×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VEZIKAR tabletkalari 5mg N30

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Niderlandlar
Faol modda:
Солифенацин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Astellas Pharma Europe B.V.
ATX kodi:
- G04BD08
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 20 ta dorixonasida topildi

ico 160 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

KANEFRON N draje N60 Bionorica SE Germaniya
86 000 s`om dan
VITAPROST FORTE suppozitorii N10 Нижфарм, АО Rossiya
195 000 s`om dan
AFALA tabletkalari N100 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
75 000 s`om dan
PENOGRA tabletkalari 100mg N4 Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxtar Bio-Genics Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VEZIKAR tabletkalari 5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VEZIKAR®

VESICARE®

Preparatning savdo nomi: Vezikar®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): solifenasin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

5 mg li bir tabletka saqlaydi:

Yadro – faol modda – 5 mg solifenasin suksinati,

yordamchi moddalar – 107,5 mg laktoza monogidrati, 30,0 mg makkajo‘xori kraxmali, 6,0 mg gipromelloza 3 mPa·s, 1,5 mg magniy stearati,

plyonka qobiqning tarkibi: 4,0 mg opadray sariq 03F12967 (61,83% gipromelloza 6 mPa·s, 18,54% talk, 11,60% makrogol 8000, 7,88% titan dioksidi, 0,15% temir (II) oksidi).

10 mg li bir tabletka saqlaydi:

Yadro – faol modda – 10 mg solifenasin suksinati,

yordamchi moddalar – 102,5 mg laktoza monogidrati, 30,0 mg makkajo‘xori kraxmali, 6,0 mg gipromelloza 3 mPa·s, 1,5 mg magniy stearati,

plyonka qobiqning tarkibi: 4,0 mg opadray pushti 03F14895 (62,00% gipromelloza 6 mPa·s, 18,59% talk, 11,63% makrogol 8000, 7,75% titan dioksidi, 0,03% temir (III) oksidi).

Ta‘rifi:

Tabletka 5 mg – dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, bir tomonida “150” markirovkasi va kompaniyaning logotipi bo‘lgan, och sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tabletka 10 mg – dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, bir tomonida “151” markirovkasi va kompaniyaning logotipi bo‘lgan, och pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: spazmolitik vosita

ATX kodi: G04BD08

 

Farmakologik xususiyatlari

Solifenasin muskarin reseptorlarining, asosan M3-kichik turining spesifik raqobatli ingibitoridir. Shuningdek solifenasinning turli boshqa reseptorlarga va ion kanallariga kam yaqinlikka egaligi yoki yaqinlikni umuman yo‘qligi aniqlangan.

Giperreaktiv qovuq sindromida Vezikar preparatining 5 mg va 10 mg dozalardagi samaradorligi, davolashning birinchi haftasidayoq kuzatiladi va davolashning keyingi 12 haftasi davomida barqarorlashadi. Vezikarning maksimal samarasi 4 haftadan keyin aniqlanishi mumkin. Samaradorligi uzoq vaqt (hech bo‘lmaganda – 12 oy) qo‘llanganida saqlanib turadi.

Farmakokinetikasi

Umumiy xarakteristikasi

So‘rilishi: Plazmadagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga 3-8 soatdan keyin erishiladi. Maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (tmax) dozaga bog‘liq emas. Smax va konsentrasiyani vaqtga bog‘liq «konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydoni (ECHOM) dozani 5 dan 40 mg gacha oshishiga proporsional ravishda oshadi. Mutloq biokiraolishligi – 90%. Ovqat qabul qilish solifenasinning Smax va ECHOM ga ta‘sir qilmaydi.

Taqsimlanishi: Solifenasinning taqsimlanish hajmi vena ichiga yuborilganidan keyin taxmian 600 l ni tashkil qiladi. Solifenasin plazma proteinlari, asosan α1-nordon glikoprotein bilan sezilarli darajada (taxminan 98%) bog‘langan.

Metabolizmi: Solifenasin jigarda, asosan sitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) yordamida faol metabolizmga uchraydi. Biroq muqobil metabolik yo‘llari mavjud bo‘lib, ularning yordamida solifenasinning metabolizmi amalga oshishi mumkin. Solifenasinning tizimli klirensi taxminan 9,5 l/soat ni tashkil qiladi, yakuniy yarim chiqarilishi davri esa 45-68 soatlarga teng. Preparat ichga qabul qilinganidan keyin plazmada solifenasindan tashqari quyidagi metabolitlar: bitta farmakologik jihatdan faol (4R-gidroksisolifenasin) va uchta nofaol (solifenasin N-glyukuronidi, N-oksidi va 4R-gidroksi-N-oksidi) metabolitlari aniqlangan.

Chiqarilishi: 14S-bilan nishonlangan 10 mg solifenasin bir marta yuborilganidan keyin 26 kun o‘tgach, taxminan 70% radioaktivlik siydikda va 23% ahlatda aniqlangan. Siydikda taxminan 11% radioaktivlik o‘zgarmagan faol modda ko‘rinishida, taxminan 18% N-oksidli metaboliti ko‘rinishida, taxminan 9% 4R-gidroksi-N-oksid metaboliti va 8% 4R-gidroksi metaboliti (faol metabolit) ko‘rinishida aniqlangan.

Solifenasinning farmakokinetikasi dozalarning terapevtik diapozonida to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega bo‘ladi.

Alohida guruh pasientlardagi farmakokinetikasining o‘ziga xos xususiyatlari

Yosh: Bemorlarning yoshiga qarab, dozani to‘g‘rilashning zarurati yo‘q. Tadqiqotlar solifenasinning (5 va 10 mg) ECHOM ko‘rinishida ifodalangan ekspozisiyasi, sog‘lom keksa (65 yoshdan 80 yoshgacha) shaxslarda va sog‘lom yosh (55 yoshdan kichik) shaxslarda bir xil ekanligini ko‘rsatadi. Keksa odamlarda tmax ko‘rinishida ifodalangan so‘rilishning o‘rtacha tezligi biroz pastroq, yakuniy yarim chiqarilish davri esa taxminan 20% ga uzoqroq bo‘lgan. Bu ahamiyatsiz farqlar klinik ahamiyatli emas.

Solifenasinning farmakokinetikasi bolalar va o‘smirlarda aniqlanmagan.

Jins: Solifenasinning farmakokinetikasi pasientning jinsiga bog‘liq emas.

Irq: Irqqa mansublik solifenasinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi: Yengil va o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda solifenasinning ECHOM va Smax ko‘rsatkichlari sog‘lom ko‘ngillilardagi muvofiq ko‘rsatkichlardan biroz farq qiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga ≤30 ml) bo‘lgan pasientlarda solifenasinning ekspozisiyasi sezilarli yuqoriroq – Smax ni oshishi taxminan 30% ni, ECHOM ko‘rsatkichi esa – 100% dan ortiqni va t1/2 – 60% dan ortiqni tashkil qiladi. Kreatinin klirensi va solifenasin klirensi orasida statistik ahamiyatli o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Gemodializga jalb qilingan pasientlarda farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Jigar yetishmovchiligi: O‘rtacha jigar yetishmovchiligi (Shild-Pugh ko‘rsatkichi 7 dan 9 gacha) bo‘lgan pasientlarda Cmax kattaligi o‘zgarmaydi, ECHOM 60% ga oshadi, t1/2 ikki barobar oshadi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi aniqlanmagan.

Qo‘llanilishi

Qovuqning giperreaktivlik sindromi bo‘lgan pasientlar uchun xarakterli siydikni urgent (imperativ) tutib turaolmaslik, tez-tez siyish va siyishga urgent (imperativ) qistovlarni davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar (≥ 18 yoshdan katta), shu jumladan keksalar

5 mg dan kuniga bir marta, ovqat qabul qilish vaqtidan qat‘iy nazar ichga, suyuqlik bilan ichiladi. Zarurati bo‘lganida doza kuniga bir marta 10 mg gacha oshirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Vezikar solifenasinning antixolinergik ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘pincha kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Bu noxush samaralarning tez-tezligi dozaga bog‘liq. Vezikarning eng ko‘p aniqlanadigan nojo‘ya samarasi – og‘izni qurishi.  U kuniga 5 mg doza olgan 11% pasientda, kuniga 10 mg doza qabul qilgan 22% pasientda va plasebo olgan 4% pasientda kuzatilgan. Og‘iz qurishini yaqqolligi odatda kuchsiz bo‘lib, kam hollardagina davolashni to‘xtatishga olib kelgan. Umuman olganda davolashga moyillik juda yuqori bo‘lgan.

Quyidagi jadvalda Vezikarning klinik tadqiqotlarida qayd qilingan qolgan nojo‘ya samaralari keltiriladi:

 

 

Tez-tez

(>1/100, <1/10)

Tez-tez emas

(>1/1000, <1/100)

Kam

(>1/10000, <1/1000)

Juda kam

(< 1/10000) va keltirilgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholashni mumkin emas

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar qabziyat, ko‘ngil aynishi, dispepsiya, qorin og‘rig‘i gastroezofagal reflyuks kasalligi, tomoqning quruqligi yo‘g‘on ichakni tutilishi, koprostaz qusish*, ishtahani pasayishi
Infeksiyalar va invaziyalar   siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari    
Nerv tizimi tomonidan buzilishilar   uyquchanlik, disgevziya (ta‘mni buzilishi)   bosh aylanishi*

bosh og‘rig‘i*

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar ko‘rishning noaniqligi (akkomodasiyani buzilishi) ko‘zlarning quruqligi    
Umumiy holatni buzilishi   charchoqlik, qo‘l-oyoqlarni shishi    
Nafas, ko‘krak qafasi va ko‘ks a‘zolari tomonidan buzilishlar   burun bo‘shlig‘ini quruqligi    
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar   terini quruqligi   ko‘p shaklli eritema*

 

 

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar   siyishni qiyinlashishi siydikni o‘tkir tutilishi  

 

 

Ruhiy buzilishlar        

 

* – preparat qayd qilinganidan keyin kuzatilgan.

Solifenasinni turli mamlakatlarda ro‘yhatga olingandan keyin ishlatilganida, QT intervalini uzayishi va «piruet» turidagi taxikardiya to‘g‘risida xabar berilgan. Shuningdek jigar fermentlari (ALT, AST, γ-glutamiltransferaza) darajasini oshishi bilan xarakterlanuvchi jigar faoliyatini buzilishlari, giperkaliemiya holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Bu ma‘lumotlar preparat ro‘yhatga olingandan keyingi davrda spontan xabarlar usulida olinganligi uchun, ularning tez-tezligi va sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlash qiyinchilik tug‘diradi.

Klinik tadqiqotlar vaqtida allergik reaksiyalar aniqlanmagan. Biroq allergik reaksiyalarni yuz berishi mumkinligini inkor etish mumkin emas. Solifenasin bilan davolangan ayrim pasientlarda, preparat ro‘yhatga olingandan keyin anafilaktik reaksiya aniqlangan. Anafilaktik reaksiyalar rivojlanganda solifenasin bilan davolash to‘xtatilishi va tegishli davolash o‘tkazilishi lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • siyishni tutilishi
  • og‘ir me‘da-ichak kasalliklari (shu jumladan toksik megakolon)
  • miasteniya gravis
  • yopiq burchakli glaukoma
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • gemodializani o‘tkazilishi
  • og‘ir jigar yetishmovchiligi
  • og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari, masalan ketokonazol bilan bir vaqtda davolashdagi o‘rtacha jigar yetishmovchiligi,
  • bolalar (samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q)

Galaktozani o‘zlashtirishni kam uchraydigan nasliy buzilishlari, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Ehtiyotkorlik bilan

Vezikarni quyidagi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak:

  • siydik tutilishini rivojlanish xavfiga olib boruvchi qovuqning chiqish teshigini klinik ahamiyatli obstruksiyasi.
  • me‘da-ichakning obstruktiv kasalliklari (shu jumladan me‘dada ovqat dimlanib qolgan) bo‘lgan pasientlar.
  • me‘da-ichak yo‘llarining motorikasini pasayish xavfi bo‘lgan pasientlar.
  • og‘ir buyrak (kreatinin klirensi minutiga ≤30 ml) va o‘rtacha jigar yetishmovchiligi (Shild-Pugh ko‘rsatkichi 7 dan 9 gacha) bo‘lgan pasientlar; bunday pasientlar uchun doza 5 mg dan oshmasligi kerak.
  • CYP3A4 ning kuchli ingibitori, masalan, ketokonazolni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar.
  • diafragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi, gastroezofagal reflyuksi bo‘lgan va ezofagitni chaqiruvchi yoki kuchaytiruvchi dori preparatlarini (masalan, bisfosfonatlar) bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar.
  • avtonom neyropatiyasi bo‘lgan pasientlar.
  • QT intervalini uzayish sindromi va gipokaliemiya kabi xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, QT intervalini uzayishi va «piruet» turidagi taxikardiya kuzatilgan.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Farmakologik o‘zaro ta‘siri

Antixolinergik xususiyatlarga ega dori vositalari bilan yo‘ldosh davolash yanada yaqqol terapevtik va nohush samaralarga olib kelishi mumkin. Solifenasinni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin, boshqa antixolinergik preparat bilan davolashni boshlashdan oldin taxminan bir haftalik tanaffus qilish lozim. Terapevtik samarasi xolinergik reseptorlarning agonistlari bir vaqtda qabul qilinganida pasayishi mumkin.

Solifenasin me‘da-ichak yo‘llarining motorikasini rag‘batlantiruvchi dori preparatlar, masalan – metoklopramid va sizapridning samarasini pasaytirishi mumkin.

Farmakokinetik o‘zaro ta‘siri

In vitro tadqiqotlar, solifenasin terapevtik konsentrasiyalarda odam jigari mikrosomalaridan ajratib olingan CYP1A 1/2, 2C9, 2C19, 2D6 yoki 3A4 ni ingibirlamasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun solifenasin bu CYP-fermentlar tomonidan metabolizmga uchraydigan dorilarning klirensini o‘zgartirish ehtimoli kam.

Solifenasinning farmakokinetikasiga boshqa dori vositalarning ta‘siri

Solifenasin CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizimga uchraydi. CYP3A4 ning kuchli ingibitori ketokonazolni (kuniga 200 mg) bir vaqtda yuborish, solifenasinning vaqtga bog‘liq konsentrasiyasining ECHOM ko‘rsatkichini ikki marta oshishini, kuniga 400 mg dozada esa – uch marta oshishini chaqirgan. Shuning uchun, agarda bemor bir vaqtda ketokonazol yoki CYP3A4 ning (ritonavir, nelfinavir, itrakonazol kabi) kuchli ingibitorlarining terapevtik dozalarini qabul qilayotgan bo‘lsa, Vezikarning maksimal dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki o‘rtacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar solifenasin va CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda davolanishlari mumkin emas. Solifenasinning CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizimga uchrashi tufayli, CYP3A4 ga yuqori yaqinlikka ega boshqa substratlar (verapamil, diltiazem) va CYP3A4 izofermentining induktorlari (rifampisin, fenitoin, karbamazepin) bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin.

Boshqa dori vositalarning farmakokinetikasiga solifenasinning ta‘siri

Peroral kontraseptivlar: Solifenasin va majmuaviy peroral kontraseptivlarning (etinilestradiol / levonorgestrel) farmakokinetik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Varfarin: Vezikarni qabul qilish R-varfarin yoki S-varfarinning farmakokinetikasini yoki ularning protrombin vaqtiga ta‘sirini o‘zgarishlarini chaqirmagan.

Digoksin: Vezikarni qabul qilish digoksinning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Vezikar bilan davolashni boshlashdan oldin siyishni buzilishini boshqa sabablari yo‘qligini (yurak yetishmovchiligi yoki buyrak kasalliklari) aniqlash kerak. Agarda siydik yo‘llarining infeksiyasi aniqlansa, tegishli mikroblarga qarshi davolashni boshlash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Solifenasinni qabul qilish vaqtida homilador bo‘lgan ayollar to‘g‘risida klinik ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar fertillikka, embrion/homilani rivojlanishiga yoki tug‘ruqqa bevosita noxush ta‘sirini aniqlamagan. Ushbu preparatni homilador ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Odamlarda solifenasinni sut bilan chiqarilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Emizish davrida Vezikarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Solifenasin boshqa m-xolinoblokatorlar kabi, ko‘rishni noaniqligini, shuningdek (kam hollarda) uyquchanlik va chorchoqlik hissini chaqirishi mumkin, bu avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlanishi xamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Solifenasinning dozasini oshirib yuborilishi m-xolinoreseptorlarni blokadasi

oqibatidagi og‘ir buzilishlar bilan kechishi mumkin va tegishli davolashni talab etadi. Solifenasinni 280 mg dozada 5 soatlik vaqt oralig‘ida xato qabul qilish oqibatidagi bir holat ta‘riflangan bo‘lib, buning natijasida pasientda gospitalizasiyaga olib kelmagan ruhiy holatni o‘zgarishi rivojlangan.

Ko‘ngillilar tomonidan ishlatilgan solifenasinning eng yuqori dozasi, bir maratalik doza ko‘rinishida 100 mg ni tashkil qiladi. Bu dozada eng ko‘p quyidagi nojo‘ya samaralari aniqlangan: bosh og‘rig‘i (engil), og‘izni qurishi (o‘rtacha), bosh aylanishi (o‘rtacha), uyquchanlik (engil) va ko‘rishni noaniqligi (o‘rtacha). Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan. Doza oshirib yuborilgan hollarda faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, me‘dani yuvishni o‘tkazish, lekin qusishni chaqirmaslik kerak. Boshqa antixolinergik vositalarning dozasi oshirib yuborilganida bo‘lgani kabi, simptomlarni quyidagicha davolash kerak:

  • markaziy ta‘sirga ega og‘ir antixolinergik samaralarda (gallyusinasiyalar, yaqqol qo‘zg‘aluvchanlik) – fizostigmin yoki karbaxol.
  • tirishishlarda yoki yaqqol qo‘zg‘aluvchanlikda – benzodiazepinlar.
  • respirator yetishmovchilikda – sun‘iy nafas.
  • taxikardiyada – beta-blokatorlar.
  • siyishni tutilishida – kateterizasiya.
  • midriazda – ko‘zga pilokarpin tomizish va/yoki bemorni qorong‘i xonaga kiritish kerak.

Boshqa antixolinergik vositalarning dozasi oshirib yuborilganida bo‘lgani kabi, alohida e‘tibor QT-intervalini uzayish xavfi aniqlangan pasientlarga (ya‘ni gipokaliemiyada, bradikardiyada va QT-intervalini uzayishini chaqiruvchi preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida) va yurak kasalliklari (miokard ishemiyasi, aritmiyalar, dimlangan yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan pasientlarga qaratilishi kerak.

Chiqarilish shakli

5 va 10 mg li poyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda, 1 yoki 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VEZIKAR tabletkalari 5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VEZIKAR tabletkalari 5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VEZIKAR tabletkalari 5mg N30 dori vositasi Astellas Pharma Europe B.V. tomonidan Niderlandlar mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VEZIKAR tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VEZIKAR tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EN URA tabletkalari 10mg N30
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
EN URA tabletkalari 5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
VEZIKAR tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Солифенацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
VEZIKAR 0,01 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Солифенацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Астеллас Фарма Юроп БВ
VEZIKAR 0,005 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Солифенацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Астеллас Фарма Юроп БВ
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DE NOL tabletkalari 120mg N112
Narh: 161 500 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 125mg N20
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
YUNIDOKS SOLYUTAB tabletkalari 100mg N10
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
FLEMOKLAV SOLYUTAB tabletkalari 500 mg+125 mg N20
DIFIKLIR tabletkalari 200mg N100
DE NOL tabletkalari 120mg N56
Narh: 159 800 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 500mg N20
Narh: 83 600 so'mdan Batafsil
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 250mg N20
Narh: 72 800 so'mdan Batafsil
VEZIKAR tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Солифенацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
DIFIKLIR tabletkalari 200mg N20
FLEMOKLAV SOLYUTAB tabletkalari 250 mg+62,5 mg N20
OMNIK kapsulalar 0,4mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9