Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VITALAYN
VITALINE
Preparatning savdo nomi: Vitalayn
Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): Beta-karotin, alfa-tokoferol, askorbin kislotasi.
Dori shakli: Kapsulalar.
Tarkibi:
Faol moddalar: Beta-karotin 30% moyda suspenziya ko‘rinishida – 6 mg, alfa-tokoferol asetati – 15 mg, askorbin kislotasi – 75 mg.
Yordamchi moddalar: asalari mumi, tozalangan lesitin, kungaboqar moyi.
Ta‘rifi: Qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – qizil rangli moyli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar.
Farmakologik xususiyatlari
Vitalaynning farmakologik faolligi uning tarkibidagi vitaminlar: askorbin kislotasi, alfa-tokoferol asetati va beta-karotinning kompleks ta‘siriga bog‘liq.
Askorbin kislotasi – organizmdagi oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini boshqarishda qatnashadi, karbonsuv-oqsil almashinuvini faollashtiradi, xolesterin metabolizmini oshiradi, qon ivishini oshiradi, to‘qimalar regenerasiyasini, steroid gormonlar, kollagen va prokollagenlar sintezini kuchaytiradi. U organizmning moslashish imkoniyatlarini oshiradi va uni infeksiyalarga bo‘lgan qarshiligini kuchaytiradi.
Alfa-tokoferol asetati – organizmda yog‘larni oksidlanishni va ulardan zaharli peroksidlar hosil bo‘lishini ingibirlaydi, to‘yinmagan yog‘ kislotalaridagi bog‘larning mustahkamligini barqarorlashtiradi. U eritrositlar, endoteliositlar, enterositlar va boshqalarning strukturasi va faoliyatini normallashtiradi. Tokoferol kollagen, gem va oqsillar biosintezida ishtirok etadi, hujayralar proliferasiyasini, to‘qimalar nafasi faoliyatini va hujayra metabolizmining boshqa muhim jarayonlarini faollashtiradi. U gonadotropinlar hosil bo‘lishini, spermatogenezni, urug‘langan tuxumni, yo‘ldoshni rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Beta-karotin – antioksidant, immunomodulyatorlik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Faol kislorodni bog‘lab olish xususiyati hisobiga preparat hujayra strukturasini tashqi muhitning noxush omillari ta‘sirida yoki organizmda patologik jarayonlar rivojlanishida katta miqdorda hosil bo‘ladigan erkin radikallar ta‘sirida buzilishdan himoya qiladi.
Farmakokinetikasi
Vitalaynning ta‘siri uning komponentlarining majmuaviy ta‘siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarini o‘tkazishning iloji yo‘q, barcha komponentlar birgalikda markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.
Qo‘llanilishi
Vitalayn polivitamin antioksidant preparati sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi:
Qo‘llash usuli va dozalari
Vitalayn ovqatdan keyin, suv bilan qabul qilinadi.
Oldini olish maqsadida bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga preparatni 1 kapsuladan sutkada 1 marta 2-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi.
Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi.
Davolash maqsadida Vitalaynning dozasi shifokor tomonidan patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmaydi.
Uzoq muddat davomida yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Dori vositasini yuqori dozalarda qabul qilish qorinda og‘riq paydo bo‘lishiga, K vitamini tanqisligi bo‘lgan pasientlarda qon ketishini kelib chiqishiga, shuningdek ko‘zni xiralashishi, bosh aylanishi, kuchli toliqishiga va holsizlikka olib kelishi mumkin.
Qandaydir nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar quyidagilar:
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kortikosteroid preparatlar, tetrasiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga iste‘mol qilinganda, A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi.
Tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tokoferol tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarni, hamda A va D vitaminining perekisli oksidlanishi mahsulotlarining yuqori miqdori aniqlangan.
Oral kontraseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini so‘rilishi kamayadi.
Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminini so‘rilishini kamaytiradi.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni tavsiya etilgan dozasidan oshirish mumkin emas.
Vitalaynni A vitaminini saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, bunda oxirgisining dozasini oshirib yuborilish xavfi rivojlanishi oshadi.
Preparatni qo‘llash davrida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak
Avtomobilni boshqarish, texnikalar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri: ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi.
Sutkalik norma oshirilganida Vitalayn qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospesifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.
Chiqarilish shakli
10 ta kapsuladan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 3 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.