143 900 s`om dan
Dorixonalardan izlash170 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish143 900 s`om dan
Bron qilishYaroqlilik muddati (oy) | 2 yil |
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: metformin 500 mg yoki 1000 mg; 50 mg sitagliptin fosfat monogidrati.
yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza, Avicel pH 102, dikalьtsiy fosfati
magniy stearati, kollidon K-30, Aqua shine Orange pink, Opadry Clear OY-S 29019, Opadry white II 85G28725, Color Brilliant Blue Lake, tozalangan so‘v.
Sitagliptin
Sitagliptin ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. Smax 1-4 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 87% tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 38% tashkil qiladi.
Organizmda preparatning ahamiyatsiz qismi metabolizmga uchraydi. Sitagliptinning taxminan 79% siydik bilan chiqariladi.
Sitagliptin 100 mg dozada ichga qabul qilinganida T1/2 taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi. Buyrak klirensi taxminan 350ml/min tashkil qiladi.
Metformin gidroxloridi
Metformin ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi. Biokiraolishligi 50-60%. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) ichga qabul qilinganidan keyin 2,5 soat o‘tgach erishiladi. Ovqat qabul qilish Smax ni 40% ga pasaytiradi va unga erishilishini 35 minutga kechiktiradi. Metformin to‘qimalarda tez taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan amalda bog‘lanmaydi. Juda kuchsiz darajada metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda metforminning klirensi 400 ml/min (kreatinin klirensiga qaraganda 4 marta ko‘p) tashkil qiladi, bu faol naychalar sekretsiyasi borligidan dalolat beradi. Yarimchiqarilish davri 6,5 soatni tashkil qiladi.
Buyraklarning faoliyati buzilganida preparatning kumulyatsiyasi bo‘lishi mumkin.