×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

T LAYF liofilizat 1mg N5

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Тимопентин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:
- L03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 173 ta dorixonasida topildi

ico 180 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 260 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 219 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GRIPPFERON 10000me/ml 10ml N1 ООО «Фирн М» Rossiya
115 000 s`om dan
ANAFERON DETSKIY tabletkalari N20 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya Federatsiyasi
39 000 s`om dan
T LAYF liofilizat 10mg N5 Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
435 000 s`om dan
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N50 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
T LAYF liofilizat 1mg N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

T-LAYF®

T-LAIF®

 

Preparatning savdo nomi: T-Layf®

Ta‘sir etuvchi modda (MNN): arginil-alfa-aspartil- lizil- valil- tirozil– arginin (timopentin)

Dori shakli: in‘eksiya uchun liofilizat tayyorlash uchun eritma

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – timopentin 10 mg,

yordamchi moddalar: mannitol, 99,8% li sirka kislotasi, gidroksid natriy.

Ta‘rifi: liofilizasiya qilingan yumshoq fragmentlar yoki oq rangli liofilizasiya qilingan yumshoq kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyatorlar

Kod ATX: L03

Farmakologik xususiyatlari

Timopentin – bu immun tizimi faoliyatini ikki fazali boshqarish uchun qo‘llanadigan dori vositasi.

Farmakodinamikasi

Timopentin T-limfositlarni CD4+/CD8+ faolligini va proliferasiyasini induksiya qiladi, shuningdek antitelolar ishab chiqarilishini oshiradi va T-limfositlarni CD4+/CD8+ podtipini nisbatini normallashtiradi.

Timopentin xujayra immunitetini boshqaradi/oshiradi, periferik qonda mitogen-faollashtirilgan T-limfositlarni yetilishini rag‘batlantiradi, turli sitokinlarning  (IFN-α, -γ, IL-2 i IL-3 kabilarni) xujayra antigeni yoki mitogeni bilan faolligini oshiradi, T-xujayra limfokinni reseptor darajasini oshishiga olib keladi. T-4 xujayra-yordamchisi faolligi yordamida limfositlar reaksiyasini kuchaytiradi. Bundan tashqari NK xujayra o‘tmishdoshiga (tabiiy killerlar) xemotaksisni muvofiq zaxirasini o‘lchash yo‘li bilan ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, IFN ta‘siridan keyin o‘tmishdosh xujayralar xujayralar uchun toksikroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib preparat odam immunitetini xujayra faoliyatini boshqarish va kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.

Farmakokinetikasi

In‘eksiya joyida to‘liq so‘riladi va qon plazmasida proteaza va aminopeptidaza bilan juda tez yemiriladi. T1/2 taxminan 30 sekundni tashil qiladi. T1/2 plazmadagiga qaraganda qorin bo‘shlig‘ida uzunroq va taxminan 3,5-7 minutni tashkil qiladi. Preparat 25% qo‘llangandan 10 minutdan keyin so‘lakda aniqlash mumkin. Timopentin nishon xujayrasiga bir martalik in‘eksiyadan keyin juda tez ta‘sir qiladi, qayta qo‘llanganda samarasi bir necha kun davom etgan.

Qo‘llanilishi

Turli etiologiyali immun tanqislik va toksik xolatlarni oldini olish va davolash:

  • turli etiologiyali surunkali yallig‘lanish kasalliklari;
  • 18 yoshdan katta bemorlarda surunkali V gepatiti;
  • 18 yoshdan keyin ayrisimon bezni kichiklashishi bilan bog‘liq xujayra immunitetini buzilishi;
  • T-xujayralarini turli birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi;
  • autoimmun kasalliklar (revmatoid artrit, tizimli eritematoz yugirik va boshqalar);
  • turli kasalliklar bilan chaqirilgan xujayra immunitetini buzilishlari;
  • infeksion kasalliklar (shu jumladan opportunistik infeksiyalar): sitomegalovirusli infeksiya, gerpetik infeksiya, toksoplazmoz, xlamidioz (xlamidiyli infeksiya), pnevmosistoz, kriptosporidioz, OIV-infeksiya/OITS, surunkali virusli gepatiti, surunkali brusellez, difteriya (shu jumladan bakteriya saqlovchi);
  • o‘smalar (shu jumladan xavfli o‘smalar);
  • kuyishlar, uzoq bitmaydigan jaroxatlar;
  • sepsis, yiringli-septik asoratlar, septik endokardit;
  • bronxoobstruktiv sindrom;
  • xolesistopankreatit;
  • psoriaz;
    • bakterial va virusli infeksiyalarga qarshi vaksinasiyada ad‘yuvant sifatida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga, teri ostiga qo‘llanadi.

Mushak ichiga/teri ostiga in‘eksiya: 1 ml in‘eksiya uchun steril suvda eritiladi;

Preparatni tavsiyalar bo‘yicha qo‘llash kerak.

Immunotanqislik xolatlarini davolash va oldini olish (surunkali yallig‘lanish kasalliklari, kuyishlar, uzoq bitmaydigan jaroxatlar, T-xujayra yetishmovchiligi):
1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 3-6 xafta;

Surunkali gepatit V: 1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 4 hafta.

Autoimmun kasalliklar (revmatoid artrit, tizimli eritematoz qizil yugirik): 1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 10 kun, jami 4 davolash kursi o‘tishi kerak, kurslar orasidagi tanaffus 10 kun.

Hujayra immunitetini buzilishlari: 0,5 mg/kg dan kuniga 1 marta. Davolash kursi 16-30 kun;

Infeksion kasalliklar (SMV, gerpes, toksoplazmoz, xlamidioz, pnevmosistoz, ikriptosporidioz, OIV-infeksiyalari/OITS, surunkali virusli gepatit, brusellyoz va boshqalar): 1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 12 xafta;

O‘smalar (shu jumladan xavfli o‘smalar): 0,5 mg/kg dan kuniga 1 marta, 10 kun davomida. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.

Sepsis, yiringli-septik asoratlar, septik endokardit: 0,5 mg/kg kuniga 1 marta, 7 kun davomida. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.

Bronxoobstruktiv sindrom: 0,5 mg/kg dan haftasiga 3 marta, 14 kun davomida. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.

Xolesistopankreatit, psoriaz: 0,5 mg/kg dan haftasiga 3 marta. Davolash kursi 36 hafta.

Bakterial va virusli infeksiyalarga qarshi vaksinasiyada ad‘yuvant sifatida: 0,5 mg/kg dan kuniga 1 marta. Davolash kursi 7 kun. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, ayrim bemorlarda  ko‘ngil aynishi, yuqori isitma, bosh aylanishi, ko‘krak qafasida og‘irlik xissi, xolsizlik, uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Surunkali V gepatitili pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlari belgilarisiz qisqa muddatli ALT oshishi kuzatilishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni davom ettirish kerak.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparat komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezidagi yuqori sezuvchanlik)
  • homiladorlik, rezus-konflikt bilan asoratlangan
  • a‘zolarni ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni interferon, antibiotiklar, gormonal, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, gipotenziv preparatlar, diuretiklar yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan  preparatlar, markaziy nerv tizimi uchun, kontraseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda  interferensiya kuzatilmaydi.

Interferon immun faoliyatni yaxshilab, sinergik ta‘sir qiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat immun tizimini faoliyatini oshirishi tufayli, preparatni immunosupressiv terapiya oluvchi pasientlarga (maslan, a‘zolar ko‘chirib o‘tkazilganda),  davolashdan foyda mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagidan tashqari xolatlarda qo‘llash mumkin emas.

Davolanish vaqtida jigar faoliyatini muntazam nazorat qilish zarur.

Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarga qo‘llash xaqida klinik ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda preparatni faqat klinik zaruratda, yetarlicha ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli qo‘llanadi.

Laktasiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Kutiladigan yoki tasodifan dozani oshirib yuborilish xollari aniqlanmagan. Xayvonlardagi o‘tkir toksiklik tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, timopentin 10 mg/kg dozada (tadqiqotdagi eng yuqori doza) hech qanday nojo‘ya reaksiyalar chaqirmaydi.

Chiqarilish shakli

10 mg dan shisha flakonlarda. 5 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

T LAYF liofilizat 1mg N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
T LAYF liofilizat 1mg N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
T LAYF liofilizat 1mg N5 dori vositasi Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
T LAYF liofilizat 1mg N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
T LAYF liofilizat 1mg N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
T LAYF liofilizat 10mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Тимопентин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 435 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
T LAYF liofilizat 10mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Тимопентин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 435 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9