×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Tavamed eritmasi 5mg 100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Левофлоксацина Гемигидрат
Ishlab chiqaruvchi:
- HARASHA PHARMA PVT. LTD.
Vakil:
- FUTURE~WORLD GROUP
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFAZOLIN poroshok 1,0g N10 Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd Xitoy
ULTRASEF poroshok 1,0g N1 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
21 000 s`om dan
BAKTERIOFAG STAFILOKOKKOVIY eritma dlya priema vnutr 100ml Микроген,НПО,АО произв.Микроген,НПО,АО филиал г.Нижный Новгород Rossiya
186 500 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 2 года
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 ml dan zichligi past PE li polimer flakonlarda.

1 flakondan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levofloksasin gemigidrat 500 mg ;

yordamchi moddalar: natriy xloridi900 mg, in'ektsiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta'rifi: och sariqdan yashil-sariq rangligacha bo'lgan tiniq suyuqlik.

Tavamed - ftorxinolonlar guruhidan bo'lgan keng ta'sir doirasiga ega sintetik antibakterial preparat, faol modda sifatida ofloksasin saqlaydi. Levofloksasin DNK – girazani va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK ni superspiralizasiyasi va uzilishlari tikilishini buzadi, DNK sintezini susaytiradi, tsitoplazma, xujayra devori va mikrob hujayralarining membranalarida chuqur morfologik o'zgarishlarni chaqiradi.

Levofloksasin ham in vitro, ham in vivo sharoitlarda mikroorganizmlarning ko'pchilik shtammlariga nisbatan faol.

In vitro:

Sezgir mikroorganizmlar (MSK 2 mg/ml; susaytirish doirasi ≥17mm)

Aerob grammusbat mikroorganizmlar:

Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Corynebacterium striatum, Enterococcus faecalis, Enterococcus spp., Listeria monocytogenes, Staphylococcus coagulasenegative methi - S(I) [metilsillin-sezgirlar (metisillinga o'rtacha sezgirlar)], Staphylococcus aureus methi-S, Staphylococcus epidermidis methi-S (metilsillin-sezgirlar), Stapylococcus spp CNS (koagulazonegativ), C va G guruhi Streptococci, Streptococcus agallactiae, Streptococcus pneumoniae peni I/S/R (penisillinga sezgir/ rezistentlar), Streptococcus pyogenes, Viridans streptococci peni – S/R (penisillinga sezgir/ rezistentlar).

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar:

Acinetobacter baumannil, Acinetobacter spp., Actenobacillus actinomycetemcomitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae, Enterobacter spp., Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae ampi-S/R (ampisillinga – sezgirlar - rezistentlar), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp., Moraxela catarrhalis +/ -, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Pasteurella canis, Pasreurella dagmatis, Pasteurella multocida, Pasteurella spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (Pseudomonas aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalarga majmuaviy davolash talab qilinishi mumkin), Pseudomonas spp., Salmonella spp., Serratia marcescens, Serratie spp.

Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus, Propionibacterum spp., Veilonella spp.

Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp., Chlamydia pneumaniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Legionella spp., Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, Micopbacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Ricketsia spp., Ureaplasma urealyticum.

O'rtacha faol mikroorganizmlar (MSK4 mg/l; susaytirish doirasi 1614 mm)

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealitium, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis methi-R (metisillinga rezistentlar), Stapylococcus haemolyticus methi-R (metisillinga rezistentlar).

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Burkholderia cepacia, Campylobacter jejuni/coli.

Anaerob mikroorganizmlar: Prevoitella spp., Porphyromonas spp.

Levofloksasinga rezistent mikroorganizmlar (MSK8mg/l; susaytirish doirasi ≤13 mm)

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus methi-R (metisillinga rezistentlar), Staphylococcus coagulase-negative methi-R (koagulazonegativ metisillinga rezistentlar).

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosaxidans.

Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron.

Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium

Rezistentligi

Levofloksasinga rezistentlik ikkala II tur topomeraza: Dnkgiraza va topoizomeraza IV ni kodlovchi genlarning bosqichmabosqich mutasiya jarayonlari natijasida rivojlanadi. Mikrob hujayrasining penetrasion to'sig'iga ta'sir mexanizmi (Pseudomonas aeruginosa ga xos bo'lgan mexanizm) va efflyuks mexanizmi (mikrobga qarshi vositani mikrob hujayrasidan faol chiqarilishi) kabi boshqa rezistentlik mexanizmlari ham mikroorganizmlarni levofloksasinga sezgirligini kamaytirishi mumkin.

Levofloksasinning ta'sir mexanizmini o'ziga hosligi tufayli odatda levofloksasin va boshqa mikrobga qarshi vositalar orasida kesishgan rezistentlik kuzatilmaydi.

Klinik samaradorligi (quyida sanab o'tilgan mikroorganizmlar chiqirgan infektsiyalarni davolashda klinik tadqiqotlardagi samaradorligi)

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxela (Branhamella) catarrhalis, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens.

Boshqalar: Chlamydia pneumaniae; Legionella pneumophila, Mycoplasma pneumoniae

Sog'lom ko'ngillilarga 500 mg doza levofloksasin 60 minutlik vena ichiga infuziya qilinganidan keyin plazmadagi maksimal kontsentrasiyasi (Smaks) o'rtacha 6,2 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Levofloksasinning farmakokinetikasi 50 dan 1000 mg doza diapazonida proportsional hisoblanadi. 500 mg levofloksasin sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilinganda levofloksasinning qon plazmasidagi kontsentrasiyasini turg'un holatiga 48 soat davomida erishiladi.

Tavamed 500 mg preparati 10 kun davomida sutkada 1 marta vena ichiga yuborilganida levofloksasinning qon plazmasidagi Smaks 6,4±0,8 mkg/ml ni tashkil qilgan, levofloksasinning qon plazmasidagi minimal kontsentrasiyasi (navbatdagi dozani qabul qilishdan oldingi kontsentrasiyasi) esa 0,6±0,2 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Tavamed 500 mg preparati sutkada 2 marta yuborilganida levofloksasinning Smaks 7,9±1,1 mkg/ml ni, Cmin esa 2,3±0,5 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 30-40% ni tashkil qiladi. Levofloksasinni bir martalik 500 mg dozasi qabul qilinganidan so'ng levofloksasinning taqsimlanish hajmi taxminan 100 l ni tashkil qiladi, bu levofloksasinni inson a'zolari va organizmi to'qimalariga yaxshi o'tishini ko'rsatadi.

Bronxlarning shilliq qavatlariga, epitelial qoplama suyuqligiga, alfeolyar makrofaglarga o'tishi

Levofloksasin mos ravishda 1,11,8 va 0,83 ni tashkil qilgan qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga nisbatan bronxlarning shilliq qavatlariga, epitelial qoplama suyuqligiga, bronxlarning shilliq qavatlaridagi va epitelial qoplama suyuqligidagi penetrasiya koeffisientlari bilan alveolyar makrofaglarga yaxshi o'tadi.

Levofloksasin qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga nisbatan o'pka to'qimasiga 25 penetrasiya koeffisientlari bilan yaxshi o'tadi.

Alveolyar suyuqlikka o'tishi

Levofloksasin qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga nisbatan alveolyar suyuqlikka 1 penetrasiya koeffisientlari bilan yaxshi o'tadi. 500 mg levofloksasin sutkada 1 yoki 2 marta 3 kun davomida yuborilganida alveolyar suyuqlikdagi levofloksasinning maksimal kontsentrasiyasiga yuborilganidan keyin 24 soat o'tgach erishilgan va mos ravishda 4,0 va 6,7 mkg/ml ni tashkil qilgan.

Suyak to'qimasiga o'tishi

Son suyagining proksimal va distal bo'limidagi kortikal va g'ovak suyagi to'qimasiga yaxshi o'tadi, penetrasiya koeffisienti 0,13 (suyak to'qimasi/plazma).

Orqa miya suyuqligiga o'tishi

Levofloksasin orqa miya suyuqligiga yomon o'tadi.

Prostata bezining to'qimasiga o'tishi

Levofloksasin prostata bezining to'qimasiga yaxshi o'tadi (prostata bezi/plazma kontsentrasiyasining o'rtacha nisbati 1,84 ni tashkil qilgan).

Siydikdagi kontsentrasiyasi

Siydikda levofloksasinning yuqori kontsentrasiyalari hosil bo'lib, ular levofloksasinning plazmadagi kontsentrasiyasidan bir necha marta ortiq hisoblanadi.

Metabolizmi

Levofloksasin ahamiyatsiz darajada (qabul qilingan dozaning 5%) metabolizmga uchraydi. Demetillevofloksasin va N-oksid levofloksasin uning metaboliti hisoblanadi, ular buyraklar orqali chiqariladi.

Levofloksasin stereokimyoviy turg'un hisoblanadi va xiral o'zgarishga uchramaydi.

Chiqarilishi

Ichga qabul qilinganidan keyin levofloksasin qon plazmasidan nisbatan sekin chiqariladi (yarimchiqarilish davri [T1/2] – 6-8 soatni tashkil qiladi). Asosan buyraklar orqali chiqariladi (qabul qilingan dozaning 85% dan ko'prog'i). 500 mg bir marta qabul qilinganidan so'ng levofloksasinning umumiy klirensi 175±29,2 ml/min ni tashkil qilgan.

Levofloksasin vena ichiga yuborilganida va ichga qabul qilinganida uning farmakokinetikasida ahamiyatli farqlar mavjud emas, bu uni ichga qabul qilish va vena ichiga yuborish o'zaro almashina olishini ko'rsatadi.

Pasientlarning alohida guruhida farmakokinetikasi

Ayollarda va erkaklarda levofloksasinning farmakokinetikasi farqlanmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlardagi farmakokinetikasi yosh pasientlarnikidan farqlanmaydi, kreatinin klirensidagi (kk) farqlar bilan bog'liq farmakokinetikasidagi farqlar bundan mustasno.

Buyrak etishmovchiligida levofloksasinning farmakokinetikasi o'zgaradi. Buyrak faoliyatini yomonlashishiga qarab buyrak orqali chiqarilishi va buyrak klirensi (CIR) pasayadi, T1/2 esa oshadi.



Quyida keltirilgan nojo'ya samaralar ularni yuzaga kelish sonining gradasiyasiga mos ravishda ko'rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000) (shu jumladan, alohida habarlar), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlardan kuzatilish tez-tezligini aniqlashning imkoni yo'q).

Klinik tadqiqotlar va preparat postmarketing qo'llanganda olingan ma'lumotlar

Yurak tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: sinusli taxikardiya, yurak urishini xis etish

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): QT intervalini uzayishi, yurak qorinchalarining ritmini buzilishi, yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurakni to'xtashiga olib kelishi mumkin bo'lgan yurak qorinchalari taxikardiyasining "piruet" turi ("dozani oshirib yuborilishi", "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: leykopeniya (periferik qonda leykositlar sonini kamayishi), eozinofiliya (periferik qonda eozinofillar sonini oshishi).

Kam hollarda: neytropeniya (periferik qonda neytrofillar sonini kamayishi), trombositopeniya (periferik qonda trombositlar sonini kamayishi).

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): pantsitopeniya (periferik qonda barcha shakldagi elimentlar sonini kamayishi), agranulositoz (periferik qonda granulositlar sonini kamayishi yoki ularni yo'qligi), gemolitik anemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.

Tez-tez emas: uyquchanlik, tremor, disgevziya (ta'mni buzilishi).

Kam hollarda: parasteziya, tirishishlar ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): sensor periferik nevropatiya, sensormotor periferik nevropatiya ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang), diskineziya, ekstrapiramid buzilishlar, agevziya (ta'm bilish sezuvchanligini yo'qotilishi), parosmiya (hid sezishni buzilishi, ayniqsa hidni sub'ektiv sezish, ob'ektiv sezmaslik), hid sezishni yo'qolishigacha, xushdan ketish, havfsiz ichki bosh miya gipertenziya.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: qaralayotgan tasvirni xiralashishi kabi ko'rishni buzilishi.

Tez-tezligi noma'lum: ko'rishni o'tkinchi buzilishi.

Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar

Tez-tez emas: vertigo (tanani yoki atrofdagi predmetlarni og'ishi yoki aylanish hissi).

Kam hollarda: quloqlarda shovqin.

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): eshitishni pasayishi, eshitishni yo'qotilishi.

Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: hansirash.

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): bronxospazm, allergik pnevmonit.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: diareya, qusish, ko'ngil aynishi.

Tez-tez emas: qorin og'riqlari, dispepsiya, meteorizm, qabziyat.

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): juda kam hollarda enterokolitning belgisi bo'lishi mumkin bo'lgan gemorragik diareya, shu jumladan psevdomembranoz kolit ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang), pankreatit.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qon zardobida kreatinin klirensi kontsentrasiyasini oshishi.

Kam hollarda: o'tkir buyrak etishmovchiligi (masalan, interstisial nefrit rivojlanishi natijasidagi).

Teri va teri to'qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, gipergidroz.

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ekssudativ ko'p shaklli eritema, fotosensibilizasiya reaktsiyalari (quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik) ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang), leykositoklastik vaskulit, stomatit.

Teri va shilliq qavatlar tomonidan reaktsiyalar ba'zida preparatni birinchi dozasi qabul qilinganidan keyinoq rivojlanishi mumkin.

Skeletmushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: artralgiya, mialgiya.

Kam hollarda: paylarni shikastlanishi, shu jamladan tendinit, (masalan, axillov payini), mushak kuchsizligi, bu ayniqsa psevdoparalitik miasteniyasi (myasthenia gravis) bo'lgan pasientlarda havfli bo'lishi mumkin ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): rabdomioliz, paylarning uzilishi (masalan, axillov payini). Bu nojo'ya samarasi davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida kuzatilishi mumkin va ikki tomonlama xarakterga ega bo'lishi mumkin (shuningdek "maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang), boylamlarni uzilishi, mushaklarni uzilishi, artrit.

Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: anoreksiya.

Kam hollarda: gipoglikemiya, ayniqsa qandli diabeti bor pasientlarda (gipoglikemiyani mumkin bo'lgan belgilari: "bo'ri" ishtahasi, asabiylik, terlash, qaltirash).

Tez-tezligi noma'lum: giperglikemiya, gipoglikemik koma ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Infektsion va parazitar kasalliklar

Tez-tez emas: zamburug'li infektsiyalar, patogen mikroorganizmlarning rezistentligini rivojlanishi.

Tomir tomonidan buzilishlar

Tez-tez: flebit.

Kam hollarda: arterial bosimni pasayishi.

Umumiy buzilishlar

Tez-tez: yuborish joyida reaktsiya (og'riq, teri giperemiyasi).

Tez-tez emas: asteniya.

Kam hollarda: pireksiya (tana haroratini oshishi).

Tez-tezligi noma'lum: og'riq (shuningdek belda, ko'krakda va qo'loyoqlarda).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: angionevrotik shish.

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): anafilaktik shok, anafilaktoid shok.

Anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar ba'zida preparatni birinchi dozasi qabul qilinganidan keyinoq rivojlanishi mumkin.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qonda "jigar" fermentlari faolligini oshishi (masalan, alaninaminotransferaza (Alat) va aspartataminotransferaza (Asat), ishqoriy fosfatazaning (IF) va gammaglutamiltransferazaning (GGT) faolligini oshishi ).

Tez-tez emas: qonda bilirubin kontsentrasiyasini oshishi.

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): og'ir jigar etishmovchiligi, shu jumladan o'tkir jigar etishmovchiligining rivojlanish hollari, bu ayniqsa og'ir asosiy kasalligi bo'lgan pasientlarda ba'zida o'limga olib kelishi mumkin (masalan, sepsisda); gepatit, sariq kasalligi.

Ruxiyatni buzilishi

Tez-tez: uyqusizlik.

Tez-tez emas: bezovtalik hissi, havotirlik, ongni chalkashishi.

Kam hollarda: psixik buzilishlar (masalan, gallyusinasiya), depressiya, qattiq hayajonlanish (asabiylashish), uyquni buzilishi, tungi bosinqirash.

Tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar): o'zo'ziga zarar keltirish bilan xulqni buzilishi kabi psixik buzilishlar, shu jumladan suisid fikrlar va harakatlar.

Barcha ftorxinolonlarga tegishli bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa nojo'ya samaralar

Juda kam hollarda: porfiriya bilan kasallangan bemorlarda porfiriya hurujlari (modda almashinuvini juda kam uchraydigan kasalligi).

Ko'k yiringli tayoqcha (Pseudomonas aeruginosa) chaqirgan gospital infektsiyalarda kombinasiyalangan davolash talab qilinishi mumkin.

Mikroorganizmlar shtammlari chaqirgan orttirilgan rezistentlikning tarqalishi geografik region va vaqt o'tishi bilan bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin. Shu sababli muayyan mamlakatda preparatga rezistentlik haqida ma'lumotlar talab qilinadi. Og'ir infektsiyani davolash uchun yoki davolash samarasiz bo'lganida qo'zg'atuvchini ajratib chiqarish va uni levofloksasinga sezgirlini aniqlash bilan mikrobiologik tashxis qo'yilishi kerak.

Metisillin-rezistent tilla rang streptokokk

Metisillin-rezistent tilla rang stafilokokk ftorxinololon, shu jumladan levofloksasinga rezistentlik bo'lishining yuqori extimoli bor. Shuning uchun levofloksasin aniqlangan yoki metisillin-rezistent tilla rang stafilokok tomonidan chaqiriladigan infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi; agar laborator taxlillarda levofloksasinga bu mikroorganizmlarni sezuvchanligini aniqlangan xollarda tavsiya etilishi mumkin.


Infuziyalarni davomiyligi

Tavsiya qilingan yuborish davomiyligiga qat'iy rioya qilish kerak, u kamida 60 minutni (100 ml infuzion eritma) yoki 30 min (50 ml eritma uchun) tashkil etishi kerak. Levofloksasin qo'llashni tajribasi, infuziya vaqtida kuchli yurak urishi va arterial bosimni tranzitor tushishi kuzatilishi mumkinligini ko'rsatadi. Kam hollarda arterial bosimni kuchli tushishi tomirli kollapsning sababi bo'lishi mumkin. Agarda levofloksasinni yuborish vaqtida arterial bosimning yaqqol tushishi kuzatilsa, quyish darhol to'xtatiladi.

Tirishish rivojlanishiga moyilligi bo'lgan pasientlar

Tavamed preparati bilan davolash vaqtida, bosh miyaning oldingi shikastlanishi bilan bog'liq bo'lgan, masalan, insult yoki og'ir travma bilan, bemorlarda tirishishlar xuruji rivojlanishi mumkin. Tirishishga tayyorlik fenbufen, unga o'xshash nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar yoki teofillin bilan bir vaqtda qo'llanganida oshishi mumkin ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri"ga qarang).

Psevdomembranoz kolit

Levofloksasin bilan davolash vaqtida yoki keyin rivojlanadigan diareya, ayniqsa og'ir, qattiq va/yoki qonli diareya Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan psevdomembranoz kolit simptomi bo'lishi mumkin. Psevdomembranoz kolit rivojlanishiga shubxa bo'lgan xollarda levofloksasin bilan davolashni darxol bekor qilish va maxsus antibiotik bilan davolashni boshlash kerak (ichga vankomisin, teykoplanin yoki metronidazol).


Psevdomembranoz kolitga gumon qlinganida darhol Tavamedni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Bunday hollarda, ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo'llash mumkin emas.

Tendenit

Tavamed preparati qo'llanganida juda kam kuzatiladigan tendinit paylarning uzilishiga olib kelishi mumkin (avvalambor axillov payining yallig'lanishi). Keksa yoshdagi bemorlar tendinitga ko'proq moyil bo'ladilar. Kortikosteroidlar bilan davolash ehtimol paylarning uzilishi xavfini oshiradi. Tendinitga gumon qilinganida Tavamed preparati bilan davolashni darhol to'xtatish va shikastlangan payni muvofiq davolashni boshlash kerak, masalan, unga tinchlik holatini ta'minlash ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "Nojo'ya ta'siri"ga qarang).

Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Levofloksasin jiddiy, potentsial fatal yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini chaqirishi mumkin (angionevrotik shish, anafilaktik shok) ("nojo'ya reaktsiyalar" bo'limiga qarang). Pasientlarga zudlik bilan preparatni yuborishni bekor qilish va shifokorga murojaat qilishni buyurish kerak.

Og'ir bullez reaktsiyalar

Levofloksasin qabul qilganda og'ir bullyoz teri reaktsiyalari, Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz kabilar kuzatilgan (nojo'ya reaktsiyalar bo'limiga qarang). Teri yoki shilliq qavatda biron-bir reaktsiyalarni rivojlanish xollarida pasient zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak va uni maslaxatisiz davolashni davom ettirmaslik kerak.

Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar

Jigar nekrozi, shu jumladan fatal jigar etishmovchiligini levofloksasinni qabul qilganda rivojlanishi, asosan og'ir asosiy kasalliklari, masalan sepsisi bo'lgan pasientlarda kuzatilgan "nojo'ya ta'sirlarga" qarang. Jigar shikaslanishi, anoreksiya, sariqlik, siydikni to'qlashishi, qichishish va qorinda og'riq kabi simptomlarni paydo bo'lish xollarida pasientlar davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish xaqida ogoxlantirilgan bo'lishlari kerak.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Levofloksasin asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak buzilishlari bo'lgan pasientlarga buyrak funktsiyasini nazorat qilish, shuningdek dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).

Keksa pasientlarni davolashda, ushbu guruhda ko'p xollarda buyrak funktsiyasini buzilishlari kuzatilishini e'tiborga olish kerak ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).


Fotosensibilizasiya reaktsiyalari

Levofloksasin qo'llanganida juda kam fotosensibilizasiya aniqlanishiga qaramasdan, undan saqlanish uchun, bemorlarga juda ham zarur bo'lmasa, kuchli quyosh yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, baland tog'li joyda quyoshda bo'lish yoki solyariyga borish) duchor bo'lish tavsiya qilinmaydi.

Superinfektsiya

Boshqa antibiotiklarni qo'llagandagi kabi, levofloksasin qo'llanganda, ayniqsa uzoq vaqt davomida, unga sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarni jadal ko'payishiga olib qelishi mumkin, bu insonda norma mavjud bo'lgan mikroflorani o'zgarishini (bakteriyalar va zamburug'lar) chaqirishi mumkin, bu esa superinfektsiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun davolash davomida pasientning holatini takroran baholashni o'tkazish zarur va davolash vaqtida superinfektsiya rivojlanishi hollarida kerakli choralari ko'rish kerak.

QT intervalini uzayishi.

Ftorxinolonlarni, shu shumladan levofloksasinni qabul qilgan pasientlarda QT intervalini uzayishini juda kam hollari haqida xabar berilgan.

QT intervalini uzayishi uchun ma'lum xavf omillari bo'lgan pasientlarda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak: keksa yoshdagi pasientlarda; to'g'irlanaolinmagan elektrolitlar buzilishi bo'lgan (gipokaliemiyasi, gipomagniemiyasi bo'lgan) pasientlarda; QT oralig'ini tug'ma uzayishi sindromi bo'lgan pasientlarda; yurak kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) bo'lgan pasientlarda; bir vaqtda QT oralig'ini uzaytirish qobiliyatiga ega bo'lgan dori vositalarini, masalan IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar qabul qilganda.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza etishmovchiligi bo'lgan bemorlar (modda almashinivuning nasliy buzilishi) ftorxinolonlarga eritrositlarni parchalanishi (gemoliz) bilan reaktsiya berishlari mumkin. Shuning munosabati bilan bunday bemorlarni levofloksasin bilan davolashni katta ehtiyotkorlik bilan o'tkazish kerak.

Gipo va giperglikemiya (disglikemiya)

Boshqa xinolonlarni qo'llash kabi, levofloksasin qo'llanishida giperglikemiya va gipoglikemiya rivojlanishi xollari, qandli diabeti bo'lgan pasientlarda, peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin preparatlari bilan davolanuvchi pasientlarda kuzatilgan. ,

Gipoglikemik koma rivojlanish xollari xaqida xabarlar bo'lgan. Qandli diabeti bo'lgan pasientlarda qonda glyukoza kontsentrasiyasini monitoringi talab qilinadi ("nojo'ya ta'sirlar" bo'limiga qarang).

Periferik neyropatiya

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin qabul qiluvchi pasientlarda , sensor va sensor-motor periferik neyropatiya kuzatilgan, uning boshlanishi tez bo'lishi mumkin. Agar pasientlarda neyropatiya simptomlari paydo bo'lsa levofloksasinni qo'llashni bekor qilish kerak. Bu qaytmas o'zgarishlarni rivojlanish xavf extimolini minimallashtiradi.


Psevdoparalitik miasteniyani zo'rayishi (myasthenia gravis)

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin, nerv-mushak o'tkazuvchanligini faolligini bloklash bilan xarakterlanadi, psevdoparalitik miasteniyasi bo'lgan pasientlarda mushaklar kuchsizligini kuchaytirishi mumkin.

Postmarketing davrida noxush reaktsiyalar kuzatilgan, shu jumladan o'pka etishmovchiligi, u o'pkani sun'iy ventilyasiyasini o'tkazishni talab qiladi va psevdoparalitik miasteniyasi bo'lgan pasientlarda ftorxinolonlarni qo'llanilishi bilan assosiasiyalangan o'lim xolati kuzatilgan.

Psevdoparalitik miasteniya tashxisi aniqlangan pasientlarda levofloksasinni qo'llash tavsiya etilmaydi ("nojo'ya ta'sirlar" bo'limiga qarang).

Xavo-tomchi yo'li orqali yuqqan kuydirgi kasalligini oldini olish + davolash

Odamlarda bu ko'rsatmalar bo'yicha levofloksasinni qo'llanilishi xayvonlarda o'tkazilgan in vitro sharoitidagi tadqiqotlar va eksperimental tekshiruvlardan olingan, xamda odamda levofloksasinni qo'llashdagi cheklangan ma'lumotlari asosida unga Bacillus anthracis sezuvchanligi bo'yicha ma'lumotlarga asoslangan.

Shifokorlar milliy va/yoki xalqaro xujjatlarga murojaat qilishlari kerak, ular kuydirgi kasalligini davolash bo'yicha diqqat bilan ishlab chiqilgan fikrni bildiradi.

Psixotik reaktsiya

Xinolonlar, shu jumladan levofloksasin qo'llanganda, psixotik reaktsiyalar rivojlangani xaqida xabarlar bo'lgan, ular o'z joniga qasd qilish fikrlarini va o'ziga ziyon etkazish xulqini rivojlanishigacha zo'rayib borgan (ba'zida levofloksasinni bir martalik dozasini yuborgandan keyin). Bunday reaktsiyalar levofloksasin bilan davolashda rivojlanganda davolashni bekor qilish va muvofiq davolash buyurish kerak.

Preparatni psixozi yoki anamnezida psixik kasalliklari bo'lgan pasientlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Ko'rishni buzilishi

Ko'rishni biron buzilishlari rivojlanganda darxol oftalmolog maslaxati kerak (≪Nojo'ya ta'sirlar≫bo'limiga qarang).

Laborator testlarga ta'siri

Levofloksasin qabul qiluvchi pasientlarda siydikda opiatlarni aniqlash soxtamusbat natijalarga olib kelishi mumkin, uni maxsus usullar tasdiqlashi umumkin.

Levofloksasin Mycobacterium tuberculosis ko'payishini ingibitsiya qiladi va tuberkulezni bakteriologik tashxisi soxtamanfiy natijaga olib kelishi mumkin.


Homiladorlik va emizish davri

Travamed homiladorla va emizikli ayollarda qo'llash mumkin emas.

Transport vositasini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga bo'lishi mumkin bo'lgan ta'siri

Tavamed preparatining bosh aylanishi yoki vertigo, uyquchanlik va ko'rishni buzilishi Kaba nojo'ya samaralari ("nojo'ya tahsiri" bo'limiga qarang) psixomotor reaktsiyalarni va diqqat kontsentrasiyasiga qobiliyatni pasaytirishi mumkin. Bu ushbu qobiliyatlar alohida ahamiyatga ega holatlarda ma'lum havf tug'dirishi mumkin (masalan, avtomobilni boshqarishda, mashinalarga va mexanizmlarga xizmat ko'rsatishda, turg'un bo'lmagan holatdagi ishlarni bajarishda). Bu ayniqsa preparati alkogol bilan o'zaro ta'sir etish hollariga taalluqlidir.

Kattalardagi levofloksasinga sezgir bakteriyalar chaqirgan infektsiyalarni davolash:

- kasalxonadan tashqaridagi pnevmoniya;

- siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan pielonefrit);

- surunkali bakterial prostatit;

- teri qoplamalari va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;

- tuberkulyozning dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash uchun;

- kuydirgini havotomchi orqali yuqishini oldini olish va davolashda qo'llaniladi.

Tavamed preparatini qo'llaganda antibakterial preparatlarni qo'llashda tegishli rasmiy milliy tavsiyalarni, shuningdek muayyan bir mamlakatda patogen mikroorganizmlarni sezuvchanligini e'tiborga olish kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

levofloksasinga yoki boshqa xinolonlarga, shuningdek Tavamed preparatining har qanday yordamchi moddalariga o'ta yuqori sezuvchanlik;

- tutqanoq;

- anamnezida ftorxinolonlarni qabul qilish bilan bog'liq paylarning shikastlanishi;

psevdoparalitik miasteniyasi (myasthenia gravis) ("nojo'ya ta'siri", "maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);

- bolalik va 18 yoshgacha o'spirinlik yoshi (skelet o'sishi tugallanmaganligi sababli, chunki o'sishning Tog'ay nuqtalarini shikastlanishini butunlay istisno qilib bo'lmaydi);

- homiladorlik (homilada o'sishning Tog'ay nuqtalarini shikastlanishini butunlay istisno qilib bo'lmaydi);

- emizish davri (bolada o'sishning Tog'ay nuqtalarini shikastlanishini butunlay istisno qilib bo'lmaydi).

Ehtiyotkorlik bilan

Tirishishga moyilligi bo'lgan pasientlarda [ilgari Markaziy nerv tizimida (MNT) shikastlanishi bo'lgan pasientlarda, bir vaqtda bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi fenbufen, teofillin kabi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda] ("boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" ga qarang) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Glyukoza-6fosfatdegidrogenazaning latent yoki manifestlangan tanqisligi bo'lgan pasientlarda (xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaktsiyalar paydo bo'lishining havfi yuqori) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan pasientlarda (buyrak faoliyatini nazorat qilish, shuningdek dozalash tartibini to'g'irlash talab qilinadi, "qo'llash usuli va dozalari" ga qarang) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

QT intervalini uzayishi uchun ma'lum havf omili bo'lgan pasientlarda: keksa yoshdagi pasientlarda; to'g'irlana olinmagan elektrolitlar buzilishi bo'lgan (gipokaliemiyasi, gipomagniemiyasi bo'lgan) pasientlarda; tug'ma QT intervalini uzayishi sindromi bo'lgan pasientlarda; yurak kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) bo'lgan pasientlarda; bir vaqtda QT intervalini uzaytirish qobiliyatiga ega bo'lgan dori vositalarini qabul qilganda ("dozani oshirib yuborilishi", "boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Peroral gipoglikemik vositalarni, masalan, glibenklamid yoki insulinni qabul qilayotgan qandli diabeti bo'lgan pasientlarda (gipoglikemiya rivojlanishi havfi oshadi) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Boshqa ftorxinolonlarga og'ir nevrologik reaktsiyalar kabi og'ir noxush reaktsiyalari bo'lgan pasientlarda (levofloksasinni qo'llaganda analogik noxush reaktsiyalar paydo bo'lishining havfi yuqori) ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Psixozi bo'lgan pasientlarda yoki anamnezida psixik kasalliklari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).


Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri

Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi o'zaro ta'sirlar

Bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi teofillin, fenbufen yoki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar guruhining shunga o'xshash dori vositalari bilan

Levofloksasinning teofillin bilan farmakokinetik o'zaro ta'siri aniqlanmagan.

Biroq xinolonlar va teofillinni, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni va bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogini pasaytiruvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda buyurishda bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik porogi yaqqol pasayishi mumkin. Fenbufen bilan bir vaqtda qabul qilinganda levofloksasinni kontsentrasiyasi faqat 13% ga oshadi.

Bilvosita antikoagulyantlar bilan (vitamin K antagonistlari)

Levofloksasinni bilvosita antikoagulyantlar (masalan, varfarin bilan) bilan majmuada davolashni olgan pasientlarda protrombin vaqtini (xalqaro nuqtai nazardan normallashtirilgan) oshishi va/yoki qon ketishini rivojlanishi, shu jumladan og'ir, kuzatilgan. Shuning uchun bilvosita antikoagulyantlar va levofloksasin bir vaqtda qo'llanganida qon ivishi ko'rsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak.

Probenisid va tsimetidin bilan

Levofloksasinni buyrak naychalari orqali chiqarilishini buzuvchi probenisid va tsimetidin kabi dori vositalarini bir vaqtda qo'llaganda ayniqsa buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Levofloksasinning chiqarilishi (buyrak klirensi) tsimetidin ta'sirida 24% ga va probenisid ta'sirida 34% ga sekinlashadi. Bu normal buyrak faoliyatida klinik ahamiyatga ega ekanligi ehtimoldan holi.

Tsiklosporin bilan

Levofloksasin tsiklosporinni yarimchiqish davrini 33% ga oshiradi. Bunday oshishi klinik ahamiyatga ega emasligi sababli levofloksasin bilan bir vaqtda qo'llanganida tsiklosporinning dozasini to'g'irlash talab qilinmaydi.

Glyukokortikosteroidlar bilan

Glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qilish paylarning uzilishi xavfini oshiradi.

QT oralig'ini uzaytiruvchi dori preparatlari bilan

Levofloksasin boshqa ftorxinolonlar kabi, QT oralig'ini uzaytiruvchi dori preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak (masalan, IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar)

Boshqalar

Levofloksasinni kaltsiy karbonat, digoksin, glibenklamid, ranitidin va varfarin bilan bo'lishi mumkin bo'lgan farmakokinetik o'zaro ta'sirini o'rganish uchun o'tkazilgan klinikfarmakologik tadqiqotlar ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qo'llaganda levofloksasinning farmakokinetikasi klinik ahamiyatga ega bo'lishi uchun etarli darajada o'zgarmaganligini ko'rsatdi.

Ko'k yiringli tayoqcha (Pseudomonas aeruginosa) chaqirgan gospital infektsiyalarda kombinasiyalangan davolash talab qilinishi mumkin.

Mikroorganizmlar shtammlari chaqirgan orttirilgan rezistentlikning tarqalishi geografik region va vaqt o'tishi bilan bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin. Shu sababli muayyan mamlakatda preparatga rezistentlik haqida ma'lumotlar talab qilinadi. Og'ir infektsiyani davolash uchun yoki davolash samarasiz bo'lganida qo'zg'atuvchini ajratib chiqarish va uni levofloksasinga sezgirlini aniqlash bilan mikrobiologik tashxis qo'yilishi kerak.

Metisillin-rezistent tilla rang streptokokk

Metisillin-rezistent tilla rang stafilokokk ftorxinololon, shu jumladan levofloksasinga rezistentlik bo'lishining yuqori extimoli bor. Shuning uchun levofloksasin aniqlangan yoki metisillin-rezistent tilla rang stafilokok tomonidan chaqiriladigan infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi; agar laborator taxlillarda levofloksasinga bu mikroorganizmlarni sezuvchanligini aniqlangan xollarda tavsiya etilishi mumkin.


Infuziyalarni davomiyligi

Tavsiya qilingan yuborish davomiyligiga qat'iy rioya qilish kerak, u kamida 60 minutni (100 ml infuzion eritma) yoki 30 min (50 ml eritma uchun) tashkil etishi kerak. Levofloksasin qo'llashni tajribasi, infuziya vaqtida kuchli yurak urishi va arterial bosimni tranzitor tushishi kuzatilishi mumkinligini ko'rsatadi. Kam hollarda arterial bosimni kuchli tushishi tomirli kollapsning sababi bo'lishi mumkin. Agarda levofloksasinni yuborish vaqtida arterial bosimning yaqqol tushishi kuzatilsa, quyish darhol to'xtatiladi.

Tirishish rivojlanishiga moyilligi bo'lgan pasientlar

Tavamed preparati bilan davolash vaqtida, bosh miyaning oldingi shikastlanishi bilan bog'liq bo'lgan, masalan, insult yoki og'ir travma bilan, bemorlarda tirishishlar xuruji rivojlanishi mumkin. Tirishishga tayyorlik fenbufen, unga o'xshash nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar yoki teofillin bilan bir vaqtda qo'llanganida oshishi mumkin ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri"ga qarang).

Psevdomembranoz kolit

Levofloksasin bilan davolash vaqtida yoki keyin rivojlanadigan diareya, ayniqsa og'ir, qattiq va/yoki qonli diareya Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan psevdomembranoz kolit simptomi bo'lishi mumkin. Psevdomembranoz kolit rivojlanishiga shubxa bo'lgan xollarda levofloksasin bilan davolashni darxol bekor qilish va maxsus antibiotik bilan davolashni boshlash kerak (ichga vankomisin, teykoplanin yoki metronidazol).


Psevdomembranoz kolitga gumon qlinganida darhol Tavamedni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Bunday hollarda, ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo'llash mumkin emas.

Tendenit

Tavamed preparati qo'llanganida juda kam kuzatiladigan tendinit paylarning uzilishiga olib kelishi mumkin (avvalambor axillov payining yallig'lanishi). Keksa yoshdagi bemorlar tendinitga ko'proq moyil bo'ladilar. Kortikosteroidlar bilan davolash ehtimol paylarning uzilishi xavfini oshiradi. Tendinitga gumon qilinganida Tavamed preparati bilan davolashni darhol to'xtatish va shikastlangan payni muvofiq davolashni boshlash kerak, masalan, unga tinchlik holatini ta'minlash ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" va "Nojo'ya ta'siri"ga qarang).

Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Levofloksasin jiddiy, potentsial fatal yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini chaqirishi mumkin (angionevrotik shish, anafilaktik shok) ("nojo'ya reaktsiyalar" bo'limiga qarang). Pasientlarga zudlik bilan preparatni yuborishni bekor qilish va shifokorga murojaat qilishni buyurish kerak.

Og'ir bullez reaktsiyalar

Levofloksasin qabul qilganda og'ir bullyoz teri reaktsiyalari, Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz kabilar kuzatilgan (nojo'ya reaktsiyalar bo'limiga qarang). Teri yoki shilliq qavatda biron-bir reaktsiyalarni rivojlanish xollarida pasient zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak va uni maslaxatisiz davolashni davom ettirmaslik kerak.

Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar

Jigar nekrozi, shu jumladan fatal jigar etishmovchiligini levofloksasinni qabul qilganda rivojlanishi, asosan og'ir asosiy kasalliklari, masalan sepsisi bo'lgan pasientlarda kuzatilgan "nojo'ya ta'sirlarga" qarang. Jigar shikaslanishi, anoreksiya, sariqlik, siydikni to'qlashishi, qichishish va qorinda og'riq kabi simptomlarni paydo bo'lish xollarida pasientlar davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish xaqida ogoxlantirilgan bo'lishlari kerak.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Levofloksasin asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak buzilishlari bo'lgan pasientlarga buyrak funktsiyasini nazorat qilish, shuningdek dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).

Keksa pasientlarni davolashda, ushbu guruhda ko'p xollarda buyrak funktsiyasini buzilishlari kuzatilishini e'tiborga olish kerak ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).


Fotosensibilizasiya reaktsiyalari

Levofloksasin qo'llanganida juda kam fotosensibilizasiya aniqlanishiga qaramasdan, undan saqlanish uchun, bemorlarga juda ham zarur bo'lmasa, kuchli quyosh yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, baland tog'li joyda quyoshda bo'lish yoki solyariyga borish) duchor bo'lish tavsiya qilinmaydi.

Superinfektsiya

Boshqa antibiotiklarni qo'llagandagi kabi, levofloksasin qo'llanganda, ayniqsa uzoq vaqt davomida, unga sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarni jadal ko'payishiga olib qelishi mumkin, bu insonda norma mavjud bo'lgan mikroflorani o'zgarishini (bakteriyalar va zamburug'lar) chaqirishi mumkin, bu esa superinfektsiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun davolash davomida pasientning holatini takroran baholashni o'tkazish zarur va davolash vaqtida superinfektsiya rivojlanishi hollarida kerakli choralari ko'rish kerak.

QT intervalini uzayishi.

Ftorxinolonlarni, shu shumladan levofloksasinni qabul qilgan pasientlarda QT intervalini uzayishini juda kam hollari haqida xabar berilgan.

QT intervalini uzayishi uchun ma'lum xavf omillari bo'lgan pasientlarda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak: keksa yoshdagi pasientlarda; to'g'irlanaolinmagan elektrolitlar buzilishi bo'lgan (gipokaliemiyasi, gipomagniemiyasi bo'lgan) pasientlarda; QT oralig'ini tug'ma uzayishi sindromi bo'lgan pasientlarda; yurak kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) bo'lgan pasientlarda; bir vaqtda QT oralig'ini uzaytirish qobiliyatiga ega bo'lgan dori vositalarini, masalan IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar qabul qilganda.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza etishmovchiligi bo'lgan bemorlar (modda almashinivuning nasliy buzilishi) ftorxinolonlarga eritrositlarni parchalanishi (gemoliz) bilan reaktsiya berishlari mumkin. Shuning munosabati bilan bunday bemorlarni levofloksasin bilan davolashni katta ehtiyotkorlik bilan o'tkazish kerak.

Gipo va giperglikemiya (disglikemiya)

Boshqa xinolonlarni qo'llash kabi, levofloksasin qo'llanishida giperglikemiya va gipoglikemiya rivojlanishi xollari, qandli diabeti bo'lgan pasientlarda, peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin preparatlari bilan davolanuvchi pasientlarda kuzatilgan. ,

Gipoglikemik koma rivojlanish xollari xaqida xabarlar bo'lgan. Qandli diabeti bo'lgan pasientlarda qonda glyukoza kontsentrasiyasini monitoringi talab qilinadi ("nojo'ya ta'sirlar" bo'limiga qarang).

Periferik neyropatiya

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin qabul qiluvchi pasientlarda , sensor va sensor-motor periferik neyropatiya kuzatilgan, uning boshlanishi tez bo'lishi mumkin. Agar pasientlarda neyropatiya simptomlari paydo bo'lsa levofloksasinni qo'llashni bekor qilish kerak. Bu qaytmas o'zgarishlarni rivojlanish xavf extimolini minimallashtiradi.


Psevdoparalitik miasteniyani zo'rayishi (myasthenia gravis)

Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin, nerv-mushak o'tkazuvchanligini faolligini bloklash bilan xarakterlanadi, psevdoparalitik miasteniyasi bo'lgan pasientlarda mushaklar kuchsizligini kuchaytirishi mumkin.

Postmarketing davrida noxush reaktsiyalar kuzatilgan, shu jumladan o'pka etishmovchiligi, u o'pkani sun'iy ventilyasiyasini o'tkazishni talab qiladi va psevdoparalitik miasteniyasi bo'lgan pasientlarda ftorxinolonlarni qo'llanilishi bilan assosiasiyalangan o'lim xolati kuzatilgan.

Psevdoparalitik miasteniya tashxisi aniqlangan pasientlarda levofloksasinni qo'llash tavsiya etilmaydi ("nojo'ya ta'sirlar" bo'limiga qarang).

Xavo-tomchi yo'li orqali yuqqan kuydirgi kasalligini oldini olish + davolash

Odamlarda bu ko'rsatmalar bo'yicha levofloksasinni qo'llanilishi xayvonlarda o'tkazilgan in vitro sharoitidagi tadqiqotlar va eksperimental tekshiruvlardan olingan, xamda odamda levofloksasinni qo'llashdagi cheklangan ma'lumotlari asosida unga Bacillus anthracis sezuvchanligi bo'yicha ma'lumotlarga asoslangan.

Shifokorlar milliy va/yoki xalqaro xujjatlarga murojaat qilishlari kerak, ular kuydirgi kasalligini davolash bo'yicha diqqat bilan ishlab chiqilgan fikrni bildiradi.

Psixotik reaktsiya

Xinolonlar, shu jumladan levofloksasin qo'llanganda, psixotik reaktsiyalar rivojlangani xaqida xabarlar bo'lgan, ular o'z joniga qasd qilish fikrlarini va o'ziga ziyon etkazish xulqini rivojlanishigacha zo'rayib borgan (ba'zida levofloksasinni bir martalik dozasini yuborgandan keyin). Bunday reaktsiyalar levofloksasin bilan davolashda rivojlanganda davolashni bekor qilish va muvofiq davolash buyurish kerak.

Preparatni psixozi yoki anamnezida psixik kasalliklari bo'lgan pasientlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Ko'rishni buzilishi

Ko'rishni biron buzilishlari rivojlanganda darxol oftalmolog maslaxati kerak (≪Nojo'ya ta'sirlar≫bo'limiga qarang).

Laborator testlarga ta'siri

Levofloksasin qabul qiluvchi pasientlarda siydikda opiatlarni aniqlash soxtamusbat natijalarga olib kelishi mumkin, uni maxsus usullar tasdiqlashi umumkin.

Levofloksasin Mycobacterium tuberculosis ko'payishini ingibitsiya qiladi va tuberkulezni bakteriologik tashxisi soxtamanfiy natijaga olib kelishi mumkin.


Homiladorlik va emizish davri

Travamed homiladorla va emizikli ayollarda qo'llash mumkin emas.

Transport vositasini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga bo'lishi mumkin bo'lgan ta'siri

Tavamed preparatining bosh aylanishi yoki vertigo, uyquchanlik va ko'rishni buzilishi Kaba nojo'ya samaralari ("nojo'ya tahsiri" bo'limiga qarang) psixomotor reaktsiyalarni va diqqat kontsentrasiyasiga qobiliyatni pasaytirishi mumkin. Bu ushbu qobiliyatlar alohida ahamiyatga ega holatlarda ma'lum havf tug'dirishi mumkin (masalan, avtomobilni boshqarishda, mashinalarga va mexanizmlarga xizmat ko'rsatishda, turg'un bo'lmagan holatdagi ishlarni bajarishda). Bu ayniqsa preparati alkogol bilan o'zaro ta'sir etish hollariga taalluqlidir

Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 250S gacha bo'lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda.

Dozalash tartibi infektsiyani xarakteri va og'irligiga, hamda faraz qilinayotgan qo'zg'atuvchini sezgirligiga qarab belgilanadi.

Davolashning davomiyligi kasallikning kechishiga bog'liq ravishda o'zgaradi.

Boshqa antibiotiklarni qo'llashdagi kabi Tavamed preparati bilan davolashni ham qo'zg'atuvchini aniq eradikasiyasidan so'ng 4878 soat davom ettirish tavsiya qilinadi.

Tavamed preparatini shifokor ko'rsatmasisiz bekor qilish yoki muddatidan oldin to'xtatish mumkin emas.

Pasientning holatiga qarab bir necha kunlik davolashdan keyin vena ichiga infuziyadan (Tavamed preparatini tabletkalarda qabul qilganda levofloksasinning Biokiraolishligi 99100% ga tengligi sababli) preparatning xuddi shu dozalaridagi tabletkalarga o'tish mumkin ("farmakokinetikasi" bo'limiga qarang).

Agar behosdan preparatni yuborish o'tkazib yuborilsa, navbatdagi dozasi imkon boricha tezroq yuborish va keyinchalik Tavamed preparatini tavsiya qilingan dozalash tartibiga ko'ra yuborish kerak.

Buyraklar funktsiyasi normal (kreatinin klirensi >50 ml/min) pasientlarda dozalash tartibi va davolash davomiyligi:

- Kasalxonadan tashqari pnevmoniya: levofloksasin 500 mg dan sutkada 1-2 marta (levofloksasinning sutkalik 500-1000 mg dozasiga mos ravishda) – 7-14 kun davomida;

- Siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari: levofloksasin 500 mg dan sutkada 1 marta (levofloksasinning sutkalik 500 mg dozasiga mos ravishda) – 7-14 kun davomida;

Pielonefrit: shu jumladan): levofloksasin 500 mg dan sutkada 1 marta (levofloksasinning sutkalik 500 mg dozasiga mos ravishda) – 7-10 kun davomida;

- Siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari: levofloksasin 250 mg dan sutkada 1 marta (levofloksasinning sutkalik 250 mg dozasiga mos ravishda) – 3 kun davomida;

- Surunkali bakterial prostatit: 500 mg levofloksasin sutkada 1 marta (levofloksasinning sutkalik 500 mg dozasiga mos ravishda) – 28 kun davomida;

­ Teri qoplamlari va yumshoq to'qimalar infektsiyalari: levofloksasin 500 mg dan sutkada 1-2 marta (levofloksasinning sutkalik 500-1000 mg dozasiga mos ravishda) – 7-14 kun davomida;

Tuberkulyozning dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash: levofloksasin 500 mg dan sutkada 1-2 marta (levofloksasinning sutkalik 500-1000 mg dozasiga mos ravishda) – 3 oygacha;

­ Kuydirgini havotomchi orqali yuqishini oldini olish va davolash: 500 mg levofloksasin sutkada 1 marta (levofloksasinning sutkalik 500 mg dozasiga mos ravishda) – 8 haftagacha bo'lgan vaqt davomida buyuriladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan bemorlarni davolashda dozalash tartibi (kk≤50 ml/min)

Levofloksasin asosan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarni davolashda preparat dozasini kamaytirish talab qilinadi (quyidagi jadvalga qarang).


Dozalash tartibi

Kreatinin klirensi

Tavamed preparatini dozalash tartibi

kreatinin klirensi >50 ml/min bo'lganida tavsiya qilingan doza:

250 mg/24 soat

kreatinin klirensi >50 ml/min bo'lganida tavsiya qilingan doza:

500 mg/24 soat

kreatinin klirensi >50 ml/min bo'lganida tavsiya qilingan doza:

500 mg/12 soat

50-20 ml/min

Birinchi doza: 250 mg so'ngra:

125 mg/24 soat

Birinchi doza: 500 mg so'ngra:

250 mg/24 soat

Birinchi doza: 500 mg so'ngra:

250 mg/12 soat

19-10 ml/min

Birinchi doza: 250 mg so'ngra:

125 mg/48 soat

Birinchi doza: 500 mg so'ngra:

125 mg/24 soat

Birinchi doza: 500 mg so'ngra:

125 mg/12 soat

<10 ml/min (gemodializ va PAPD1)

Birinchi doza: 250 mg so'ngra:

125 mg/48 soat

Birinchi doza: 500 mg so'ngra:

125 mg/24 soat

Birinchi doza: 250 mg so'ngra:

125 mg/24 soat


1 =gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializdan keyin (PAPD) qo'shimcha dozalarni yuborish talab qilinmaydi.

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarni davolashda dozalash tartibi

Jigar funktsiyasi buzilganida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, chunki levofloksasin jigarda juda kam darajada metabolizmga uchraydi.

Keksa yoshdagi pasientlarni davolashda dozalash tartibi

Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, kreatinin klirensi 50 ml/min va undan kam darajagacha pasayishi hollari bundan mustasno.

Qo'llash usuli

Tavamed 500 mg infuzion eritmasi sutkada bir yoki ikki marta yuboriladi. Tavamed 500 mg infuzion eritmasi vena ichiga asta-sekin tomchilab yuboriladi. Tavamed ning 500 mg 1 flakon eritmasi (500 mg levofloksasinli 100 ml infuzion eritma) infuziyasining davomiyligi 60 minutdan kam bo'lmasligi kerak, flakonning yarmisi yuborilgan xollarda (250 mg levofloksasinli 50 ml infuziya) infuziya davomiyligi kamida 30 minutni tashkil qilgan ("Maxsus ko'rsatmalar"bo'limiga qarang).

Tavamed 500 mg infuzion eritma quyidagi infuzion eritmalar bilan to'g'ri keladi: natriy xloridining 0,9% li eritmasi, dekstrozaning 5% li eritmasi, 2,5% li Ringer eritmasi dekstroza bilan, parenteral oziqlanish uchun majmuaviy eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar).

Tavamed 500 mg eritmasini geparin bilan yoki ishqoriy reaktsiyaga ega bo'lgan eritmalar bilan (masalan, bikarbonat natriy eritmasi bilan) aralashtirish mumkin emas.

Flakon karton qutidan olinganidan so'ng infuzion eritmani yorug'likdan himoyasiz xona yorug'ligida 3 kundan ortiq saqlash mumkin emas!

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlardagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda, Tavamed preparatining dozasini oshirib yuborilishidagi juda muhim simptomlar Markaziy nerv tizimi tomonidan namoyon bo'lgan simptomlar (ongni buzilishi, shu jumladan ongni chalkashishi, bosh aylanishi va tirishishlar) hisoblanadi.

Preparatni postmarketing qo'llaganda dozasi oshirib yuborilganida Markaziy nerv tizimi tomonidan samaralar, shu jumladan ongni chalkashishi, tirishishlar, gallyusinasiya va tremor kuzatilgan.

Ko'ngil aynishi va me'da-ichak yo'llarining eroziyasi kuzatilishi mumkin.

Levofloksasinni terapevtik dozalardan yuqori bo'lgan dozalari bilan o'tkazilgan kliniko-farmakologik tekshirishlarda, QT intervalini uzayishi ko'rsatilgan.

Doza oshirib yuborilganida davolash

Doza oshirib yuborilishi hollarida pasientni sinchkov nazorat qilish, shu jumladan Ekgmonitoringini o'tkazish kerak. Davolash simptomatik. Levofloksasin dializ yordamida chiqarilmaydi (gemodializ, peritoneal dializ va doimiy peritoneal dializ).

Maxsus antidot mavjud emas.2

Travamed homiladorla va emizikli ayollarda qo'llash mumkin emas.

Transport vositasini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga bo'lishi mumkin bo'lgan ta'siri

Tavamed preparatining bosh aylanishi yoki vertigo, uyquchanlik va ko'rishni buzilishi Kaba nojo'ya samaralari ("nojo'ya tahsiri" bo'limiga qarang) psixomotor reaktsiyalarni va diqqat kontsentrasiyasiga qobiliyatni pasaytirishi mumkin. Bu ushbu qobiliyatlar alohida ahamiyatga ega holatlarda ma'lum havf tug'dirishi mumkin (masalan, avtomobilni boshqarishda, mashinalarga va mexanizmlarga xizmat ko'rsatishda, turg'un bo'lmagan holatdagi ishlarni bajarishda). Bu ayniqsa preparati alkogol bilan o'zaro ta'sir etish hollariga taalluqlidir.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Tavamed eritmasi 5mg 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Tavamed eritmasi 5mg 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Tavamed eritmasi 5mg 100ml dori vositasi HARASHA PHARMA PVT. LTD. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Tavamed eritmasi 5mg 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Tavamed eritmasi 5mg 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
Levoleron tabletkalari 750mg N5
Narh: 49 300 so'mdan Batafsil
LEVOLOREN inyeksiya uchun eritma 5mg/ml 100ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
LEVOFAST infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
LEVOFAST 250 tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацина Гемигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10
Narh: 25 300 so'mdan Batafsil
LEVATIN eritma 200ml 500mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левофлоксацина Гемигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
LEVATIN eritma 200ml 1000mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левофлоксацина Гемигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
LEVATIN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левофлоксацина Гемигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 159 700 so'mdan Batafsil
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9