52 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TORROKS
TORROKS
Preparatning savdo nomi: Torroks
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
№ | Aminokislota | Yorlig‘idagi ko‘rsatma
g/100 ml |
Spesifikasiya |
1. | L-Asparagin kislotasi | 0,250 | Br.F. |
2. | L-Treonin | 0,250 | AQSH F. |
3. | L-Serin | 0,100 | AQSH F. |
4. | L-Glutamin kislotasi | 0,075 | AQSH F. |
5. | Glisin | 0,760 | Br.F. |
6. | L-Alanii | 0,200 | AQSH F. |
7. | L-Valin | 0,360 | AQSH F. |
8. | L-Metionin | 0,225 | AQSH F. |
9. | L-Izoleysin | 0,352 | AQSH F. |
10. | L-Leysin | 0,490 | AQSH F. |
11. | L-Tirozin | 0,025 | AQSH F. |
12. | L-Fenilalanin | 0,533 | AQSH F. |
13. | L-Gistidin | 0,250 | Br.F. |
14. | L-Triptofan | 0,090 | AQSH F. |
15. | L-Lizin gidroxloridi | 0,430 | AQSH F. |
16. | L-Arginin | 0,500 | AQSH F. |
17. | L-Prolin | 0,100 | AQSH F. |
18. | L-Sistein | 0,010 | Br.F. |
19. | Sorbitol | 5,000 | Br.F. |
20. | Natriy metabisulfiti | 0,020 | Br.F. |
21. | Natriy gidroksidi | 0,140 | Br.F. |
22. | In‘eksiya uchun suv | Q.S. | Br.F. |
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och sariq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: parenteral oziqlantirish uchun preparat, aminokislotalar.
ATX kodi: V05VA10
Farmakologik xususiyatlari
“TORROKS” oqsilga ehtiyoji past, normal yoki yuqori bo‘lgan turli patologiyali bemorlarni, enteral oziqlanish samarasiz yoki iloji bo‘lmagan hollarda parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan. “TORROKS” da saqlanuvchi almashtirib bo‘ladigan va almashtirib bo‘lmaydigan L-aminokislotalar tabiiy fiziologik birikmalardir. Ovqat bilan tushadigan va oqsillarning parchalanishi yo‘li bilan olinadigan aminokislotalar kabi, parenteral yuboriladigan aminokislotalar ham qon plazmasining erkin aminokislotalarining umumiy tarkibiga tushadi, undan xujayralarga oqsillarning sintezi uchun va turli metabolik yo‘llariga ketadi.
Barcha aminokislotalar L-shakllarda bo‘lib, bu ularning oqsil biosintezida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta‘minlaydi. Barcha sakkizta almashtirib bo‘lmaydigan, shuningdek shartli ravishda almashtirib bo‘ladigan L-arginin va L-gistidin saqlaydi. L-arginin ammiakni mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘ladigan ammoniyning zaharli ionlarini bog‘laydi.
Bu preparatlarda energiyaning asosiy manbai sorbitoldir, u jigarda fruktoza-6-fosfatga fosforlanadi. Sorbitol va fruktozani o‘zlashtirilishida insulin ishtirok etmaydi, bu ularni insulinga bog‘liq bo‘lmagan energiya manbaiga aylantiradi – ular qo‘llanganida glyukoza saqlovchi parenteral oziqlanish uchun preparatlar ishlatilganida uchrashi mumkin bo‘lgan giperglikemik asidoz paydo bo‘lmaydi. Bundan tashqari, sorbitol glyukozaga qaraganda aminokislotalarning eng yaxshi erituvchisidir, chunki aldegid va keton guruhlarni saqlamaydi, aminoguruxlar bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi va aminokislotalarning o‘zlashtirilishini pasaytirmaydi.
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilgan aminokislotalar organizmda oqsil sintezi jarayonida ishlatiladi. Bu jarayonda ishlatilmaydigan aminokislotalar mochevinani hosil bo‘lishi bilan dezaminasiyaga uchraydilar, u so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Aminokislotalarning T1/2 (sog‘lom odamlarda) 5-15 minutni tashkil qiladi. Aminokislotalarning qondagi konsentrasiyasi tez oshirilganida, ular biotransformasiyalanishga ulgurmay, organizm tomonidan o‘zlashtirilmay, siydik bilan chiqishi mumkin.
“TORROKS” organizmda flavinmononukleotid fermentiga biotransformasiyalanadi, so‘ngra esa flavinadenindinuleotidga. “TORROKS” metabolitlari plazma oqsillari bilan 60% ga bog‘lanadi. “TORROKS” siydik bilan, qisman metabolitlari shaklida chiqariladi. Sorbitol dastlab jigarda fruktozagacha metabolizmga uchraydi, lekin darhol glyukozagacha metabolizmga uchrashi ham mumkin.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Pasientning holatiga qarab individual ravishda belgilanadi.
Dozalash pasientning yoshi, tana vazni va holatiga qarab, aminokislotani talab etilishiga muvofiq buyurilishi kerak.
Preparat v/i infuziya ko‘rinishida (yuborish tezligi minutiga 3-4 ml) sutkada tana vazniga qarab qo‘llaniladi, bu sutkada 1-2 g aminokislota/kg ga muvofiq keladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi: jigar fermentlarining faolligini oshishi.
Mahalliy reaksiyalar: preparat yuborilgan joyda terini ta‘sirlanishi, tromboflebit.
Aminokislotalar qon tarkibini o‘zgartirishi va qonda ammiakning miqdorini oshirishi mumkin. Ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riqlar, charchoqlik hissi, eshakemi, arterial gipertenziya, taxikardiya, paresteziyalar, nafasni buzilishi, terlash va tana haroratini oshishi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Argininni tiazid diuretiklar va aminofillin bilan bir vaqtda yuborish qonda insulin miqdorini oshiradi.
Arginin spironolakton bilan bir vaqtda qo‘llanganida og‘ir giperkaliemiya bo‘lishi mumkin. Birga qo‘llanganida izoniazid, penisillin, peroral kontraseptivlar piridoksinning metabolizmini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida “TORROKS” doksisiklinning, tetrasiklinning, oksitetrasiklinning, eritromisinning va linkomisinning faolligini ahamiyati kamaytirdi.
Preparat yuborilganida argininni tiopental bilan nomutanosibligini hisobga olish kerak.
Eritmaga amikasin, ampisllin, sefotaksim, seftriakson, xloramfenikol, klindamisin, doksisiklin, eritromisin glyuseptati yoki laktobionati ko‘rinishida, gentamisin, netilmisin, penisillin, piperasilin, tetrasiklin, torbamisin, vankomisinlarni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalar xona haroratida 6-24 soatgacha barqaror bo‘lib qoladi.
Shuningdek eritmaga aminofillin, kalsiy glyukonati, xlorpromazin, simetidin, nizatidin, famotidin, ranitidin, siklofosfamid, sitarabin, digoksin, dopamin, ftorurasil, folat kislotasi, furosemid, geparin, insulin, propranolol, noradrenalin, lidokain, morfin, metotreksat, metildopa, metilprednizolon, metoklopamid, fitomenadionni qo‘shish mumkin. Bunday eritmalarning xona haroratidagi barqarorligi – 24 soatgacha.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sepsisda, noaniq genezli arterial gipertenziyada, jigar kasalliklarida, shuningdek suyuqlikni yuborish cheklash kerak bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni buyurishda, preparatning tarkibiga kiruvchi arginin qon plazmasida fosforning konsentrasiyasini kamayishini va kaliyning konsentrasiyasini oshishini, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda chaqirishi mumkin. Shuning uchun har qanday turdagi qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga “TORROKS” ni faqat insulinoterapiya fonida buyurish mumkin.
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi: “TORROKS” preparatini homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar taqdim etilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayishi.
Davolash: simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml va 500 ml dan rezina tiqinli, alyuminiy qopqoqcha bilan zich yopilgan shisha flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resepti bo‘yicha.