×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TERIKVIN tabletkalari 25 mg N60

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Faol modda:
Кветиапин
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- VEGAPHARM LLP., Великобритания произведено: Laboratorios Lesvi S.L.
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- N05AH04
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 10 ta dorixonasida topildi

ico 139 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KORVALOL tomchilar 25ml Фармак, ПАО Ukraina
3 700 s`om dan
PERSEN DEN tabletkalari N40 Lek d.d. Sloveniya
48 000 s`om dan
GALOPERIDOL tabletkalari 1,5mg N50 Rusan Pharma LTD Индия
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N10 Татхимфармпрепараты, АО Rossiya
1 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
25 mg

20 tabletkadan polivinilxlorid va alyumin folgali blisterga joylashtiriladi.  

3 blisterdan davlat va rus tillardagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan karton qutiga joylashtiriladi.

100 mg, 200 mg

10 tabletkadan polivinilxlorid va alyumin folgali blisterga joylashtiriladi.  

6 blisterdan davlat va rus tillardagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan karton qutiga joylashtiriladi.

Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kvetiapin 25 mg, 100 mg, 200 mg (tegishli ravishda 28.783 mg, 115.132 mg, 230.264 mg kvetiapin fumarati ko'rinishida)

yordamchi moddalar: laktoza monogidrat, mikrokristall tsellyuloza, povidon, natriy kraxmali glikolyati (A turi), gliserol debegenat, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati

qobig'i: Opadry II 31 F34412 Pink: laktoza monogidrat, gipromelloza, makrogol 4000, titan dioksidi (E171), temir oksidi qizil (E172) (25 mg doza uchun), 

Opadry II 31F32604 Yellow: laktoza monogidrat, gipromelloza, titan dioksidi (E171), makrogol 4000, temir oksidi sariq (E172) (100 mg doza uchun), 

Opadry II OY-L 28900 White: laktoza monogidrat, gipromelloza, makrogol 4000, titan dioksidi (E171) (200 mg doza uchun).

Terikvin atipik antipsixotik preparat hisoblanadi. Kvetiapin va uning faol metaboliti N-dezalkilkvetiapin bosh miyaning neytrotransmitter reseptorlari bilan o'zaro aloqa qiladi. Kvetiapin va N-dezalkilkvetiapin bosh miyaning 5NT2 turdagi serotoninli reseptorlariga va D1 va D2 turdagi dofaminli reseptorlariga yuqori o'xshashlikni namoyish qiladi. D2 turdagi dofaminli reseptorlarga qaraganda 5NT2 turdagi serotoninli reseptorlarga nisbatan yanada yuqoriroq selektivligi Terikvinning asosiy klinik antipsixotik xususiyatlarini va ekstrapiramidali nojo'ya samaralar rivojlanishining past tez-tezligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, N-dezalkilkvetiapin noradrenalin tashuvchisiga yuqori o'xshashlikni namoyish qiladi. Kvetiapin va N-dezalkilkvetiapin gistaminli va ɑ1-adrenoreseptorlarga yuqori o'xshashlikka ega va ɑ2-adrenoreseptorlar va 5NT1A turdagi serotoninli reseptorlarga kamroq o'xshashlikka ega. Kvetiapin xolinergik muskarinli va benzodiazepinli reseptorlarga sezilarli o'xshashlikni namoyish qilmaydi.

Standart sinovlarda kvetiapin antipsixotik faollikni namoyish qiladi. N-dezalkilkvetiapin metabolitining Terikvin preparatining farmakologik faolligiga bo'lgan etarlicha hissasi aniqlanmagan.

Samaradorligi

Shartli-reflektorli qochish kabi antipsixotik tajribalarda kvetiapin o'zini faol ekanligini ko'rsatdi. U shuningdek xulqiy yoki elektr jismoniy o'lchangan dofamin agonistining ta'sirini to'sadi va dofamin metaboliti - D2 reseptorini to'sadigan neyrokimyoviy ko'rsatkich kontsentrasiyasini oshiradi.

Uzoq muddat qo'lanilgandan keyin kvetiapin D2 dofamin reseptorining o'ta yuqori sezuvchanligini chaqirmaydi. D2 dofamin reseptorini to'sish maqsadidagi samarali dozada kvetiapin shunchaki kuchsiz katalepsiyani chaqiradi.  Uzoq muddat qo'llanilgandan keyin dofaminergik neyronlarning nigrostriar A9 dofaminini emas, tarkibida mezolimbik A10 dofamin bo'lgan neyronlar depolyarizasiyasini chaqirib, Terikvin limbik tizim uchun tanlash qobiliyatini ko'rsatadi.

Peroral qabul qilinganda kvetiapin me'da-ichak traktidan yaxshi so'riladi va jigarda faol metabollanadi. 

Ovqat iste'mol qilinishi kvetiapinning biokiraolishligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Taxminan 83% kvetiapin qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi.

N-dezalkilkvetiapin faol metabolitning muvozanatli molyar kontsentrasiyasi kvetiapinning shu kabisidan 35% ni tashkil qiladi. Kvetiapin va N-dezalkilkvetiapinning yarim chiqarilish davri tegishli ravishda 7 va 12 soatni tashkil qiladi. Kvetiapin va N-dezalkilkvetiapinning farmakokinetikasi chiziqli, erkaklar va ayollar farmakokinetikasining ko'rsatkichlarida farq kuzatilmaydi. 

18 dan 65 yoshgacha bo'lgan pasientlarga qaraganda keksa yoshli pasientlarda kvetiapinning o'rtacha klirensi 30-50% ga pasaygan.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda (kreatinin klirensi 30ml/min/1,73m2 dan kam) kvetiapinning o'rtacha plazmali klirensi taxminan 25% ga pasayadi. 

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda (kompensasiyalangan alkogolli tsirroz) kvetiapinning o'rtacha plazmali klirensi taxminan 25% ga pasaygan. Kvetiapin jigarda jadal metabollangani tufayli jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda kvetiapinning plazmali kontsentrasiyasining oshish ehtimoli mavjud, bu esa dozaga tuzatish kiritishni talab qiladi. 

Erkin kvetiapin fraktsiyasi va plazma N-dezalkilkvetiapinining o'rtacha 5% dan kamroq molyar dozasi siydik bilan chiqariladi. Kvetiapinning taxminan 75% siydik bilan va 21% axlat bilan chiqariladi. Kvetiapinning 5% dan kamrog'i metabolizmga uchramaydi va o'zgarmas ko'rinishda buyraklar yoki axlat orqali chiqariladi.

10 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar

10-17 yoshli bolalar va o'smirlarda kvetiapinning stasionar farmakokinetikasi kattalarnikiga o'xshash, AUC va Cmax esa kattalarnikiga qaraganda bolalar va o'smirlarda yuqoriroq - tegishli ravishda 45% va 31%. Biroq, vaznni hisobga olganda, kattalarnikiga qaraganda kvetiapinning AUC va Smaxi pastroq - tegishli ravishda 41% va 39%, shu qatorda kvetiapinning metaboliti bo'lgan norkvetiapinning farmakokinetikasi xuddi kattalarniki kabi.

Juda tez-tez (>10%):

-uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i;

-og'iz qurishi;

-trigliseridlar, umumiy xolesterin kontsentrasiyasini oshishi (asosan, past zichlikdagi lipoproteidlar -PZLP xolesterinini);

-yuqori zichlikdagi lipoproteidlar (YuZLP) xolesterini kontsentrasiyasini pasayishi;

-"bekor qilish" sindromi;

-tana vaznini oshishi;

-gemoglobin kontsentrasiyasini pasayishi;

-ekstrapiramid simptomlar.

Tez-tez (≥1%, <10%):

-leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya;

-giperprolaktinemiya;

-noodatiy va dahshatli tushlar, asabiylashish;

-dizartriya;

-taxikardiya, yurak urishi, ortostatik gipotenziya;

-xira ko'rish;

-qabziyat, dispepsiya, qusish, ishtahani oshishi;

-ahamiyatsiz namoyishli asteniya;

-periferik shishlar;

-alaninaminotransferaza (Alt) faolligini oshishi;

-gammaglutamiltransferaza (GGT) faolligini oshishi;

-umumiy va erkin T4 kontsentrasiyasini pasayishi;

-umumiy T3 kontsentrasiyasini pasayishi;

-TTG kontsentrasiyasini oshishi;

-giperglikemiya;

-nafas siqilishi;

-bezgak.

Tez-tez emas (≥0,1%, <1%):

- o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari;

-tirishishlar, bezovta oyoqlar sindromi, kech diskineziya, hushdan ketish;

-rinit;

-disfagiya;

-aspartataminotransferaza (ast) faolligini oshishi;

-trombositopeniya;

-erkin T3 kontsentrasiyasini pasayishi.

Kam hollarda (≥0,01, <0,1%):

-sariq kasal;

-priapizm, galaktoreya;

-xatarli neyroleptik sindrom, gipotermiya;

-kreatinfosfokinaza faolligini oshishi;

-somnambulizm va shu kabi hodisalar.

Juda kam hollarda (<1/10000):

-anafilaktik reaktsiyalar;

-qandli diabet;

-gepatit;

-angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi.

QT oralig'ini uzayishi, qorinchali aritmiya, to'satdan o'lim, yurak to'xtashi va ikki tomonlama yo'naltirilgan qorinchali taxikardiya neyroleptiklarga xos nojo'ya samaralar hisoblanadi.

Uyquchanlik

Kvetiapin bilan davolash paytida uyquchanlik va u bilan bog'liq simptomlar, masalan, sedasiya kuzatilishi mumkin. Yaqqol uyquchanlik rivojlanganida bipolyar tuzilmasida depressiyasi bo'lgan pasientlarga uyquchanlik paydo bo'lganidan boshlab 2 hafta mobaynida yoki simptomlar yaqqolligi kamayishigacha tez-tez shifokorga borish talab etilishi mumkin.  Ayrim hollarda Terikvin bilan davolashni to'xtatish talab qilinishi mumkin. 

Yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan pasientlar

Yurak-qon tomir va tserebrovaskulyar kasalliklari va gipotenziyaga olib keluvchi boshqa holatlari bo'lgan pasientlarga Terikvinni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Terikvin bilan davolash fonida ortostatik gipotenziya paydo bo'lishi mumkin, ayniqsa davolashning boshida dozani titrlashda. Ortostatik gipotenziya paydo bo'lganida dozani pasaytirish yoki uni sekin-asta titrlash talab qilinishi mumkin.

Disfagiya

Kvetiapin bilan davolashda disfagiya va aspirasiya kuzatilgan. Kvetiapin qabul qilish bilan aspirasion pnevmoniya rivojlanishining sababli-natijaviy aloqasi aniqlanmagan. Biroq, aspirasion pnevmoniya paydo bo'lishi xavfi bo'lgan pasientlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Tirishishli tutqanoqlar

Kvetiapin yoki plasebo qabul qilgan pasientlarda tirishishlarning rivojlanish tez-tezligida farqlar aniqlanmagan.  Biroq, boshqa antipsixotik dori vositalari bilan davolashdagi kabi, anamnezida tirishishli tutqanoqlari bo'lgan pasientlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Ekstrapiramid simptomlar (EPS)

Bipolyar buzilishlar tuzilmasida depressiyasi bo'lgan katta yoshli pasientlar depressiv epizodlar sababli kvetiapin qabul qilganida plaseboga qaraganda EPS paydo bo'lishi tez-tezligini oshishi kuzatilgan.  

Kechikkan diskineziya

Kechikkan diskineziya simptomlari rivojlangan holatlarda preparat dozasini pasaytirish yoki uni sekin-asta bekor qilish tavsiya etiladi.

Xatarli neyroleptik sindrom

Antipsixotik preparatlarni, jumladan kvetiapinni qabul qilish fonida xatarli neyroleptik sindrom rivojlanishi mumkin. Sindromning klinik namoyishlari gipertermiya, o'zgartirilgan mental status, mushakli rigidlik, vegetativ nerv tizimi labilligi, kreatinfosfokinaza faolligi oshishini o'z ichiga oladi. Bunday holatlarda Terikvinni bekor qilib, tegishli davolashni o'tkazish lozim.

Aniq namoyishli neytropeniya

Aniq namoyishli neytropeniyaning aksariyat holatlari kvetiapin bilan davolash boshlangandan bir necha oy o'tib paydo bo'lgan. Dozaga bog'liq samarasi aniqlanmagan. Kvetiapin bilan davolash to'xtatilgandan keyin leykopeniya va/yoki neytropeniya o'tib ketgan.  Neytropeniya vujudga kelishining ehtimolli xavf omili leykositlarning avvalgi past miqdori va anamnezda dorilar tufayli indusiyalangan neyropeniya holatlari hisoblanadi. Neytrofillar soni < 1,0 x 109/l bo'lgan pasientlarda Terikvinni to'xtatish lozim. Infektsiyaning ehtimolli simptomlarini aniqlash uchun pasientni kuzatish va neytrofillar sonini nazorat qilish zarur (ularning darajasi 1,5 x 109/l gacha oshguncha).

Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri 

Terikvinni jigar ferment tizimining karbamazepin va fenitoin kabi kuchli induktorlari bilan majmuada qo'llanilishi plazmada kvetiapin kontsentrasiyasini pasayishiga olib keladi va Terikvin bilan davolash samaradorligi kamaytirishi mumkin. 

Jigar fermentlari tizimi induktorlarini qabul qilayotgan pasientlarga Terikvindan olinadigan foyda jigar fermentlari induktori bo'lgan preparatni bekor qilish bilan bog'liq xavfdan yuqori bo'lgandagina Terikvinni buyurish mumkin.  Mikrosomal fermentlar induktorlari bo'lgan preparatlar dozasini asta-sekin o'zgartirish lozim.  Zarurat bo'lganida ularni makrosomal fermentlarni indusiyalamaydigan preparatlarga almashtirish mumkin (masalan, valproat kislotasi preparatlariga).

Giperglikemiya

Terikvinni qabul qilish fonida anamnezida qandli diabeti bo'lgan pasientlarda giperglikemiya rivojlanishi yoki qandli diabet kuchayishi mumkin. Qandli diabeti bo'lgan pasientlarni, qandli diabet rivojlanishining xavf omili bo'lgan pasientlarni klinik kuzatish tavsiya etiladi.

Lipidlar darajasi

Terikvinni qabul qilish fonida trigliseridlar va xolesterin kontsentrasiyasi oshishi, hamda YuZLP kontsentrasiyasi pasayishi mumkin. Shuning uchun 

lipidlar darajasini nazorat qilish lozim.

Metabolik buzilishlar

Ayrim pasientlarda tana vaznini oshishi, qonda glyukoza va lipidlar kontsentrasiyasini oshishi metabolik profilni yomonlashishiga olib kelishi mumkin, bu esa tegishli kuzatuvni talab qiladi.

QT oralig'ining uzayishi

Kvetiapinni qabul qilish va QT oralig'i mutlaq qiymatini turg'un oshishi o'rtasida o'zaro bog'liqlik aniqlanmagan. Biroq, doza oshirib yuborilganida QT oralig'ini uzayishi qayd etilgan. Yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan va avval QT oralig'ini uzayishi kuzatilgan pasientlarga boshqa antipsixotik preparatlar kabi Terikvinni ham buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Shuningdek, ayniqsa keksa yoshlilarga, QT oralig'i uzayishining tug'ma sindromi bo'lgan, surunkali yurak etishmovchiligi, miokard gipertrofiyasi, gipokaliemiya yoki gipomagniemiyasi bo'lgan pasientlarga Terikvin preparatini Qts oralig'ini uzaytiruvchi preparatlar, neyroleptiklar bilan bir vaqtda buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. 

Preparatni bekor qilish bilan bog'liq o'tkir reaktsiyalar

Terikvin preparati keskin bekor qilinganda quyidagi o'tkir reaktsiyalar kuzatilishi mumkin ("bekor qilish" sindromi): ko'ngil aynishi, qusish, uyqusizlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi va asabiylashish. Psixotik simptomlar qaytishi mumkin; shuningdek, majburiy harakatlar buzilishining (akatiziya, distoniya va diskineziya kabi) paydo bo'lishi haqida xabar berilgan.  Shuning uchun preparatni sekin-asta, kamida bir yoki ikki hafta davomida bekor qilish tavsiya etiladi. 

Dementsiyasi bo'lgan keksa yoshli pasientlar

Terikvin dementsiya bilan bog'liq psixozlarni davolashga mo'ljallanmagan.

Ayrim atipik neyroleptiklar dementsiyasi bo'lgan pasientlarda tserebrovaskulyar asoratlarning rivojlanish xavfini taxminan 3 barobariga oshirgan. Insult rivojlanishi xavfi bo'lgan pasientlarda Terikvin ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.

Keksa yoshlilarda dementsiya bilan bog'liq psixozlarni davolash uchun atipik neyroleptiklardan foydalanish tahlili ushbu guruh preparatlarini qabul qilgan pasientlar guruhida plasebo guruhiga nisbatan o'lim holatlari oshishini aniqladi. 56-99 yoshdagi pasientlarda (o'rtacha 83 yosh) kvetiapin qabul qilgan guruhda o'lim darajasi 5,5% ni, plasebo guruhida esa - 3,2% ni tashkil qildi. Ushbu pasientlarda qayd etilgan o'lim holatlarining sababi mazkur populyasiyada kutiladiganga mos kelgan. Kvetiapin bilan davolash va dementsiyasi bo'lgan keksa yoshli pasientlarda o'lim xavfini oshishi o'rtasida sababli-natijaviy aloqa aniqlanmagan.

Suisid/suisidal fikrlar yoki klinik yomonlashuv

Bipolyar buzilishdagi depressiya suisidal fikrlar, o'ziga zarar etkazish va suisid (suisid bilan bog'liq hodisalar) paydo bo'lishining yuqori xavfi bilan bog'liq.   Mazkur xavf aniq remissiya boshlangunga qadar davom etadi. Davolash boshlanishidan pasient ahvoli yaxshilanguncha bir nechta va undan ortiq hafta o'tishi sababli, ahvoli yaxshilanguncha pasientlar sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Umumiy qabul qilingan klinik tajriba ma'lumotlariga ko'ra, suisid xavfi remissiya boshlanishining erta bosqichlarida oshishi mumkin. 

Davolash uchun Terikvin buyuriladigan boshqa psixik buzilishlar ham suisidal hodisalarning yuqori xavfi bilan bog'liq. Bundan tashqari, bunday holatlar depressiv epizodli komorbid bo'lishi mumkin. Shunday qilib, depressiv epizodi bo'lgan pasientlarni davolashda qo'llaniladigan ehtiyotkorlik choralari boshqa psixik buzilishlari bo'lgan pasientlarni davolashda ham qo'llanilishi kerak.

Anamnezda suisidal hodisalari bo'lgan, shuningdek, davolashni boshlashdan oldin suisidal fikrlarini aniq ifoda etgan pasientlar suisidal niyatlar va suisidal urinishlarning yuqori xavf guruhiga kiradi va davolash jarayonida sinchkov kuzatilishi kerak. 

Og'irlik darajasining mo''tadildan boshlab aniq namoyishligacha bo'lgan maniakal epizodlarni davolashda mono-davolash sifatida ham, litiy preparatlari yoki valproat seminatriysi bilan majmuada ham sutkada 800 mg gacha bo'lgan dozada Terikvin preparati qo'llanilishida EPS va antixolinergik preparatlarni yondosh qo'llanilishining tez-tezligi plasebo qabul qilingandagi shu kabilar bilan taqqoslanuvchan bo'lgan.  

Yordamchi moddalar haqida muhim ma'lumot

Preparatda laktoza mavjud. Galaktozani o'zlashtiraolmaslik, lappa laktazasi tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbasiyasining noyob irsiy muammolari mavjud bo'lgan pasientlar bu dorini qabul qilmasliklari kerak.

-o'tkir va surunkali psixozlar, jumladan shizofreniya

-bipolyar buzilishlar tuzilmasida maniakal epizodlar

-bipolyar buzilishlar tuzilmasida mo''tadil va og'ir depressiv epizodlar

-ilgari kvetiapin bilan davolashga javob qaytargan, bipolyar buzilishi bo'lgan pasientlarda maniakal yoki depressiv epizodlarning residivini bartaraf etishda qo'llaniladi.

-kvetiapin yoki preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik; 

-azollar guruhidagi zamburug'larga qarshi preparatlar kabi R450 3A4 tsitoxromi ingibitorlari, eritromisin, klaritromisin va nefazodon, hamda proteaza ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilishi; 

-bolalar va 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar;

-galaktozani ko'tara olmaslik, lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi noyob nasliy muammolari bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: kardiovaskulyar va tserebrovaskulyar kasalliklari yoki arterial gipotenziyaga olib keladigan boshqa holatlari bo'lgan, keksa yoshli, jigar etishmovchiligi, anamnezda tirishishli tutqanoqlari bo'lgan pasientlarda.

Terikvinni Markaziy nerv tizimiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa preparatlar, shuningdek alkogol bilan majmuada qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. 

R450 (CYP) tsitoxromi izofermenti 3A4 kvetiapinning R450 tsitoxromi tizimi orqali amalga oshiriluvchi metabolizmiga javob beruvchi asosiy izoferment hisoblanadi. Kvetiapinni (25 mg dozada) ketokonazol - CYP3A4 ingibitori bilan birgalikda buyurilishi kvetiapinning "kontsentrasiya-vaqt" (AUC) egri chizig'i ostidagi maydonini 5-8 barobariga oshishiga olib kelgan.  

Shuning uchun kvetiapin va CYP3A4 tsitoxromi ingibitorlarini birgalikda qo'llash mumkin emas. Shuningdek kvetiapinni greypfrut sharbati bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Karbamazepinni qabul qilishdan oldin yoki birgalikda turli dozalarda kvetiapinni buyurilishi kvetiapin klirensini ahamiyatli oshishiga va, tegishli ravishda, kvetiapinni karbamazepinsiz qabul qilishga qaraganda AUC ni o'rtacha 13% ga pasayishiga olib kelgan. Ayrim pasientlarda AUC ni pasayishi yanada yaqqolroq bo'lgan. Bunday o'zaro ta'sir plazmada kvetiapin kontsentrasiyasini pasayishi bilan kuzatiladi va kvetiapin bilan davolashning samaradorligini pasaytirishi mumkin. 

Kvetiapinni jigar mikrosomal tizimining boshqa induktori bo'lgan fenitoin bilan birgalikda buyurilishi kvetiapin klirensining yanada yaqqolroq oshishi bilan kuzatilgan (taxminan 450% ga). Jigar fermentlari tizimi induktorlarini qabul qilayotgan pasientlarga kvetiapindan olinadigan foyda jigar fermentlari induktori bo'lgan preparatni bekor qilish bilan bog'liq xavfdan yuqori bo'lgandagina kvetiapinni buyurish mumkin.  Mikrosomal fermentlar induktorlari bo'lgan preparatlar dozasini asta-sekin o'zgartirish lozim.  Zarurat bo'lganida, ularni mikrosomal fermentlarni indusiyalamaydigan preparatlarga o'zgartirish mumkin (masalan, valproat kislotasi preparatlariga).

Antidepressant imipramin (CYP2D6 ingibitori) yoki fluoksetinni (CYP3A4 va CYP2D6 ingibitori) bir vaqtda buyurilishida kvetiapinning farmakokinetikasi sezilarli tarzda o'zgarmaydi.

Antipsixotik dori vositalari - risperidon yoki galoperidol bilan bir vaqtda buyurilishida kvetiapinning farmakokinetikasi sezilarli tarzda o'zgarmaydi. Biroq, kvetiapin va tioridazinni bir vaqtda qabul qilinishi kvetiapin klirensini taxminan 70% ga oshishiga olib kelgan.

Tsimetidin bilan bir vaqtda qabul qilinganida kvetiapinning farmakokinetikasi sezilarli tarzda o'zgarmaydi. 

Sutkada 2 marta 250 mg dozada kvetiapinni qabul qilish fonida 2 mg Lorazepam bir marta qabul qilinganida lorazepamning klirensi taxminan 20% ga pasayadi. 

Bir vaqtda kvetiapin buyurilganida litiy preparatlarining farmakokinetikasi o'zgarmaydi. Seminatriy valproati va kvetiapin birgalikda buyurilganida valproat kislotasi va kvetiapin farmakokinetikasida klinik ahamiyatli o'zgarishlar qayd etilmagan. 

Kvetiapinni yurak-qon tomirli kasalliklarda qo'llaniladigan preparatlar bilan o'zaro ta'siri o'rganilmagan.

Elektrolit muvozanatni va QT oralig'i uzayishini buzilishiga olib keluvchi preparatlar bilan majmuada kvetiapinni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. 

Kvetiapin fenazon metabolizmida ishtirok etuvchi jigar ferment tizimlarining induktsiyasini chaqirmagan.

 

25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda, quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!


Yaroqlilik muddati-3 yil. 

Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.

Pushti rangli dumaloq, ikki tomoni qavariq tabletkalar (25 mg doza uchun) 

Bitta tomonida ajratish chizig'i bo'lgan, sariq rangli dumaloq, ikki tomoni qavariq tabletkalar (100 mg doza uchun)  

Bitta tomonida ajratish chizig'i bo'lgan, oq rangli dumaloq, ikki tomoni qavariq tabletkalar (200 mg doza uchun)

Terikvin ovqat iste'molidan qat'iy nazar qo'llanilishi mumkin.

Katta yoshdagilar 

O'tkir va surunkali psixozlar, jumladan shizofreniyani davolash 

Terikvin sutkada 2 marta buyuriladi. Davolashning dastlabki 4 sutkasi uchun sutkalik dozasi: 1-chi sutka – 50 mg, 2-chi sutka – 100 mg, 3-chi sutka – 200 mg, 4-chi sutka – 300 mg. 

4-chi sutkadan boshlab dozasi samarali dozasigacha tanlanishi kerak, odatda bu sutkada 300 mg dan 450 mg oralig'ida. Klinik samarasiga va pasient tomonidan shaxsiy individual ko'tara olinishiga qarab doza sutkada 150 mg dan 750 mg gacha o'zgarib turishi mumkin. Maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozasi 750 mg ni tashkil qiladi.

Bipolyar buzilishlar tuzilmasida maniakal epizodlarni davolash 

Terikvin monoterapiya sifatida yoki normotimik ta'sirga ega preparatlar bilan majmuada qo'llaniladi. 

Terikvin sutkada 2 marta buyuriladi. Davolashning dastlabki 4 sutkasi uchun sutkalik dozasi: 1-chi sutka – 100 mg, 2-chi sutka – 200 mg, 3-chi sutka – 300 mg, 4-chi sutka – 400 mg. Keyinchalik, davolashning 6-chi kuniga kelib preparatning sutkalik dozasi 800 mg gacha oshirilishi mumkin. Sutkalik dozani oshirilishi sutkada 200 mg dan oshmasligi kerak.

Klinik samarasiga va pasient tomonidan shaxsiy individual ko'tara olinishiga qarab doza sutkada 200 mg dan 800 mg gacha o'zgarib turishi mumkin. Odatda samarali dozasi sutkada 400 mg dan 800 mg ni tashkil qiladi. Maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozasi 800 mg ni tashkil qiladi.

Bipolyar buzilishlar tuzilmasida depressiv epizodlarni davolash 

Terikvin sutkada bir marta tunga buyuriladi. Davolashning dastlabki 4 sutkasi uchun sutkalik dozasi: 1-chi sutka – 50 mg, 2-chi sutka – 100 mg, 3-chi sutka – 200 mg, 4-chi sutka – 300 mg. Tavsiya etiladigan dozasi 300 mg/sut ni tashkil qiladi. Terikvin preparatining maksimal tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 600 mg ni tashkil qiladi. 

Kvetiapinning antidepressiv samarasi sutkada 300 va 600 mg dozasi qo'llanilganda tasdiqlangan. Qisqa muddatli davolashda Terikvinning samaradorligi sutkada 300 va 600 mg da taqqoslanuvchan bo'lgan.

Keksa yoshdagilar 

Keksa yoshli pasientlarda Terikvinning boshlang'ich dozasi sutkada 25 mg ni tashkil qiladi. Samarali dozaga erishguncha dozani har kuni 25-50 mg ga oshirish lozim, u, ehtimol, yosh pasientlarning dozasidan kamroq bo'lar.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Kvetiapin jigarda jadal metabollanadi. Shuning uchun Terikvinni jigar va buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llashda, ayniqsa davolashning boshida, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.  Terikvin preparati bilan davolashni 25 mg/sut dozadan boshlash va samarali dozasiga erishgunga qadar dozani har kuni 25-50 mg ga oshirish tavsiya etiladi.

Simptomlari: uyquchanlik, sedasiya, taxikardiya va arterial bosimni pasayishi.

Davolash: maxsus antidotlar yo'q. Nafas olish funktsiyasi va yurak-qon tomir tizimini qo'llab turishga, adekvat oksigenasiya va ventilyasiyani ta'minlashga qaratilgan choralarni ko'rish tavsiya etiladi.  Me'dani yuvish (agar pasient hushsiz holatda bo'lsa intubasiyadan keyin) va faollashtirilgan ko'mir va surgi vositalarini qo'llash so'rilmagan kvetiapinni chiqarishga yordam berishi mumkin, biroq, ushbu choralarning samaradorligi o'rganilmagan.

Sinchkov tibbiy kuzatuv pasient holati yaxshilangunga qadar davom etishi kerak.

Homilador ayollarda kvetiapinning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Shuning uchun homiladorlik paytida Terikvinni faqatgina ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsagina qo'llash mumkin.

Kvetiapinni ko'krak sutiga ekskresiyasi haqida chop etilgan xabarlar mavjud, biroq ekskresiya darajasi aniqlanmagan. Ayollarga Terikvinni qabul qilish vaqtida emizmaslikni tavsiya etish zarur.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TERIKVIN tabletkalari 25 mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TERIKVIN tabletkalari 25 mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TERIKVIN tabletkalari 25 mg N60 dori vositasi VEGAPHARM LLP., Великобритания произведено: Laboratorios Lesvi S.L. tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TERIKVIN tabletkalari 25 mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TERIKVIN tabletkalari 25 mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KETAP tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
KETAP tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Турция
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
TERIKVIN tabletkalari 100 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LLP., Великобритания произведено: Laboratorios Lesvi S.L.
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
KVENTIAKS tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
KVENTIAKS tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
KETILEPT tabletkalari 200mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharma PLC
Narh: 420 000 so'mdan Batafsil
KVENTIAKS tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TERIKVIN tabletkalari 100 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Кветиапин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LLP., Великобритания произведено: Laboratorios Lesvi S.L.
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
TERIKVIN tabletkalari 200 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LLP., Великобритания произведено: Laboratorios Lesvi S.L.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9