×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

UROFOS poroshok 3g N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- J01XX01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 6 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

AZIT kapsulalar 250mg N6 Well Med Pharm, ИП ООО O'zbekiston
15 700 s`om dan
VARIOR tabletkalari 500mg N10 Nabiqasim Industries (PVT) Ltd Pokiston
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1 Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd Hindiston
49 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Faol modda: 5,631 g fosfomitsin trometamoli (3 g fosfomitsinga ekvivalent).
Yordamchi moddalar: saxaroza (maydalangan), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, apelsin essensiyasi, mandarin essensiyasi, natriy saxarini.
Har bir paketcha 5,631 g fosfomitsin trometamoli (3 g fosfomitsinga ekvivalent) saqlaydi. UROFOS tizimli qoʻllash uchun antibiotiklar guruhiga kiritilgan. UROFOS 8 g li bir yoki ikki paketcha koʻrinishida taqdim etilgan. 3 g fosfomitsin granulalari fosfomitsinga sezgir patogenlar chaqirgan ayollarda quyi siydik chiqarish yoʻllarining oʻtkir asoratlanmagan infeksiyalarini davolashda buyuriladi. Shuningdek UROFOS diagnostik va jarroxlik muolajalarida profilaktika uchun buyuriladi.
agar sizda faol modda yoki UROFOS ning boshqa komponentlariga allergiya (oʻta yuqori sezuvchanlik) boʻlsa;
agar sizda oʻtkir buyrak yetishmovchiligi boʻlsa, agar siz gemodializda boʻlsangiz;
agar sizda fruktozani oʻzlashtiraolmaslikning tugʻma muammolari, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya va sukroza-izomaltaza tanqisligi boʻlsa, UROFOS ni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringizga murojaat eting.


UROFOS ni qabul qilganda quyidagi holatlarda ehtiyotkorlikka rioya qiling:

agar sizda diabet boʻlsa, har bir paket 2,173 g saxaroza saqlanishini eʼtiborga oling;
agar sizda yuqori siydik yoʻllarining infeksiyasi, masalan buyrakni yalligʻlanishi (nefrit, piyelonefrit va boshqalar) boʻlsa UROFOS tavsiya etilmaydi;
agar sizda davolash vaqtida yoki davolagandan keyin ogʻir va oʻtib ketmaydigan diareya boʻlsa, sizda ehtimol ichak yalligʻlanishi (soxtamembranoz kolit) boʻlishi mumkin.
Anamnezda yoki hozirda yuqorida koʻrsatilgan simptomlar boʻlganida, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Dispepsiyani davolashda qoʻllanadigan metoklopramid fosfomitsin bilan birga qoʻllanilgan hollarda zardobda fosfomitsinning konsentratsiyasini va uni siydikka chiqarilishini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun metoklopramidni UROFOS bilan birga qoʻllash mumkin emas.

Dispepsiya yoki meʼda yarasida qoʻllanadigan simetidin UROFOS bilan birga qoʻllanilgan hollarda fosfomitsinning farmakokinetikasi va siydikdagi konsentratsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.

UROFOS MIY peristaltikasini kuchaytiruvchi preparatlar bilan majmuada qabul qilingan vaqtida diareyaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Qanday preparatlar qabul qilayotganligingiz yoki yaqinda qabul qilganligingiz, hatto bu preparatlar retseptsiz berilsa ham, har doim shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Ovqat fosfomitsin trometamolining soʻrilishini sekinlashtiradi va qisqartiradi, bu qon va siydikda konsentratsiyasini pasayishiga olib keladi.

UROFOS ni och qoringa (ovqat qabul qilgandan keyin 2-3 oʻtgach), qovuq boʻshatilgandan keyin uyqudan oldin qabul qilgan afzal.
Chaqaloqlar va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda xavfsizligi va samaradorligi nazoratlangan tadqiqotlarda aniqlanmaganligi tufayli, UROFOS ni chaqaloqlar va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.



Preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilish haqida yetarli maʼlumotlar yoʻq.



Agar siz davolash vaqtida homiladorligingiz aniqlansa, darhol shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.



Laktatsiya davri

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Fosfomitsinni koʻkrak sutiga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumotlar yoʻq. Koʻpgina dori preparatlarini koʻkrak sutiga oʻtishi natijasida va UROFOS ni qabul qilish tufayli emizikli bolalarda jiddiy nojoʻya reaksiyalar potensiali tufayli, preparatni ona uchun muhimligini hisobga olib preparatni qabul qilishni toʻxtatish yoki qabul qilmaslik haqida qaror qabul qilinishi kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

UROFOS poroshok 3g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
UROFOS poroshok 3g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
UROFOS poroshok 3g N1 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
UROFOS poroshok 3g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
UROFOS poroshok 3g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9