×
×
  • VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1

Kategoriya:
- Immunobiologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- VINS Bioproducts Limited
ATX kodi:
- J06AA06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VINRIG

VINRIG

 

Preparatning savdo nomi: Vinrig

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma 1500 XB/5 ml

Tarkibi:

1 ml eritma quydagilarni saqlaydi:

faol modda: ot zardobidan olingan quturishga qarshi immunoglobulin fragmentlari – 300 XB/ml dan kam emas;

yordamchi moddalar: m-krezol – 0,25% dan kam; glisin – 0,0225 g/ml; natriy xloridi – 0,009 g/ml; in‘eksiya uchun suv 1ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, ko‘rinarli muallaq zarrachalarsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: zardob (quturishga qarshi)

ATX kodi: J06AA06.

 

Immunologik xususiyatlari

Vinrig quturishga qarshi vaksina bilan immunizasiya qilingan sog‘lom otlarning qon zardobidan olingan, quturish virusiga qarshi tayyor antitelolarni saqlovchi steril apirogen eritmadir.  Antitelolar quturish bilan kasallangan hayvon bilan kontaktdan keyin odamlarga yuborilganda quturish virusi va uning komponentlarini neytrallaydi. Zardob shuningdek antimikrob modda – krezol saqlaydi. Tayyor antitelolari bo‘lgan antirabik zardob passiv immunizasiya uchun xizmat qiladi, lekin xususiy antitelalarni ishlab chiqarilishini rag‘batlantirmaydi, balki antirabik vaksina yuborilganidan keyin antitelalar sintez qilina boshlangunga qadar infeksiyalangan odamni himoya qiladi xolos. Zardobning o‘zi to‘liq davolashni ta‘minlamaydi va doimo vaksina bilan birga buyuriladi.

Qo‘llanilishi

Odamni quturishga qarshi davolash-profilaktik yoki profilaktik immunizasiyasi uchun qo‘llaniladi.

Quturishga gumon qilinayotgan yoki tasdiqlangan hayvonlar bilan kontaktda bo‘lgan yoki ular tomonidan tishlangan (terini shikastlanishisiz tishlashlar, yuza joylashgan shilinishlar, shikastlangan to‘qima yoki shilliq qavatlarga hayvon so‘lagi tushgan, terining yakka yoki ko‘p sonli kiruvchi shikastlanishlari bo‘lgan) odamni quturishga qarshi shoshilinch passiv immunizasiyasi uchun qo‘llaniladi.

Antirabik zardob har doim quturishga qarshi vaksina bilan majmuada ishlatilishi kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Antirabik yordam ko‘rsatish

Antirabik yordam jarohat, tirnalish, shilinish, so‘lak tekkan joylarga mahalliy ishlov berish va keyinchalik antirabik vaksinani yuborish yoki ko‘rsatmalar bo‘lganida antirabik immunoglobulin (AIG) va antirabik vaksinani majmuada yuborishdan iborat. AIG va antirabik vaksinani yuborish orasidagi interval – 30 minutdan oshmasligi kerak.

Zardobni mahalliy yuborishni kafolatlash uchun jarohatni tikishni keyinga qoldirish kerak.

Antirabik immun zardobning hisoblangan dozasini iloji boricha katta qismi jarohat atrofidagi to‘qimalarga va xatto agar jarohat bita boshlagan bo‘lsa xam, jarohatning o‘ziga yuborilishi kerak. Agar shikastlangan sohaning anatomik joylashishi (barmoqlarning uchi va xokazo) antirabik zardobning butun dozasini jarohat atrofidagi to‘qimalarga yuborishga imkon bermasa, unda uning qoldig‘ini mushak ichiga (dumba mushaklariga, son, yelkaning yuqori qismiga) yuboriladi. Zardob yuboriladigan soha vaksinani yuboriladigan joydan farq qilishi kerak.

Agar zardobning hisoblangan dozasi barcha jarohatlarni infiltrasiya qilish uchun yetarli bo‘lmasa, jarohatlarni yaxshilab infiltrasiya qilish maqsadida zardobni 2 yoki 3 marta suyultirish uchun fiziologik eritmani ishlatish mumkin.

Jarohatga  mahalliy  ishlov  berish

Jarohat (tishlangan, tirnalgan, shilingan) va so‘lak tekkan joylarga mahalliy ishlov berish tishlash yoki jarohatlangandan keyin darhol yoki iloji boricha tezroq boshlanishini kerak. U bir necha minut (15 minutgacha) davomida jarohat yuzasini sovunli yoki boshqa yuvuvchi vositalar (detergentlar) bilan yaxshilab yuvishdan iborat yoki sovun yoki detergentlar yo‘qligida jarohat sohasi suv bilan yuviladi. Bundan keyin jarohatning chetlari 70% spirt yoki 5%  li yodning suv-spirtli eritmasi bilan ishlov beriladi.

Iloji boricha jarohatni tikishdan saqlanish kerak.

Faqat quyidagi hollarda jarohatni tikish ko‘rsatilgan:

  • katta hajmdagi jarohatlar – jarohatga dastlab ishlov berilganidan keyin siyrak chok bilan tikiladi;
  • kosmetik ko‘rsatmalar bo‘yicha (yuz jarohatini tikish);
  • tashqi qon ketishini oldini olish uchun qonab turgan qon tomirlarini tikish.

Antirabik immunoglobulinni qo‘llash zarurati bo‘lganida, uni jarohatni tikishdan bevosita oldin qo‘llanadi (Tavsiya etilgan doza bo‘limiga qarang).

Sezuvchanlikka sinama qo‘yish

Antirabik zardobni yuborishdan oldin pasientni ot zardobiga shaxsiy sezuvchanligini tekshirish lozim. 0,1 ml zardobni 1:10 nisbatda suyultirilgan holda (0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan suyultiriladi) chap yelkaga teri ichiga shunday tarzda yuboriladiki, 3 mm diametrli limon po‘stlog‘i hosil bo‘lsin. O‘ng yelkaga nazorat uchun
0,1 ml fiziologik eritma yuboriladi. Pasient 15 minut davomida kuzatiladi. Nazorat uchun qilingan in‘eksiya teri reaksiyasini ko‘rsatmagan bir vaqtda, agar eritema (>6 mm), mahalliy shish yoki tizimli reaksiya kuzatilsa, test ijobiy hisoblanadi. Tozalangan ot immunoglobulini (immun zardobning faol komponenti) odam immunoglobuliniga nisbatan xavfsiz muqobili hisoblanadi. Ijobiy natija seroterapiyani qo‘llash uchun rasmiy qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi, lekin uni ogohlantirish sifatida qabul qilish kerak. Bunday hollarda zardob faqat anafilaktik shok rivojlanganda yordam ko‘rsatish uchun barcha vositalar tayyor bo‘lganidan keyingina buyuriladi. Salbiy test anafilaktik reaksiyani rivojlanishini istisno etish uchun mutloq kafolat hisoblanmaydi. Ko‘pchilik reaksiyalar komplement tizimini faollashuvi natijasida yuz beradi va teri test sinamasi yordamida oldindan bilish mumkin emas.

Jarohatga mahalliy ishlov berilganidan keyin darhol davolash-profilaktik immunizasiya boshlanadi.

Antirabik vaksina va antirabik immunoglobulin (AIG) bilan davolash-profilaktik emlash sxemasi

Shikastla-nish toifasi Kontakt xarakteri Hayvon haqida ma‘lumot Davolash
1 Teri qoplamalari shikastlan-magan, teri qoplamalariga so‘lak tegmagan, shilliq qavatlarga so‘lak tegmagan

 

Qutirgan Buyurilmaydi
2 Uy yoki qishloq-xo‘jalik hayvonlari tomonidan shikastlanmagan teri qoplamalariga so‘lak tegishi, tirnalish, shilinish, tana, qo‘l va oyoqni yuza tishlanishi (bosh, yuz, bo‘yin, kaft, qo‘l va oyoq barmoqlaridan tashqari) Agar 10 sutka davomida kuzatishda hayvon sog‘lom bo‘lsa, davolash to‘xtatiladi (ya‘ni 3 in‘eksiyadan keyin)

 

Agar hayvonda quturish yo‘qligi laborator tahlil asosida tasdiqlansa, quturish yo‘qligi tasdqlangan vaqtdan boshlab davolash to‘xtatiladi.

 

Hayvonni 10 kun davomida kuzatish imkoniyati bo‘lmagan (o‘ldirilgan, o‘lgan, qochib ketgan, yo‘qolgan va boshqa) barcha boshqa hollarda, davolash ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha davom ettiriladi

Vaksinani darhol yuborish. Immunodep-ressiv pasientlarga antirabik zardobni yuborish kerak.

 

3 Shilliq qavatlarga so‘lak tegishi, bosh, yuz, bo‘yin, kaft, qo‘l va oyoq barmoqlari, genitaliylarning barcha tishlanishlari; uy va qishloq-xo‘jalik hayvonlari tomonidan yakka yoki ko‘plab chuqur yirtilgan jarohatlar. Yovvoyi yirtqich hayvonlar, ko‘rshapalak va kemiruvchilar tomonidan har qanday so‘lak tegishi va jarohatlar Agar 10 sutka davomida kuzatish imkoni bo‘lsa va hayvon sog‘lom bo‘lsa, davolash to‘xtatiladi (ya‘ni 3 in‘eksiyadan keyin)

 

Agar hayvonda quturish yo‘qligi laborator tasdiqlansa, quturish yo‘qligi tasdiqlangan vaqtdan boshlab davolash to‘xtatiladi.

 

Kuzatish imkoniyati bo‘lmagan barcha boshqa hollarda, davolash ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha davom ettiriladi

Antirabik  immunoglo-bulin va antirabik vaksina bilan darhol majmuaviy davolashni boshlash kerak

 

 

Tavsiya etilgan doza

Immun zardobi zazarlanishdan keyin iloji boricha eng erta muddatlarda – tishlangandan keyin 3 sutkadan kechiktirmay buyuriladi. Agar birinchi vaksinasiya vaqtida zardob bo‘lmasa, uni 7 kun davomida buyurish mumkin.

Vinrig yakka dozada – tana vazniga 40 XB/kg dozada quturishga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan bir vaqtda buyuriladi. Bolalar va kattalar bir xil dozalarni – tana vazniga 40 XB/kg dozani qabul qilishadi. Zardobning dozasini zinhor oshirmaslik kerak, chunki bu xususiy antitelolarni ishlab chiqarilishini qisman susayishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘rsatmalar bo‘lsa, tirishishga qarshi davolashni va ikkilamchi mikrob infeksiyasini oldini olish uchun antimikrob preparatlarni qo‘llashni boshlash kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalar quturish bilan kasallanishning yuqori xavf guruhini tashkil etadi, chunki ular hayvonlar bilan ko‘proq kontaktda bo‘ladilar va hayvon tishlagani to‘g‘risida kattalarni har doim ham xabardor qilmaydilar. Bolalarga zardob kattalar bilan bir xil dozada – tana vazniga 40 XB/kg dozada buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • tez avj oluvchi allergik reaksiyalar (anafilaksiya) va sekin avj oluvchi allergik reaksiyalar (toshma, qichishish, eshakemi);
  • isitma;
  • arterial gipotenziya;
  • hansirash;
  • in‘eksiya joyida biroz shish, qizarish, og‘riqlik;
  • adenopatiya (regionar limfatik tugunlarni kattalashishi);
  • artralgiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Davolash-profilaktik immunizasiyasi uchun qarshi ko‘rsatma yo‘q, chunki immunizasiya hayotiy ko‘rsatmalarga muvofiq o‘tkaziladi.

Vinrig allergik simptomlari bo‘lgan yoki anamnezida ot zardobiga allergiyasi bo‘lgan bemorlarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quturish bilan kasallanishni oldini olish uchun zararlanishdan keyin immun zardobni va vaksinani bir vaqtda buyurish kerak. Vaksina tananing boshqa sohalariga, agar iloji bo‘lsa – kontrlateral ravishda yuboriladi. Zardob vaksina bilan birga bir shprisda buyurilmaydi.

Davolash-profilaktika vaksinasiyasi kursini o‘tkazish vaqtida boshqa preparatlar bilan vaksinasiya o‘tkazish man etiladi. Quturishga qarshi vaksinasiya tugaganidan so‘ng kamida 2 oydan keyin boshqa vaksinalar bilan emlashni o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ixtiososlashtirilgan tibbiyot muassasalari uchun. Anamnezida allergik reaksiyalari bo‘lgan yoki ot zardobi komponetlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Zardobni yuqori tozalanganlik darajasiga qaramay, qo‘llashdan oldin majburiy teri test sinamasini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Umumiy va allergik reaksiyalar rivojlangan hollarda simptomatik davolash, giposensibilizasiyalovchi va antigistamin preparatlar buyuriladi.

Emlashlarni o‘tkaziladigan joylar shokka qarshi davolash vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

Anafilaktik shok yuz bergan hollarda shoshilinch choralar

Adrenalinni darhol qo‘llash tavsiya qilinadi, uni kattalarga 0,1% li (1:1000, 1mg/ml) eritmasini 0,5 ml dan va bolalarga tana vazniga 0,01 ml/kg dozada teri ostiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Qo‘llashdan oldin arterial bosimni va pulsni o‘lchash kerak. Taxikardiyani rivojlanish xavfi tafayli, in‘eksiya asta sekin amalga oshiriladi.

Keyinchalik glyukokortikosteroid preparatlar (masalan, metilprednizolon  0,25 g dan 1 g gacha dozada) vena ichiga yuboriladi. Ushbu dozalar kattalar uchun qo‘llanadi. Shundan so‘ng aylanayotgan qon hajmini oshirish uchun elektrolitli eritma yoki plazma yuboriladi. In‘eksiyadan keyin pasientni 1 soat davomida kuzatish lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va laktasiya davri zardobni qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan ot antirabik immunoglobulinlari yuqori tozalangan vositalar bo‘lganligi tufayli, homiladorlarda qo‘llash uchun xavfsiz hisoblanadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

5 ml eritma rezina tiqin bilan berkitilgan va plastmass qopqoqli alyumin qalpoqcha bilan qisilgan neytral shisha flakonga joylangan.

1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

10  karton qutini karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti va tashilishi

Vaksina 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi va tashiladi.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1 dori vositasi VINS Bioproducts Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VINRIG inyeksiya uchun eritma 1500me/5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: VINS Bioproducts Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9