Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, mushaklarni tortilishi.
Allergik reaktsiyalar: makulopapulyoz toshma, eshakemi, qichishish, isitma, Stivens-Djonson sindromi, anafilaktik shok.
Qon yaratish tizimi tomonidan: qaytuvchi neytropeniya, leykopeniya, gemoglobin va gematokrit darajasini pasayishi, eozinofiliya, trombositopeniya va gipoprotrombinemiya hollari.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, vaskulit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya.
Laboratoriya ko'rsatkichlari: jigarning funktsional testlari ast, Alt ko'rsatkichlarini, ishqoriy fosfotaza va bilirubinning darajasini oshishi.
Mahalliy reaktsiyalar: in'ektsiya joyida og'riq, infuziya joyida og'riq (vena ichi kateteri orqali yuborilganida).
Ayrim bemorlarda tsefoperazon bilan davolash, boshqa antibiotiklar bilan bo'lgani kabi, organizmda K vitaminining tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu ehtimol bu vitaminni sintez qiluvchi ichak mikroflorasini susayishi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Bunday xavfga holsizlangan pasientlar, ovqatlanishi cheklangan pasientlar, mukovissidozi bo'lgan bemorlar, shuningdek uzoq vaqt parenteral oziqlanishda bo'lgan pasientlar beriluvchandirlar. Bunday hollarda protrombin darajasini nazorat qilish va zarurati bo'lganida K vitaminining preparatlarini buyurish kerak. Xuddi shunday nazoratni antikoagulyantlar bilan davolanayotgan pasientlarda ham amalga oshirish kerak.
Preparatni davomli qo'llash chidamli mikroorganizmlarni o'sishini kuchayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bemorning holatini sinchiklab nazorat qilish kerak. Buyraklar, jigar va qon yaratish tizimining faoliyatini buzilishlarini vaqti-vaqti bilan namoyon bo'lishiga tayyor bo'lishi kerak. Bu ayniqsa, yangi tug'ilgan, xususan chala tug'ilgan chaqaloqlarga, shuningdek boshqa chaqaloqlarga nisbatan muhimdir.
Buyraklar faoliyatini buzilishlarida qo'llanishi. Buyraklarning faoliyatini turli darajadagi buzilishlari bo'lgan pasientlarda preparat qo'llanganida sulbaktamning umumiy klirensi aniqlangan kreatinin klirensi bilan mos keladi. Buyraklar faoliyatining og'ir buzilishlari bo'lgan pasientlarda sulbaktamning yarim hayotini muddati ahamiyatli oshishi aniqlanadi. Gemodializ sulbaktamning yarim hayot muddati, umumiy klirensi va taqsimlanish hajmiga jiddiy ta'sir qiladi. Buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda tsefoperazonning farmakokinetikasida qandaydir o'zgarishlar aniqlanmagan.
Jigar faoliyatini buzilishida qo'llanishi. Tsefoperazon ahamiyatli darajada o't-safro bilan chiqariladi. Jigar kasalliklari va/yoki o't-safro chiqarish yo'llarining obstruktsiyasi bo'lgan pasientlarda tsefoperazonning plazmada yarim hayot davri uzayadi, siydik bilan chiqarilishi esa oshadi. Hatto jigar faoliyatining og'ir buzilishlarida ham o't-safroda tsefoperazonning terapevtik kontsentrasiyalari aniqlanadi, plazmadagi yarim hayot davri esa 2-4 marta oshadi.
O't-safro chiqarish yo'llarining og'ir obstruktsiyasi, jigarning og'ir kasalliklarida yoki buyraklar faoliyatini yo'ldosh buzilishlarida dozani to'g'rilash kerak bo'lishi mumkin ("qo'llash usuli va dozalari"ga qarang).
Keksa va qari bemorlarda qo'llanishi. Sulbaktam ham, tsefoperazon ham qo'llanganida yarim hayot davrini uzayishi, umumiy klirensni kamayishi va taqsimlanish hajmini oshishi kuzatiladi. Sulbaktamning farmakokinetikasi buyraklar faoliyatining darajasi bilan bevosita mos keladi, tsefoperazonning farmakokinetikasi esa jigar faoliyatini buzilishlari bilan mos keladi.
Bolalarni davolash uchun qo'llanishi. Pediatriyada Tsefoperazon i sulbaktam preparatining komponentlarini farmakokinetikasi kattalar bilan qiyoslanganida katta farqlarga ega emas.
Preparat chaqaloqlarda samarali qo'llanadi. Biroq tsefoperazon/sulbaktam majmuasini chala tug'ilgan chaqaloqlarda yoki yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llash bo'yicha har tomonlama tekshirishlar o'tkazilmagan. Shuning uchun chala tug'ilgan chaqaloqlar yoki yangi tug'ilgan chaqaloqlarni davolashni boshlashdan oldin, potentsial foyda va davolashdan bo'ladigan xavfni sinchiklab baholash kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash.
Tsefoperazon i sulbaktam yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni faqat ayol uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lganidagina qabul qilish mumkin.
Tsefoperazon va sulbaktam juda oz miqdorda ko'krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun preparat laktasiya davrida qo'llanganida emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.
Bolalarda qo'llash.
Preparatni 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'siri to'g'risida.
Hozirgi vaqtda xabarlar yo'q.
nafas yo'llarining infektsiyalari (yuqori va quyi qismlari);
intraabdominal infektsiyalar (peritonit, xolesistit, xolangit va boshq.);
siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari (yuqori va quyi qismlari);
septisemiya;
meningit;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
suyak va bo'g'imlarning infektsiyalari;
chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklari;
gonoreya va jinsiy a'zolarning boshqa infektsiyalari.
Ma'lum ko'rsatmalarda Tsefoperazon i sulbaktam preparati boshqa antibiotiklar bilan birga majmuaviy davolash tarkibida qo'llanishi mumkin.
Antikoagulyantlar bilan (kumarin yoki indaktsion hosilalari bilan), geparin bilan yoki qandaydir trombolitiklar bilan bir vaqtda qo'llash qon ketishlari xavfini oshiradi.
Preparat qo'llanilganida siydikda glyukozaning miqdorini nofermentativ usullar bilan aniqlashda va Kumbs reaktsiyasini qo'yishda soxtamusbat natijalar bo'lishi mumkin.
Preparatni aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolash tarkibida qo'llash holida, butun davolash kursi davomida buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak ("nomutanosiblik" ga qarang).
Bolalar ola olmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati-2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng ishlatilmasin.