×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TEFESTROL tabletkalari 0,005g N30

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- G03CA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

UTROJESTAN kapsulalar 200mg N14 Синдеа Фарма СЛ, Испания по заказу Безен Хелскеа СА, Бельгия Ispaniya/Belgiya
100 000 s`om dan
MIFEPRISTON tabletkalari 200mg N1 China Resources Zizhu Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
66 000 s`om dan
MIDIANA tabletkalari 3mg/0,03mg N21 Гедеон Рихтер ОАО Vengriya
60 000 s`om dan
LINDINET 20 tabletkalari N21 Gedeon Richter PLC Vengriya
99 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TEFESTROL tabletkalari 0,005g N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TEFESTROL

TEFOESTROL

 

Preparatning savdo nomi: Tefestrol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tefestrol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: tefestrol – 0,005 g, qand – 0,1018 g.

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi yoki magniy stearati.

Ta‘rifi: oq rangli yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Estrogen vosita.

Kod ATX: G03C 

 

Farmakologik xususiyatlari

Estrogen ta‘sir ko‘rsatadi. Organizmga yuborilganda qin va bachadon endometriyasi shilliq qavatini proliferasiyasini hamda bachadonni rivojlanishini rag‘batlantiradi, jinsiy bezlar faoliyatini yetishmovchiligi tufayli yuz beruvchi umumiy buzilishlarini bartaraf qiladi. Tefestrol gipofizdagi lyutinlovchi va follikulani rag‘batlantiruvchi gormonlari sintezi va sekresiyasi jarayonini faollashuviga ta‘sir ko‘rsatadi va ovulyasiya jarayonini rag‘batlantiradi.

Qo‘llanilishi

Tuxumdon gipofunksiyasi, amenoreya (birlamchi, ikkilamchi), oligomenoreya, Shershevskiy-Terner sindromi, disfunksional bachadondan qon ketishida gemostaz maqsadida, anovulyasiya bilan bog‘liq bepushtlikni davolash, bachadonga bog‘liq amenoreyasi bo‘lgan bemorlarda bachadon ichi sinexiyasini kesish operasiyasidan so‘ng, premenopauza va menopauzadagi klimakterik sindromida, gonadalar disgeneziyasi va jinsiy rivojlanishining kechikishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga buyuriladi; preparatning dozasi va qo‘llash davomiyligini kasallikning xarakteri va davo samarasiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi.

Amenoreyada (birlamchi, ikkilamchi) va tuxumdonlar gipofunksiyasida har kuni 5-10 mg (1-2 tabletka) dan 12-14 kun davomida buyuriladi. Preparat bilan davolash tugagandan keyin gestagen preparatlar buyuriladi. Davolash kursi 2-3 marta takrorlanadi.

Gonadalar disgeneziyasida sun‘iy siklning birinchi fazasini 1 tabletka (5 mg) dan kuniga 2 martadan qabul qilishni 20-30 kungacha uzaytiriladi. Davolash kursi 2-3 marta takrorlanadi.

Anovulyasiya bilan kechuvchi tuxumdonlar gipofunksiyasini siklik gormonterapiyaning 2-3 kursidan so‘ng, ad‘yuvant ko‘rinishida ovulyasiyani rag‘batlantiruvchi klomifen bilan birga buyuriladi. Klomifenni odatdagi sxema bo‘yicha (siklning 5-9 kunlari) buyuriladi, Tefestrol kuniga 1 tabletka (5 mg) dan 11, 12, 13 kunlari qo‘llaniladi.

Shershevskiy-Terner sindromida sutkada 1-3 tabletkadan siklning birinchi yarmida, siklning ikinchi yarmida etisteron (pregnin) bilan birga kuniga 2 marta 1 tabletkadan buyuriladi. Optimal doza sutkada 2-3 tabletka (10-15 mg) ni tashkil qiladi. Davolash kursi 3-9 oyni tashkil qiladi.

Jinsiy rivojlanishni kechikishida sutkada 1-2 tabletka (5-10 mg) dan buyuriladi. 20 kundan 12 davolash kursi, har biri 10 kunlik tanaffus bilan o‘tkaziladi.

Disfunksional bachadondan qon ketishida gemostaz maqsadida quyidagi sxema bo‘yicha buyuriladi: 1-2 kunlari 1 tabletkadan kuniga 4 marta, 3-4 kunlari 1 tabletkadan kuniga 3 marta, 5-6 kunlari 1 tabletkadan kuniga 1 marta, so‘ngra esa progesteron yoki pregnin 8-10 kun davomida buyuriladi.

Klimakterik sindromda premenopauza yoki menopauza davrida kuniga 1/4-1/2 tabletkadan, 15-20 kun davomida, keyin gestagenlarni 8-10 kun davomida buyuriladi. Davolash kursi 2-3 marta takrorlanadi.

Terapevtik doza 5 mg, bir martalik yuqori doza – 20 mg, sutkalik yuqori doza – 50 mg ni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uzoq qo‘llanganda metrorragiya, endometriy giperplaziyasi, endometriy o‘smasi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik.

Jinsiy a‘zolarni, sut bezlari va boshqa a‘zolarni xavfli va xavfsiz o‘smalari.

Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Homiladorlik, shu jumladan gumon qilingan homiladorlikda qo‘llash mumkin emas (estrogenlar embriotoksik samara ko‘rsatishi mumkin).

Davolash davomiyligida emizishni to‘xtatish lozim (estrogenlar ko‘krak sutiga o‘tadi).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qo‘ngil aynishi, qusish, ayrim hollarda metrorragiya kuzatilishi mumkin.

Davolash: hayoti muhim faoliyatlarini tutib turish (preparat bekor qilingan fonida), simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 0,005 g №30 (bankalar, flakonlarda), №10 (kontur uyasiz o‘ramlarda), №10, №30 (kontur uyali o‘ramlarda).

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TEFESTROL tabletkalari 0,005g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TEFESTROL tabletkalari 0,005g N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TEFESTROL tabletkalari 0,005g N30 dori vositasi Uzkimyofarm AJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TEFESTROL tabletkalari 0,005g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TEFESTROL tabletkalari 0,005g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9