×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Vitaferras N30 kapsulalari

Kategoriya:
- Dori vositalari
Faol modda:
витамин B12, витамин B6, витамин C, витамин В9, Железа глюконат, Медь, Цинк
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО"Group Asia Pharm"
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 38 ta dorixonasida topildi

ico 86 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 95 400 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 86 600 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
BIFOLAK NEO stiki 1,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
42 000 s`om dan
KOREGA MYATNIY VKUS krem 70g Стаффорд Миллер (Ирландия) Лтд., Клочерейн, Югал Роуд, Дангарван, графство Уотерфорд, Ирландия Buyuk Britaniya
72 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Temir glyukonat - organizmdagi temir tanqisligini qoplaydi va temir kamqonligida gemoglobin sintezini rag'batlantiradi. 

Vitamin S - organizmda hosil bo'lmaydi, faqat oziqlanish orqali kiradi. Oksidlanish – tiklanish jarayonida ishtirok etadi, uglevodlar almashinuvi, qon quyilishida, to'qimalar regenerasiyasida; organizmni infektsiyalarga chidamligini oshiradi, tomirlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi. Temir metabolizmida ishtirok etadi, folat kislotasi, gistamin, karbogidratlarni qayta ishlash, lipidlar sintezi, proteinlar, karnitin, immun reaktsiyalarni rag'batlantiradi. Antiagregant va antioksidant xususiyatiga ega.

Folat kislotasi - qon yaratish a'zolari jarayonida faol qatnashadi, makrositar anemiyada anemiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek jigar va ichak funktsiyalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jigarda xolin miqdorini oshirishda va yog'infiltrasiyasini oldini oladi. Folat kislotasi immun tizimni bir maromda ushlab turadi, oq qon tanachalarini normal shakllanishiga va faollashishiga hissa qo'shadi. Folat kislota homiladorlikda muhim rol o'ynaydi. U embrionning asab hujayralarining shakllanishini tartibga soladi, bu normal rivojlanish uchun juda muhimdir. 

Vitamin B12 - qon yaratish organlarining faoliyatini tartibga solishda muhim rol o'ynaydi. Eritropoez jarayoni uchun zarur bo'lgan purin va purimidin asoslarini, nuklein kislotalarini sintez qilishda ishtirok etadi, eritrositlarga sulfgidril guruhlari bo'lgan birikmalarning to'planishiga faol ta'sir ko'rsatadi. Shu jumladan vitamin B12 transmetillanish, vodorodni o'tkazish jarayonlarida ishtirok etadi, metionin sintezini faollashtiradi. Organizmda protein sintezini va to'planish qobiliyatini oshirib, bu anabolik ta'sirni kuchaytiradi.

Vitamin V6 - aqliy va jismoniy mexnatga layoqatlikni oshiradi, qonda glyukoza darajasini boshqaradi, qalqonsimon bez, buyrak ustki bezi va jinsiy a'zolar bezi, miya to'qimasidagi modda almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustaxkamlaydi, antidepressant xisoblanadi. Markaziy va periferik nerv tizimi kasalliklariga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Piridoksin etishmovchiligi anemiya, dermatit va tirishishni chaqiradi.

Rux – leykositlar, antitelalar, gormonal faoliyatni, ayrisimon bezning faoliyatini rag'batlantiradi, bu tananing qarshiligini oshiradi va jaroxatlarni bitishini tezlashtiradi. Shuningdek, u organizmdan karbonat angidridni chiqarish orqali detoksikasiya funktsiyasini bajaradi. Rux uglevodlarni modda almashinuvida ishtirok etuvchi insulin sekresiyasi, ishlab chiqarilishi va utilizasiyasida ishtirok etadi. Rux buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, gipofiz, tuxumdon va urug'donlarning modda almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Uni saqlanishi erkak jinsiy a'zolarini shakllanishida va prostata bezini sog'lom bo'lishida muxim rol o'ynaydi. Rux 300 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi, bu fiziologik xususiyatlar soni va xilma - xilligi jixatidan mikroelementning muxim xususiyatidir. 

Mis - hujayralarni antioksidant himoyasiga yordam beradi, kollagen sintezida ishtirok etadi, anemiya xamda organlar va to'qimalarning kislorod etishmovchiligini oldini oladi va osteoporoz rivojlanish xavfini kamaytiradi. Qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.

S vitamini (askorbin kislotasi) ...........................60 mg

Rux .................................................................................12 mg

Elementar temirga ekvivalent temir glyukonati ....10 mg

V6 vitamini (piridoksin) ......................................... 2 mg

Mis.................................................................................1 mg

V9 vitamini (folat kislotasi) .................................200 mkg 

V12 vitamini (Tsianokobalamin) .............................. 2 mkg

Tarkibiy komponentlarga individual sezuvchanlik.

Juda kam xollarda: ko'ngil aynashi, qusish, gastralgiya, qabziyat yoki diareya.

Biologik faol qo'shimcha sifatida quyidagi xolatlarda qo'llaniladi:

- Temir tanqisligi anemiyasida;

- Folat kislotasi tanqisligida. Temir tanqisligini folat kislotasi bilan birga bo'lgan tanqislikni oldini olishda;

- V12 vitamini tanqisligida. Temir tanqisligini folat kislotasi bilan birga bo'lgan tanqislikni oldini olishda;

- Xomiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida, tug'ishdan keyingi davrda, ko'krak bilan emizish davrida temir va folat kislotasi tanqisligi.

Yuqori sezuvchanlik, gemolitik anemiya, gemosideroz, gemoxromatoz, aplastik anemiya.


Ogoxlantirish

Homiladorlik va laktasiya davrida

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llash uchun shifokor bilan maslaxatlashish lozim.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!


Homiladorlik va laktasiya davrida, bolalarda foydalanish mumkin.

Ichga qabul qilish uchun. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar:

• 1 kapsuladan kuniga 1 maxal;

• laktasiya davrida - butun davr davomida kuniga 1 kapsuladan 1 maxal.

14 yoshgacha bo'lgan bolalarga sirop shaklida qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabul qilish muddati - 1 oy. Agar zarurat bo'lsa, takroran qo'llash mumkin. Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Vitaferras N30 kapsulalari dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Vitaferras N30 kapsulalari dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Vitaferras N30 kapsulalari dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9