Nojo'ya ta'sirlari rivojlanishi klassifikasiyasi (Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti): juda tez-tez >1/10; tez-tez >1/100 dan
<1/10 gacha; tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha; kam hollarda >1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kam hollarda (alohida holatlarni
hisobga olganda) <1/10000 dan.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – toshma, eritema; kam hollarda – qichishish, terlash, bullyoz toshma, yuqori sezuvchanlik
reaktsiyalari (yuz shishi, AB pasayishi, hansirashni o'z ichiga oladi), o'tkir tizimli allergik reaktsiyalar; juda kam hollarda –
toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xatarli eksudativ eritema yoki
Stivens-Djonson sindromi).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik; har doim ham emas – uyquchanlik, asabiylik; kam
hollarda – depressiya (tushkunlik); juda kamdan-kam hollarda – ongning chalkashishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – periferik shishlar.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez – yo'tal, faringit, rinit; tez-tez emas – bronxit, sinusit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya (ich ketishi), ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, qabziyat (ich qotishi),
meteorizm (qorin dam bo'lishi); emas – dispepsiya, og'iz shilliq qavatining qurishi, kekirish; kam hollarda – gastrit, stomatit,
ta'm bilishning o'zgarishi, gepatit, sariqlik, jigar entsefalopatiyasi (yondosh jigar tsirrozi mavjud bemorlardan jigar
entsefalopatiyasi haqida kam uchraydigan ma'lumotlar olingan).
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas – siydik yo'llari infektsiyalari; kam hollarda – interstisial nefrit.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez – nospesifik og'riq, belda og'riq; har doim ham emas – mialgiya, boldir mushaklari
tirishishlari, artralgiya; posmarketing kuzatuvlariga muvofiq – suyak sinishlarining oshishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: kam hollarda – ko'rishning buzilishi.
Laborator ko'rsatkichlar tomonidan: tez-tez emas – jigar fermentlari faolligining oshishi; kam hollarda – neytropeniya,
leykopeniya, trombositopeniya, leykositoz, gipomagniemiya; juda kam hollarda – giponatriemiya.
Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – tromboflebit (yuborilgan joyda og'riq, qizarish yoki shish).
Boshqalar: ko'pincha – asteniya, grippsimon kasalliklar, kam hollarda – anoreksiya, tana vaznining oshishi; kam hollarda –
ginekomastiya.