×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEREBRAL eritma 10ml N20

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Portugaliya
Faol modda:
L-Аспарагиновая кислота, витамин B1, витамин B2, витамин B6, гинкго билоба, экстракт Готу Кола, Витамин Е, L-Аргинина, Женьшень
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Lecifarma-Laboratorio Farmaceutico Lda. Varzea Andrade 2670-741 Lousa, Loures, Португалия
Vakil:
- VEGAPHARM
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 26 ta dorixonasida topildi

ico 375 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

ATROVENT eritma dlya ingalyasiy 20ml 0,25mg/ml Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc. Italiya
59 900 s`om dan
DENTOKIND tabletkalari N150 Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
78 000 s`om dan
ShREYTON kapsulalar N30 Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
Yaroqlilik muddati (oy) 36 oy
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichga qabul qilish uchun eritma 10 ml shisha yoki plastik ampulalarda. 20 ampuladan karton qadoqda davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga joylanadi.

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Ginkgo Biloba 550 mg;
L'Asparagin kislotasi 313,5 mg;
L'Arginin 236,5 mg;
Gotu Kola ekstrakti 110 mg;
Guarana 21 mg;
Polioksietilen Sorbitan Monolaurat 17 mg;
Jenshen 12 mg;
Ye vitamini 0,750 mg;
V6 vitamini 0,150 mg;
V2 vitamini 0,120 mg;
V1 vitamini 0,105 mg.
yordamchi moddalar:
Tozalangan suv, sorbitol, karamel, propilenglikol, soyali letsitin, etanol, natriy benzoati, kaliy sorbati, malina moxiyati.


• BFQ komponentlarini shaxsiy ko‘taraolmasligi
• homilador va emizikli ayollarga
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Faol ingrediyentlarning xususiyatlari
Ginkgo Biloba tarkibida 100dan ortiq tabiiy biofaol moddalar saqlanadi, ularning orasida triterpen laktonlar, bioflavonoidlar (kversetin), flavonoid glikozidlar, taninlar, organik va ginkgol kislotalar, aminokislotalar, katexinlar, steroidlar, va shakar, mikroelementlar va alohida vitaminlar eng muhimlari hisoblanadi. Majmuada ular mikroaylanishni, miyada qon aylanishini va faollikni yaxshilaydi, venalar va arteriyalarning tonusini yaxshilaydi, antioksidant ta’sir ko‘rsatadi.
Gotu kola pentatsiklik triterpenoid saponinlar guruhiga taaluqli bo‘lgan birikmalarga, hamda A, S, Ye, K vitaminlarga, flavonoidlarga, efir moylariga, glutamin kislotasiga, seringa, magniyga juda boy. Majmuada ular qon tomirlarining holatini yaxshilashga ta’sir qiladi: tomirlar va kapillyarlarning devorlarini mustahkamlaydi, bunda qon aylanishini yaxshilaydi; miyaga signallarni uzatishga mas’ul bo‘lgan neyrotransmitterlarning ishini tartiblashtiradi.
Guarana ko‘pgina organik moddalarni saqlaydi, ulardan asosiysi – kofein bo‘lib, u rag‘batlantiruvchi ta’sirni korsatadi, va miyani qon bilan ta’minlanishini yaxshilashga yordam beradi.
Jenshen tarkibiga yaqqol ko‘rinadigan adaptogen samaraga ega bo‘lgan, organizmning ekstremal vaziyatlarga: o‘tkir gipoksiya, jadal jismoniy yuklamalar, gipodinamiya, gipertermiya, bakteriotoksinlarning ta’siriga turg‘unligini oshiruvchi ginzenozidlar kiradi.
L-Arginin, L–asparagin kislotasi uglevodlarni mushaklar energiyasiga shakllantirishga yordam beradi, hamda markaziy nerv tizimi va miya uchun energiyaning yetkazib beruvchilari hisoblanadi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadigan asosiy elementlardan biri hisoblanadi, o‘sish gormonining ishlab chiqarilishini samarali rag‘batlantiradi. Nerv hujayralari orasidagi kommunikatsiyani yaxshilaydi, miya to‘qimasida qon aylanishini va kislorod yetkazib berilishini yaxshilaydi.
Ye, V1, V2, V6 vitaminlar ko‘pgina metabolik jarayonlarning, jumladan miya uchun asosiy bo‘lgan energiya manbalari - uglevodlar almashinuvi va sintezining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi, miya to‘qimalarini toksinlardan va erkin radikallardan xalos qiladi, kapillyarlarning devorlarini mustahkamlaydi.

Qo‘llash sohasi
Serebral - ovqatga biologik faol qo‘shimcha, uning tarkibi miyaning fiziologik xususiyatlarini qo‘llab turishga yordam beradigan miya to‘qimalarining metabolizmi va oziqlanishini yaxshilashga qaratilgan faol moddalarning xususiyatlarini hisobga olish bilan tanlangan.
Uning tarkibiga kiradigan o‘simlik ekstraktlari va biofaol moddalar nerv to‘qimalariga zarur bo‘lgan nutriyentlarning tabiiy muvozanatini qo‘llab turish uchun tavsiya qilinadi.
Serebral majmuasining ingrediyentlari nerv hujayralarini oziqaviy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi, antioksidant xususiyatlari evaziga erkin radikallarning toksik ta’siridan miya hujayralarini himoya qiladi, qon aylanishini va bosh miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
Serebral aqliy ish qobiliyatini yaxshilash, diqqatni jamlashni oshirish va xotirani yaxshilash maqsadida odamlarning eng keng doirasi uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Serebral haddan ziyod serzardalikda yordam beradi, miya quvvatsizlanishi va charchashi belgilarini kamaytiradi. Bu ishtahaning yaxshilanishiga, umumiy tonusning oshishiga yordam beradi.

Asosiy ovqat qabul qilinishidan avval kuniga bir yoki ikki marta 1 ampuladan qabul qilinsin.
Dozalash tartibiga shifokorning ixtiyori bo‘yicha tuzatish kiritilishi mumkin.
Qabul qilish davomiyligi 1 haftadan 3 haftagacha.

Shisha ampulani ochish uchun, uni matoning bir bo‘lagi bilan ustini oldindan yopib uchidan ushlash, va oldindan ampulaning birinchi ochilgan uchini suvli stakanga yo‘naltirib, avval bir uchlangan uchdan, so‘ngra esa boshqa uchlangan uchidan keskin harakat bilan uni sindirib olish zarur. Ampulaning ikkinchi uchini sindirib olgandan keyin uning tarkibi osongina stakanga to‘kiladi. O‘zi sindiriluvchi ampulalar arrachaning qo‘llanilishini talab qilmaydi.
Plastik ampulalarni ochish uchun qopqoqni soat miliga teskari burash lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEREBRAL eritma 10ml N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEREBRAL eritma 10ml N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEREBRAL eritma 10ml N20 dori vositasi Lecifarma-Laboratorio Farmaceutico Lda. Varzea Andrade 2670-741 Lousa, Loures, Португалия tomonidan Portugaliya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEREBRAL eritma 10ml N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEREBRAL eritma 10ml N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9