×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SITAZIM poroshok

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Faol modda:
Цефтазидим
ATX kodi:
- J01DA11
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AZIT kapsulalar 250mg N6 Well Med Pharm, ИП ООО O'zbekiston
15 700 s`om dan
VARIOR tabletkalari 500mg N10 Nabiqasim Industries (PVT) Ltd Pokiston
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1 Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd Hindiston
49 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SITAZIM poroshok qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

SITAZIM

CITAZIM

 

Preparatning savdo nomi: Sitazim

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Seftazidim

Dori shakli: In‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Bir flakon quydagilarni saqlaydi:

Seftazidim pentagidrati (seftazidimga qayta hisoblanganda) – 1,0 g.

Natriy karbonati – 0,1 g

Ta‘rifi: Oq yoki oq kremsimon tusli rangdagi kristallik kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DA11

 

Farmakologik xususiyatlari

Parenteral qo‘llash uchun III-avlod sefalosporin antibiotigi. Bakterisid ta‘sirga ega. Ta‘sir mexanizmi seftazidimni mikroorganizmlar hujayra devorining sintezini buzish qobiliyatiga bog‘liq. Keng ta‘sir doirasiga ega. Ko‘pchilik beta-laktamazalar ta‘siriga chidamlidir.

Seftazidim grammanfiy bakteriyalar: Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas spp., (shu jumladan, Pseudomonas pseudomallei), Klebsiella spp, (shu jumladan, Klebsiella pneumoniae), Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Providencia rettgeri, Providencia spp., Escherichia coli, Enterobacter spp., Citrobacter spp., Serratia spp., Salmonella spp.,  Shigella spp., Yersinia enterocolitica, Pasteurella multocida, Acinetobacter spp., Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Haemophilus influenzae (shu jumladan, ampisillinga rezistent shtammlari), Haemophilus parainfluenzae (shu jumladan, ampisillinga rezistent shtammlari); grammusbat bakteriyalar: Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metisilinga sezgir shtammlari), Micrococcus spp., Streptococcus pyogenes, (A guruhiga mansub β-gemolitik streptokokk), Streptococcus ning V guruhi (Streptococcus agalactiae), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus mitis, Streptococcus spp. (Streptococcus faecalis dan tashqari); anaerob bakteriyalar: Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Streptococcus spp., Propionibacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis ning ko‘pchilik shtammlari rezistent hisoblanadi) ga nisbatan faol.

Seftazidim metisillinga rezistent stafilokokklar, Streptococcus faecalis va boshqa Yenterococci, Listeria monocytogenes, Campylobacter spp. va Clostridium difficile ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol emas.

 

Farmakokinetikaci

Preparat yuborilganidan keyin seftazidim organizmda tez taqsimlanadi va ko‘pchilik to‘qimalarda va organizmning suyuqliklarida, shu jumladan sinovial, perikardial va peritoneal suyuqliklarda, safroda, balg‘amda, siydikda terapevtik konsentrasiyalariga erishiladi. Seftazidim, shuningdek, suyaklar, miokard, o‘t pufagi devori, teri va yumshoq to‘qimalarda taqsimlanib, asosan preparatning diffuziyasini kuchaytiruvchi yallig‘lanish jarayonlarida, infeksion kasalliklarni davolash uchun yetarli bo‘lgan konsentrasiyani hosil qiladi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan  ajralib chiqadi.

Seftazidim shikastlanmagan gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Meningitda orqa miya suyuqligida terapevtik konsentrasiyalarda aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan (qaytuvchan) – 15% bog‘lanadi, bunda plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Preparat mushak ichiga (m/i) 0,5 g va 1,0 g dozada yuborilganida maksimal konsentrasiyaga (Cmax) 1 soatdan keyin erishiladi va u muvofiq ravishda 17 mkg/ml va 39 mkg/ml ni tashkil qiladi; shu dozalarda vena ichiga (v/i) yuborilganida – 42 mkg/ml va 69 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Seftazidimning qon plazmasidagi terapevtik konsentrasiyasi 8-12 soat davomida saqlanib turadi, bunda konsentrasiya kattaligi 6-8 soat davomida 4 mkg/ml ga teng bo‘ladi.

Taqsimlanish xajmi (Vd) 0,21–0,28 l/kg ni tashkil qiladi. Seftazidim yumshoq to‘qimalarda, buyrakda, o‘pkada, suyaklarda, bo‘g‘imlarda, seroz bo‘shliqlarda to‘planadi.

Preparat jigarda metabolizmga uchramaydi, jigar faoliyatini buzilishi preparatning farmakokinetikasi va farmakodinamikasida aks etmaydi. Bunday bemorlarda preparatning dozasi odatdagiday saqlanib qoladi.

Buyrak orqali o‘zgarmagan holda 80–90% gacha qismi bir sutka davomida teng darajada buyrak kalavalari filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo‘llari bilan chiqariladi (yuborilgan dozaning 70% birinchi 4 soatda chiqariladi).

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) – 1,8 soatni tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda – 2,2 soatni tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini buzilishida dozani kamaytirish tavsiya etiladi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini (mono- yoki aralash infeksiyalarni) davolash:

– og‘ir infeksiyalar (sepsis, septisemiya, bakteriemiya, peritonit, meningit, immuniteti pasaygan pasientlardagi infeksiyalar; jadal davolash bo‘limlarining pasientlaridagi infeksiyalar, masalan infeksiyalangan kuyishlar);

– suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari (septik artrit, osteomielit, bakterial bursit);

– nafas yo‘llarining infeksiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, infeksiyalangan bronxoektazlar, grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan pnevmoniya, o‘pka absessi, plevra empiemasi);

– siydik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (o‘tkir va surunkali pielonefrit, pielit, prostatit, sistit, uretrit /bakterial/, buyrak absessi);

– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (mastit, jarohat infeksiyalari, terining yaralari, sellyulit, saramas, infeksiyalangan kuyishlar);

– me‘da-ichak yo‘llari, o‘t chiqarish yo‘llari va qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari (peritonit, enterokolit, qorin orti absesslari, divertikulit, kichik chanoq a‘zolarining yallig‘lanishi, xolesistit, xolangit, o‘t pufagi empiemasi);

– ginekologik infeksiyalar;

– quloq, tomoq va burun infeksiyalari (o‘rta otit, sinusit, mastoidit);

– gonoreya (ayniqsa, penisillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda);

– gemodializ va peritoneal dializ, shuningdek uzluksiz ambulator peritoneal dializ bilan bog‘liq bo‘lgan infeksiyalarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Seftazidim faqat parenteral qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Doza kasallikning og‘irligi, qo‘zg‘atuvchining turi, bemorning yoshi, vazni, buyrak faoliyatiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Preparat vena ichiga yoki katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga yoki sonning lateral sohasiga chuqur yuboriladi. Setazidim eritmasini bevosita vena yoki infuzion tizim naychasiga yuborish mumkin.

Kattalarga sutkada 1-6 g dan vena ichiga (v/i) yoki mushak ichiga (m/i) buyuriladi; yuborishlar soni – sutkada 2-3 martani tashkil etadi.

Siydik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida 0,5–1 g dan har 12 soatda buyuriladi.

Ko‘pchilik infeksiyalarda 1 g doza har 8 soatda yoki 2 g dan har 12 soatda qo‘llash samaralidir.

Kasallikning og‘ir kechishida, ayniqsa immuniteti pasaygan pasientlarda, shu jumladan neytropeniyali pasientlarda, 2 g dan 8 yoki 12 soatda yoki 3 g dan har 12 soatda buyurish lozim.

Psevdomonadalar chaqirgan o‘pka infeksiyalarida va mukovissidozli pasientlarga sutkada 100-150 mg/kg dozada buyuriladi; yuborishlar soni – sutkada 3 marta.

Og‘ir yoki hayotga havf soluvchi infeksiyalarda preparat v/i 2 g dan har 8 soatda buyuriladi.

Suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalarida preparat v/i 2 g dan har 12 soatda buyuriladi.

Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 6 g.

Keksa yoshdagi pasientlarga o‘tkir kasalliklarda, seftazidimning klirensini pastligini hisobga olib, sutkada 3 g dan ortiq bo‘lmagan dozada buyurish tavsiya etiladi.

2 oylikdan oshgan bolalarga preparat sutkada 30-50 mg/kg dozada buyuriladi; yuborishlar soni – sutkada 2-3 marta; immuniteti pasaygan, mukovissidoz yoki meningit bilan kasallangan bolalarga sutkada 150 mg/kg (maksimal sutkada 6 g) dozada buyuriladi; in‘eksiyalar soni – sutkada 3 marta.

Yangi tug‘ilgan va 2 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarga preparat sutkada 30 mg/kg dozada buyuriladi; in‘eksiyalar soni – sutkada 2 marta.

Davolashni infeksiya belgilari tugagandan keyin yana 2 kun davomida davom ettirish mumkin. Asoratlangan infeksiyalarda davolash kursi zarurat bo‘lganida uzaytirilishi mumkin.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan kattalarga (shu jumladan gemodializda bo‘lgan bemorlarda) 1 g boshlang‘ich yuklama dozadan keyin, kreatinin klirensiga qarab dozani kamaytirish lozim.

Kreatinin klirensi

 

Doza
50 ml/min dan ortiq

(0,83 ml/sek)

O‘rtacha tavsiya qilingan doza
35-50 ml/min

(0,52-0,83 ml/sek)

Har 12 soatda 1 g dan

yuboriladi

16-30 ml/min

(0,27-0,5 ml/sek)

Har 24 soatda 1 g dan

yuboriladi

6-15 ml/min

(0,1-0,25 ml/sek)

Har 24 soatda 0,5 g dan

yuboriladi

5 ml/min dan kam

(0,08 ml/sek)

Har 48 soatda 0,5 g dan

yuboriladi

Gemodializdagi pasientlar Har bir seansdan keyin 1 g dan
Peritoneal dializdagi

pasientlar

Har 24 soatda 0,5 g dan

Jadvalda ko‘rsatilgan dozalar taxminiydir. Bu toifa pasientlarning qon zardobida seftazidimning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi, u 40 mg/ml dan oshmasligi kerak.

Gemodializ vaqtida seftazidimning T1/2 3-5 soatni tashkil qiladi. Har bir dializ muolajasi oxirida preparatning muvofiq dozasini takror yuborish kerak.

Peritoneal dializda preparatni 2 l dializ suyuqligiga 125 mg dan 250 mg gacha qo‘shish mumkin.

ERITMALARNI TAYYORLASH:

Kukunni eritish jarayonida uglerod ikki oksidi ajralib chiqadi. Tiniq eritma hosil bo‘lishi uchun, erituvchi qo‘shilganidan so‘ng flakonni chayqatish kerak. Tayyor bo‘lgan eritmada uglerod ikki oksidining mayda pufakchalari bo‘lishi mumkin. Hosil bo‘lgan eritmaning rangi och-sariqdan to to‘q-sariqqacha bo‘lishi mumkin. Agarda preparatni eritishni tavsiya etilgan barcha qoidalariga rioya qilingan bo‘lsa, uning samaradorligi olingan eritmaning rangiga bog‘liq bo‘lmaydi.

  1. «BIRLAMCHI SUYULTIRISH»

 

250 mg m/i yuborishda 1 ml in‘eksiya uchun suv v/i yuborishda 2,5 ml in‘eksiya uchun suv
500 mg m/i yuborishda 1,5 ml in‘eksiya uchun suv v/i yuborishda 5 ml in‘eksiya uchun suv
1,0 g m/i yuborishda 3 ml in‘eksiya uchun suv v/i yuborishda 10 ml in‘eksiya uchun suv
2,0 g v/i yuborishda 10 ml in‘eksiya uchun suv

  1. «IKKILAMCHI SUYULTIRISH»

V/i TOMCHILAB yuborish uchun yuqorida ta‘riflangan usul bilan tayyorlangan Seftazidim preparatining eritmasi 50–100 ml vena ichiga yuborish uchun  mo‘ljallangan quyidagi erituvchilardan birida qo‘shimcha ravishda suyultiriladi: 0,9% natriy xloridning eritmasi, Ringer eritmasi, 5% va 10% glyukoza (dekstroza) eritmasi, 5% glyukoza (dekstroza) eritmasi 0,9% natriy xlorid eritmasi bilan, 5% natriy gidrokarbonat eritmasi. Faqat yangi tayyorlangan eritma ishlatilsin!

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, ich qotishi, qorin og‘rig‘i, jigar transaminazlari LDG, GGT va IF; faolligini tranzitor oshishi; kam – stomatit, kolit (shu jumladan psevdomembranoz).

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, juda kam – leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz, trombositopeniya, limfositoz.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, ta‘m sezishni buzilishi, buyrak faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga doza noto‘g‘ri tanlanganida – tremor, tirishishlar, ensefalopatiya kuzatiladi.

Allergik reaksiyalar: toshma, eshakemi, isitma, qichishish, eozinofiliya; juda kam – bronxospazm, arterial bosimni pasayishi, angionevrotik shish; ayrim hollarda – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.

Mahalliy reaksiyalar: v/i yuborilganida – flebit, tromboflebit; m/i yuborilganida –  in‘eksiya o‘rnida og‘riq bo‘lishi mumkin.

Boshqalar: gemolizsiz Kumbsning musbat reaksiyasi, qon zardobida kreatinin darajasining tranzitor oshishi.

Biologik ta‘siri bilan bog‘liq samaralari: superinfeksiya (kandidoz, shu jumladan qin shilliq qavatining kandidozi).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefalosporinlar va penisillinlar sinfiga taaluqli antibiotiklarga, shuningdek lidokainga (m/iga yuborish) yuqori sezuvchanlik; jigar-buyrak yetishmovchiiligi, me‘da-ichak yo‘o‘larini kasalliklari, ayniqsa nospesifik yarali kolit yoki enterit (anamnezida), homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sefalosporin antibiotiklari nefrotoksik samaraga ega bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida, buyraklar tomonidan, ayniqsa ilgari buyrak kasalliklari bo‘lgan yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanish ehtimoli oshadi.

Seftazidimni aminoglikozidlar guruhi antibiotiklari bilan bir idishda aralashtirish mumkin emas, chunki bu ularni o‘zaro faolsizlanishiga olib keladi. Vankomisin seftazidim bilan cho‘kma hosil qilganligi tufayli nomutanosibdir. Bu preparatlarni bir naycha orqali yuborish zarurati bo‘lganida, sistemani yoki v/i yuborish uchun moslamani yaxshilab yuvish kerak.

Preparatni halqali diuretiklar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Qo‘yidagi eritmalar bilan farmasevtik jihatdan mutanosibdir: 0,9% natriy xloridi, 5% li dekstroza, 0,45% natriy xloridi va 5% dekstroza. Seftazidim (500 mg 1,5 ml in‘eksiya uchun suvda) va metronidazol (500 mg/100 ml) eritmalari aralashtirilganida ikkala komponenti ham o‘z faolligini saqlab qoladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Seftazidim bilan davolanishdan boshlash oldin, pasientda seftazidim, sefalosporin va penisillin guruhi antibiotiklariga yoki boshqa preparatlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lmaganligini aniqlash kerak. Anamnezida penisillin guruhi antibiotiklariga yoki beta-laktamazalar ta‘siriga chidamli bo‘lgan boshqa antibiotiklarga allergik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarga, seftazidimni alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Seftazidimga nisbatan allergik reaksiyalar rivojlanganida, preparatni darhol bekor qilish lozim. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida adrenalin, gidrokortizon, antigistamin preparatlarini qo‘llash va boshqa shoshilinch choralarni o‘tkazish mumkin.

Keng ta‘sir doirasiga ega antibiotiklarni, shu jumladan seftazidimni uzoq vaqt qo‘llanilishi, ularga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni (masalan, Candida, Enterococcus) ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bunday hollarda davolashni to‘xtatish yoki muvofiq davolash o‘tkazish talab qilinadi. Davolash davomida bemorning holatini doimo baholash kerak.

Penisillinlar va sefalosporinlar guruhiga kiruvchi keng ta‘sir doirasiga ega antibiotiklar kabi seftazidim bilan davolashda, Enterobacter ning ba‘zi sezgir shtammlarida rezistentlik rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, agar zarurati bo‘lsa, Enterobacter chaqirgan infeksiyalarni davolashda mikroorganizmlarning sezgirligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligida seftazidimning dozasi buyrak faoliyatini buzilish darajasiga qarab kamaytiriladi. Doza noto‘g‘ri tanlansa, nevrologik buzilishlar bo‘lishi mumkin.

Seftazidim siydikda glyukozani aniqlashning fermentativ usullarining natijalariga ta‘sir ko‘rsatmaydi, lekin misni qaytarilish testi natijalariga uncha katta bo‘lmagan darajada ta‘sir qilishi mumkin (Benidikt, Feling, Klinitest).

Seftazidim anamnezida qon ketishi va me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa nospesifik yarali kolit) bo‘lgan pasientlarga, kutilayotgan foyda va potensial xavfni baholab ko‘rib, ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Sefalosporinlar qo‘llanganda ichak mikroflorasini susaytirilishi tufayli, K vitaminining sintezi pasayadi. Bu esa K vitaminiga bog‘liq bo‘lgan qon ivishi omillari darajasini kamayishiga va kam hollarda – gipoprotrombinemiyaga va qon ketishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi, umuman og‘ir holatdagi yoki holsizlangan jigar faoliyati buzilgan va sifatsiz ovqatlanadigan pasientlarda qon ketishi havfi oshadi.

Seftazidimni homiladorlik va laktasiya davrida, faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial havfdan ustun bo‘lgan xoldagina qo‘llash mumkin.

Yangi tug‘ilgan va 1 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarga preparatni buyurish zarurati tug‘ilganda, seftazidimni qo‘llashdan kutilayotgan foyda va potensial havfni sinchiklab baholash lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, paresteziyalar, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, laboratoriya tekshirishlari natijalarining o‘zgarishi.

Davolash: zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi, og‘ir hollarda gemodializ samarali. Maxsus antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun tayyorlash uchun kukun ,1.0g flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SITAZIM poroshok dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SITAZIM poroshok dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SITAZIM poroshok dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
JURAZIDIM poroshok 1g N1
JURAZIDIM poroshok 0,5g N1
SEFTAZIDIM AKOS poroshok 1g
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез», Россия.
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
BELAZIDIM kukuni 1000mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
SITAZIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baxter Pharmaceuticals India Private Limited
FORTUM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Manufacturing S.p.A.
Narh: 99 900 so'mdan Batafsil
ZIDIMBIOTIK 2000 poroshok 2000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Tenamyd Pharmaceutical Corporation
ZIDIMBIOTIK 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Tenamyd Pharmaceutical Corporation
SEFTAZIDIM poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 12 900 so'mdan Batafsil
SITAZIM poroshok 1g N1
SEFTAZIDIM SANITA poroshok 1,0g N1
SEFTAZIDIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Красфарма, ПАО
Narh: 12 900 so'mdan Batafsil
FORTUM poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Manufacturing S.p.A.
TIZIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
PROSEFTAZDIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
NOVOZIDIM poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novopharma plus, СП ООО
LEMOKSOL poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
ZIDIMBIOTIK 500 poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Tenamyd Pharmaceutical Corporation
SEFTARID poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
Narh: 37 400 so'mdan Batafsil
ULTRAZIDIM poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтазидим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 35 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9