×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEFANORM kapsulalar N30

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
прутняка сухой экстракт
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Cefac KG
ATX kodi:
- G02CX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 220 ta dorixonasida topildi

ico 115 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 145 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 132 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

Metromikon Forte suppozitorii N7 Farmaprim S.R.L Moldova
55 000 s`om dan
PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Europe B.V. Niderlandlar
GINOMIKS suppozitorii N6 Dr.Lazar & Cla.S.A. Quimica e Industrial Argentina
97 500 s`om dan
BETADIN suppozitorii 200mg N14 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company Vengriya
82 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SEFANORM kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNONOMA

SEFANORM

CEFANORM

 

Preparatning savdo nomi: Sefanorm

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun qattiq kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4,0 mg oddiy prutnyak mevasining quruq ekstrakti (o‘zaro nisbati: 7­13 qism ekstragent sifatida  60% li (hajm) etanolning 1 qismiga);

yordamchi moddalar: glyukoza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza monogidrati, magniy stearati,  makkajo‘xori kraxmali, talk; qattiq kapsula tarkibi: jelatin, titan dioksidi, natriy lauril sulfati.

Ta‘rifi: xira oq rangli qattiq kapsulalar.

Kapsula tarkibi ­ o‘ziga xos xidli och­jigarrang kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar.

ATX kodi: G02CX

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sefanorm ayollarning jinsiy gormonlarining konsentrasiyasiga garmonizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Sefanorm dofaminergik ta‘sir ko‘rsatadi, prolaktin ishlab chiqarilishini kamaytiradi va giperprolaktinemiyani bartaraf qiladi. Sefanorm gipotalamusning dofamin D2-reseptorlariga ta‘sir ko‘rsatish orqali prolaktinning ajralib chiqarilishini susaytiradi. Hayz siklini buzilishi, hayz oldi sindromi, siklik mastalgiya, mastodiniya va fibroz­kistoz mastopatiya prolaktin konsentrasiyasini oshishi yoki latent giperprolaktenemiya sababli yuzaga keladi. Prolaktin konsentrasiyasini oshishi gonadotropinlarning sekresiyasini pasaytiradi, buning natijasida follikulalar rivojlanishida, ovulyasiyada va sariq tana faoliyati bosqichida buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bunda paydo bo‘luvchi estradiol va progesteron miqdori orasidagi disbalans hayz siklini turli buzilishlariga olib keladi. Sefanorm gonadotrop gormonlarning o‘zaro nisbatini normallashtiradi. Ritmik ishlab chiqarish va gonadotrop gormonlarning o‘zaro nisbatini normallashuvi prolaktinning normal darajalarida hayz siklining ikkinchi fazasini tartibga keltiradi, bundan tashqari, estradiol va progesteron orasidagi disbalans to‘xtatiladi.

Prolaktin shuningdek biriktiruvchi to‘qimani shakllanishini kuchaytirib va sut yo‘lini kengayishini chaqirib, sut bezlaridagi proliferativ jarayonlarga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Sefanorm kapsulalarini qabul qilganda prolaktin miqdorini pasayishi sut bezlarida patologik jarayonlarni qayta rivojlanishiga olib keladi va mastodiniyada og‘riq sindromini bartaraf qiladi. Ritmik ishlab chiqarish va gonadotrop gormonlarning o‘zaro nisbatini normallashishi hayz siklining ikkinchi fazasini normallashishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Oddiy prutnyak mevalarida 0,63% efir moyi saqlanadi, unda biologik faol moddalar
α­ va β­pinenlar (39,7%), sineol (25,2%), limonen (14,8%), sabinen; flavonoidlar (2% gacha) (flavonol hosilalari ­ kastisin, kversetagetin, kempferol); kumarin, alkaloidlar (vitisin), yelimsimon moddalar; 1,3% gacha organik kislotalar (chumoli, sirka, propion, valerian kislotalar) aniqlanadi.

Sefanorm kapsulalarining ta‘siri oddiy prutnyak mevasi ekstrakti komponentlarining birgalikdagi ta‘siri hisoblanadi, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas.

 

Qo‘llanilishi

  • Hayz siklini buzilishida
  • Mastodiniya (sut bezlarida taranglashish va shish hissi) da
  • hayz oldi sindromi (hayz kelishi blan kuzatiluvchi salomatlik holatiga har oydagi shikoyat) da qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Shifokor tomonidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar yo‘qligida, Sefanormni ichga chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan va imkon boricha sutkaning bir xil vaqtida kuniga 1 kapsuladan (faol moddaning 4,0 mg ga mos) qabul  qilish kerak.

Ishonchli samaraga erishish uchun preparatni eng kamida 3 hayz sikli davomida qabul qilish kerak.

Navbatdagi doza o‘tkazib yuborilganida Sefanormni ikki baravar ortiq dozasini qabul qilish mumkin emas, davolashni buyurilgan tartibda davom ettirish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Oddiy prutnyak mevasini saqlovchi preparat ichga qabul qilinganidan keyin bosh og‘rig‘i, qichishish, me‘da­ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, me‘dada yoki qorin  sohasida og‘riq), shuningdek toshma bilan paydo bo‘luvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik, eshakemi, yuzni shishi, dispnoe va yutinish qiyinlashishi kuzatilishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar, ayniqsa ­ o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, paydo bo‘lsa, darhol preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, shifokoringizni yoki farmasevtni ogohlantiring.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • oddiy prutnyak mevasiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda
  • gipofiz o‘smasida
  • sut bezlari rakida
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dofaminergik va estrogen ta‘siri paydo bo‘lishi mumkinligi sababli dofaminning agonistlari va antagonistlari bilan, shuningdek estrogenlarning agonistlari va antagonistlari bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin. Sefanorm kapsulalarini dofamin reseptorlarining antagonistlari (metoklopramid, domperidon) bilan bir vaqtda qo‘llaganda ta‘siri o‘zaro susayishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Sefanorm preparatini qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi. Qo‘llash bo‘yicha adekvat tekshiruvlar yo‘qligi sababli Sefanorm preparatini bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparatni qabul qilganda sut bezlarida og‘riq va/yoki holsizlik, depressiya, hayz buzilishlari yuzaga kelishi hollarida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi. Agar preparat bekor qilinganidan keyin shikoyatlar yana paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur; shifokor tavsiyasiga ko‘ra davolash davom ettirilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozalashning tavsiya qilingan tartibiga rioya qilganda dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Preparatni ancha yuqori dozalarda qabul qilganda terapevtik choralar o‘tkazish zaruratini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Doza oshirib yuborilishida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari yuqori tez­tezlikda namoyon bo‘lishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun qattiq kapsulalar, 10 kapsuladan polivinilxlorid (PVX)/polivinildenxlorid (PVDX)/alyumin blisterlarda; blisterlar tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

15-30°S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEFANORM kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEFANORM kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEFANORM kapsulalar N30 dori vositasi Cefac KG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEFANORM kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEFANORM kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9