Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
48 200 s`om dan
Dorixonalardan izlash58 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SONANORMAtm
SONANORMAtm
Preparatning savdo nomi: Sonanormatm
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksizin gidroxloridi
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 25 mg yoki 12,5 mg gidroksizin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi, kraxmal, talk, natriy metil paraben, natriy propil paraben, tozalangan suv.
Ta‘rifi: uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: anksiolitik vosita.
ATX kodi: N05BB01
Farmakologik xususiyatlari
Gidroksizin gidroxloridi – difenilmetan (piperazin) hosilasidir. Anksiolitik, antigistamin (N1-gistamin reseptorlari blokatori), qichishishga qarshi vosita.
Sonanorma preparatining anksiolitik faolligi ehtimol, subkortikal strukturalarga ta‘siri bilan bog‘liq.
Sonanorma eshakemi, ekzema va dermatiti bo‘lgan bemorlarda qichishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Sonanorma uchun yaqqol sedativ, qusishga qarshi, o‘rtacha m-xolinobloklovchi (spazmolitik, bronxlarni kengaytiruvchi) va markaziy miorelaksasiya qiluvchi ta‘sir ham xarakterli. Sedativ samarasi preparatning suyuq shakli qabul qilinganidan keyin 5-10 minut va tabletka qabul qilinganidan 30-45 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Antigistamin samarasi ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 1 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Uzoq muddat qabul qilinganida bekor qilish sindromi va kognitiv faoliyatni yomonlashishi aniqlanmagan. Mutagen va konserogen ta‘siri aniqlanmagan.
Farmakokinetikasi
Gidroksizin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga peroral qo‘llanilganidan keyin 2 soat o‘tgach erishiladi. To‘qimalarda plazmaga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Taqsimlanish koeffisenti kattalarda 13-19 l/kg va bolalarda
16-18 l/kg ni tashkil etadi.
Gidroksizin gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlaridan o‘tadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (45%) setirizin yaqqol N1-blokatori hisoblanadi. Preparatning faqatgina 0,8% o‘zgarmagan ko‘rinishda buyrak orqali chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri yoshga bog‘liq va bolalarda 7 soatni, kattalarda 20 soatni va keksalarda 29 soatni tashkil etadi.
Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda T1/2 37 soatgacha uzayishi, antigistamin samarasi esa 96 soatgacha davom etishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar: Kattalarga xavotirlikni simptomatik davolash uchun – 25-100 mg dan kun davomida bir necha qabul qilishda yoki kechqurun (sutkada 1-4 marta). Standart dozasi – kuniga 50 mg (12,5 mg ertalab, 12,5 mg kunduzi va 25 mg kechqurun). Jiddiy holatlarda (psixiatriyada) doza sutkada 300 mg gacha oshirilishi mumkin. Odatdagi davolash kursi davomiyligi – 4 xaftani tashkil etadi.
Qichishishni simptomatik davolash uchun: boshlang‘ich doza 25 mg, zarurati bo‘lganida 4 marta (25 mg dan kuniga 4 marta) oshirilishi mumkin.
Maksimal bir martalik doza 200 mg, sutkalik doza – 300 mg ni tashkil etadi.
Bolalar: Bolalarga yoshga va tana vazniga qarab belgilanadi.
Qichishishni simptomatik davolash uchun 12 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga
1 dan 2,5 mg/kg, bir necha qabulda buyuriladi.
6 yosh va undan katta bolalarga – kuniga 1-2 mg/kg, bir necha qabulda buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlari asosan markaziy nerv tizimini susaytirishi yoki markaziy nerv tizimini paradoksal rag‘batlantirilishi, antixolinergik faolligi yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi bilan bog‘liq. Kuchsiz namoyon bo‘lgan, o‘tuvchan va odatda, davolash boshlanganidan keyin yoki doza kamaytirilganidan keyin bir necha kun o‘tgach o‘tib ketadi.
Antixolinergik samaralar: og‘izni qurishi, siydikni tutilishi, qabziyat, akkomodasiyani buzilishi kam hollarda kuzatiladi va asosan keksa bemorlarda kuzatiladi.
Uyquchanlik, umumiy holsizlik, ayniqsa preparat bilan davolashning boshida bo‘lishi mumkin (agar ushbu samara davolash boshlangidan keyin bir necha kun o‘tgach o‘tib ketmasa, preparatning dozasini kamaytirish kerak). Shuningdek, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘p terlash, arterial gipotenziya, taxikardiya, allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, isitma, jigar funksional sinamalarini o‘zgarishi, bronxospazm ham kuzatilgan.
Tavsiya etilgan dozalarda nafasni klinik ahamiyatga ega susayishi aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Gidroksizin R450 2D6 ning ingibitori hisoblanadi va yuqori dozalarda CYP2D6 bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin. Jigar fermentlarining ingibitorlari qonda gidroksizinning konsentrasiyasini potensial oshirish qobiliyatiga ega.
Gidroksizin alkogol, narkotik analgetiklar, trankvilizatorlar, anksiolitiklar, barbituratlar, uxlatuvchi vositalarning samarasini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.
Epinefrinning (adrenalin) pressor samarasini rivojlanishiga, fenitoinning tirishishga qarshi faolligiga, betagistin va antixolinesteraz preparatlarning ta‘siriga to‘sqinlik qiladi. Atropin, belladonna alkaloidlari, digitalis, gipotenziv vositalar, N2-antigistamin vositalarning samarasini o‘zgartirmaydi.
Teofillinning nojo‘ya samaralarini (me‘da-ichak yo‘llari tomonidan) susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siyishni qiyinlashishi, qabziyat, miasteniya gravis, demensiya, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Aritmiyaga moyilligi bo‘lgan yoki aritmiyaga qarshi davolanayotgan pasientlarda, shuningdek tirishish reaksiyalariga moyilligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi yoki xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda davolanganda dozaga tuzatish kiritish lozim.
Jigar disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda yoki o‘rtacha yaqqollikdagi yoki jigar faoliyatining og‘ir shakli bo‘lgan pasientlarda doza kamaytirilishi kerak.
Keksa bemorlarda doza kamaytirilishi kerak (davolashni terapevtik dozaning yarmidan boshlanadi).
Uyquchanlik va holsizlik kabi nojo‘ya samaralari davolashning bir necha kunidan keyin o‘tib ketmasa, dozani kamaytirish kerak.
MAO ingibitorlari bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.
Davolash vaqtida alkogolni qabul qilishdan saqlanish kerak.
Allergologik testlarni o‘tkazish zarurati bo‘lganida tekshirishdan 5 kun oldin gidroksizinni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.
In‘eksion shakllari faqat mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Mushak ichiga yuborilganda igna biron-bir qon tomirga tushmaganligiga ishonch hosil qilish kerak; preparat teri ostiga tushganida to‘qimalar shikastlanishi, vena ichiga yuborilganda – gemoliz bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi:
Sonanormani homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Gidroksizin tug‘ruq faoliyati davrida buyurilganida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda arterial gipotoniya, harakat faolligi buzilishi va klonik tirishishlar, siyishni tutilishi va gipoksiya belgilari, markaziy nerv tizimi depressiyasi aniqlangan.
Mashinani haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:
Sonanorma sedativ samara chaqiradi. Faoliyati diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligi bilan bog‘liq pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganda metabolizmning odatdagi yo‘llari katta yuklama bilan ishlashi va biotransformasiyasi boshqa yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin.
Simptomlari: gipersedasiya, beixtiyor harakat faolligi, tremor, tirishishlar, gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi, kardioaritmiya, arterial gipotoniya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash: qusishni chaqirish (spontan qusish bo‘lmaganida), me‘dani yuvish, umumiy tutib turuvchi choralar, shu jumladan organizmning hayot uchun muhim faoliyatlarini nazorat qilish. Arterial gipotenziyada – n
orepinefrin yoki metaraminol (ammo epinefrinni emas) yuboriladi. Kislorod, nalokson, glyukoza, tiamin buyuriladi. Sinusli aritmiyada fizostigminni buyurish mumkin emas.
Spesifik antidoti mavjud emas. Gemodializ yoki gemoperfuziyani qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 25 tabletkalar blisterda, blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, zich yopilgan o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.