×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/10ml N5

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
L-карнитин
Qadoqda soni:
- 5
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SOLKOSERIL pasta 5g Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH Shveytsariya
IMMUNOCOMPLEX KIDS stiki 1,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
45 000 s`om dan
SOLKOSERIL inyeksiya uchun eritma 5ml 42,5mg/ml N5 Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH Shveytsariya
FEMION kapsulalar N60 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
66 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Levokarnitin – tabiiy modda bo‘lib, V guruhi vitaminlariga yaqin. Sitoplazmadan mitoxondriyalarga hujayra membranalari orqali yog‘ kislotalarning tashuvchisi sifatida moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok qiladi, u yerda bu kislotalar katta miqdorda metabolik energiya (ATF shaklida) hosil qilib, beta oksidlanishga duchor bo‘ladi. 
Oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, qonning ishqoriy zahirasini tiklaydi, ketokislotalar hosil bo‘lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktatsidozning darajasini kamaytiradi, shuningdek harakat faolligini oshiradi va jismoniy yuklamalarga chidamlilikni oshiradi, bunda glikogenning tejalib sarflanishiga va uni jigardagi zahiralarini oshishiga yordam beradi. Anabolik ta’sir ko‘rsatadi, tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda oshgan asosiy almashinuvni normallashtiradi, me’da shirasining sekretsiyasini rag‘batlantiradi, oqsil va uglevodlar molekulalarini parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini kamaytiradi va mushaklarda yog‘larning miqdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta’sir ko‘rsatadi, apoptozning rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv to‘qimasini tuzilishini tiklaydi.

Ichish uchun eritma flakonlarda 1000 mg /10 ml ; In’eksiya uchun eritma ampula 
   - 1000 mg/ 5 ml
1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi: 
faol modda: levokarnitin − 1,0 g; 
yordamchi moddalar: xlorid kislotasi – q.s., in’eksiya uchun suv – 5 ml gacha.

Taqsimlanishi 
Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalarga yaxshi kiradi, yuqori konsentratsiyalari skelet mushaklarida va miokardda hosil bo‘ladi. 
Chiqarilishi 
Asosan atsil efirlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.
L-karnitinning katta dozalari (sutkada 15 grammgacha) uzoq vaqt davomida qabul qilish hech qanday nojo‘ya samaralarni chaqirmagan. Yuqori darajada energiya ajralib chiqishi tufayli, karnitinni qabul qilish vaqtida garchi bu juda kam kuzatilsa-da, uyqusizlik rivojlanishi mumkin. Buni oldini olish uchun L-karnitinni kunning birinchi yarmida qabul qilish kerak, shu bilan birga bu vaqtda u samaraliroq bo‘ladi. Kazuistik jihatdan ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, ahlatni buzilishi bilan namoyon bo‘luvchi karnitinni shaxsiy o‘zlashtirolmaslik paydo bo‘ladi.
Dorixonalardan berish tartibi: 

Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.

• Pediatriya amaliyotida (shifokor nazorati ostida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash): 
• chala tug‘ilgan go‘daklar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, tug‘ruq travmasi yoki asfiksiya o‘tkazganlarni parvarish qilishda; 
• so‘rish refleksi sust va tana vaznini qo‘shilishi past bo‘lgan bolalarda; mushaklar tonusi pasaygan bolalarda, harakat va ruhiy faoliyatlarni rivojlanishi yetarli bo‘lmaganda, shuningdek “xavf guruhi” bolalarda bu buzilishlarni oldini olish maqsadida; 
• gipotrofiya, gipotoniya, adinamiya; 
• yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromi. 
• Endokrinologiya: 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘sishdan orqada qolish, tireotoksikozning yengil shakllari, diabetik polinevropatiya, ekzogen konstitutsional semirish.
• Kardiologiya: kardiomiopatiya, miokardit, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti, infarktdan keyingi holatlar. 
• Nevrologiya: nerv anoreksiyasi sindromi, demensiya, qarilik depressiyasi, xotirani buzilishi, surunkali serebral ishemiya, jismoniy toliqish, travmatik, dissirkulyator ensefalopatiya, ishemik insult (o‘tkir va tiklanish davrlarida). Bosh miyaning tomirli, toksik va travmatik shikastlanishlaridagi nevrologik ko‘rinishlar. 
• Gastroenterologiya: sekretor faoliyati past bo‘lgan surunkali gastrit, tashqi sekretor faoliyati past bo‘lgan surunkali pankreatit, jigar kasalliklari. 
• Ishtahani pasayishi, tana vaznini kamayishi va ozib ketish bilan kechuvchi holatlar va kasalliklar. 
• O‘tkazilgan kasalliklar va jarrohlik muolajalaridan keyingi tiklanish davrida. 
• Muntazam jismoniy yuklama, sport mashg‘ulotlari (ish qobiliyati va chidamlilikni oshirish, toliqishni kamaytirish uchun). 
• Karnitinni yetishmovchiligi yoki uni yo‘qotilishini oshishi bilan kechuvchi kasalliklar (miopatiyalar, kardiomiopatiyalar, mitoxondrial kasalliklar, nasliy kasalliklar, mitoxondriyalarni yondosh yetishmovchiligi bo‘lgan nasliy kasalliklar) − uning tanqisligini to‘ldirish uchun majmuaviy davolash tarkibida. 
• Karnitinni ikkilamchi yetishmovchiligi uzoq vaqt gemodializda bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi, ularda quyidagi simptomlar kuzatiladi: 
• kuchli va davomli mushak tirishishlari va/yoki dializ vaqtidagi gipotenziya xurujlari; 
• hayot tarzida aks etuvchi umumiy holsizlik; 
• mushaklar kuchsizligi va/yoki miopatiya; 
• kardiomiopatiya; 
• eritropoetinning katta dozalarini talab qiluvchi anemiyalar; 
• to‘yib ovqat yemaslik oqibatida umumiy mushak massasini yo‘qotilishi. 
o Dermatologiya: psoriaz, seboreyali ekzema, sklerodermiya, diskoid qizil yugurik. 
Imkoniyati bo‘lganida qonda karnitinning darajasini aniqlash avzal.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Saqlash sharoiti
Muzlatilmasin, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. 
 
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Tiniq, rangsiz eritma.
Vena ichiga va mushak ichiga qo‘llanadi. Vena ichiga tomchilab sekin yoki oqim bilan (2-3 min) yoki mushak ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuborishdan oldin ampulaning ichidagisi 100-200 ml erituvchida (0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi) eritiladi. 
Dozalari va davolashning davomiyligi ko‘rsatmalarga qarab shaxsiy belgilanadi. 
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 
Sutkalik doza odatda 1-3 g ni tashkil qiladi, 3-4 yuborishga bo‘linadi. Boshlang‘ich doza sutkada 1 g ni tashkil qiladi, patsiyent tekshirilganidan so‘ng holatiga qarab dozani sutkada 3 g gacha oshirish mumkin. 
Karnitinning birlamchi va ikkilamchi tanqisligidagi o‘tkir dekompensatsiya holida preparat sutkada 50-100 mg/kg dozada 3-4 yuborishda buyuriladi. Zarurati bo‘lganida preparatni kattaroq dozada qo‘llash mumkin. 
Gemodializ olayotgan, surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan patsiyentlardagi karnitinning ikkilamchi tanqisligida, preparat sutkada
20 mg/kg dozada gemodializning har bir muolajasi tugashi bilan (haftada gemodializning uchta muolajasi o‘tkazilganida) buyuriladi. 
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 
Karnitinning birlamchi yoki ikkilamchi tanqisligidagi o‘tkir dekompensatsiya holida preparat sutkada 50-100 mg/kg dozada 3-4 yuborishda buyuriladi. 
Gemodializ olayotgan surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan patsiyentlardagi karnitinning ikkilamchi tanqisligida, preparat sutkada
10-20 mg/kg dozada gemodializning har bir muolajasi tugashi bilan (haftada gemodializning uchta muolajasi o‘tkazilganida) buyuriladi. 
Vena ichiga yuborilganida preparat bilan davolashning davomiyligi ko‘pi bilan 3 oyni tashkil qiladi. Odatda takroriy davolash kursi buyuriladi. 
Miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida sutkada 1 g 3 kun davomida, so‘ngra esa sutkada 0,5 g 7 kun davomida buyuriladi. 10-12 kundan keyin takroriy davolash kursi 3-5 kun davomida bo‘lishi mumkin. 
Dissirkulyator ensefalopatiya va bosh miyaning turli shikastlanishlarida o‘tkir osti va tiklanish davrida preparat buyurilganida, karnitin tanqisligida bemorlarga eritma sutkada 0,5-1 g hisobida vena ichiga (tomchilab, oqim bilan) yoki mushak ichiga (kuniga 2-3 marta) suyultirmasdan 3-7 kun davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida 12-14 kundan keyin takroriy kurs buyuriladi. 
Vena ichiga sekin (2-3 marta) karnitinni ikkilamchi tanqisligida gemodializda buyuriladi − 2 g bir marta (muolajadan so‘ng); o‘tkir miokard infarktida, o‘tkir yurak yetishmovchiligida − sutkada 3-5 g, birinchi 2-3 sutkada 2-3 qabulga bo‘linadi, keyinchalik doza 2 martaga pasaytiriladi; kardiogen shokda − sutkada 3-5 g, patsiyent shokdan o‘ziga kelgunicha 2-3 qabulga bo‘linadi. 
Genetik kasalliklardagi karnitinning birlamchi va ikkilamchi tanqisligida preparat ichga buyuriladi. Dozasi yoshi va tana vazniga qarab hisoblanadi. 
Yoshi Sutkalik dozasi
0-2 yosh tana vazniga 150 mg/kg
2-6 yosh tana vazniga 100 mg/kg
6-12 yosh tana vazniga 75 mg/kg
12 yoshdan katta bolalar va kattalar 2-4 g

Gemodializdagi ikkilamchi tanqislikda preparat gemodializ seansidan so‘ng sutkada 2 g dozada vena ichiga yoki sutkada 2-4 g dozada ichga buyuriladi. 
Stenokardiyada va infarktdan keyingi holatda sutkada 2-6 g sutkalik dozada ichga buyuriladi. Ichga qabul qilish uchun eritmaning bir martalik dozali flakon ichidagisini qabul qilishdan oldin bir stakan suvda eritish va ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar ichga qabul qilish kerak. 
O‘tkir miokard infarktida sutkalik doza tana vazniga 100-200 mg/kg ni tashkil qiladi, vena ichiga 4 marta sekin in’eksiya ko‘rinishida yoki keyinchalik patsiyent kardiologiya bo‘limida bo‘lgan oxirgi kungacha 2 marta kamaytirish bilan 48 soat davomida vena ichiga uzluksiz yuborishni tashkil qiladi. Kardiogen shokda vena ichiga yuborishni ushbu holatdan chiqgunicha davom ettirish kerak. 
Vena ichiga preparatni sekin 2-3 minut davomida yuborish kerak. 
Metabolizmni tug‘ma buzilishlarida. Doza metabolizmni o‘ziga xos tug‘ma buzilishiga va davolash vaqtida uning klinik yaqqolligiga bog‘liq. 
Ayni vaqtda, asosiy prinsip sifatida o‘tkir dekompensatsiyada sutkalik doza kuniga
100 mg/kg tavsiya qilinadi, 3-4 yuborishga bo‘linadi. 
Gemodializdagi bemorlardagi karnitinning ikkilamchi yetishmovchiligida. Karnitinning ikkilamchi yetishmovchiligi atsil/erkin karnitin nisbatining ko‘rsatkichi 0,4 dan katta bo‘lganida va/yoki erkin karnitinning konsentratsiyasi 20 mkrmol/l dan past bo‘lganida aniqlanadi. Har dializ jarayonining oxirida (bir haftada 3 dializ jarayoni mo‘ljallanadi) vena ichiga 20 mg/kg buyurish kerak. 
Parenteral davolashning davomiyligi kamida 3 oy bo‘lishi kerak, chunki bu mushaklarda erkin karnitinning normal darajaga tiklanish davri hisoblanadi. Natijalarning samaradorligi plazmada atsillangan va erkin karnitinning darajalarini ko‘rsatkichlari va klinik simptomlar dinamikasini monitoringi bilan baholanishi kerak. Takroriy davolash kursining zarurati plazmada karnitinning darajasini muntazam baholash va klinik simptomlarni monitoring qilish fonida aniqlanadi.
Dozani oshirib yuborilishida levokarnitinning toksikligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Doza oshirib yuborilgan holda umumiy qabul qilingan chora-tadbirlar o‘tkaziladi.
TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/10ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TONIKAR

TONIKAR

Preparatning savdo nomi: Tonikar

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levokarnitin

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma.

Tarkibi:

10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levokarnitin – 1 g.

yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, metilparaben Ye218, saxarin natriy, suvsiz natriy sitrati, apelsin aromatizatori, xlorid kislotasi (kerakli rN darajasiga erishish uchun), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan apelsin hidli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Kod ATX: A16AA01

Farmakologik xususiyatlari

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun preparat. Levokarnitin – V guruhi vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy moddadir. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga uzun zanjirli yog‘ kislotalarni (shu jumladan, palmitin kislotasini) o‘tkazuvchi sifatida ishtirok etadi, u yerda, bu kislotalar katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qilib, oksidlanadi (beta-oksidlanish jarayoni). Qonninng ishqoriy zahirasini to‘ldiradi, serebral gemodinamikaning autoregulyasiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan ta‘minlanishini oshishiga yordam beradi, shikastlangan o‘choqda reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatadi, apoptozni rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi. Oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, ortiqcha tana vaznini, mushaklardagi yog‘ miqdorini kamaytiradi, jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilikni va harakat faolligini oshiradi. Me‘da va ichak shirasining sekresiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda oshgan asosiy moddalar almashinuvni normallashtiradi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalardan yaxshi o‘tadi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Buyrak orqali (24 soatda 80% dan ko‘pi) asosan asil efirlari ko‘rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.

Qo‘llanilishi

Preparatni karnitin tanqisligida kattalarga, bolalarga va chaqaloqlarga qo‘llanadi.

  • birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida;
  • yurak ishemik kasalligida (stenokardiya, infarktdan keyingi holat) miokard metabolizmini buzilishida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Iste‘mol qilishdan oldin 100 ml sovutilgan qaynagan suvda suyultiriladi. Adekvat dozani aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va asil levokarnitinning konsentrasiyasini o‘lchab, davolashni nazorat qilish tavsiya qilinadi. Karnitinning plazmadagi konsentrasiyasi 35-60 mkmol/l ni tashkil qiladi. Asil va erkin levokarnitinning plazmadagi nisbati 0,35 ni tashkil qiladi.

Sutkalik doza pasientning yoshi va tana vazniga bog‘liq.

Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga preparatni sutkada 2-3 g dan buyuriladi.

6-12 yoshdagi bolalarga – sutkada 75 mg/kg, 2-6 yoshda– sutkada 100 mg/kg, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – sutkada 150 mg/kg dozada buyuriladi.

Preparatni birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida doza moddalar almashinuvini tug‘ma buzilishiga va davolanish davridagi og‘irlik darajasiga bog‘liq. Ko‘pchilik holatlarda ichga qabul uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada 2-4 marta qabul qilish uchun 100-200 mg/kg ni tashkil qiladi. Agar klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar yaxshilanmasa, doza qisqa muddatga  oshirilishi mumkin.

Preparatni o‘tkir metabolik dekompensasiyada yuqori dozalarda sutkada 400 mg/kg dan buyuriladi.

Ikkilamchi tanqislikda, gemodializda preparatni ichga sutkada 2-4 g dan buyuriladi.

Stenokardiyada va infarktdan keyingi holatda preparatani ichga sutkalik 2-6 g dozada buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og‘riqli hislar, dispeptik simptomlar.

Suyak-mushak tizimi  tomonidan: mushak zaifligi kuzatilishi mumkin.

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni qandli diabetda, homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida juda zarur bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni qabul qilayotganini aniqlash kerak. Preparatni turli anabolik vositalar, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikga ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Xolinning juda yuqori dozalari levokarnitin sintezini va faolligini tormozlaydi. Glyukokortikosteroidlar levokarnitinni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga yordam beradi. Anabolik vositalar karnitinini samarasini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning adekvat dozasini aniqlash uchun qon plazmasida va siydikda erkin va asil levokarnitining konsentrasiyasini tekshirib, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Levokarnitin o‘rganib qolishni chaqirmaydi, chunki odam organizmining endogen moddasi hisoblanadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga preparatni yuborish, gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, bu toifa pasientlarni preparat bilan davolash vaqtida, gipoglikemik preparatlarning dozalash tartibiga darhol tuzatish kiritish uchun qonda glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilish lozim.

Preparat avtotransportni boshqarish va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya.

Davolash: simptomatik davolash, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma 1000 mg/10 ml, 10 ml va 50 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Kuruk, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalar berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/10ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/10ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TONIKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/10ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9