×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SINAFLAN maz 10g 0,025%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Флуоцинолона ацетонид
Ishlab chiqaruvchi:
- Муромский приборостроительный завод ,АО
ATX kodi:
- D07AC04 Флуоцинолона ацетонид
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 207 ta dorixonasida topildi

ico 4 300 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 3 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TRIDOKS krem 15g Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
38 000 s`om dan
SKINOREN gel 30g 15% Bayer AG, Германия произведено: Bayer Healthcare Manufacturing S.r.L Italiya
248 000 s`om dan
AUROBIN maz 20g Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
70 000 s`om dan
PSORKYUR kapsulalar N30 Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
57 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SINAFLAN maz 10g 0,025% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SINAFLAN

Preparatning savdo nomi: Sinaflan

Xalqaro patentlanmagan nomi

Fluosinolon asetonidi.

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

100 g surtmaning tarkibi:

Faol modda:

fluosinolon asetonidi (sinaflan) – 0,025 g,

Yordamchi moddalar:

propilenglikol – 4,975 g, vazelin (tibbiy vazelin) – 80,0 g, lanolin (suvsiz lanolin) –    5,0 g, serezin – 10,0 g.

Ta‘rifi:

Och-sariqdan to sariq rangligacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi:

Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid

ATX kodi: D07AC04.

Farmakologik ta‘siri

Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta‘sirga ega. Teriga ta‘sirida neytrofillarning chetki to‘planishini oldini olish yuz beradi, bu yallig‘lanish ekssudatining va sitokinlarning ishlab chiqarilishini kamayishiga, makrofaglarning migrasiyasini tormozlanishiga, infiltrasiya va granulyasiya jarayonlarini kamayishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Teri yuzasidan so‘rilganidan keyin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Terining quruqligi bilan birga kechuvchi mikrobsiz etiologiyali terining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish va allergik kasalliklari (seboreyali dermatit, turli genezli va lokalizasiyali ekzema, neyrodermit, terini qichishishi, psoriaz, quyoshli kuyishlar, hashoratlarni chaqishi) da qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Fluosinolon yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, pushti xusnbuzar, akne, perioral dermatit, terining bakterial, virusli, zamburug‘li kasalliklari, teri tuberkulyozi, sifilis, postvaksinal reaksiyalar, boldirning trofik yaralari, anogenital qichima, teri raki, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Qiz bolalarning jinsiy yetilish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga sirtga qo‘llanadi.

Antiseptik suyuqlik bilan xo‘llangan tampon bilan oldindan artilgan teriga preparatning katta bo‘lmagan miqdori kuniga 2-4 marta qo‘yiladi va biroz ishqalanadi. Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq va odatda 5-10 kunni tashkil qiladi, kasallikni davomli kechishida 25 kungacha.

Bolalarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Shikastlanishning cheklangan o‘choqlarida samarasini kuchaytirish uchun surtmani okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llash mumkin. Bog‘lov ostida sutkada 2 g dan ortiq surtmani qo‘llashga ruxsat berilmaydi. Surtmani dermatozlarning quruq shakllarida ishlatgan afzalroq.

Agar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llang. Zarurati bo‘lganida, iltimos dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Nojo‘ya ta‘siri

Achishish, teri qichimasi, terining quruqligi, «steroid» xusnbuzar, follikulit. Terini ikkilamchi infeksion shikastlanishlari va unda atrofik o‘zgarishlarni rivojlanishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida – ikkilamchi immuntanqisligi, gipertrixoz, alopesiya, ayniqsa ayollarda, terining atrofiyasi, girsutizm, preparat qo‘yilgan joyda, teleangioektaziyalar, purpura, pigmentasiyani buzilishi. Terining katta yuzalariga qo‘yilganida, tizimli ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin (gastrit, me‘daning “steroid” yarasi, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, Isenko-Kushing sindromi, “steroid” qandli diabet, striyalar, reparativ jarayonlarni sekinlashishi).

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan biron-bir nojo‘ya og‘irlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralar kuzatilsa, bu haqida darhol shifokorga xabar berish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi ehtimoli kam, lekin preparatni so‘rilishga moyilligi yuqori bo‘lgan shikastlangan terining katta yuzalarida uzoq vaqt davomida okklyuzion bog‘lam bilan qo‘llanilganda giperkortisizm belgilari: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezining funksiyasini qaytuvchan susayishi, Isenko-Kushing sindromi ko‘rinishlari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik, zarurati bo‘lganida suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish, preparatni bekor qilish (uzoq vaqt davolaganda – asta-sekin bekor qilish).

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Mikroblarga qarshi vositalar bilan mutanosib.

Gipotenziv, diuretik, antiaritmik dori vositalari, kaliy preparatlarining faolligini pasaytiradi.

Siydik haydovchi preparatlar (kaliy tejovchilaridan tashqari) gipokaliemiya rivojlanishining xavfini oshiradi.

Glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida preparatning immunodepressiv samarasi tufayli, vaksinasiya va immunizasiyani o‘tkazish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat terining katta bo‘lmagan sohalarida qisqa kurslar bilan qo‘llanadi. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Davolanish vaqtida erkin kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Oddiy yoki pushti xusnbuzari bo‘lgan bemorlarda davolanish fonida kasallikni zo‘rayishi mumkin. Mahalliy infeksion asoratlarni oldini olish uchun mikroblarga qarshi vositalar bilan birga buyurish tavsiya qilinadi.

Terining atrofik o‘zgarishlari bo‘lgan shaxslarda, ayniqsa keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Agar preparatni qo‘llash bilan bog‘liq yuqori sezuvchanlik belgilari yoki terini ta‘sirlanishi kuzatilsa, davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak.

Uzoq vaqt davolaganda, preparatni terining katta yuzasiga surtilganda, okklyuzion bog‘lam ishlatilganda, shuningdek bolalarda glyukokortikosteroidni tizimli so‘rilishi kuzatilishi mumkin; gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi funksiyasi susayishi va giperkortisizm simptomlari rivojlanishi mumkin.

Terining boshqa yuzalariga nisbatan yuz terisida mahalliy ta‘sirga ega glyukokorstikosteroidlar bilan davolagandan keyin atrofik o‘zagarishlar ko‘proq kuzatilishi mumkin; bunday hollarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Preparatni yuzga, burmalarga, tabiiy bukilmalar sohasiga, yupqa teri sohalariga surtilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat shilliq qavatlarga surtilmasin.

Glyukokortikosteroidlar terining ayrim kasalliklarini ko‘rinishini o‘zgarishi mumkinligini yodda tutish kerak, bu diagnoz qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin. Bunday tashqari, glyukokortikosteroidlarni qo‘llash yaralarni bitishini sekinlashishining sababchisi bo‘lishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolashni to‘satdan bekor qilish terini jadal qizarishi va achishish hissi bilan kechuvchi dermatit ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi rikoshet sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun uzoq vaqt davolagandan keyin preparatni asta-sekin bekor qilish kerak, masalan uni to‘liq bekor qilishdan oldin vaqti-vaqti bilan davolash sxemasiga o‘tish.

Preparatning tarkibiga kiruvchi propilenglikol, lanolin surtilgan joyda ta‘sirlanish chaqirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparatni 2 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash mumkin. Kichik bolalarda teri burmalari, pelenka, tagliklar okklyuzion bog‘lamga o‘xshash ta‘sir ko‘rsatishi va glyukokortikosteroidni tizimli so‘rilishini oshirishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak. Bunday tashqari bolalarda teri qoplamalari yuzasi va tana vazni nisbati, shuningdek terini yetilmaganligi tufayli tizimli so‘rilish darajasi yuqori bo‘lishi mumkin. Glyukokortikosteroid bilan uzoq vaqt davolash ularda o‘sish va rivojlanishni buzilishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun preparatni uzoq vaqt qo‘llash shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak. Bolalar samaraga erishish uchun yetarli bo‘lgan minimal dozani olishlari kerak. Bolalarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

Dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

O‘rganilmagan.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 0,025% surtma.

10 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti:

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat qo‘llanmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SINAFLAN maz 10g 0,025% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SINAFLAN maz 10g 0,025% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SINAFLAN maz 10g 0,025% dori vositasi Муромский приборостроительный завод ,АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SINAFLAN maz 10g 0,025% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SINAFLAN maz 10g 0,025% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FLUSINAR gel 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 15g 0,025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Нижфарм,ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 10g 0,025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Нижфарм,ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 15 g 0,25 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 6 400 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 15g 0,025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus ЧП
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
FLUSINAR maz 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ВАЛЕАНТ, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FLYUOSINOLON maz 15g 0,025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед
SINAFLAN maz 10g 0,025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SINAFLAN maz 10g 0,025%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Флуоцинолона ацетонид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Зеленая Дубрава, ЗАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
SINAFLAN liniment 15g 0,025%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9