Bambuk ekstrakti minerallar, polisaxaridlar, organik va aminokislotalar, flavonlar, fenolokislota, laktonga boy. Bambuk – kremniy kislotasining boy manbai bo'lib, u ma'lumki, terini a'lo darajada tekislaydi, suyaklar, tirnoqlar va sochlar mustahkamlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, fitokomponentlar (ayniqsa flavonlar) faol antioksidantlar sifatida tomirlar devorlarini mustahkamlaydi, ularning tonus iva elaktikligini oshiradi, to'qimalarning qon ta'minotini yaxshilaydi va kapilyarlar o'tkazuvchanligini pasaytiradi.
L-metionin tengi yo'q aminokislota bo'lib, organizmga metabolik ta'sir ko'rsatadi: xolin, fosfolipidlar sintezida, aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi, ichak funktsiyasini yaxshilaydi, antioksidant sifatida gormonlar, vitaminlar, fermentlar ta'sirini faollashtiradi.
Rux tengi yo'q mikroelementlarga taalluqli bo'lib, hujayralar bo'linishi va o'sishi, moddalar almashinuvi va oqsillar sintezi, to'qimalar regenerasiyasi kabi hayot uchun muhim jarayonlarda ishtirok etadi, kaltsiy bilan bir qatorda suyaklar shakllanishi uchun zarur bo'lib hisoblanadi, hid va ta'm sezish uchun javob beradi, shuningdek erkaklar va ayollar jinsiy gormonlari ishlab chiqilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Magniy hujayralarning normal faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lib, moddalar almashinuviga doir ko'pchilik reaktsiyalarda ishtirok etadi, energiya ishlab chiqilishida muhim fiziologik rol o'ynaydi, nerv-mushak uzatilishida va fermentativ reaktsiyalarda ishtirok etadi. Magniy organizmda bosh miyadagi biogen moddalar sintezida, neyronal xotirani tartibga solishda, qon agregatlashuvini tartibga solishda ishtirok etadi, ichakning normal ishlashida zarur bo'lib hisoblanadi.
V guruhidagi vitaminlar nerv va yurak-tomir tizimlari ishini me'yorga soladi; ichak faoliyatini, teri holatini yaxshilaydi; hujayralar o'sishida, eergiya almashinuvida, mushaklar ishida ishtirok etadi; immunitetni mustahkamlaydi va organizmni turli kasalliklarga qarshilik ko'rsatishini oshiradi.
Biotin (B7 vitamini) hujayralar metabolizmida, qonda qand miqdorini tartibga solishda ishtirok etuvchi o'ta muhim moddalardan biri bo'lib, karbonat angidrid gazini tashishda ishtirok etadi. B guruhidagi boshqa vitaminlar kabi biotin nerv tizimi ishini qo'llab-quvvatlaydi, yog'kislotalari sintezida ishtirok etadi va teri, tirnoqlar va sochlar holatiga ta'sir ko'rsatadi.
Bambuk r ekstrakti (Bambusa Schreb) - 27 mg
L-metionin - 123 mg
Rux - 7 mg
Magniy - 56,7 mg
S vitamini - 40 mg
V3 vitamini -15 mg
V5 vitamini - 5 mg
Biotin - 30 mkg
Qo'llanilishidan oldin mutaxassis maslahati tavsiya qilinadi.