×
×
  • Tsef 3-Santo kukun 500mg

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Tsef 3-Santo kukun 500mg

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Qozog’iston
Faol modda:
Цефтриаксон (в виде натриевой соли)
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «Химфарм»
Vakil:
- Polpharma S. A.
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KOREGA OSVEJAYUShIY VKUS krem 40g Стаффорд Миллер (Ирландия) Лтд., Клочерейн, Югал Роуд, Дангарван, графство Уотерфорд, Ирландия Buyuk Britaniya
70 800 s`om dan
SPIRIVA kapsulalar 18mkg N30 Берингер Ингельхайм Фарма ГмбХ и Ко.КГ Germaniya
136 599 s`om dan
OKSKORIL sirop 100ml Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
34 500 s`om dan
LONGIDAZA liofilizat 3000me N5 Петровакс Фарм НПО, ООО Rossiya
402 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
500 mg, 1,0 g faol modda, rezina tiqinlar bilan germetik tarzda yopiladigan, alyuminiy qopqoqlar yoki "FLIP OFF" kombinasiyalangan qopqoqlari bilan mahkamlangan shisha flakonlarga joylangan.

Har bir flakonga yorliq yopishtirilgan.

Flakonlar 1, 5 yoki 10 donadan, tibbiyotda qo'llanilishiga doir davlat va rus tillarida tasdiqlangan yo'riqnomalar bilan birga, karton qutilarga joylashtirilgan.

Dorilar solingan kichik o'ramlar karton qutilarga joylashtirilgan.

O'ramga tibbiyotda qo'llanilishiga doir davlat va rus tillarida tasdiqlangan yo'riqnomadagi ma'lumotlarni yopishtirishga ruxsat beriladi.

Flakonlarni o'ram ichiga solmasdan qadoqlashga ruxsat beriladi. Flakonlar tibbiy va tibbiyotda qo'llanilishiga doir davlat va rus tillarida tasdiqlangan yo'riqnomalar bilan birgalikda alohida karton qutiga solinadi. Tibbiy foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar soni shisha flakonlar soniga qarab joylashtirilgan.

Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,5 g, 1,0 g tseftriakson natriy (tseftriaksonga qayta hisoblanganda)

Ta'sir mexanizmi

Tseftriakson penisillin bog'lovchi oqsillarga (PbO) birikkanidan keyin bakteriya hujayra devorining sintezini ingibitsiya qiladi. Bu hujayra devori biosintezining (Peptidoglikanlar) uzilishiga sabab bo'ladi, natijada bakteriya hujayrasi parchalanadi va uni nobud bo'lishi bilan yakunlanadi.

Rezistentlik mexanizmi

Bakteriyalarning tseftriaksonga rezistentligi quyidagi mexanizmlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelishi mumkin:

• beta-laktamazalar, shu jumladan keng ta'sir doirasiga ega beta-laktamazalar (KTDBL) va Amp-C fermentlarini o'z ichiga olgan gidroliz, ular aerob grammusbat bakteriyalarning ayrim turlarida induktsiya qilinishi yoki barqaror ravishda repressiya qilinishi mumkin;

• penisillin-bog'lovchi oqsillarning tseftriaksonga yaqinligining kamayishiyadi;

• tashqi membrananing o'tkazuvchanligining yo'qligi – bu grammanfiy bakteriyalardagi penisillin-bog'lovchi oqsillarga tseftriaksonning kirishini cheklaydi;

• bakterial efflyuks mexanizmlari.

Chegaraviy qiymatlar

Mikroblarga qarshi sezgirlikni tekshirish bo'yicha Evropa qo'mitasi (EUCAST) tomonidan tasdiqlangan minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentrasiyalarning chegaraviy qiymatlari quyidagicha:

Mikroorganizm

Suyultirish testi (MIC, mg/l)

sezgir

rezistent

Enterobacteriaceae

≤ 1

> 2

Staphylococcus spp.

a.

a.

Streptococcus spp. (A, B, C va G guruhlari)

b.

b.

Streptococcus pneumoniae

≤ 0.5c.

> 2

Viridans Streptococci guruhlari

≤0.5

>0.5

Haemophilus influenzae

≤ 0.12c.

> 0.12

Moraxella catarrhalis

≤ 1

> 2

Neisseria gonorrhoeae

≤ 0.12

> 0.12

Neisseria meningitidis

≤ 0.12c.

> 0.12

Muayyan bakteriya turi bilan bog'liq bo'lmagan chegara qiymatlari

≤ 1d

> 2

a. - Sezuvchanlik tsefoksitinning sezgirligidan kelib chiqadi.

b. - Sezuvchanlik penisillinning sezgirligidan kelib chiqadi.

s. - Tseftriakson MIK dan sezuvchanlik darajasi yuqori bo'lgan izolyatlar kam uchraydi va agar topilsa ham, qayta tekshiruvdan o'tkazilishi va tasdiqlangan taqdirda mos tekshirishlar (referent) laboratoriyasiga yuborilishi kerak.

d. – Nazorat natijalari vena ichiga yuboriladigan sutkalik 1 g x 1 dozaga va yuqori dozasi minimumi 2 g x 1 ga to'g'ri keladi.

Mikrobiologik sezuvchanlik

Orttirilgan chidamlilikning tarqalishi geografik jihatdan va vaqt o'tishi bilan alohida turlar uchun farq qilishi mumkin, shuning uchun chidamlilik to'g'risida, ayniqsa og'ir darajadagi infektsiyalarni davolashda mahalliy ma'lumotlar kerak. Agar zarur bo'lsa, mahalliy rezistentlikning tarqalishi ko'p bo'lib, ayrim turdagi infektsiyalar uchun preparatni qo'llash munozarali bo'lsa ekspertga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Sezgir mikroorganizmlar

Grammusbat aeroblar:

Staphylococcus aureus (metisillinga-sezgir)£

Staphylococci coagulase-negative (metisillinga-sezgir)£

Streptococcus pyogenes (A guruhi)

Streptococcus agalactiae (B guruhi)

Streptococcus pneumoniae

Viridans guruhi Streptococci


Grammanfiy aeroblar:

Borrelia burgdorferi

Haemophilus influenzae

Haemophilus parainfluenzae

Moraxella catarrhalis

Neisseria gonorrhoea

Neisseria meningitidis

Proteus mirabilis

Providencia spp.

Treponema pallidum

Orttirilgan rezistentikka ega bo'lishi mumkin bo'lgan mikroorganizmlar uchun

Grammusbat aeroblar:

Staphylococcus epidermidis+

Staphylococcus haemolyticus+

Staphylococcus hominis+


Grammanfiy aeroblar:

Citrobacter freundii

Enterobacter aerogenes

Enterobacter cloacae

Escherichia coli%

Klebsiella pneumoniae%

Klebsiella oxytoca%

Morganella morganii

Proteus vulgaris

Serratia marcescens


Anaeroblar

Bacteroides spp.

Fusobacterium spp.

Peptostreptococcus spp.

Clostridium perfringens


Tabiiy chidamli mikroorganizmlar

Grammusbat aeroblar:

Enterococcus spp.

Listeria monocytogenes


Grammanfiy aeroblar:

Acinetobacter baumannii

Pseudomonas aeruginosa

Stenotrophomonas maltophilia


Anaeroblar

Clostridium difficile


Boshqalar

Chlamydia spp.

Chlamydophila spp.

Mycoplasma spp.

Legionella spp.

Ureaplasma urealyticum


£ Barcha metisillinga-rezistent Staphylococci turlari tseftriaksonga ham rezistentdir

+ chidamlilik yuzaga kelishi tez-tezligi > 50% ni tashkil etadi

% beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi doim chidamli shtammlar

So'rilishi

Mushak ichiga yuborish

1 g preparatni mushak ichiga bir marta yuborilgan so'ng qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiya taxminan 81 mg / l ni tashkil qiladi va yuborilgandan keyin 2-3 soat ichida erishiladi. Mushak ichiga yuborilgandan so'ng "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydon ekvivalent dozada vena ichiga yuborilgandan keyin olingan natija bilan bir xil bo'ladi.

Vena ichiga yuborish

Tseftriakson vena ichiga 500 mg va 1 g dozada oqim bilan yuborilgandan so'ng qon plazmasidagi o'rtacha tseftriakson darajasi muvofiq ravishda 120 va 200 mg / l ni tashkil etadi.

Tseftriaksonni vena ichiga 500 mg, 1 g va 2 g dozalarda yuborilgandan so'ng, qon palzmasidagi kontsentrasiyasi muvofiq ravishda taxminan 80, 150 va 250 mg / ml ni tashkil etgan.



Taqsimlanishi

Tseftriaksonning taqsimlanish hajmi 7-12 litrni tashkil qiladi. O'pka, yurak, o't chiqarish yo'llari, jigar, bodomsimon bezlar, o'rta quloq va burun shilliq qavati, suyaklar, shuningdek orqa miya, plevra va sinovial suyuqliklar va prostata bezlari, shu jumladan umumiy patogenlar uchun minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentrasiyadan yuqori tseftriakson kontsentrasiyasiga erishish mumkin.

Takroriy qo'llanilganda qon plazmasidagi o'rtacha yuqori kontsentrasiyaning (CMax) 8 - 15% oshishi kuzatiladi; muvozanat holatiga ko'p hollarda preparatni yuborish usuliga qarab 48-72 soat ichida erishiladi.

Ayrim to'qimalarga o'tishi

Tseftriakson bosh miya qobiqlariga o'tadi. Bosh miya qobig'i yallig'langanda kirishi maksimal darajaga etadi. Bakterial meningiti bo'lgan pasientlarda tseftriaksonning o'rtacha orqa miyada suyuqligidagi kontsentrasiyasi qon zardobidagi kontsentrasiyasining 25% gacha, bosh miya qobig'i yallig'langan pasientlarda esa 2% ga teng bo'lgan. Tseftriaksonning orqa miya suyuqligidagi cho'qqi kontsentrasiyasiga vena ichiga yuborilgandan keyin taxminan 4-6 soat o'tgach erishiladi.

Tseftriakson yo'ldosh to'sig'idan o'tadi, past kontsentrasiyalarda esa ko'krak sutiga ham o'tadi (4.6-bo'limga qarang).

Oqsillar bilan bog'lanishi

Tseftriakson albumin bilan qaytuvchan bog'lanadi. Plazmadagi kontsentrasiyasi 100 mg / l dan past bo'lganda plazmadagi oqsillar bilan bog'lanish 95% ni tashkil qiladi. Bog'lanish to'yingan hisoblanadi va kontsentrasiyaning oshishi bilan kamayib boradi (plazmadagi kontsentrasiyasi 300 mg / l bo'lganda 85% gacha kamayadi).

Biotransformasiyasi

Tseftriakson tizimli metabolizmga uchramaydi, ichak florasi ta'sirida nofaol metabolitlarga aylanadi, xolos.

Chiqarilishi

Tseftriaksonning plazmadagi umumiy klirensi minutiga 10-22 ml ni tashkil qiladi. Buyrak klirensi minutiga 5-12 ml ga teng. Tseftriaksonning 50-60% siydik bilan o'zgarmagan holda, 40-50% esa o'zgarmagan holda safro bilan chiqariladi. Kattalarda tseftriaksonning yarim chiqarilish davri taxminan 8 soatni tashkil etadi.

Buyrak va jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Buyrak va jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda, hatto buyrak funktsiyasini og'ir darajada buzilishi bo'lgan pasientlarda ham tseftriaksonning farmakokinetikasi yarim parchalanish davrini biroz oshishi bilan (ikki martadan kamroq) biroz o'zgarishi mumkin. Buyrak etishmovchiligida yarim chiqarilish davrining nisbatan sezilarli darajada oshishi, buyraklar orqali amalga oshmaydigan klirensi tufayli kompensasion oshishi bilan izohlanadi.

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda tseftriaksonning yarim chikarilish davri buyraklar klirensining kompensasion oshishi tufayli oshmaydi. Bu shuningdek, tseftriaksonning qon zardobidagi fraktsiyasining ko'payishi bilan bog'liq bo'lib, bu preparatning umumiy klirensining paradoksal ravishda oshishiga yordam beradi, shu bilan birga qayta taqsimlash hajmi oshadi.

Keksa pasientlar

75 yoshdan oshgan keksa insonlarda o'rtacha yarim chiqarilish davri o'rta yoshli insonlarga qaraganda ikki-uch baravar uzoqroq.

Bolalar

Tseftriaksonning yarim chiqarilish davri yangi tug'ilgan chaqaloqlarda uzayadi. Yangi tug'ilgandan 14 kungacha bo'lgan davrdagi chaqaloqlarda kalavalar filtrasiyaning pasayishi va oqsil bilan bog'lanishning o'zgarishi kabi omillar tufayli erkin tseftriakson miqdori oshishi mumkin. Bolalarda yarim chiqarilish davri yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yoki kattalarga qaraganda qisqa.

Qon zardobidagi klirens va umumiy tseftriaksonning taqsimlanish hajmi yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, go'daklar va bolalarda kattalarga qaraganda ko'proq.

Proportsionallik (noproportsionallik)

Tseftriaksonning farmakokinetikasi proportsional emas va yarim chiqarilish davridan tashqari barcha asosiy farmakokinetik ko'rsatkichlar, agar ular umumiy preparat kontsentrasiyasiga asoslangan bo'lsa va dozaga nisbatan mutanosib ravishda oshgan bo'lsa, dozaga bog'liq bo'ladi. Noproportsionallik plazmadagi oqsillari bilan bog'lanishning to'yinganligi bilan bog'liq va shuning uchun umumiy plazmadagi tseftriakson bilan kuzatiladi, ammo erkin (bog'lanmagan) tseftriakson bilan bu yuzaga chiqmaydi.

Farmakokinetik-farmakodinamik o'zaro bog'liqlik

Boshqa beta-laktamlarda bo'lgani kabi, farmakokinetik-farmakodinamik ko'rsatkichlar tirik organizmda samaradorlik bilan eng yaxshi muvofiqligini ko'rsatadi, bu preparatni qabul qilish orasidagi interval foizidir, masalan, ayrim o'rganilgan turlar uchun bog'lanmagan kontsentrasiya tseftriaksonning minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentrasiyasidan (MIK) yuqori darajada saqlanib qoladi (ya'ni, % T> MIK).

Tez-tez
  • eozinofiliya

  • leykopeniya

  • trombositopeniya

  • diareya b

  • ichni suyuq kelishi

  • jigar fermentlari faolligini oshishi

  • toshmalar

Tez-tez emas

  • jinsiy a'zolar mikozi

  • granulositopeniya

  • anemiya

  • koagulopatiya

  • bosh og'rig'i

  • bosh aylanishi

  • ko'ngil aynishi

  • qusish

  • prurit

  • in'ektsiya joyida og'riq

  • tana haroratini oshishi

  • kreatinin darajasining oshishi

Kam xollarda

  • soxtamembranoz kolitb

  • bronxospazm

  • eshakemi

  • gematuriya

  • glyukozuriya

  • shish

  • qaltirash

  • entsefalopatiya

Noma'lum

  • cuperinfektsiyab

  • gemolitik anemiyab

  • agranulositoz

  • anafilaktik shok

  • anafilaksiya reaktsiyalari

  • o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari b

  • Yarish-Gerksgeymer (Jnr) reaktsiyasi

  • tirishishlar

  • vertigo

  • pankreatitb

  • stomatit

  • glossit

  • o't qopida tseftriaksonning kaltsiy tuzlari presipitatlarini hosil bo'lishi b

  • giperbilirubinemiya

  • Stivens-Djonsonb sindromi

  • toksik epidermal nekrolizb

  • ko'p shaklli eritema

  • o'tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz

  • eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi dori reaktsiyasi (DRESS - sindrom)b

  • oliguriya, siydik chiqarish yo'llarida tseftriakson presipitatlarini hosil bo'lishi (qaytuvchan)

  • Kumbs testining soxtamusbat natijasib

  • galaktozemiya sinamasining soxta-musbat natijasi b

  • siydik tarkibidagi glyukozani nofermentativ usullar bilan aniqlaganda soxta-musbat natijalar b

a postmarketing hisobotlar asosida olingan ma'lumotlar. Nojo'ya ko'rinishlarning rivojlanishi to'g'risida pasientlar ixtiyoriy ravishda ma'lumot berishgan. Pasientlar populyasiyasining aniq o'lchamini bilish imkoni yo'qligi sababli kuzatilgan nojo'ya ko'rinishlarning tez-tezligini aniqlash imkoni ham mavjud emas.

b Qo'llaganda zarur ehtiyotkolik choralari bo'limiga qarang

Maxsus ogohlantirishlar

Infektsiyalar va invaziyalar

Tseftriakson qo'llanilganidan keyin diareya holatlari qayd etilgan, bu Clostridium difficile ga bog'liq bo'lishi mumkin, organizmda suyuqlik va elektrolitlar darajasini nazorat qilish talab etiladi.

Tseftriaksonning kaltsiy tuzlarining cho'kishi

Tseftriakson va kaltsiy vena ichiga yuborilganida chala tug'ilgan va muddatida tug'ilgan (<28 kunlikkacha bo'lgan) chaqaloqlarda og'ir darajadagi nojo'ya ta'sirlar, ba'zan o'limga olib kelgan holatlar qayd etilgan. Murda tekshirilganda o'pka va buyraklarda tseftriaksonning kaltsiyli tuzining erimagan birikmalari topilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda kattalardagiga nisbatan umumiy qon hajmining kam bo'lishi va tseftriaksonning yarim parchalanish davri uzoqroq bo'lganligi sababli cho'kma hosil bo'lish xavfi yuqoridir.

Buyraklarda tseftriaksonning kaltsiyli tuzi cho'kmalarining hosil bo'lishi asosan 3 yoshdan oshgan bolalarda juda kam holatlarda qayd etilgan, ularga tseftriaksonning yoki juda yuqori dozalari yuborilgan (masalan kuniga >80 mg/kg), yoki 10 grammdan yuqori umumiy dozalar va boshqa xavf omillari (masalan, suyuqlikni cheklash, yotoq tartibi va boshqalar), yotib qolgan va suvsizlangan pasientlarda cho'kma hosil bo'lish xavfi oshadi. Ushbu nojo'ya ta'sirlar simtomlar bilan yoki simptomlarsiz kechishish mumkin, buyrak etishmovchiligi yoki anuriyaga olib kelishi mumkin, ammo tseftriakson bilan davolash to'xtatilgandan keyin qaytuchan bo'lib hisoblanadi.

O't qopida tseftriaksonning kaltsiyli tuzining cho'kmasi hosil bo'lish holatlari, asosan Tsef III - Santoning tavsiya etilgan standart dozasidan yuqori dozalar yuborilgan pasientlarda qayd etilgan. Bolalarda o'tkazilgan retrospektiv tadqiqot natijalari vena ichiga yuborilgandan so'ng ayrim tadqiqotlarda, ba'zan 30% dan ortiq holatlarda, cho'kma hosil bo'lganligini ko'rsatgan. Ehtimol, infuziya sekin amalga oshirilsa (20-30 minut davomida) ushbu nojo'ya ta'sirlar tez-tezligi kamayadi. Bu nojo'ya ta'sirlar odatda simptomlarsiz o'tadi, ayrim hollarda, cho'kma hosil bo'lishi og'riq, ko'ngil aynishi va qusish kabi klinik simptomlar bilan birga namoyon bo'lgan. Bunday hollarda simptomatik davolash choralari o'tkazish tavsiya etiladi. Cho'kma hosil bo'lishi, odatda qaytuvchan hodisadir, odatda tseftriakson bilan davolash to'xtatilganidan so'ngra bartaraf bo'ladi.


Nojo'ya reaktsiyalar haqida xabar berish

Dori vositasining noxush reaktsiyalari yuzaga kelganida, sog'liqni saqlash mutaxassisi, farmasevt bilan bog'lanish yoki dori vositalarining noxush reaktsiyalari (ta'sirlari), shu jumladan dori vositasining samarasizligi haqida xabarnomalar to'g'risidagi ma'lumotlar bazasiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish zarur.

Qozog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmasevtika nazorati qo'mitasi "dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ekspertiza qilish milliy markazi" REM.

http://www.ndda.kz

retsept bo'yicha
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Boshqa beta-laktam antibiotiklarida bo'lgani kabi, o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan o'limga olib keladigan reaktsiyalar qayd etilgan. Tsef III – SANTO qo'llanilishi bilan bog'liq kuchli yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi rivojlanganda preparat bilan davolash darhol bekor qilinishi va tegishli shoshilinch tibbiy choralar ko'rilishi kerak. Tsef III – SANTO bilan davolashni boshlashdan oldin, pasient anamnezida tseftriakson, boshqa tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki boshqa beta-laktam antibiotiklariga (penisillinlar, monobaktamlar va karbapenemlar) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lganligini aniqlash kerak. Anamnezda boshqa beta-laktam antibiotiklarga (penisillinlar, monobaktamalar va karbapenemlar) nisbatan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan pasientlarda Tsef III – SANTO dan qo'llanilganda ehtiyot bo'lish kerak.

Terining yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (Stivens-Djonson sindromi yoki Layell sindromi / toksik epidermal nekroliz) holatlari haqida xabar berilgan. Ushbu reaktsiyalarning tez-tezligi noma'lum.

Kaltsiy saqlovchi preparatlar bilan o'zaro tasiri

1 oylikkagacha bo'lgan chala tug'ilgan hamda to'liq muddatida tug'ilgan chaqaloqlarda o'pka va buyraklardagi kaltsiy-tseftriakson cho'kmasi yuzaga kelganda o'lim bilan yakunlangan reaktsiyalar qayd etilgan. Ularning kamida bittasi tseftriakson va kaltsiyni turli vaqtlarda va turli xil venoz tizimlar orqali qabul qilgan. Mavjud ilmiy ma'lumotlarga ko'ra, tseftriakson va kaltsiy saqlovchi eritmalar yoki boshqa har qanday kaltsiy saqlovchi preparatlarni qabul qilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlardan tashqari, pasientlarda vena ichida cho'kmalar hosil bo'lishi haqida tasdiqlangan ma'lumotlar yo'q. In vitro sharoitdagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda boshqa yosh guruhlariga nisbatan tseftriakson-kaltsiy cho'kmasi hosil bo'lish xavfi oshadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda boshqa yosh guruhlaridagi pasientlarga nisbatan tseftriakson kaltsiy tuzlari cho'kmasi hosil bo'lish xavfi yuqoridir.

Barcha yoshdagi pasientlarda Tsef III – SANTO hatto har qanday infuzion tizimlar yordamida yoki turli infuziya joylarida venaga yuboriladigan kaltsiy saqlovchi preparatlar bilan aralashishiga yo'l qo'yilmasligi va yuborilmasligi kerak. Biroq, 28 kundan oshgan chaqaloqlarda Tsef III – SANTO va kaltsiy saqlovchi eritmalar agar infuzion to'plamlar turli joylarda qo'llanilsa yoki infuzion vositalar almashtirilsa yoki fiziologik eritma bilan yaxshilab yuvib tashlansa cho'kma hosil bo'lish ehtimoli kamayadi.

Agar kaltsiy saqlovchi umumiy parenteral oziqlantirish uchun mo'ljallangan uzluksiz infuziya uchun zarur eritma (TPN) bilan birga Tsef III – SANTO dan foydalanish kerak bo'lsa, uni bir vaqtning o'zida turli xil infuzion tizimlar yordamida va turli xil joylarga yuborish mumkin. Shu bilan bir qatorda, tseftriaksonni yuborish vaqtida TPN eritmasining infuzion yuborishni to'xtatish va infuzion tizimlar eritmalar bilan yuvilishi mumkin.

Autoimmun gemolitik anemiya

Boshqa tsefalosporinlarni qo'llaganda bo'lgani kabi, Tsef III – SANTO bilan davolash vaqtida autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi mumkin. Kattalar va bolalarda og'ir darajadagi gemolitik anemiya, shu jumladan o'limga olib keladigan holatlar qayd etilgan. Agar Tsef III – SANTO bilan davolanayotgan pasientda anemiya rivojlansa, Tsefalosporin bilan bog'liq anemiya tashhisini inkor etib bo'lmaydi va sabab aniqlanmaguncha davolanishni bekor qilish kerak.

Uzoq muddatli davolanish

Uzoq muddatli davolanish vaqtida qon ko'rsatkichlarini doimiy ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi.

Kolitlar/sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarning haddan tashqari ko'payishi

Antibiotik-assosiasiyalangan kolit va soxta-membranoz kolit deyarli barcha antibiotiklar, shu jumladan tseftriakson uchun ham qayd etilgan va darajasi engildan hayot uchun xavfli holatlargacha bo'lishi mumkin. Shuning uchun Tsef III – SANTO qo'llash vaqtida yoki undan keyin diareya bo'lgan pasientlarda ushbu tashhisni ko'rib chiqish muhimdir. Tsef III – SANTO bilan davolashni to'xtatish va Clostridium difficile bilan maxsus davolanishni boshlash masalasini ko'rib chiqish kerak.

Peristaltikani susaytiradigan preparatlarni berish tavsiya etilmaydi. Boshqa antibakterial vositalar singari, sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar tomonidan superinfektsiya kuzatilishi mumkin.

Og'ir darajadagi buyrak va jigar etishmovchiligi

Og'ir darajadagi buyrak va jigar etishmovchiligida xavfsizlik va samaradorlik ko'rsatkichlarining klinik nazorati tavsiya etiladi.

Serologik tekshirishlarga ta'siri

Kumbs testlariga xalaqit berishi mumkin, chunki Tsef III – SANTO testning soxtma-musbat natijalariga olib kelishi mumkin. Tsef III – SANTO shuningdek galaktozemiya uchun soxta musbat test natijalariga olib kelishi mumkin. Siydikdagi glyukozani aniqlashning nofermentativ usullari soxta musbat natijalar berishi mumkin. Tsef III – SANTO bilan davolash vaqtida siydikdagi glyukoza miqdorini aniqlash fermentativ usulda amalga oshirilishi kerak.

Natriy

Tsef III – SANTO preparatining har bir grammda 3,6 mmol natriy saqlaydi. Natriy nazoratga olingan parhez buyurilgan pasientlarda buni e'tiborga olish kerak.

Tseftriaksonning ta'sir doirasi

Tseftriaksonning ta'sir doirasi cheklangan va Tsef III – SANTO monoterapiyasi, agar patogen agent aniqlanmagan bo'lsa, ba'zi turdagi bakteriyalarga nisbatan samarasiz bo'lishi mumkin. Tseftriaksonga chidamli shtammlar bo'lganda Tsef III – SANTO bilan birgalikda polimikrobial infektsiyalar uchun ta'sirga ega qo'shimcha antibiotik qo'llash kerak.

Lidokain

Lidokain saqlovchi Tsef III – SANTO eritmalari faqat mushak ichiga yuborilishi kerak. Lidokainni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar lidokainni tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasida keltirilgan.

Lidokain bilan sultirilgan Tsef III – SANTO eritmasini 15 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

15 yoshdan oshgan odamlarda lidokainni erituvchi sifatida ishlatganda lidokain uchun intradermal allergik tekshiruv o'tkazish tavsiya etiladi.

Lidokain eritmasini vena ichiga yuborish mumkin emas.

O't toshlari hosil bo'lishi

Tseftriaksondan, odatda tavsiya etilgandan yuqori dozalarda (kuniga 1 g va undan ko'p), qo'llanilgandan so'ng o't qopining ultratovush tekshiruvi natijasi tseftriakson kaltsiy tuzining presipitatlari mavjudligini ko'rsatgan, ularning shakllanishi, ehtimol, bolalarda ko'proq kuzatilgan. Presipitatlar kam hollarda biron-bir simptomatikada namoyon bo'ladi va Tsef III – SANTO bilan davolash tugagandan yoki to'xtatilganidan so'ng yo'qoladi. Agar ushbu ko'rinishlar klinik simptomlar bilan kechadigan bo'lsa, jarrohlik aralashuvisiz konservativ davolanish tavsiya etiladi va preparatni bekor qilish to'g'risidagi qaror davolovchi shifokor ixtiyorida bo'ladi va bu preparatni qo'llashdan keladigan foyda va xavflarni individual baholashga asoslangan bo'lishi kerak.

Biliar staz

Tsef III – SANTO preparatini qabul qilgan pasientlarda pankreatit, ehtimol biliar obstruktiv etiologiyali holatlar qayd etilgan. Ular biliar staz va biliar sladj uchun xavf omillari bo'lgan, masalan, avvalgi uzoq muddatli farmakoterapiya bilan davolanish, og'ir kasalliklar va parenteral ovqatlanish va h.k. Tsef III - Santoning biliar cho'kma bilan bog'liq triggerlari yoki kofaktorlari bo'lishi mumkinligini unutmaslik zarur.

Buyrak toshlari hosil bo'lishi

Buyrakda toshlar hosil bo'lganligi haqida xabar berilgan, ular tseftriakson yuborish to'xtatilgandan keyin qaytuvchan bo'lgan. Simptomatik holatlarda sonografiya o'tkazilishi tavsiya etiladi. Anamnezida buyrak toshlari hosil bo'lishi yoki giperkaltsiyuriya bilan og'rigan pasientlarda preparatni qo'llash foyda va xavf omillarini aniq baholash asosida shifokor tomonidan ko'rib chiqilishi zarur.

Yarish-Gerksgeymera (JHR) reaktsiyasi

Spiroxetalar tomonidan qo'zg'atilgan infektsiyaga chalingan ba'zi pasientlarda tseftriakson bilan davolashdan ko'p o'tmay Yarish-Gerksgeymer (JHR) reaktsiyasi rivojlanishi mumkin. Reaktsiya odatda o'z-o'zidan o'tib ketadi yoki simptomatik davolash bilan to'xtatilishi mumkin. Agar reaktsiya paydo bo'lsa, antibiotiklar bilan davolashni to'xtatish shart emas.

Entsefalopatiya

Tseftriakson, ayniqsa, og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (4.2-bo'limga qarang) yoki Markaziy nerv tizimi buzilishlari bo'lgan keksa yoshdagi odamlarda qo'llanilganida entsefalopatiya haqida ma'lum qilingan (4.8-bo'limga qarang). Tseftriakson bilan bog'liq entsefalopatiya taxmin qilinganida (masalan, anglash darajasi pasayishi, ruhiy holatni o'zgarishi, mioklonus, tirishishlar), tseftriaksonni qabul qilishni to'xtatish to'g'risidagi masala ko'rib chiqilishi kerak.

Maxsus ogohlantirishlar

Bolalar

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, emizik bolalarda va kichik yoshdagi bolalarda Tsef III - Santoning xavfsizligi va samaradorligi "qo'llanilishi" bo'limida ta'riflangan dozalarda ko'rsatilgan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, boshqa tsefalosporinlar singari, tseftriakson ham bilirubinni qon zardobi albumin bilan birikmasidan siqib chiqarishi mumkin.

Tsef III – SANTO preparati yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, ayniqsa bilirubin entsefalopatiyasi rivojlanish xavfi bo'lgan chala tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llanilmasligi kerak.

Tseftriaksonga, tsefalosporinlarga yoki biron-bir yordamchi moddalarga o'ta yuqori sezuvchanlik.

Anamnezda beta-laktam antibakterial preparatlarga (penisillinlar, monobaktamlar va karbapenemalar) o'ta yuqori sezuvchanlikning og'ir darajadagi reaktsiyalari (masalan, anafilaktik reaktsiyalar).

Tsef III – SANTO preparatini quyidagi hollarda qo'llash mumkin emas:

41 haftagacha bo'lgan chala tug'ilgan bolalar (umumiy gestasion va xronologik yosh) *

Muddatida tug'ilgan chaqaloqlar (≤ 28 - kunlik):

  • giperbilirubinemiya, sariqlik yoki asidoz, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gipoalbuminemiya*

  • yangi tug'ilgan chaqaloqlarga kaltsiy saqlovchi eritmalarni vena ichiga yuborish. Tseftriaksonning kaltsiyli tuzlarining hosil bo'lish xavfi tufayli yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (≤ 28 kunlik) kaltsiy saqlovchi eritmalar, shu jumladan uzoq muddatli kaltsiy saqlovchi infuziyalarda, masalan, parenteral oziqlantirishda.

*In vitro tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tseftriakson qon zardobi albumini bilan bog'langan bilirubinni siqib chiqarishi mumkin va bunday pasientlarda bilirubinli entsefalopatiya xavfini oshiradi.

Lidokain yordamida mushak ichiga Tsef III – SANTO yuborishdan oldin lidokainga qarshi ko'rsatmalar mavjudligini istisno qilish kerak. Lidokainni qo'llashga qarshi ko'rsatmalar lidokainni tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasida keltirilgan.

  • Lidokain bilan suyultirilgan Tsef III – SANTO preparatini 15 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Lidokain saqlovchi tseftriakson eritmalarini vena ichiga yuborish mumkin ema

Cho'kma paydo bo'lishi mumkinligi sababli, Tsef III – SANTO preparatini suyultirish yoki vena ichiga yuborish uchun Ringer yoki Xartmann eritmasi kabi kaltsiy saqlovchi eritmalardan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Tsef III – SANTO va kaltsiy saqlovchi eritmalarni bitta venoz yuborish tizimida aralashtirilganda ham tseftriaksonning kaltsiyli tuzlari cho'kmasi hosil bo'lishi mumkin.

Tsef III – SANTO preparatini vena ichiga yuborish uchun kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan bir vaqtda, shu jumladan kaltsiy saqlovchi eritmalarning uzoq muddatli infuziyalarida, masalan, Y-konnektor yordamida parenteral oziqlantirish paytida bir vaqtning o'zida qo'llash mumkin emas. Yangi tug'ilgan chaqaloqlardan tashqari pasientlarning barcha guruhlari uchun preparatni ketma-ket yuborish va kaltsiy saqlovchi eritmalarning infuziyalari o'rtasida mutanosib suyuqlik bilan infuzion tizimlarni yaxshilab chayish orqali davom ettirish mumkin. Kattalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarning kindigidan olingan qon zardobi yordamida o'tkazilgan in vitro tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tseftriakson kaltsiy tuzlari cho'kmasi hosil bo'lish xavfi yuqori.

Peroral antikoagulyantlar va preparatni bir vaqtning o'zida qo'llanilganda K vitamini tanqisligi xavfi oshadi va qon ketishi mumkin. HNN (halqaro normallashtirilgan nisbat) ni diqqat bilan kuzatib borish va tseftriakson bilan davolash vaqtida K vitamini dozasiga adekvat ravishda tuzatish kiritish va undan keyin foydalanish kerak.

Tsefalosporinlar bilan qo'llanganda aminoglikozidlarning nefrotoksikligini oshirish ehtimoli to'g'risida qarama-qarshi ma'lumotlar mavjud, shuning uchun buyrak funktsiyasini va qondagi aminoglikozidlarning kontsentrasiyasini kuzatib borish zarur.

In vitro sharoitdagi tadqiqotlar davomida preparatni Xloramfenikol bilan bir vaqtning o'zida qo'llanilganda antagonist samaralar qayd etilgan. Ushbu antagonizmning klinik ahamiyati noma'lum.

Tseftriakson va peroral kaltsiy saqlovchi dorilarning o'zaro ta'siri yoki mushak ichiga yuborilgan tseftriakson va kaltsiy saqlovchi dorilarning o'zaro ta'siri (vena ichiga yoki peroral qo'llash uchun) haqida ma'lumotlar yo'q.

Tsef III – SANTO bilan davolashda Kumbs testining soxta musbat natijalari olinishi mumkin.

Tsef III – SANTO bilan davolashda, boshqa antibakterial preparatlar singari, galaktozemiya uchun soxtamusbat test natijalari chiqishi mumkin.

Shuningdek, Tsef III – SANTO bilan davolashda siydikdagi glyukozani aniqlashda soxtamusbat natijalar olinishi mumkin. Shu sababli glyukozuriyani faqat fermentativ usul bilan aniqlash tavsiya etiladi.

Preparatning yuqori dozalarini va "xalqali"diuretiklarni (masalan, furosemid) bir vaqtda qo'llanilganda buyrak funktsiyasining buzilishi kuzatilmagan.

Probenesid Tsef III – SANTO ning chiqarilishiga ta'sir qilmaydi.

Dozalash tartibi

Preparatning dozasi infektsion jarayonning og'irlik darajasiga, qo'zg'atuvchining sezgirligiga, joylashishiga va tipiga, pasientning yoshiga, jigar va buyrak funktsiyasining holatiga bog'liq.

Quyidagi jadvallarda ko'rsatmalarga qarab umumiy tavsiya etilgan dozalar keltirilgan. Individual holatlarda, og'ir darajada kechganida yuqoriroq tavsiya etilgan dozalarni buyurishni ko'rib chiqish kerak.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar (tana vazni > 50 kg)

PReparat Dozasi *

Yuborishlar tez-tezligi **

Qo'llanilishi

1-2 g

Sutkada 1 marta

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya

O'pkaning surunkali obstruktiv kasalligining qaytalanishlari

Qorin bo'shlig'i a'zolarining infektsiyalari

Buyrak va siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan, pielonefrit)

2 g

Sutkada 1 marta

Kasalxona ichki pnevmoniyasi

Teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari

Suyak va bo'g'im infektsiyalari

2-4 g

Sutkada 1 marta

Neytropeniyasi bo'lgan pasientlardagi isitmada bakterial infektsiya mavjudligiga shubha paydo bo'lganda

Bakterial endokardit

Bakterial meningit

* tasdiqlangan bakteriemiya holatida tavsiya etilganidan yuqoriroq dozalarni buyurish zarurligini hisobga olish kerak

** sutkada 2 g dan yuqori doza buyurilgan hollarda, preparatni 2 marta bo'lib qabul qilish mumkin (har 12 soatda)

Preparatni yuborishning maxsus tartibini talab qiladigan kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun ko'rsatmalar (> 50 kg)

O'rkir o'rta otit

Preparatni 1-2 g dozada mushak ichiga bir marta yuborish mumkin.

Cheklangan ma'lumotlar og'ir darajadagi infektsiya holatlarida yoki avvalgi davolash muvaffaqiyatsiz tugaganida, Tsef III - SANTO 3 kun davomida har kuni mushak ichiga 1-2 g dozada yuborilganda samarali bo'lishi mumkinligini namoyish qilgan.

Jarroxlik infektsiyalarini operasiyadan oldingi profilaktikasi

Oprerasiyadan oldin 2 g dozada 1 marta yuboriladi.

Gonoreya

500 mg dozada 1 marta mushak ichiga yuboriladi.

Sifilis

Tavsiya etilgan doza sutkada 500 mg dan 1 g gacha, neyrosifilisda - 2 g gacha, 10-14 kun davomida yuboriladi. Sifilis, shu jumladan neyrosifilis uchun dozalash bo'yicha tavsiyalar cheklangan ma'lumotlarga asoslangan va preparatni buyurishda milliy va mahalliy ko'rsatmalar e'tiborga olinishi kerak.

Tarqalgan Laym-borreliozi (erta (II) va kechki (III) bosqichlari)

Sutkada bir marta 2 g dozada 14-21 kun davomida qo'llaniladi. Davolashning tavsiya etilgan davomiyligi har xil. Milliy va mahalliy ko'rsatmalar hisobga olinishi kerak.

Bolalar

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar, go'daklar va 15 kunlikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (<50 kg)

Tana vazni 50 kg dan va undan yuqori bo'lgan bolalarga odatdagi kattalar dozasi qo'llanilishi kerak.





PReparat Dozasi *

Yuborishlar tez-tezligi **

Qo'llanilishi

50-80 mg/kg

Sutkada 1 marta

Qorin bo'shlig'i a'zolari infektsiyalari

Buyraklar va siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan, pielonefrit)

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya

Kasalxona ichki pnevmoniyasi

50-100 mg/kg (eng yuqori sutkalik doza - 4 g)

Sutkada 1 marta

Teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari

Suyak va bo'g'im infektsiyalari

Neytropeniyasi bo'lgan pasientlardagi isitmada bakterial infektsiya mavjudligiga shubha paydo bo'lganda

80-100 mg/kg (eng yuqori sutkalik doza - 4 g)

Sutkada 1 mahal

Bakterial meningit

100 mg/kg (eng yuqori sutkalik doza - 4 g)

Sutkada 1 marta

Bakterial endokardit

* tasdiqlangan bakteriemiya holatida tavsiya etilganidan yuqoriroq dozalarni buyurish zarurligini hisobga olish kerak

** sutkada 2 g dan yuqori doza buyurilgan hollarda, preparatni 2 marta bo'lib qabul qilish mumkin (har 12 soatda).

Preparatni yuborishning maxsus tartibini talab qiladigan yangi tug'ilgan chaqaloqlar, go'daklar va 15 kunlikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ko'rsatmalar (<50 kg)

O'tkir o'rta otit

Preparatni 50 mg/kg dozada mushak ichiga bir marta yuborish tavsiya etiladi.

Cheklangan ma'lumotlar og'ir darajadagi infektsiya holatlarida yoki avvalgi davolash muvaffaqiyatsiz tugaganida, Tsef III – SANTO 3 kun davomida har kuni mushak ichiga 50 mg/kg dozada yuborilganda samarali bo'lishi mumkinligini namoyish qilgan.

Jarroxik infektsiyalarni operasiyadan oldingi profilaktikasi

Operasiyadan oldin tana vazniga 50-80 mg/kg dozada 1 marta yuboriladi.

Gonoreya

500 mg dozada 1 marta mushak ichiga yuboriladi.

Sifilis

Tavsiya etilgan doza sutkada 75-100 mg/kg (eng yuqori sutkalik doza – 4 g) 10-14 kun davomida yuboriladi. Sifilis, shu jumladan neyrosifilis uchun dozalash bo'yicha tavsiyalar cheklangan ma'lumotlarga asoslangan va preparatni buyurishda milliy va mahalliy ko'rsatmalar e'tiborga olinishi kerak.

Tarqalgan Laym-borreliozi (erta (II) va kechki (III) bosqichlari)

Sutkada bir marta 50-80 mg/kg dozada 14-21 kun davomida qo'llaniladi. Davolashning tavsiya etilgan davomiyligi har xil. Milliy va mahalliy ko'rsatmalar hisobga olinishi kerak.

0-14 kunlik yangi tug'ilgan chaqaloqlar

Tsef III – SANTO preparatini 41 haftalikkacha (homiladorlik haftalari + tug'ilgandan keyin haftalar) bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llash mumkin emas.

PReparat dozasi*

Yuborishlar tez-tezligi

Qo'llanilishi

20-50 mg/kg

Sutkada 1 marta

Qorin bo'shlig'i a'zolari infektsiyalari

Teri va yumshoq to'qimalarning asoratlangan infektsiyalari

Buyraklar va siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan, pielonefrit)

Kasalxonalan tashqari pnevmoniya

Kasalxona ichki pnevmoniyasi

Suyak va bo'g'im infektsiyalari

Neytropeniyasi bo'lgan pasientlardagi isitmada bakterial infektsiya mavjudligiga shubha paydo bo'lganda

50 mg/kg

Sutkada 1 marta

Bakterial meningit

Bakterial endokardit

* tasdiqlangan bakteremiya holatlarida tavsiya etilgan eng yuqori dozalarni buyurish zarurligini hisobga olish kerak.

Eng yuqori sutkalik doza 50 mg / kg dan oshmasligi kerak.

Preparatni yuborishning maxsus tartibini talab qiladigan 0-14 kunlik yangi tug'ilgan chaqaloqlar

O'tkir o'rta otit

Preparatni 50 mg/kg dozada mushak ichiga bir marta yuborish tavsiya etiladi.

Jarroxlik infektsiyalarini operasiyadan oldingi profilaktikasi

Operasiyadan oldin tana vazniga 50-80 mg/kg dozada 1 marta yuboriladi.

Gonoreya

20-50 mg/kg dozada 1 marta mushak ichiga yuborish tavsiya etiladiyuboriladi.

Sifilis

Tavsiya etilgan doza sutkada 50 mg/kg dozada 10-14 kun davomida yuboriladi. Sifilis, shu jumladan neyrosifilis uchun dozalash bo'yicha tavsiyalar cheklangan ma'lumotlarga asoslangan va preparatni buyurishda milliy va mahalliy ko'rsatmalar e'tiborga olinishi kerak.

Davolash davomiyligi

Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga bog'liq. Tsef III – SANTO preparatini qo'llashni pasientning tana harorati normallashgandan keyin yoki qo'zg'atuvchi eradikasiyasi tasdiqlangandan keyin ham 48-72 soat davomida davom ettirish kerak.

Keksa yoshidagi shaxslar

Jigar va buyraklar funktsiya buzilishi bo'lmagan – yoshga doir tuzatish kiritmasdan kattalar uchun odatdagi dozalar qo'llaniladi.

Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanilishi

Agar buyraklar funktsiyasi normada bo'lsa, jigarning engil yoki o'rtacha darajadagi buzilishi holatlarida Tsef III – SANTO dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q. Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligida preparatni qo'llash to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanilishi

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda, agar jigar funktsiyasini buzilishi bo'lmasa, Tsef III – SANTO dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q. Preterminal buyrak etishmovchiligida (kreatinin klirensi <10 ml / minut), Tsef III – SANTO dozasi sutkada 2 g dan oshmasligi kerak. Dializda bo'lgan pasientlarda muolajadan keyin preparatni qo'shimcha yuborish talab qilinmaydi. Tsef III – SANTO peritoneal gemodializ orqali chiqarilmaydi. Preparatning xavfsizligi va samaradorligini klinik nazorat qilish talab etiladi.

Og'ir darajadagi jigar va buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llanilishi

Og'ir darajadagi buyrak va jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda Tsef III – SANTO preparati qo'llanilganda preparatning xavfsizligi va samaradorligini klinik nazorat qilish kerak.

Yuborish yo'li va usuli

Mushak ichiga yuborish

Mushak ichiga yuborishni mushakka chuqur in'ektsiya yo'li bilan amalga oshiriladi. Bitta mushakka 1 g dan ko'p bo'lmagan miqdorda yuborish tavsiya etiladi.

Lidokain saqlovchi eritma vena ichiga yuborilmasligi kerak.

Vena ichiga yuborish

Tsef III – SANTO vena ichiga infuziya shaklida kamida 30 minut davomida (afzal yo'l), vena ichiga 5 minut davomida oqim bilan sekin yuborilishi kerak. Vena ichiga oqim bilan yuborish 5 minut davomida, asosan yirik venalarga amalga oshirilishi kerak. Chaqaloqlar va 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda vena ichiga 50 mg / kg va undan yuqori dozalar asosan infuziya yo'li bilan yuborilishi kerak. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bilirubinli entsefalopatiyaning potentsial xavfini kamaytirish maqsadida infuziya davomiyligi 60 minutdan ko'proq bo'lishi zarur. Vena ichiga yuborishning iloji bo'lmaganda yoki pasientga mushak ichiga yuborish usuli afzal bo'lgan hollarda Tsef III – SANTO eritmasi mushak ichiga yuborilishi kerak. 2 g dan yuqori dozalarda vena ichiga yuborish yo'lidan foydalanish kerak.

O'pka va buyraklarda tseftriakson-kaltsiy presipitatlarini hosil bo'lishi xavfi tufay

Simptomlari

Doza oshirib yuborilganda ko'ngil aynishi, qusish va diareyaga olib kelishi mumkin. Gemodializ va peritoneal dializ preparatning kontsentratsiyasini pasaytirmaydi. Spesifik antidoti yo'q.

Davolash

Simptomatik

Homilador ayollarda tseftriakson qo'llanishi to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas yoki cheklangan. Tseftriakson yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar embrional/ fetal, perinatal va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita zararli ta'sirlaridan dalolat beradi.

Homilador ayollarga preparatni faqat qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha, bunda, agar ona uchun foyda homila uchun xavfdan yuqori bo'lsagina buyurish kerak.

Tseftriakson ko'krak sutiga o'tadi. Tseftriaksonning emizik bolaga ta'siri, uni onasi terapevtik dozalarda qo'llaganida, diareya, shilliq qavatlarning zamburug'li infektsiyalari va bolada yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelmaydi. Bola uchun emizishning afzalliklari va ona uchun davolashning afzalliklarini hisobga olgan holda emizishni to'xtatish yoki tseftriakson bilan davolashni to'xtatish / cheklanish kerak.

Fertillikni o'rganish davomida erkaklar yoki ayollar reproduktiv funktsiyalariga salbiy ta'sir ko'rsatmaganligi aniqlangan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Tsef 3-Santo kukun 500mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Tsef 3-Santo kukun 500mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Tsef 3-Santo kukun 500mg dori vositasi АО «Химфарм» tomonidan Qozog’iston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Tsef 3-Santo kukun 500mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Tsef 3-Santo kukun 500mg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SEFTRIAKSON SANITA poroshok 1,0g N1
Narh: 2 600 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON SANITA poroshok 1,0g N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9