
  • fenitoin, karbamazepin (tirishishga qarshi vositalar);
  • fenotiazin (ruhiyatga ta‘sir qiluvchi dori);
  • juda kuchli og‘riq qoldiruvchi vositalar (narkotik analgetiklar);
  • natriy valproati va valproat kislotasi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sedalgin-neoni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing, agar:

  • Sizda metamizolga allergiya bor. Qachonlardir metamizolga allergik reaksiyasi bo‘lgan pasientlar uni yana qabul qilishlari mumkin emas.
  • Dozani oshirib yuborilishi va jigarni jiddiy shikastlanishi xavfi tufayli, Siz metamizol saqlovchi boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
  • Sizda faol bosqichdagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lsa.
  • Sizda buyrak yoki jigar shikastlanishi bo‘lsa.
  • Siz 65 yoshdan oshgan bo‘lsangiz, intoksikasiyaning yuqori xavfi tufayli.
  • Siz og‘riq qoldiruvchi vositalarni tez-tez qo‘llasangiz. Og‘riq qoldiruvchi preparatlarni tez-tez qo‘llash buyrakni turg‘un shikastlanishiga va buyrak yetishmovchiligi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Agar Sizda bosh og‘rig‘ining tez-tez xurujlari bo‘lsa va og‘riq qoldiruvchi preparatlarni muntazam qo‘llash Sizga yordam bermasa, shifokoringizga murojaat qiling.

Surunkali bosh og‘rig‘ini rivojlanishining oldini olish uchun og‘riq qoldiruvchi vositalarning tavsiya etilgan sutkalik dozalarini diqqat bilan nazorat qilish va migrenga qarshi dorilarni haddan tashqari ko‘p qo‘llanilishidan saqlanish lozim.

Anafilaksiya (teri toshmasi, bo‘g‘ilish, me‘da-ichak yo‘llari va yurak-qon tomir tizimi tomonidan shikoyatlar bilan to‘satdan og‘ir allergik reaksiya) va agranulositoz (oq qon tanachalarining turi –granulositlarning sonini to‘satdan kamayishi, tana haroratini oshishi, infeksiyalarni rivojlanishi) simptomlari bo‘lganida preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak.

Sedalgin-neoni tez-tez va uzoq muddat qo‘llaganda qon manzarasi va buyrak va jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

Sedalgin-neo tarkibidagi metamizol siydikni qizil rangga bo‘yashi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas.

Sedalgin-neoni uzoq muddat qo‘llaganda uning tarkibidagi kodeinga qaramlik va ko‘nikish rivojlanishi mumkin.

Metabolizmning alohida turiga ega ayrim pasientlarda (“juda tez” metabolizatorlar) hatto tavsiya etilgan dozalar qo‘llanilganida ongni chalkashishi, uyquchanlik, yuzaki nafas olish, qorachiqlarni torayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi va ishtahani yo‘qligi kabi kodein dozasini oshirib yuborilishi simptomni kutish mumkin. Og‘irroq holatlarda hayot uchun xavf soluvchi va juda kam xollarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan qon aylanishini buzilishi simptomlari va nafasni susayishi bo‘lishi mumkin.

AYRIM PASIENTLAR GURUHI UCHUN MAXSUS OGOHLANTIRISHLAR

Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi

Biron-bir dori vositalarni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Ta‘sir etuvchi moddalar homiladorlik vaqtida qo‘llanganida homilaga zarar keltirishi mumkin. Ular ko‘krak sutiga o‘tadi. Shu tufayli Sedalgin-neo homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanmaydi.

Agar emizikli ayol CYP2D6 ning “juda tez” metabolizatori bo‘lsa, ko‘krak sutida faol metabolit morfinning yuqori konsentrasiyalari bo‘lishi mumkin va juda kam xollarda bolada opioid toksiklik simptomlariga olib kelishi mumkin, bu o‘lim bilan yakunlanishi mumkin

Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga ta‘siri. 

Sedalgin-neoning ko‘pchilik komponentlari markaziy nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatadi, sensor va harakat reaksiyalarini o‘zgartiradi, shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida avtomobilni haydash va texnika bilan ishlash yoki bularni yuqori diqqat bilan bajarishdan vaqtinchalik saqlanish kerak.

Yordamchi moddalari to‘g‘risida ma‘lumotlar

Bu preparatni seliakiyasi (glyutein enteropatiya) bo‘lgan odamlar uchun qo‘llash mumkin. Bug‘doyga allergiyasi bo‘lgan (seliakiyadan tashqari) pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Yordamchi modda sifatida saqlovchi natriy metabisulfiti allergik turdagi reaksiyalarni, shu jumladan sezgir pasientlarda bronxospazm anafilaktik simptomlarni chaqirishi mumkin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Agar Siz buyurilganidan ortiq doza qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokor yordamiga murojaat qiling.

Doza oshirib yuborilganida quyidagi simptomlardan ayrimlari paydo bo‘lishi mumkin: yaqqol bosh aylanishi, uyquchanlik, reaksiyalarni sekinlashishi, nafasni susayishi, xushdan ketguncha bo‘ladigan kuchli holsizlik bilan namoyon bo‘ladigan markaziy nerv tizimini bostirilishi, pulsni sekinlashishi, arterial bosimni pasayishi, jigar faoliyatini jiddiy shikastlanishi.

Agar Siz Sedalgin-neoni qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborilgan qabulni o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qabul qilmang. Buni keyingi muntazam qabul qilish vaqtida bajaring.

Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq qanday bo‘lmasin qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, iltimos, shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling.

Chiqarilish shakli

10 tabletkalar PVX/aolyumin folga blisterda.

1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10 dori vositasi Balkanpharma-Dupnitsa AD tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Метамизол натрия, Тиамин, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Метамизол натрия, Тиамин, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SPAZMALGON tabletkalari N20
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FEZAM kapsulalar 400/25 mg N60
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
SPAZMALGON tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
Narh: 70 600 so'mdan Batafsil
SPAZMALGON tabletkalari N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
VESTIBO tabletkalari 16mg N30
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Метамизол натрия, Тиамин, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Метамизол натрия, Тиамин, Кофеин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9