×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VODA DLYA IN‘EKSIY BUFUS inyeksiya uchun eritma 5ml N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Обновление ПФК АО
ATX kodi:
- V07AB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MEMOPROVE tabletkalari N30 Ever Neuro Pharma GmbH
398 000 s`om dan
BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
40 000 s`om dan
TORROKS infuziya uchun eritma 200ml 5% Jiangsu Pengyao Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
52 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VODA DLYA IN‘EKSIY BUFUS inyeksiya uchun eritma 5ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VODA DLYA IN‘EKSIY

AQUA PRO INJEKTIONIBUS

 
Preparatning savdo nomi: Voda dlya in‘eksiy.

Dori shakli: In‘eksiya uchun dori shakllarini tayyorlash uchun erituvchi.

Tarkibi:

In‘eksiya uchun suv – 5 ml, 10 ml.

Ta‘rifi: Rangsiz, hidsiz va ta‘msiz, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Erituvchi.

 
Farmakologik xususiyatlari

Cuv – universal erituvchi bo‘lib, odam organizmida doimiy almashinuv jarayonlari uchun zarur. Normal sharoitda suv axlat, siydik, ter bilan va nafasda ajraladi. Suyuqlikni ter bilan, nafasda va ahlat massalari bilan yo‘qotilishi suyuqlik yuborishdan qat‘iy nazar kuzatiladi. Adekvat gidratasiyani tutib turish kattalarda sutkada 30-45 ml/kg, bolalarda 100-165 ml/kg; ko‘krak yoshidagi bolalarda 45-100 ml/kg suvni talab qiladi.

In‘eksiya uchun suv in‘eksion eritmalarni tayyorlash uchun xizmat qiladi, suv va substratlarning bir-biriga mosligi va samaradorligi uchun optimal sharoitlarni ta‘minlaydi.

Qo‘llanilishi

Kukunlar, liofilizatlar va konsentratlardan steril in‘eksion eritmalar tayyorlash uchun suyultiruvchi sifatida qo‘llanadi.

In‘eksiya uchun suv bevosita qo‘llashdan oldin teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan dori vositalarning steril eritmalarini tayyorlash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

In‘eksiya tayyorlash uchun in‘eksion eritmalar, kukunlar va quruq moddani qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga in‘eksiya ko‘rinishida yuboriladi.

Sutkalik doza va yuborish tezligi suyultirish uchun qo‘llanadigan preparatning yo‘riqnomasi bo‘yicha aniqlanishi kerak.

In‘eksiya uchun suv yordamida dori vositalarning eritmalarini tayyorlash (ampulani ochish va idishlarni dori vositalari bilan to‘ldirish), aseptik sharoitlarda o‘tkazilishi kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Agarda ba‘zi dori vositalari uchun boshqa erituvchi ko‘rsatilgan bo‘lsa, in‘eksiya uchun suv ularni erituvchisi sifatida qo‘llanmaydi.

Dorilarining o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori preparatlari bilan qo‘shilganida (in‘eksiya tayyorlash uchun kukunlar, quruq moddalar) bir-biriga mos kelishi uchun vizual nazorat kerak (kimyoviy yoki farmasevtik nomutanosiblik bo‘lishi mumkin).

Maxsus ko‘rsatmalar

In‘eksiya uchun suvni osmotik bosimi past bo‘lganligi sababli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri in‘eksiya qilish yoki infuziya ko‘rinishida yuborish mumkin emas (gemoliz xavfi!).

In‘eksiya uchun suv in‘eksiya uchun moyli eritmalar, kuydirish uchun sirtga qo‘llanadigan vositalar bilan aralashtirilmasin.

In‘eksiya uchun suv infuziya uchun eritmalarni tayyorlash uchun, jaroxatlarni yuvish va bog‘lov materiallarini namlash uchun qo‘llanmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash suyultirish uchun in‘eksiya uchun suv qo‘llanadigan preparatning yo‘riqnomasi bo‘yicha aniqlanadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun dori shakllarini tayyorlash uchun erituvchi.

1, 2, 3, 5 yoki 10 ml dan neytral shisha ampulalarda.

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VODA DLYA IN‘EKSIY BUFUS inyeksiya uchun eritma 5ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VODA DLYA IN‘EKSIY BUFUS inyeksiya uchun eritma 5ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VODA DLYA IN‘EKSIY BUFUS inyeksiya uchun eritma 5ml N10 dori vositasi Обновление ПФК АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VODA DLYA IN‘EKSIY BUFUS inyeksiya uchun eritma 5ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VODA DLYA IN‘EKSIY BUFUS inyeksiya uchun eritma 5ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9