×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VEGTAZON krem 15g N1

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Faol modda:
Мометазона фуроат
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- VEGAPHARM LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- D07AC13
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 33 ta dorixonasida topildi

ico 75 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 89 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BINAFIN tabletkalari 250mg N14 Shreya Life Sciences PVT. LTD. Hindiston
65 000 s`om dan
GERPES STOP krem 10g 1% Livzon (Group) Pharmaceutical Factory Xitoy
49 300 s`om dan
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g Dentafill Plyus, ООО O'zbekiston
6 000 s`om dan
REKREOL maz 50mg Гриндекс, АО Latviya
68 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

   15 g dan preparat pastki qismida lateksli halqali, plastmassali vintli qalpoqcha bilan berkitilgan ichki tomonlangan laklangan qobiq bilan qoplangan alyumin tubalarga joylanadi.

Bir tubadan davlat va rus tillarida tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mometazon furoati 1 mg,

yordamchi moddalar: geksilenglikol, tozalangan suv, oq asalari mumi, propilenglikol monopalmitostearati, stearil spirti, titan dioksidi (E 171), kraxmal alyumin-oktenilsuktsinati, oq yumshoq parafin, fosfat kislotasining 10% li eritmasi (rn ga tuzatish kiritish uchun).

Preparatning farmakodinamik ta'siri uning faol komponenti – mometazon furoati bilan bevosita bog'liq.

Sirtga qo'llash uchun boshqa kortikosteroidlar kabi mometazon furoati yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi, qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Mahalliy kortikosteroidlarning yallig'lanishga qarshi ta'sir mexanizmi umuman olganda noma'lum. Lekin kortikosteroidlar lipokortinlar deb nomlanuvchi fosfolipaza A2 ingibitsiya qiluvchi proteinlarining faollashtirish orqali ta'sir ko'rsatadi deb taxmin qilinadi. Ushbu proteinlar araxidon kislotasini ajralib chiqishini susaytirish orqali prostaglandinlar va leykotrienlar kabi faol yallig'lanish mediatorlarining biosintezini nazorat qiladi deb taxmin qilinadi. Araxidon kislotasi fosfolipaza A2 yordamida fosfolipid membranasidan ajralib chiqadi.

Mometazon furoati in vitro sharoitda yallig'lanish holatini yuzaga kelishi va tutib turishda ishtirok etuvchi uchta yallig'lanish tsitokinlari: interleykin 1 (IL-1), interleykin 6 (IL - 6) va o'sma nekroza omili - α (TNF-α) ni ishlab chiqarishning kuchli ingibitori hisoblanadi.

Mahalliy qo'llash uchun kortikosteroidlarning teri orqali kirish darajasi ko'pgina omillarga, shu jumladan preparatning tarkibi va epidermal to'siqning butunligi, shuningdek okklyuzion bog'lamlarni qo'llashga bog'liq.

So'rilishi

0,1% li krem yoki 0,1% li surtma shikastlanmagan teriga surtilgandan keyin 8 soat o'tgach 3N-mometazon furoatining tizimli so'rilishi sog'lom ko'ngillilarda muvofiq ravishda taxminan 0,4% va 0,7% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Mahalliy qo'llanilganda motetazon furoatini ahamiyatsiz so'rilishi tufayli, preparatning farmakokinetikasi mometazon furoatini vena ichiga yuborish orqali baholangan. Taqsimlanish xajmi 917 litrni tashkil etadi, bu mometazon furoatining so'rilgan har qanday miqdori keng taqsimlanishini ko'rsatadi. Odam plazmasida mometazon furoati plazma oqsillari bilan 99% dan ko'proq bog'lanadi.

Metabolizmi

So'rilgan mometazon furoati ko'pgina metabolitlargacha tez va keng metabolizmga uchraydi. Hosil bo'lgan metabolitlari mometazon furoatiga nisbatan qutblanganroq hisoblanadi va qutblanganligi tufayli farmakologik jihatdan faol hisoblanmaydi. Vena ichiga yuborilgandan keyin mometazon furoatining umumiy klirensi minutiga 976 ml ni tashkil etadi, bu uni faol metabolizmga uchrashini tasdiqlaydi.

Chiqarilishi

Plazmadan samarali yarim chiqarilish davri 5,8 soatni tashkil qiladi. Metabolitlari ko'rinishida, asosan safro orqali, cheklangan miqdorda – siydik orqali chiqariladi.

Tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000) va noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi).
Juda kam hollarda
-follikulit;
-achishish va qichishish ko'rinishidagi mahalliy reaktsiyalar.
Noma'lum
-bakterial infektsiyalar, furunkulyoz;
-paresteziya;
-kontakt dermatit, teri gipopigmentasiyasi, gipertrixoz, teri striyalari, husnbuzarsimon toshmalar, teri atrofiyasi;
-preparatni qo'llash sohasida og'riq va mahalliy reaktsiyalar.
Mahalliy dermatologik kortikosteroidlarni qo'llash oqibatida quyidilar kabi mahalliy nojo'ya reaktsiyalarni yuzaga kelishi haqida ma'lumotlar bor:
-terini qurishi va ta'sirlanishi;
-dermatit, perioral dermatit;
-terini maserasiyasi;
-issiqlik toshmasi va teleangioektaziyalar;
-giperkortisizm;
-giperkortisizm va Kushing sindromining klinik ko'rinishlarini rivojlanishi bilan kechuvchi gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, bolalarda o'sish va rivojlanishga ta'siri (bolalarda) kuzatilishi mumkin.
Agar preparatni qo'llaganda ta'sirlanish yoki yuqori sezuvchanlik kuzatilsa, davolashni to'xtatish va bemorga boshqa davolashni tanlash kerak. Dermatologik infektsiya bo'lganida tegishli zamburug'larga qarshi yoki antibakterial davolashni buyurish kerak. Agar qisqa vaqt davomida ijobiy samaraga eshirilmasa, infektsiya belgilarini bartaraf etmaguncha preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Mahalliy kortikosteroidlarning tizimli so'rilishi davolash to'xtatilgandan keyin glyukokortikosteroidlarni etishmovchiligi bilan kechishi mumkin bo'lgan gipotalamo-gipifizar-buyrak usti bezi tizimini (GGBUBT) qaytuvchan susayishini chaqirishi mumkin. Davolash vaqtida mahalliy kortikosteroidlar tizimli so'rilganda ayrim pasientlarda Kushing sindromi, giperglikemiya va glyukozuriya ham namoyon bo'lishi mumkin. Terining katta sohalarida yoki bog'lam ostida mahalliy steroidlarni qo'llayotgan pasientlar GGBUBT susayishini paydo bo'lishi yuzasidan muntazam tekshirilishlari kerak.
Tizimli kortikosteroidlarni qo'llagandan keyin xabar berilgan har qanday nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi ham mahalliy kortikosteroidlarni, ayniqsa yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalarda qo'llanilganda yuzaga kelishi mumkin.
Ayniqsa shikastlangan terining katta sohalarida, bukuvluvchi yuzalarda yoki polietilen bog'lamlar ostida uzoq vaqt uzluksiz qo'llanilganda mahalliy va umumiy toksik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Bolalarda bog'lamlarni qo'llash tavsiya etilmaydi. Yuz sohasida applikasiya qilinganda davolash 5 kundan oshmasligi kerak, bog'lamlarni qo'llash tavsiya etilmaydi. Pasientning yoshidan qat'iy nazar uzoq vaqt uzluksiz davolash kurslarini buyurish mumkin emas.
Psoriazda mahalliy glyukokortikosteroidlarni buyurish noxush samaralar rivojlanishiga, shu jumladan keyinchalik preparatga chidamlilik rivojlanishi bilan kechuvchi kasallikni qaytalanishlari, pustulyoz psoriazni rivojlanishi, terining to'siq funktsiyasini buzilishi oqibatida mahalliy yoki tizimli samaralarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun psoriazda bunday pasientlarning holatini nazorat qilish kerak. Boshqa mahalliy steroidlar bilan davolagandagi kabi giperemiya ko'rinishlari, achishish va og'riq hissi bilan kechuvchi dermatit ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan bekor qilish sindromi rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolash kursini to'satdan to'xtatish tavsiya etilmaydi. Davolashni to'liq to'xtatguncha davolashni asta-sekin vaqti-vaqti to'xtatib, preparatni asta-sekin bekor qilish yo'li orqali bundan saqlanish mumkin.
Glyukokortikosteroidlarni buyurish diagnozni aniqlashni qiyinlashtirib yoki bitish jarayonini sekinlashtirib, ayrim teri kasalliklarining ko'rinishlarini o'zgartirishi mumkin. Kuchli ta'sir etuvchi kortikosteroidlar bilan davomli va jadal davolash, ayniqsa preparatni yuz terisida uzoq vaqt qo'llaganda mahalliy atrofik teri o'zgarishlari va yuzaki qon tomirlarni kengayishini chaqirishi mumkin.
Vegtazon kremi stearil spirti va propilenglikol kabi yordamchi moddalar saqlaydi, ular kam hollarda mahalliy teri reaktsiyalari, masalan terini ta'sirlanishi yoki kontakt dermatit chaqirishi mumkin.
Vegtazon faqat dermatologik qo'llash uchun ko'rsatilgan va oftalmologiyada qo'llash uchun mo'ljallanmagan, preparatni qo'llaganda glaukoma yoki subkapsulyar kataraktani rivojlanishining ahamiyatsiz xavfi mavjud.
-kattalar va bolalarda psoriazda (tarqalgan psoriatik plastinkalardan tashqari) va atopik dermatitda yallig'lanish va chiqishish ko'rinishlarini davolashda qo'llanadi.

-preparatning biron-bir komponentiga, boshqa kortikosteroid preparatlarga o'ta yuqori sezuvchanlik;

-2 yoshgacha bo'lgan bolalar;

-terida bakterial infektsiyalar (impetigo, teri tuberkulyozi, sifilis va boshqalar), virusli infektsiyalar (oddiy gerpes, o'rab oluvchi gerpes, suvchechak va boshqalar) yoki zamburug'li infektsiyalar (Dermatofitiya, kandidoz) ni paydo bo'lishi;

-vaktsinasiyadan keyingi teri reaktsiyalari;

-yuz rozatseasi;

-oddiy husnbuzar;

-perioral dermatit;

-perianal va genital qichishishda qo'llash mumkin emas.

Dorilarning o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
oq yoki deyarli oq rangdagi bir xil kremsimon massa.

Vegtazon kremi terining shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib kuniga 1 marta surtiladi. Preparat bilan davolash kursi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi va kasallikning og'irlik darajasiga bog'liq.

Bolalarda yoki yuz sohasida mahalliy kortikosteroidlarni qo'llashni davolashdan samaraga erishish uchun zarur bo'lgan minimal xajmgacha cheklash kerak. Davolash davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak.

Bolalar

Preparat bilan davolaganda minimal samarali terapevtik dozani ishlatish kerak, davolash davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak.

Jigar va/yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlar

Ko'rsatilgan dozaga tuzatish kiritishni zarurati yo'q.

Bolalarda preparatning ekvivalent dozalari tana yuzasini tana vazniga nisbatining yuqoriligi oqibatida kuchliroq reaktsiyalar chaqirishi mumkin. Shuning uchun bolalarda mahalliy kortikosteroidlarni qo'llash preparatning minimal samarali miqdori va minimal qo'llash davri bilan cheklanishi kerak. Xavfsizlik va samaradorlik yuzasidan ma'lumotlarni yo'qligi tufayli, Vegtazon kremini 2 yoshdan kichik bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Bolalarda mahalliy kortikosteroidlar qo'llanilganda GGBUBT susayishi va Kushing sindromini rivojlanishiga yuqori moyillik mavjud. Kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolash ham bolani o'sishi va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Vegtazonni taglik yoki namlikni yutmaydigan ich kiyimlar ostida bo'lgan teri sohalariga surtish va tagliklarni taqish chaqirgan dermatitlarni davolash uchun qo'llash mumkin emas.
Simptomlari: mahalliy kortikosteroidlarni haddan tashqari ko'p yoki uzoq vaqt qo'llash gipofizar-buyrak usti bezi tizimining funktsiyasini susayishini chaqirishi mumkin, bu buyrak usti bezi po'stloq qismining ikkilamchi etishmovchiligi rivojlanishining sababchisi bo'lishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash. Giperkortisizmning o'tkir simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurati bo'lganida elektrolit disbalansni muvofiqlashtirish ko'rsatilgan. Surunkali toksik ta'sir holatlarida glyukokortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.

 

Ҳайвонларда маҳаллий кортикостероидларни қўллаш ҳомиланинг нуқсонларига олиб келиши мумкин, бундай препаратларни қўллаш билан одамдаги тератоген самаралари орасида боғлиқлик ҳақида маълумотлар йўқ. Ҳомиладор аёлларда қўллаш тажрибаси йўқ. Кортикостероидлар йўлдош тўсиғи орқали ўтиши ва кўкрак сути билан ажралиши маълум, шунинг учун ҳомиладорлик ва лактация даврида бу гуруҳ препаратларни буюриш, фақат агар аёл учун потенциал фойда она, ҳомила ва бола учун потенциал хавфдан юқори бўлгандагина мақсадга мувофиқ.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VEGTAZON krem 15g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VEGTAZON krem 15g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VEGTAZON krem 15g N1 dori vositasi VEGAPHARM LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VEGTAZON krem 15g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VEGTAZON krem 15g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NOZATON sprey 12ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мометазона фуроат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aseptica, ООО
  • Vakil: Aseptica
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9