×
×
  • SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Лекхим-Харьков, ЧАО
ATX kodi:
- R06AC03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
LORANEKS tabletkalari 5mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
31 400 s`om dan
GLENSET ADVANS tabletkalari 5mg N14 Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SUPROSTILIN

SUPROSTILIN

 

Preparatning savdo nomi: Suprostilin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): xloropiramin (chloropyramine)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: xloropiramin gidroxloridi 0,025 g (25 mg);

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, talk.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar.

ATS kodi: R06AC03.

Farmakologik xususiyatlari

Xloropiramin antigistamin vositalarining birinchi avlodi, N1-reseptorlarining blokatorlari guruhiga kiradi. Antigistamin faollik ko‘rsatadi. Preparat silliq mushaklarga ta‘sir qiladi, allergik reaksiyalarni kechishini yengillashtiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Preparat shuningdek periferik xolinolitik, sedativ va uxlatuvchi samaraga ham ega.

Ichga qabul qilinganida ovqat hazm qilish yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Qondagi maksimal konsentrasiyasiga birinchi 2 soat davomida erishiladi; konsentrasiyasining terapevtik darajasi 4-6 soat saqlanib turadi. Yuborish yo‘lidan qat‘iy nazar to‘qimalarda yaxshi taqsimlanadi, gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak orqali nofaol metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Allergik kasalliklar – mavsumiy allergik rinit, kon‘yunktivit, eshakemi, dermografizm, kontaktli dermatit, alimentar allergiya, dori vositalari chaqirgan allergik reaksiyalar, hashoratlarni chaqishi oqibatidagi allergiya, qichishish.

Tizimli anafilaktik reaksiyalarda va angionevrotik shishda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ichga ovqat vaqtida, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Kattalar uchun sutkalik doza odatda 75-100 mg (3-4 tabletka) ni tashkil qiladi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun doza sutkada 1 tabletkani tashkil qiladi.

Dozani pasientning reaksiyasi va nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanishiga qarab oshirish mumkin.

Biroq bolalar uchun sutkalik doza tana vazniga 2 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Maksimal sutkalik doza 4 tabletka (100 mg) ni tashkil qiladi.

Davolash kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin yakunlangan hisoblanadi. Tegishli bo‘limda ko‘rsatilgan nojo‘ya reaksiyalarning simptomlari paydo bo‘lganida, davolashni to‘xtatish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: sedativ samara, kuchli toliqish, uyquchanlik, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, ataksiya, asabiylik, tremor, tirishishlar, bosh og‘rig‘i, eyforiya, ensefalopatiya, ko‘rishni noaniqligi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, taxikardiya, aritmiya.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: epigastral sohada og‘riq va diskomfort, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, anoreksiya, ishtahani oshishi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, qonning boshqa patologik o‘zgarishlari.

Boshqa nojo‘ya reaksiyalari: dizuriya, siydikni tutilishi, miopatiya, ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, fotosezuvchanlik, allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik;
  • bronxial astmaning o‘tkir xurujlari;
  • yopiq burchakli glaukoma;
  • siydikni tutilishi, prostata bezi gipertrofiyasi;
  • me‘da yara kasalligi;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • aritmiya;
  • MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish;
  • etilendiaminning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

MAO ingibitorlari Suprostilinning antixolinergik samarasini oshiradi va uzaytiradi. Preparat sedativ vositalar, trankvilizatorlar, sedativ analgetiklar, trisiklik antidepressantlar, atropin, muskarin parasimpatolitiklari bilan bir vaqtda buyurilganda, ular bir-birining samaralarini o‘zaro potensiyalashi mumkinligi tufayli, alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Antixolinergik va sedativ samaralari tufayli preparat keksa yoshli pasientlarga, buyrak funksiyasini buzilishi yoki yurak-qon tomir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Buyrak funksiyasini buzilishida preparatning dozasiga tuzatish kiritish lozim, chunki ta‘sir etuvchi modda asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Agar Suprostilin tabletkalari kechqurun qo‘llansa, gastroezofageal reflyuks simptomlari kuchayishi mumkin.

Suprostilin tabletkalari ototoksik vositalar bilan majmuada qo‘llanganida ototoksiklikning simptomlari niqoblanishi mumkin.

Antigistamin vositalarini uzoq muddat qo‘llanishi, kam hollarda qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlarni (leykopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, gemolitik anemiyani) chaqirishi mumkin. Agar preparatni uzoq muddat qo‘llash davomida nojo‘ya ta‘sirlari (isitma, laringit, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatida yaralarni paydo bo‘lishi, terini oqarishi, sariqlik, gematomalar, qon ketishlari) kuzatilsa, davolashni to‘xtatish va qon ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim.

Davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Suprostilin tabletkalari laktoza saqlaydi, shuning uchun preparatni galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaslik, Lapp-laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligida xlorpiraminning metabolizmi sekinlashadi, bu preparatning dozasini to‘g‘rilashni talab qiladi.

Jigar funksiyasini buzilishida dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin, chunki ta‘sir qiluvchi moddaning metabolizmi sekinlashadi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Suprostilinni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin onalari homiladorlikning oxirgi ikki haftasi davomida antigistamin preparatlarni qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda retrolental fibroplaziya (RLF) rivojlangan.

Bolalar. Suprostilin tabletkalari bolalarga 6 yoshdan boshlab qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalarini hisobga olib, preparat qo‘llanganida avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan voz kechish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan holda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Antigistamin preparatlarning dozasi ataylab yoki tasodifan oshirib yuborilishi, ayniqsa bolalarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Preparatning dozasi oshirib yuborilganida atropin bilan zaharlanishga o‘xshash simptomlar: gallyusinasiyalar, xavotirlik, ataksiya, harakatlar koordinasiyasini buzilishi, atetoz, tirishishlar rivojlanishi mumkin. Bolalarda qo‘zg‘alish holatlari ustunlik qilishi mumkin. Shuningdek og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, yuzga qon oqib kelishlari hissi, sinusli taxikardiya, siydikni tutilishi, isitma kuzatilishi mumkin. Kattalarda isitma va oqib kelishlar har doim xam kuzatilavermaydi; qo‘zg‘alish davri tirishishlar va postiktal depressiya bilan kechishi mumkin. Bundan tashqari, koma va yurak-qon tomir kollapsi aniqlanishi mumkin, u taxminan 2-18 soat ichida o‘limga olib kelishi mumkin.

Preparatning antixolinergik ta‘siri tufayli me‘dani bo‘shalishini sekinlashishi mumkin, shuning uchun doza oshirib yuborilganidan keyin 12 soat ichida me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak.

Yurak-o‘pka faoliyatni monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Simptomatik davolash o‘tkaziladi. Spesifik antidoti noma‘lum.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda; 1 yoki 2 blisterdan o‘ramda.

Saqlash sharoitlari

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10 dori vositasi Лекхим-Харьков, ЧАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SUPROSTILIN tabletkalari 0,025g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N10
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 5ml N10
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N10
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
UROSEPT suppozitorii 0,2g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
TRISEPTOL tabletkalari 400mg/80mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
TRISEPTOL tabletkalari 100mg/20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
AMIKASINA SULFAT inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
PROSTATILEN suppozitorii 0,03g N5
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
TIAMINA XLORID eritma 1 ml 50 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
SITIKOLIN eritma 4 ml 250 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SITIKOLIN eritma 4 ml 250 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 109 000 so'mdan Batafsil
SEFUROKSIM poroshok 0,75 g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
PROSTATILEN- SINK suppozitorii N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
Narh: 186 000 so'mdan Batafsil
ONDALEK eritma 4 ml 2 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ONDALEK eritma 2 ml 2 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
MELOLEK eritma 1,5 ml 10 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
KETALGINLONG eritma 1 ml 30 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ZOLEDRONOVAYA KISLOTA konsentrat 5 ml 0,8 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ZOLEDRONOVAYA KISLOTA konsentrat 5 ml 0,8 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
ZOLEDRONOVAYA KISLOTA konsentrat 5 ml 0,8 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков, ЧАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9