×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEFTRI tabletkalari 200mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Цефиксим
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- BKRS Pharma Pvt. Ltd.
Vakil:
- KOHINOOR FARMA MChJ
ATX kodi:
- J01DD08
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 9 ta dorixonasida topildi

ico 50 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KLAMOK tabletkalari 375mg N15 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
40 000 s`om dan
ULTRAZIDIM poroshok 1,0g Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
35 500 s`om dan
SEFIKAD poroshok 1000mg N1 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 Синтез, ОАО Belarusiya
5 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sefiksim - 200 mg; 400;
yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talьk, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, metilenxlorid, oq tayyor miksi, izopropil spirti.
Ta'sir mexanizmi
Ichga qabul qilish uchun sefalosporinlarni III avlodi guruhiga mansub yarim sintetik antibiotikdir. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning hujayra devorini sintezini susaytirishi bilan bog'liq. Sefiksim ko'pchilik grammusbat va grammanfiy bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan β-laktamazalarning ta'siriga chidamlidir.
Mikrobga qarshi faollik doirasi.
Klinik amaliyot va in vitro sharoitida sefiksimning samaradorligi Streptococcus pyogenes, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Niesseria gonorrhoeae chaqirgan infektsiyalarda tasdiqlangan.
Sefiksim shuningdek in vitro sharoitida grammusbat Streptococcus agalactiae va grammanfiy bakteriyalarga – Haemophilus parainfluenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumonia, Klebsiella oxytoca, Pasteurella multocida, Providencia spp., Salmonella spp., Citrobacter amalonaticus, Citrobacter diversus ga qarshi faollikka ega.
Preparatga Pseudomonas spp., Enterococcus spp., Listeria monocytogenes, ko'pchilik shtammlari Enterobacter spp., Staphylococcus spp. (shu jumladan metitsilliga rezistent shtammlari), Bacteroides fragilis, Clostridium spp. lar chidamlidir.
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda biokiraolishligi 40 - 50% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog'liq emas. Kattalarda peroral 400 mg dozada qabul qilinganda qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) 3 - 4 soatdan keyin erishiladi va u 2,5 - 4,9 mkg/ml ni, 200 mg dozada - 1,49 - 3,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ovqatni qabul qilish preparatni me'da-ichak yo'llaridan so'rilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.


Taqsimlanishi
200 mg sefiksimni yuborilganda 16,8 l ga teng muvozanatli kontsentratsiyasiga erishilganda, taqsimlanish hajmi - 6,7 l ni tashkil qilgan. Sefiksimning taxminan 65% plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Sefiksim siydik va safroda eng yuqori kontsentratsiyalarini hosil qiladi. Sefiksim yo'ldosh to'sig'i orqali kiradi. Sefiksimni kindik qonidagi kontsentratsiyasi preparatni ona qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 1/6 - 1/2 ga yetadi, preparat ko'krak sutida aniqlanmaydi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Kattalar va bolalarda yarim chiqarilish davri 3 - 4 soatni tashkil qiladi. Sefiksim jigarda metabolizmga uchramaydi, qabul qilingan dozaning 50 - 55% siydik bilan 24 soat davomida o'zgarmagan holda chiqariladi. Sefiksimning taxminan 10% safro bilan chiqariladi.
Nojo'ya samaralar qayd etilgan holatlarning tez-tezligi bo'yicha tasniflanadi:
Juda tez-tez (>10%), tez-tez (1 - 10%), tez-tez emas (0,1 - 1,0%), kam (0,01 - 0,1%), juda kam (0,01%)
Qon tizimi va qon yaratish a'zolari tomonidan:
Juda kam hollarda: tranzitor anemiya, leykopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, trombotsitopeniya yoki eozinofiliya. Qon ivishini buzilishining ayrim holatlari aniqlangan.
Tez-tezligi noma'lum: gemolitik anemiya.
Allergik reaktsiyalar:
Kam hollarda: allergik reaktsiyalar (masalan, eshakemi, terini qichishishi).
Juda kam hollarda: Layell sindromi (toksik epinevral nekroliz), sensibilizatsiya bilan bog'liq boshqa alergik reaktsiyalar - dorivor isitma, zardob kasalligini eslatuvchi sindrom, gemolitik anemiya va interstitsial nefrit, Stivens-Djonson sindromi, anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan:
Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, disforiya, notinchlik.
Nafas olish tizimi tomonidan:
Tez-tezligi noma'lum: dispnoe.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
Tez-tez: qorinda og'riq, ovqat hazm bo'lishini buzilishi, ko'ngil aynishi, qusish va diareya.
Juda kam hollarda: soxtamembranoz kolit.
Gepatobililar tizimi tomonidan:
Kam hollarda: hollarda ishqoriy fosfataza va transaminazalar darajasini, qonda bilirubin kontsentratsiyasini oshishi.
Juda kam hollarda: gepatit va xolestatik sariqlikning alohida holatlari.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan:
Juda kam hollarda: kreatinin kontsentratsiyasini biroz oshishi, gematuriya.
Penitsillinlar bilan kesishuvchan allergik reaktsiyalarni paydo bo'lishi mumkinligi sababli, patsiyentlarni anamnezini sinchkov baholash tavsiya qilinadi. Allergik reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni qo'llashni darhol to'xtatish kerak.
Preparatni uzoq qo'llanganda ichak mikroflorasi buzilishi mumkin, bu Clostridium difficile nihaddan ziyod ko'payishiga va soxtamembranoz kolitni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareyaning yengil shakllari paydo bo'lganida, odatda preparatni qabul qilishni to'xtatish yetarlidir. Kasallikning og'irroq shakllarida davolashni to'g'rilovchi davo (masalan, vankomitsinni ichga 250 mgdan kuniga 4 marta buyurish) tavsiya qilinadi. Me'da-ichak yo'llari motorikasini ingibitsiya qiluvchi, diareyaga qarshi preparatlar soxtamembranoz kolit rivojlanganida qo'llanmaydi.
Seftri preparatini aminglikozidlar, polimiksin V, kolistimetat natriy, “xalqali” diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi) bilan bir vaqtda yuqori dozalarda qo'llash hollarida, ayniqsa buyrak faoliyatini sinchkov nazorat qilish zarur. Seftri preparati bilan uzoq davolangandan keyin gemopoez faoliyati holatini tekshirish lozim.
Dispergirlanadigan tabletkalarni faqat suvda eritish lozim. Davolanish vaqtida ekspress diagnostika uchun ayrim test-tizimlari ishlatilganda Kumbsning bevosita soxta musbat reaktsiyalari va siydikni glyukozaga soxta musbat reaktsiyalari bo'lishi mumkin.Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Seftri preparatni transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tekshirishlar o'tkazilmagan. Noxush samaralar (masalan, bosh aylanishi) bo'lishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparatga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
streptokokli tonzillit va faringit;
sinusitlar;
o'tkir bronxit;
surunkali bronxitni zo'rayiishi;
o'tkir o'rta otit;
siydik-chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari;
asoratlanmagan gonoreya;
shigellezda qo'llaniladi.
sefiksimga yoki preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik,
sefalosporinlarga yoki penitsillinlarga o'ta yuqori sezuvchanlik,
surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bolalarga va tana vazni 25 kg dan kam bo'lgan bolalarga ushbu dori shaklida qo'llash tavsiya qilinmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan
Keksa yoshdagi patsiyentlar, buyrak yetishmovchiligi, kolit (anamnezida), homiladorlik.
Naychalar sekretsiyasining blokatorlari (probenetsid va boshqalar) sefiksimni buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi, bu dozani oshirib yuborilish simptomlarini paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Sefiksim protrombin indeksini pasaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi.
Sefiksimni karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanganida, plazmada karbamazepinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, bunday holatlarda terapevtik dori monitoringini o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Doza 200 mg - deyarli oq rangli, dumaloq shaklli ikki tomni qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Doza 400 mg - deyarli oq rangli, dumaloq shaklli ikki tomoni qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalar uchun sutkalik doza bir yoki ikki marta qabul qilish uchun 400 mg.
Tana vazni 25 - 50 kg bo'lgan bolalarga preparatni sutkada 200 mg dozada bir marta qabul qilishga buyuriladi.
Bevosita qo'llashdan oldin tabletkani qaynatilgan va sovutilgan choy qoshiq suvda eritiladi.
Tabletkani yetarli miqdordagi suv bilan yutish yoki suvda eritish va olingan suspenziyani tayyorlangandan keyinroq darhol ichish kerak. Preparatni ovqatni qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Davolanish davomiyligi kasallikni kechishiga va infektsiyani turiga bog'liq. Infektsiya simptomlari va/yoki isitma yo'qolgandan keyin preparatni qabul qilishni kamida yana 48 - 72 soat davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
Nafas yo'llarining va LOR a'zolarining infektsiyalarida davolash kursining davomiyligi 7 - 14 kunni tashkil qiladi.
Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan tonzillofaringitda davolanish davomiyligi kamida 10 kun bo'lishi kerak.
Asoratlanmagan gonoreyada preparatni 400 mg dozada bir marta buyuriladi.
Ayollarda quyi siydik yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalarida preparatni 3 - 7 kun davomida, ayollarda yuqori siydik-chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalarida 14 kun buyurilishi mumkin.
Erkaklarda yuqori va quyi siydik–chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalarida davolash davomiyligi 7 - 14 kunni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishlarida dozani qon zardobida kreatinin klirensini ko'rsatkichlariga qarab aniqlanadi. Kreatinin klirensi minutiga 21 - 60 ml bo'lganida yoki gemodializda bo'lgan patsiyentlarda sutkalik dozani 25% ga kamaytirilishi sababli preparatni boshqa shakllarini ishlatish tavsiya qilinadi. Kreatinin klirensi minutiga 20 ml va undan kam bo'lganida yoki peritoneal dializda bo'lgan patsiyentlarda sutkalik dozani 2 martaga kamaytirish kerak.
Maksimal sutkalik dozadan ortiq dozani qabul qilinganda yuqorida ta'riflangan dozaga bog'liq nojo'ya samaralarning tez-tezligi oshishi mumkin.
Davolash: me'dani yuvish, simptomatik va tutib turuvchi davolash o'tkaziladi.
Gemodializ va peritoneal dializ samarasiz.
Seftri preparatini homiladorlikda faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun bo'lgan potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollardagina qo'llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo'llash zarurati tug'ilganida emizishni to'xtatish lozim.
Sertifikarlar

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEFTRI tabletkalari 200mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEFTRI tabletkalari 200mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEFTRI tabletkalari 200mg N10 dori vositasi BKRS Pharma Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEFTRI tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEFTRI tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml
POLVEREN poroshok 60ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Spey Medical Pvt. Ltd, Индия произведено: Brawn Laboratories Ltd
  • Vakil: Spey Medical
SEFICHU 400 tabletkalari s fruktovim vkusom 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEF-OD poroshok 100mg/5ml 30ml N1
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Narh: 92 000 so'mdan Batafsil
SEFIVEL 100 DT tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acums Drugs Pharmaceuticals Ltd.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
VELOSEF 400 tabletkalari 400mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bonita Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
VELOSEF 200 tabletkalari 200mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bonita Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
SEFICHU 200 tabletkalari s fruktovim vkusom 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SEF-OD kapsulalar 400mg N5
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
SEYVSEF poroshok 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxim Pharmaceuticals Pvt. Ltd
LOPRAKS poroshok 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Exir Pharmaceutical Co.
BIMAKS poroshok 50ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayii ve Ticaret A.S.
YUNIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Cotec Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
YUNIKSIM kapsulalar 400mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Cotec Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 36 581 so'mdan Batafsil
SEFRAZ poroshok 30g 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
Narh: 49 300 so'mdan Batafsil
PIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
OPTIKSIM 50 poroshok 2g 50-2,5 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
SUPRAKS granuli 30g 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Saudiya Arabistoni / Iordaniya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Джазира Фармасьютикал Индастриз/Хикма Фармасьютика
SUPRAKS SOLYUTAB tabletkalari 400mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С
SUPRAKS kapsulalar 400mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Saudiya Arabistoni / Iordaniya
  • Faol modda: Цефиксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Джазира Фармасьютикал Индастриз/Хикма Фармасьютика
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IZISIN 100 inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
KETOZOL SN krem 20g
AZITAB tabletkalari 500mg N3
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml
D PARA tabletkalari 50mg N100
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
KOMBIZID SB poroshok 1000mg+500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
IZIRAB poroshok 20mg N1
LAKS 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
DIKLOZID inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
NUROZID inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Levoleron tabletkalari 750mg N5
Narh: 49 300 so'mdan Batafsil
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
KOMBIZID SB poroshok 2000mg+1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
KETOKAR inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
IZISIN 500 inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
KLAVOZID poroshok 1000mg/200mg
ZETRON poroshok 2000mg
ZETRON 1000 poroshok 1000mg
IZIOFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
KLAVOZID poroshok 500mg/100mg
ZEFEPIM poroshok 1g
VIROSEF poroshok 1000mg
Другие формы препарата
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml
SEFTRI-S poroshok 1000 mg/500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratories Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9