QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SINFLORIKSTM
SYNFLORIXTM
Polisaxarid, turlanmaydigan Haemophilus influenza (NTHi) Dproteini,
qoqshol va bo‘g‘ma anatoksinlari bilan kon‘yugasiyalangan,
adsorbsiyalangan pnevmokokk vaksinasi
Preparatning savdo nomi: SinfloriksTM
Dori shakli: in‘eksiya uchun suspenziya
Tarkibi:
1 doza (0,5 ml) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: Streptococcus pneumonia 11,2, 51,2, 6B 1,2, 7F1,2, 9V1,2, 141,2 23F1,2 serotiplarining – 1 mkg va serotiplarining 41,2, 18S1,3 va 9F1,4 polisaxaridlari – 3 mkg.
yordamchi moddalar:
alyumin fosfati 0,5 mg AL 3+
natriy xloridi 150 mM
in‘eksiya uchun suv 0,5 ml gacha
1 alyumin fosfatida adsorbsiya qilingan 0,5 mg AL 3+
2 oqsil tashuvchi Dprotein bilan kon‘yugasiyalangan (turlanmaydigan Haemophilus influenzae (NTHi) dan olingan) ~ 13 mkg
3 oqsiltashuvchi qoqshol anatoksini bilan kon‘yugasiyalangan polisaxaridlar ~ 8 mkg
4 oqsiltashuvchi bo‘g‘ma anatoksini bilan kon‘yugasiyalangan polisaxaridlar ~ 5 mkg
Ta‘rifi: silkitilgandan keyin hiralashuvchi suyuqlik.
Tindirilgandan keyin oq cho‘kma va rangsiz suyuqlikka ajraladi.
Farmakoterapevtik guruhi: pnevmokokka qarshi vaksina.
ATX kodi: J07AL52.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Finlyandiyada (FinIP) o‘tkazilgan keng qamrovli ikki yoqlama yashirin klasterli randomizasiyalangan nazoratli III/IV faza klinik tadqiqotlarda bolalar, bolalar uchun vaksinasiyaning 2 sxemasiga mos ravishda 4 guruhga taqsimlangan [2+1(3,5 oylik, revaksinasiya (buster) 11 oylikda) yoki 3+1 (3,4,5 oylikda, revaksinasiya (buster) 11 oylikda)] va yoxud SinfloriksTM ni (2/3chi klaster), yoxud nazorat sifatida gepatitga qarshi vaksinani (1/3 chi klaster) qabul qilganlar. “O‘rnini to‘ldiruvchi” kogortadagi 711 oylik bolalar 2 dozalik birlamchi vaksinasiya sxemasi hamda revaksinasiya bilan mos ravishda SinfloriksTM yoki V gepatitga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olganlar va 1218 oylik bolalar birinchi dozani yuborishda SinfloriksTM yoki A gepatitga qarshi vaksinaning 2 dozasini olishgan. Vaksinaning birinchi dozasidan keyin stasionar sharoitda diagnostika qilingan invaziv infeksiyalar, pnevmoniyani yuzaga kelishining va ambulator bemorlarga antibakterial preparatlarni buyurishning o‘rtacha kuzatuv davri 2428 oyni tashkil qilgan. Uyali tadqiqotlarda (kogorta ichida holatnazorat tadqiqoti) burunxalqum tashuvchisi samarasini baholash maqsadida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 21 oylikka yetgunicha kuzatilganlar.
Keng qamrovli ikki yashirin randomizasiyalangan III faza klinik tadqiqotlarida (o‘rta otit va pnevmoniyaning COMPAS klinik tadqiqotlari) 616 haftalik sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki SinfloriksTM yoki V gepatitga qarshi nazorat vaksinasini ketmaketlikdagi vaksinasiyalar bilan 2, 4 va 6 oylikda, bunga mos ravishda 1518 oylikda yoxud SinfloriksTM yoki A gepatitga qarshi nazorat vaksinasini olganlar.
Tadqiqotlarga kiritilgan vaqtda 7 oylikdan kichik yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kogortasi.
Vaksina tarkibiga kiruvchi pnevmokokk serotiplari chaqirgan tasdiqlangan invaziv pnevmokokk infeksiyalarining profilaktikasida vaksinaning immunologik samaradorligi (FinIP tadqiqotlarida) yoki vaksinasiyaning samaradorligi (COMPAS tadqiqotlarida) isbotlangan (1-jadval).
1-jadval. SinfloriksTM vaksinasining kamida bir dozasini olgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda IPI profilaktikasi
(vaksinasiya qilingan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning umumiy kogortasi (VUK))
Serotip |
FinIP | COMPAS | ||||||
holatlarda N (soni)
|
Immunologik Samaradorlik (II 95%) |
Holatlar N (soni) |
Vaksina-siyaning
samarador ligi (II 95%) |
|||||
Sinflorikstm
sxema 3+1 |
Sinflo
rikstm sxema 2+1 |
Nazo
rat (2) |
Sxema 3+1 |
Sxema 2+1 |
Sinflorikstm
sxema 3+1 |
Nazorat |
Sxema 3+1 |
|
N10273 | N 10054 | N10200 | N 11798 | N 11799 | ||||
Vaksina(1)
serotipi |
0 |
1 |
12 |
100%(3)
(82,8; 100) |
91,8%(4)
(58,3; 99,6) |
0 |
18 |
100% (77,3;100) |
6V sero
tipi |
0 |
0 |
5 |
100%
(54,9; 100) |
100%
(54,5;100) |
0 |
2 |
|
Serotip 14 |
0 |
0 |
4 |
100%
(39,6; 100) |
100%
(43,3;100) |
0 |
9 |
100% (49,5; 100) |
Har qanday serotip |
0 |
2 |
14 |
100%(5)
(85,6; 100) |
85,8%(5)
(49,1; 97,8) |
7 |
21 |
66,7% (21,8; 85,9) |
IPI: Invaziv pnevmokokk infeksiyasi;
N: guruhdagi vaksinasiya olganlar soni;
II: Ishonch intervali;
“O‘rnini to‘ldiruvchi” kogortalar
“O‘rnini to‘ldiruvchi” kogortadagi 15447 vaksinasiya qilingan bolalar orasida SinfloriksTM guruhlarida tasdiqlangan invaziv pnevmokokk infeksiyasi holatlari kuzatilmagan, ayni vaqtda nazorat guruhlarida, invaziv pnevmokokk infeksiyalarining 7 holati (711 oylik bolalar kogortasida 7F va14 serotiplari va 1218 oylik bolalar kogortasida 3, 4, 6V, 15S va19F serotiplari) qayd qilingan.
SINFLORIKSTM vaksinasining tipik shifoxonadan tashqari bakterial pnevmoniyaga (SHP) qarshi samaradorligi COMPAS tadqiqotining birlamchi nuqtasi sifatida protokolga muvofiq kogortada (PMK) (birlamchi seriyaning kamida 3dozasi bilan immunizasiya qilingan) tadqiqot boshidan boshlab keyingi 38 hafta davomida namoyish qilingan: 22,0% (II 95%: 7,7; 34,2), Rqiymat ≤ 0,002; SinfloriksTM guruhidagi 10295 vaksinasiya qilinganlarda 240 holatga nisbatan nazorat guruhidagi 10201 vaksinasiya qilinganlarda 304 holat aniqlangan.
Tipik bakterial SHP ko‘krak qafasi rentgenografiyasida yoki alveolyar xiralashish/plevrada suv to‘planishi bilan, yoki alveolyar infiltratlarsiz, biroq Sreaktiv oqsil ≥ 40 mg/l ko‘rsatkich bilan SHP ning rentgenologik tasdiqlangan hollari sifatida aniqlanadi.
Vaksinaning samaradorligi rentgenda alveolyar xiralashish yoki plevrada suv to‘planishi bilan shifoxonadan tashqari bakterial pnevmoniyani oldini olish uchun 25,7% ni (II 95%: 8,4;39,6) va rentgenografiyaga yuborilganda shifoxonadan tashqari pnevmoniyaga gumon qilingan holatlarini oldini olish uchun 6,7% (II 95%: 0,7; 12,3) ni tashkil qilgan.
Uzoq muddatli kuzatuv davomida (tadqiqot boshidan boshlab 48 oy) vaksinaning samaradorligi tipik bakterial SHP uchun 18,2% ni (II 95%: 4,1; 30,3), rentgenda alveolyar to‘qlashish yoki plevrada suv to‘planishi bilan SHP ni oldini olish uchun 22,4% ni (II 95%: 5,7; 36,1) va rentgenografiyaga yuborilganda shifoxonadan tashqi pnevmoniyaga gumon hollarini oldini olish uchun 7,3% ni (II 95%: 1,6; 12,6) tashkil qilgan.
FinIP tadqiqotlari jarayonida vaksinaning samaradorligi stasionarda diagnostik qilinuvchi pnevmoniya holatlarining sonini kamaytirishda 3+1 sxema vaksinasiyasini olgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar guruhida 26,7% (II 95%:4,9; 43,5) ni va 2+1 sxema vaksinasiyasini olgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar guruhida 29,3% (II 95%:7,5; 46,3) ni tashkil qilgan. “O‘rnini to‘ldiruvchi” vaksinasiyada vaksinaning samaradorligi 711 oylik bolalar kogortasida 33,2% (II 95%: 3,0; 53,4) ni va 1218 oylik bolalar kogortasida 22,4% (II 95%: 8,7; 44,8) ni tashkil qilgan.
Vaksinaning samaradorligi o‘rta quloq o‘tkir otitini oldini olish uchun COMPAS tadqiqotlari jarayonida baholangan.
2-jadval. COMPAS tadqiqotlarida o‘rta quloq o‘tkir otitini(1) oldini olish uchun vaksinaning samaradorligi (PMK(2): 5989 vaksinasiya qilinganlar)
O‘rta quloq o‘tkir otitining sababi yoki turi | Vaksina samaradorligi | II 95% |
Etiologiyasidan qat‘iy nazar, klinik o‘rta quloq o‘tkir otiti | 16,1% | -1,1; 30,4(3) |
Xar qanday pnevmokokk serotipi | 56,1% | 13,4; 77,8 |
Vaksina tarkibiga kiruvchi 10 prevmokokk serotiplari | 67,1% | 17,0; 86,9 |
Vaksina bilan assosiasiyalangan pnevmokokk serotiplari | 25,7% | – 232,2; 83,4 |
Vaksina tarkibiga kirmagan va vaksina bilan assosiasiyalanmagan pnevmokokk serotiplari | 25,7% | – 231,9; 83,4 |
Turlanmagan Haemophilus influenza | 15,0% | – 83,8; 60,7 |
II: ishonchli interval
Chexiya Respublikasi va Slovakiyada o‘tkazilgan boshqa yirik keng qamrovli ikki yoqlama yashirin randomizasiya qilingan tadqiqotlarda (POET) yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki tarkibiga SINFLORIKSTM vaksinasining 10 serotiplari va serotip 3 kiritilgan samaradorligi avval aniqlanmagan 11 valentli tekshirilayotgan vaksinani (11 PnPD) yoki 3, 4, 5 va 1215 oylar vaksinasiyasi sxemasiga muvofiq bo‘lgan nazorat vaksinasini olganlar.
3-jadval. POET tadqiqotlarida o‘rta quloq o‘tkir otitini(1) oldini olish uchun vaksinaning samaradorligi (PMK(2): 4907 vaksinasiya qilinganlar)
O‘rta quloq o‘tkir otitini sababi yoki turi | Vaksina samaradorligi | II 95% |
Etiologiyasidan qat‘iy nazar, klinik o‘rta quloq o‘tkir otiti | 33,6% | 20,8; 44,3 |
Har qanday pnevmokokk serotipi | 51,5% | 36,8; 62,9 |
Vaksina tarkibiga kiruvchi 10 pnevmokokk serotiplari | 67,9% | 53,0; 78,1 |
Vaksina bilan assosiasiyalangan pnevmokokk serotiplari | 65,5% | 22,4; 84,7 |
Vaksina tarkibiga kirmagan va vaksina bilan assosiasiyalanmagan pnevmokokk serotiplari | 8,5% | – 64,2; 49,0 |
Turlanmagan Haemophilus influenza | 35,3% | 1,8; 57,4 |
II: ishonchli interval
O‘tkir o‘rta otitni yuz berishining birinchi holatiga qarshi 11pn-PD vaksinaning samaradorligi 52,6% ni (95% CI:35,0; 65,5) tashkil qilgan. O‘tkir o‘rta otitning birinchi holatiga qarshi serotipik spesifik faollik 6V,14,19F va 23F serotiplarida kuzatilgan.
Vaksina tarkibiga kirmaydigan boshqa bakterial patogenlar, vaksina bilan assosiasiyalanmagan serotiplar yoki pnevmokokk serotiplari chaqirgan o‘tkir o‘rta otit holatlari sonini oshishi COMPAS tadqiqotlarida ham (bir necha holatlar haqidagi xabarlarga asoslanib), POET tadqiqotlarida ham aniqlanmagan.
Antimikrob davolashni buyurilishiga ta‘siri
Vaksinasiya qilingan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning umumiy kogortasida FinIP tadqiqotlarida SinfloriksTM bilan vaksinasiya qilish ambulator bemorlarga quloqning o‘tkir o‘rta otitini davolashda qo‘pincha buyuriladigan amoksisillin antibiotigini buyurish sonini 3+1 vaksinasiya sxemasi guruhidagilarda 7,9% (II 95%: 2,0;13,4) va 2+1 vaksinasiya guruhidagilarda 7,5% (II 95%: 0,9;13,6) ga kamaytirdi. SinfloriksTM guruhlarida har qanday antibakterial preparatlarni va quloqning o‘rta otitini hamda respirator infeksiyalarni davolashda odatdagi buyuriladigan antibakterial preparatlarni tayinlanishini pasayish tendensiyasi aniqlangan.
SinfloriksTM vaksinasini burunhalqum tashuvchisiga ta‘siri FinIP ning (5,092 vaksinasiya qilinganlar) va COMPAS ning (1,921 vaksinasiya qilinganlar) uyali tadqiqotlari jarayonida o‘rganilgan. Ikkala tadqiqotlarda ham SinfloriksTM vaksina tarkibiga kiruvchi serotiplarning (majmuaviy va 6V,19F va 23F alohida) tashilishini ahamiyatli darajada pasaytirdi va vaksina tarkibiga kirmaydigan pnevmokokk serotiplari yoki boshqa bakterial patogenlarni revaksinasiyadan keyin burunhalqum tashuvchisining tendensiyasini oshirdi, umuman faqatgina pnevmokokk tashuvchisini kamayishiga olib keldi. Uyali tadqiqotlarda ham vaksina tarkibiga kiruvchi serotip 14 va vaksina bilan assosiasiyalanmagan serotip 19A uchun ahamiyatli pasayish kuzatilgan.
Braziliyada SinfloriksTM vaksinasi 2010 yil mart oyida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni 3-1 sxemasi bo‘yicha 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘rnini qoplash immunizasiyasi kompaniyasi bilan birga milliy immunizasiya dasturiga (MID) kiritilgan. SinfloriksTM vaksinasini immunizasiya dasturiga kiritilgandan keyin deyarli 3 yillik kuzatuv natijalari asosida, holat-nazorat juft tadqiqoti vaksina asoratlari tomonidan chaqirilgan invaziv pnevmokokk infeksiyalari (IPI) ning bakteriologik tasdiqlangan (kultural usul yoki PSR yordamida aniqlangan) holatlarini (83,8% (95 II: 65,9; 92,3)) va 19A serotipi tomonidan chaqirilgan IPI holatini ancha sezilarli kamayishini (82,2% (95% II: 10,7; 96,4)) namoyish etadi.
Finlyandiyada SinfloriksTM vaksinasi 2010 yil sentyabrda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni o‘rnini qoplash immunizasiyasi kompaniyasisiz 2+1 sxemasi bo‘yicha milliy immunizasiya dasturiga kiritilgan. Yoshi ≤5 yosh bo‘lgan bolalarda IPI holatlarini pasayishining nisbiy darajasini vaksina MID ga kiritilganidan so‘ng birinchi 3 yil davomida baholangan. MID ning “immunizasiyasidan oldin va keyin” qiyosiy taxlili vaksina serotiplari tomonidan chaqirilgan invaziv pnevmokokk infeksiyalari (IPI) ning tasdiqlangan holatlarini (80% (95% II: 72; 85)) va 19A S-tipi tomonidan chaqirilgan IPI xolatlarini ancha kamayishi (62% (95% – II: 20; 85)) ko‘rsatadi.
Kvebekda 4,5 yil davomida 7 valentli kon‘yugasiyalangan pnevmokokk vaksinasi (KPV) qo‘llanganidan keyin SinfloriksTM vaksinasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni immunizasiya qilish (6 oylikda kichik chaqaloqlarda dastlabki 2 doza va 12 oylikda buster doza) dasturiga kiritilgan. Vaksinasiya qilinishi kerak bo‘lgan yoshdagi guruhlarning 90% dan ortig‘ini qamrab olgan SinfloriksTM vaksinasi yuborilganidan keyin 1,5 yillik kuzatuv davomida, avvalgi davr davomida habar qilingan umuman maqsad qilib olingan yosh guruhida invaziv pnevmokokk infeksiyasi bilan kasallanishni pasayishiga olib keluvchi vaksina tarkibiga kirmaydigan serotiplar tomonidan chaqirilgan invaziv pnevmokokk infeksiyasi bilan kasallanishni yondosh ravishda oshmasdan yuz bergan kasallanishlar soniga nisbatan, vaksina tarkibiga kiruvchi serotiplar tomonidan chaqirilgan (asosan 7F serotiplari bilan kasallanishdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq) invaziv pnevmokokk infeksiyasi kasalligini pasayishi kuzatilgan.
3.1. 7 valentli kon‘yugasiyalangan pnevmokokk vaksinasiga nisbatan kam bo‘lmagan immunologik samaradorligini isbotlovchi tadqiqotlar
SinfloriksTM vaksinasi va 7 valentli kon‘yugasiyalangan pnevmokokk vaksinasining to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyosiy tadqiqotlarining ma‘lumotlariga ko‘ra, SinfloriksTM vaksinasini yuborishdagi ELISA usuli bilan baholangan immun javob 6V va 23F dan tashqari, barcha serotiplar uchun solishtirilayotgan preparatning darajasida bo‘lgan. 2; 3 va 4 oylik sxema bo‘yicha SinfloriksTM vaksinasi bilan immunizasiya qilingan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 65,9% va 81,4% da 6V va 23F serotiplarining antigenlariga qarshi antitelalar darajasi SinfloriksTM vaksinasining 3 chi dozasi yuborilganidan keyin 1 oydan so‘ng muvofiq ravishda bo‘sag‘a darajasiga (0,20 mkg/ml) yetgan. 7 valentli kon‘yugasiyalangan pnevmokokk vaksinasining 3 dozasi yuborilgandan keyin tegishli ko‘rsatkichlar vaksinasiya qilingan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning muvofiq ravishda 79,0% va 94,1% da kuzatilgan. Bu farqlarning klinik ahamiyati ma‘lum emas, chunki SinfloriksTM vaksinasining 6V serotipi chaqirgan IPI ga qarshi samaradorligi klinik tadqiqotlarda isbotlangan (1 jadvalga qarang). SinfloriksTM vaksinasini uchta qo‘shimcha pnevmokokk serotiplarining (1, 5 va 7F) antigenlariga immun javobning bo‘sag‘a darajasi ko‘rsatkichlariga yetgan vaksinasiya qilinganlarning foizi 7 valentli kon‘yugasiyalangan pnevmokokk vaksinasi yuborilganda 7 serotiplarga umumiy immun javob bilan deyarli bir xil bo‘lgan.
Shu tadqiqotning o‘zida har bir vaksina tarkibiga kiruvchi pnevmokokkning barcha serotiplariga SinfloriksTM bilan ikkinchi vaksinasiyadan keyin serotip 1 dan tashqari (65,7%), funksional antitelalarni hosil bo‘lishi bilan (opsonofagositoz qiluvchi ko‘rsatkich – OFK bo‘yicha titri ≥8), vaksinasiyaga javob ko‘rsatgan vaksinasiya qilinganlarning ulushi yuqori bo‘lganligi (>87,7%) kuzatilgan.
Hayotining 2 chi yilida 4-chi dozani (buster doza) yuborilishi vaksina tarkibiga kiruvchi barcha serotiplarga nisbatan immun javobni rag‘batlantirgan, bu 3 dozalik birlamchi kursdan keyin immun xotiraning induksiyasini tasdiqlaydi.
Shuningdek, Sinfloriks™ vaksinasi, buster doza yuborilgandan keyin 1 oy o‘tgach kuzatiladigan, opsonofagositoz qiluvchi faollikni (OFF) baholash usuli bilan aniqlanadigan antitelalarning o‘rtacha geometrik konsentrasiyalari (O‘GK) va o‘rtacha geometrik titrlari (O‘GT) ni, revaksinasiyagacha bo‘lgan konsentrasiyalarga nisbatan 6,1 barobarga oshirish bilan kesishgan 19 A serotipiga qarshi immun javobni induksiya qilishi namoyish etilgan.
3.2. 6 haftalikdan 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda immunogenlik
3-dozalik birlamchi sxema
SinfloriksTM vaksinasining immunogenligi Afrika, Osiyo, Yevropa va Lotin Amerikasining turli mamlakatlaridagi turli klinik tadqiqotlar jarayonida vaksinaning turli sxemalariga (yosh 61014 hafta, 234; 345 yoki 246 oylik) asosan baholangan. Buster doza aksariyat klinik tadqiqotlarda yuborilgan.
2 dozalik birlamchi sxema.
Vaksinasiyaning birlamchi sxemasining 2 yoki 3 dozasi yuborilgandan keyingi SinfloriksTM vaksinaning immunogenligi klinik tadqiqotda baholangan.
IFA (ELISA) usuli bilan o‘lchangan antitelalar darajasi bo‘sag‘a ko‘rsatkichlariga yetgan shaxslarning foiz nisbatida bu ikkala guruh orasida sezilarli farq yo‘qligiga qaramay, vaksinaning tarkibiga kiruvchi ba‘zi serotiplarga, shuningdek 19A serotipiga nisbatan, 2 dozalik sxema bo‘yicha birlamchi vaksinasiyadan o‘tganlar orasida opsonofagositoz qiluvchi titr (OFT) bo‘yicha bo‘sag‘a titriga ega vaksinasiya qilingan shaxslar foizini kamayganligi kuzatilgan. Ikkala sxema qo‘llaganda vaksinaning tarkibiga ikruvchi har bir serotipga, shuningdek 19A serotipiga qarshi immunologik xotira shakllanishidan dalolat beruvchi buster javob kuzatilgan.
Vaksinasiyaning 3 dozalik sxemasi qo‘llanganda D proteiniga qarshi immun javob, 2 dozalik sxemaga nisbatan kuchliroq bo‘lgan. Biroq mazkur kuzatuvning klinik ahamiyati noma‘lumligicha qolmoqda.
Immunologik xotira
Hayotining 4-chi yilida SinfloriksTM vaksinasining qo‘shimcha bir martalik dozasi yuborilganidan keyin IFA (ELISA) usuli bilan aniqlangan, vaksinasiyadan oldingi va keyingi davrda antitelalar O‘GK ning va OFT bo‘yicha O‘GT ning karrali o‘sishi 2 dozalik sxema bo‘yicha vaksinasiya qilingan shaxslarda, shu ko‘rsatkichlarning 3 dozalik sxema bo‘yicha vaksinasiya qilingan shaxslardagi karrali o‘sishi bilan mos kelgan. Bu vaksinasiya qilingan shaxslarda vaksinaning tarkibiga kiruvchi barcha serotiplariga va kesishgan reaktivlikka ega bo‘lgan 19A serotipiga qarshi anamnestik immun javob borligidan dalolat bergan. D proteiniga qarshi anamnestik immun javob ikkala sxema qo‘llanganda bir xil bo‘lgan.
3.3. Ilgari vaksinasiya qilinmagan chaqaloqlar va ≥7 oylikdagi bolalarda immunogenlik (“o‘rnini to‘ldiruvchi” vaksinasiya).
Ilgari vaksinasiya qilinmagan 711 oylik bolalarda (2+1 sxemasi bo‘yicha) va 12 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (2 dozalik vaksinasiya sxemasi) o‘tkazilgan tadqiqotlarda, vaksinaning tarkibiga kiruvchi barcha serotiplar va kesishgan reaktivlikka ega bo‘lgan 19A serotipi bo‘yicha IFA (ELISA) usuli bilan aniqlangan antitelalar O‘GK va OFF bo‘yicha O‘GT, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda vaksinasiyaning 3 dozalik sxemasidan so‘ng bir xil bo‘lgan yoki bu ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan.
3.4. Chala tug‘ilgan bolalarda immunogenlik
SinfloriksTM vaksinasining immunogenligi juda chala tug‘ilgan va chala tug‘ilgan (homiladorlikning muvofiq ravishda 2730 haftalarda va 3136 haftalarda tug‘ilgan) hamda o‘z vaqtida tug‘ilgan chaqaloqlarda (246 oylikda birlamchi vaksinasiya kursining uchta dozasidan keyin va 1518 oylikda buster doza) baholangan.
Vaksinasiyaning birlamchi kursidan keyin 1 oydan so‘ng IFA (ELISA) usuli bilan aniqlangan va OFT bo‘yicha titri ≥8 bo‘lgan, >0,20 mkg/ml konsentrasiyadagi antitelalari bo‘lgan vaksinasiya qilinganlarning bir qismi gestasiya muddatidan qat‘iy nazar, barcha vaksina serotiplari bo‘yicha bir xil bo‘lgan. Xuddi shunday immunogenlik antitelalarning o‘rtacha geometrik konsentrasiyasi (O‘GK) va antitelalarning OFT bilan o‘rtacha geometrik titri (O‘GT), 4,5, va 9V serotiplari uchun antitelalar O‘GK ning past ko‘rsatkichlaridan va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda serotip 5 uchun OFT bo‘yicha O‘GT ning ancha past ko‘rsatkichlaridan tashqari, barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda aniqlangan. Vaksinaning tarkibiga kiruvchi barcha serotiplar va kesishgan reaktivlikka ega bo‘lgan 19A serotipi uchun immunologik xotira borligi namoyon bo‘lgan.
Xavfsizligi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar
Quyonlarda kon‘yugasiyalangan pnevmokokk vaksinasi takroran qo‘llanganda toksikligi bo‘yicha tadqiqotlar ahamiyatli mahalliy va tizimli toksik samaralarni aniqlamadi.
Qo‘llanilishi
SinfloriksTM vaksinasi 6 haftalikdan 5 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar va bolalarda Streptococcus pneumonia ning 1, 4, 5, 6V,7F, 9V, 14, 18S, 19F va 23F serotiplari va kesishgan reaktivlikka ega bo‘lgan 19A serotipi tomonidan chaqirilgan kasalliklarni (shu jumladan sepsis, meningit, pnevmoniya, bakteremiya va o‘tkir o‘rta otit) xamda turlanmaydigan Haemophilus influenzae chaqirgan o‘tkir o‘rta otitni oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
6 haftalikdan 6 oylikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar
Vaksinaning 3 dozasi bilan birlamchi immunizasiya
Himoyaning optimal darajasini ta‘minlovchi tavsiya qilingan immunizasiya sxemasi har biri 0,5 ml dan bo‘lgan 4 dozadan tashkil topgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni birlamchi immunizasiya qilish sxemasi 3 dozadan tashkil topgan bo‘lib, birinchisi odatda 2 oylikda va keyingi dozalar kamida 1 oylik interval bilan yuboriladi. Vaksinaning birinchi dozasi ertaroq 6 haftalikda yuborilishi mumkin. Revaksinasiyani (buster) birlamchi vaksinasiya kursining oxirgi dozasi yuborilgandan keyin 6 oydan so‘ng o‘tkazish tavsiya qilinadi (Farmakodinamika bo‘limiga qarang).
Vaksinaning 2 dozasi bilan birlamchi immunizasiya
SinfloriksTM vaksinasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ommaviy immunizasiya qilish dasturi doirasida muqobil buyurilganda vaksinasiya sxemasi har biri 0,5 ml dan bo‘lgan 3 dozadan tashkil topishi mumkin. Birinchi doza hayotining 2-chi oyida, ikkinchi doza esa birinchidan keyin 2 oydan so‘ng yuboriladi. Revaksinasiyani (buster) birlamchi vaksinasiya kursining oxirgi dozasi yuborilgandan keyin 6 oydan so‘ng o‘tkazish tavsiya qilinadi (Farmakodinamikasi bo‘limiga qarang).
27 haftadan kam bo‘lmagan gestasiyaning muddatida chala tug‘ilgan bolalar
Tavsiya qilingan sxema har biri 0,5 ml dan bo‘lgan 4 dozadan tashkil topgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni birlamchi immunizasiya qilish sxemasi 3 dozadan tashkil topgan bo‘lib, birinchisi odatda 2 oylikda va keyingi dozalar kamida 1 oylik interval bilan yuboriladi. Revaksinasiyani birlamchi vaksinasiya kursining oxirgi dozasi yuborilgandan keyin 6 oydan so‘ng o‘tkazish tavsiya qilinadi (Farmakodinamikasi bo‘limiga qarang).
Hayotining dastlabki 6 oyi davomida vaksinasiya kursidan o‘tmagan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar
– 711 oylik bolalar: immunizasiya sxemasi dozalar orasida kamida 1 oy bo‘lgan interval bilan har biri 0,5 ml dan bo‘lgan 2 dozadan tashkil topgan.
Uchinchi dozani hayotning ikkinchi yilida ikkinchi doza yuborilganidan keyin kamida 2 oydan keyin yuborish tavsiya qilinadi.
– 12 oylik va 5 yosh bolalar: immunizasiya sxemasi dozalar orasida kamida 2 oy bo‘lgan interval bilan har biri 0,5 ml dan bo‘lgan 2 dozadan tashkil topgan.
SinfloriksTM vaksinasi bilan immunizasiya qilish vaqtida rasmiy tavsiyalarga rioya qilish kerak.
Agar vaksinasiya SinfloriksTM vaksinasi bilan boshlangan bo‘lsa (birinchi doza), SinfloriksTM vaksinasining to‘liq kursini tugatish tavsiya qilinadi.
Vaksina mushak ichiga in‘eksiya qilish yo‘li bilan yuboriladi. Tavsiya qilingan yuborish joylari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (hayotining birinchi yilidagi bolalar) sonning oldyon qismi yoki 1 yoshdan katta bolalarda yelkaning deltasimon mushagi hisoblanadi.
Qo‘llash/ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma
Vaksinani saqlashda shprisda/flakonda oq cho‘kma va rangsiz suyuqlik shakllanishi mumkin. Bu vaksina sifati yomonlashishining belgisi hisoblanmaydi.
Shpris/flakon tarkibidagi vaksinani qo‘llashdan avval chayqatishdan oldin, va undan keyin har qanday yot zarrachalar va/yoki vaksinaning fizik xususiyatlarini buzilish alomatlari borligi yuzasidan tekshirish kerak. Har qanday defektlar aniqlanganida vaksinaning ushbu o‘ramini yo‘q qilish kerak.
Qo‘llashdan oldin vaksinani yaxshilab chayqatish kerak.
Oldindan to‘ldirilgan shprisdagi vaksinani yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma
Igna
Shpris
|
|
|
Ishlatilmagan preparatni va chiqindilarni mahalliy qonunlarning talablariga muvofiq utilizasiya qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Taxminan 22500 sog‘lom bolalarni va 137 muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarni birlamchi immunizasiya qilish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida SinfloriksTM vaksinasining taxminan 64000 dozasi ishlatilgan. Taxminan 19500 sog‘lom bolalar va 116 muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar hayotining ikkinchi yilida SinfloriksTM vaksinasi bilan revaksinasiya qilingan. Qo‘llash xavfsizligi 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan taxminan 400 nafar boladan olingan ma‘lumotlar bilan tasdiqlangan. Barcha tadqiqotlarda SinfloriksTM vaksinasini bolalar uchun tavsiya qilingan boshqa vaksinalar bilan bir vaqtda yuborilgan.
Vaksinasiya kursida keyingi har bir dozani yuborishda noxush holatlarning og‘irligini yoki sonini hech qanday oshishi kuzatilmagan.
Butun hujayrali ko‘kyo‘tal vaksinasi bir vaqtda qo‘llangan bolalarda ancha yuqori reaktogenlik kuzatilgan.
Eng ko‘p kuzatilgan noxush reaksiyalar yuborilish joyida qizarish (birlamchi vaksinasiyadan keyin), ta‘sirlanish (birlamchi vaksinasiya va revaksinasiyadan keyin) va og‘riq (revaksinasiyadan keyin) bo‘lgan.
Ushbu reaksiyalarning ko‘pchiligi yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasida ko‘rinishlarga va qisqa vaqtli xarakterga ega bo‘lgan.
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar (barcha yosh guruhidagilar uchun) uchrash tez-tezligiga muvofiq ravishda sanab o‘tilgan:
juda teztez (≥1/10),
teztez (≥1/100 dan <1/10 gacha),
teztez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha),
kam xollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha),
juda kam xollarda (<1/10,000).
Tez-tezligi | Nojo‘ya reaksiyalari |
Klinik tadqiqotlar | |
Juda teztez | Ishtahani yo‘qolishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, og‘riq, qizarish, in‘eksiya joyida shish, rektal haroratni oshishi ≥38°S (<2 yosh) |
Teztez | Yuborish joyida qattiqlashish, rektal haroratni oshishi >39° (<2 yosh) kabi reaksiyalar |
Teztez emas | Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda patologik yig‘i, apnoe (≤28 haftalik gestasiya) (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang), diareya, qusish, toshma, yuborish joyida gematoma, qon quyilishi va in‘eksiya joyida qattiq tugunlar shakllanishi kabi reaksiyalar |
Kam | Allergik reaksiyalar (allergik dermatit, atopik dermatit, ekzema), tirishishlar (shuningdek, febril tirishishlar), eshakemi(1) |
Juda kam | Angionevrotik shish, Kavasaki sindromi |
Revaksinasiya va/yoki tur vaksinasiyasi o‘tkazilganidan keyin habar qilingan qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalar: | |
Teztez | Rektal haroratni oshishi ≥38°S (25 yosh) |
Teztez emas | Yuborish joyida(2) qichishish, ba‘zi hollarda yondosh bo‘g‘in bilan birga in‘eksiya qilingan oyoqqo‘llarni diffuz shishi; <2 yosh: haroratni rektal oshishi >40°S (25 yosh); 25 yosh: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va rektal haroratni oshishi >39°S |
Postmarketing kuzatuvlar | |
Kam | Gipotonik giporesponsiv epizod |
Juda kam | Anafilaksiya |
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
SinfloriksTM vaksinasini vaksinaning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas (Tarkibi bo‘limiga qarang).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
SinfloriksTM vaksinasini quyida keltirilgan har qanday monovalentli yoki majmuaviy vaksinalar (shuningdek, AKDQ-GepV-FIP/Xib (AKaDSGepVIPV/Xib) va AKDQ-GepV/Xib (AKsDSGepV/Xib)) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin: difteriyaqoqshol asellyulyar ko‘kyo‘tal vaksina (AKaDQ), gepatit V ga qarshi vaksina (GepV), faolsizlantirilgan poliomielitni profilaktikasi uchun vaksina (FPV), Haemophilus influenzae b tipini (Xib) chaqirgan infeksiya profilaktikasi uchun vaksina, difteriyaqoqshol butun xujayrali ko‘kyo‘tal vaksina (AKbDQ), qizamiqqa, epidemik parotitga va qizilchaga qarshi vaksina (QPQ), suchechakka qarshi vaksina, meningokokkli vaksinaning kon‘yugasiyalangan S seroguruhi (CRM197 kon‘yugatlari va TT), meningokokkli vaksinaning A, S, W-135 va Y kon‘yugasiyalangan seroguruhlar (kon‘yugat TT), poliomielitga qarshi peroral vaksina (OPV) va rotavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani bir vaqtda yuborish mumkin.
Turli in‘eksion vaksinalarni har doim tananing turli sohalariga yuborish kerak.
Klinik tadqiqotlar bir vaqtda qo‘llaniluvchi vaksinalarning havfsizlik profili va immun javob, tadqiqotlar jarayonida qaramaqarshi natijalar (seroproteksiyaning ko‘rsatkichlari 78% dan 100% gacha o‘zgargan) kuzatilgan 2 tur poliovirusiga qarshi inaktivasiya qilingan vaksinaga nisbatan immun javobdan tashqari, o‘zgarmasligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga SinfloriksTM vaksinasining 3 dozasini olgan hayotining ikkinchi yilidagi bolalarga A, S, W-135 va Y serologik guruhlari meningokokkli vaksinasini (kon‘yugat TT) SinfloriksTM vaksinasining buster dozasi bilan bir vaqtda yuborishda faqat serotip 18S uchun antitelalar o‘rtacha geometrik konsentrasiyasining (O‘GK) va osponofagositar faolligi o‘rtacha geometrik titrining (OPF O‘GT) pasayishi kuzatilgan. Qoqshol anatoksini bilan kon‘yugasiyalangan b tipi Haemophilus influenzae kapsulali polisaxaridiga, hamda difteriya va qoqshol antigenlariga immun javobni kuchayishi kuzatilgan. Ushbu kuzatuvlarning klinik ahamiyati ma‘lum emas.
Immunosupressiv terapiya olayotgan pasientlarda SinfloriksTM vaksinasi boshqa vaksinalardagi kabi o‘xshash hollarda adekvat immun javob chaqirmasligi mumkin.
Nomutanosiblik
Mutanosibligi bo‘yicha tadqiqotlar yo‘qligi sababli, ushbu dori vositasini boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yaxshi klinik amaliyotga ko‘ra, vaksinasiyani o‘tkazishdan oldin pasientning anamnezini to‘plash (ayniqsa, oldingi vaksinasiyalar oqibatiga taalluqli bo‘lgan va nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishini ehtimoli borligida) va klinik tekshiruv o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Boshqa in‘eksion vaksinalarni qo‘llagan hollarida bo‘lgani kabi, pasient shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak; va kam uchraydigan anafilaktik reaksiyalar yuz bergan hollarida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha tibbiy vositalar va dori preparatlari bo‘lishi kerak.
Yuqori harorat bilan kechuvchi o‘tkir kasalliklari bo‘lgan shaxslarga, boshqa vaksinalar kabi, SinfloriksTM vaksinasini yuborilishini kechiktirish kerak. Shamollash kabi infeksion kasalliklarning yengil shakllarini borligi vaksinasiya qilish uchun qo‘llash mumkin bo‘lmagan holat deb hisoblanmaydi.
SinfloriksTM vaksinasini qon tomir ichiga yoki teri ostiga yuborish mumkin emas! SinfloriksTM vaksinasini teri ostiga yuborish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Sinkope (hushdan ketish) vaksinaning in‘eksion yuborilish yo‘liga nisbatan psixologik reaksiya sifatida vaksinasiyadan keyin yoki xatto oldin yuz berishi mumkin. Shuning uchun sharoit yaratish va hushdan ketish hollarida pasientni shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Mushak ichiga yuboriluvchi boshqa vaksinalar kabi, SinfloriksTM ni ham trombositopeniyasi yoki qon ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bunday pasientlarda mushak ichiga in‘eksiya qilish qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
SinfloriksTM vaksinasini antigenlari ushbu vaksina tarkibiga kirmaydigan boshqa serologik guruhlarning pnevmokokklari tomonidan chaqirilgan kasalliklarni oldini olishni ta‘minlamaydi. Garchi, SinfloriksTM vaksinasini yuborilgandan keyin difteriya anatoksiniga, qoqshol anatoksiniga va D-proteinga (D-protein Haemophilus influenzae ning barcha shtammlarida, shuningdek turlanmaydigan Haemophilus influenzae ga yuqori stabil) immun javob kuzatilsada, SinfloriksTM vaksinasi bilan immunizasiya qilish difteriyaga, qoqsholga yoki b turi Haemophilus influenzae (Xib) ga qarshi rejali immunizasiya qilish o‘rniga o‘tmaydi. Ushbu infeksiyalarga qarshi immunizasiya qilish bo‘yicha rasmiy talablarga rioya qilish kerak.
Boshqa vaksinalarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, himoya immun javobi barcha vaksinasiya qilinganlarda ham kuzatilmasligi mumkin.
Ehtimol immunosupressiv terapiya oqibatida, genetik defekt, OITVinfeksiyasi yoki boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan immun statusi past bo‘lgan bolalarda immunizasiyadan keyin antitelalarni ishlab chiqarishning darajasi past bo‘lishi mumkin.
Pnevmokokk infeksiyasi (o‘roqsimonhujayrali anemiya, taloq faoliyatining tug‘ma va ottirilgan buzilishi, OITVinfeksiyasi, yangi paydo bo‘lgan havfli o‘sma, nefrotik sindrom) yuz buzilishining havfi yuqori bo‘lgan bolalarda SinfloriksTM vaksinasining havfsizligi va immunogenligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Pnevmokokk infeksiyasining havfi yuqori bo‘lgan bolalar uchun (masalan, o‘roqsimonhujayrali anemiyasi, aspleniyasi, OITVinfeksiyasi, surunkali kasalliklari yoki immun buzilishlari bo‘lgan bolalar uchun),
Vaksinani yuborishdan oldin va keyin haroratni pasaytiruvchi vositalarni profilaktik qo‘llash vaksinadan keyingi isitmali reaksiyalarning sonini va jadalligini kamaytirishi mumkin. Biroq, parasetamolni profilaktik qo‘llash pnevmokokk vaksinasini yuborishda immun javobni pasaytirishi mumkin. Bu kuzatuvning klinik ahamiyati noma‘lumligicha qoladi.
Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarni (≤28 haftalik gestasiya) va, ayniqsa, anamnezida nafas tizimining to‘liq shakllanmaganligi bo‘lgan bolalarni birlamchi vaksinasiyasida apnoening potensial havfini va nafas faoliyatini 4872 soat davomida monitoring qilish zaruratini hisobga olish kerak. Chunki ushbu guruhdagi bolalar uchun vaksinasiyaning foydasi juda yuqori bo‘lib, vaksinasiyani rad etish yoki uni kechiktirish kerak emas.
Homiladorlik va laktasiya
Ma‘lumotlar yo‘q.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Ma‘lumotlar yo‘q.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatish mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma‘lomotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun suspenziya, 0,5 ml/doza
Monodoza
0,5 ml dan in‘eksiya uchun suspenziya (1 doza) himoya qalpoqchasi bilan ta‘minlangan Yevropa Farmakopeyasining I tur neytral shisha shprisiga joylangan.
1 shprisdan 1 igna bilan birga komplektda yuqori zichlikdagi polietilen blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Yoki
Ignalarsiz 10 shprisdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Yoki
0,5 ml dan in‘eksiya uchun suspenziya (1 doza) probka va alyumin qalpoqcha bilan tiqinlangan Yevropa Farmakopeyasining I tur neytral shisha flakoniga joylangan.
10 yoki 100 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Multidoza (2 doza)
1,0 ml dan in‘eksiya uchun suspenziya (1 doza) probka va alyumin qalpoqcha bilan tiqinlangan Yevropa Farmakopeyasining I tur neytral shisha flakoniga joylangan.
100 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va flakonlarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
+2° dan +8°S gacha bo‘lgan haroratda (muzlatgichda) saqlansin.
Muzlatilmasin.
Original o‘ramda yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Vaksinani yaroqlilik muddatini tugash sanasi markirovkasida va o‘ramida ko‘rsatiladi.
SinfloriksTM vaksinasini muzlatgichdan olingandan keyin imkoniyat boricha tezroq yuborish kerak. Shunga qaramay, barqarorligi bo‘yicha ma‘lumotlar SinfloriksTM vaksinasi 72 soat davomida muzlatgichdan tashqarida 8°S dan 25°S bo‘lgan haroratda saqlansa ham barqarorligicha qolishi va yuborilishi mumkin.
Multidozali flakon birinchi marta ochilgandan keyin darhol ishlatish tavsiya qilinadi. Vaksina flakon ochilganidan keyin darhol ishlatilmagan hollarda vaksinani muzlatgichda +2° dan +8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Agar vaksina 6 soat davomida yuborilmasa, uni yo‘q qilish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.