×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STRESSON kapsulalar 250mg

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
пустырник сердечный, экстракт шишек хмеля, Экстракты Пассифлоры
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «NATUREX»
Vakil:
- FUTURE~WORLD GROUP
ATX kodi:
- N05CM
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.

O'xshash dorilar

KORVALOL tomchilar 25ml Фармак, ПАО Ukraina
2 900 s`om dan
PERSEN DEN tabletkalari N40 Lek d.d. Sloveniya
48 000 s`om dan
GALOPERIDOL tabletkalari 1,5mg N50 Rusan Pharma LTD Индия
31 200 s`om dan
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10 Татхимфармпрепараты, АО Rossiya
1 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Faol moddalar:
Inkarnat passiflora ekstrakti130 mg
Dorivor qulmoq gʻuddalari ekstrakti 36 mg
Arslonquyruq ekstrakti20 mg
Yordamchi moddalar: maltodekstrin.
Inkarnat passiflora ekstrakti tarkibida terpenoidlar, organik kislotalar, efir moylari, R, S vitaminlari, viteksin – flovanoid mavjud. Ular birgalikda markaziy asab tizimidagi qoʻzgʻalish jarayonlarini kuchsizlantiradi va tormozlash jarayonlarini kuchaytiradi, tomirlar, ovqat hazm qilish organlari silliq mushaklarining siqilish jarayonlariga sabab boʻladigan omillar hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
Qulmoq gʻuddalari tarkibida efir moyi (1,8% gacha), polifenol birikmalar (2–5%) va 5 dan 26% gacha achchiq moddalar (qatronsimon moddalar) mavjud. Qatronsimon moddalar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: lupulin, gumulen kislota, gumulon, lupulon va boshqalar. Qulmoq tarkibida shuningdek flavonoidlar (0,85% gacha), mumlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, aromatik birikmalar, V guruh vitaminlari, xolin bor. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli sillik mushaklar, yurak va bosh miya tomirlarining siqilishi boʻshashadi, tomirlar tonusi meʼyorlashadi, tomir devorlari funksiyasi, yurak toʻqimalarining qisqarish funksiyasi yaxshilanadi.
Arslonquyruq oʻti ekstrakti oʻz tarkibida uglevodlar, efir moyi, oshlovchi moddalar, achchiq moddalar, flavonoidlar, organik kislotalar, beta-karotin, mineral moddalarni saqlaydi, bu ushbu oʻsimlikka biologik faollikning ancha keng doirasini, xususan, asab va yurak-qon tomir tizimlarining funksiyasini faollashtirishni namoyon etish imkonini beradi.
BFQ dori vositasi hisoblanmaydi.
“Stresson” biologik faol moddalar kompleksi asab va yurak-qon tomiri tizimi va turli organlarning silliq mushaklariga sinergik taʼsir koʻrsatadi. Shu munosabat bilan bioqoʻshimcha tavsiya etiladi:
- tomirlarning tonusini va qon bosimi darajasini meʼyorida saqlab turish, yurak faoliyatini yaxshilash, kapillyarlar tizimi (ularning egiluvchanligi va oʻtkazuvchanligi) ni mustahkamlash uchun;
- asab tizimini tashqaridan boʻladigan kuchli qoʻzgʻatuvchilardan himoya qilish uchun: yumshoq tinchlantiruvchi taʼsir yaxshi dam olish va sogʻlom uyquga koʻmaklashadi;
- buyraklar funksiyasining (siydikning meʼyorida hosil boʻlishi) yaxshilanishi, safroning ajralib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm boʻlishi uchun.
Natijada organizmning ishlash qobiliyati va umumiy jismoniy holati yaxshilanadi.
Preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Saqlash sharoitlari: quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda +25°С dan yuqori boʻlmagan temperaturada saqlansin.
Kattalarga 1 ta kapsuladan kuniga 1-2-marta yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STRESSON kapsulalar 250mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STRESSON kapsulalar 250mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STRESSON kapsulalar 250mg dori vositasi ООО «NATUREX» tomonidan Узбекистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STRESSON kapsulalar 250mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STRESSON kapsulalar 250mg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KALSIY D3 tabletkalari 750mg
MAGSINK V6 kapsulalar 250mg
ENTERO D DETSKIY PAKET sashe N10
ENTERO D kapsulalar 400mg
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9