QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VODA DLYA IN‘EKSIY
AQUA PRO INJEKTIONIBUS
Dori shakli: In‘eksiya uchun dori shakllarini tayyorlash uchun erituvchi.
Tarkibi:
In‘eksiya uchun suv – 5 ml, 10 ml.
Ta‘rifi: Rangsiz, hidsiz va ta‘msiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Erituvchi.
Cuv – universal erituvchi bo‘lib, odam organizmida doimiy almashinuv jarayonlari uchun zarur. Normal sharoitda suv axlat, siydik, ter bilan va nafasda ajraladi. Suyuqlikni ter bilan, nafasda va ahlat massalari bilan yo‘qotilishi suyuqlik yuborishdan qat‘iy nazar kuzatiladi. Adekvat gidratasiyani tutib turish kattalarda sutkada 30-45 ml/kg, bolalarda 100-165 ml/kg; ko‘krak yoshidagi bolalarda 45-100 ml/kg suvni talab qiladi.
In‘eksiya uchun suv in‘eksion eritmalarni tayyorlash uchun xizmat qiladi, suv va substratlarning bir-biriga mosligi va samaradorligi uchun optimal sharoitlarni ta‘minlaydi.
Qo‘llanilishi
Kukunlar, liofilizatlar va konsentratlardan steril in‘eksion eritmalar tayyorlash uchun suyultiruvchi sifatida qo‘llanadi.
In‘eksiya uchun suv bevosita qo‘llashdan oldin teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan dori vositalarning steril eritmalarini tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
In‘eksiya tayyorlash uchun in‘eksion eritmalar, kukunlar va quruq moddani qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga in‘eksiya ko‘rinishida yuboriladi.
Sutkalik doza va yuborish tezligi suyultirish uchun qo‘llanadigan preparatning yo‘riqnomasi bo‘yicha aniqlanishi kerak.
In‘eksiya uchun suv yordamida dori vositalarning eritmalarini tayyorlash (ampulani ochish va idishlarni dori vositalari bilan to‘ldirish), aseptik sharoitlarda o‘tkazilishi kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Agarda ba‘zi dori vositalari uchun boshqa erituvchi ko‘rsatilgan bo‘lsa, in‘eksiya uchun suv ularni erituvchisi sifatida qo‘llanmaydi.
Dorilarining o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori preparatlari bilan qo‘shilganida (in‘eksiya tayyorlash uchun kukunlar, quruq moddalar) bir-biriga mos kelishi uchun vizual nazorat kerak (kimyoviy yoki farmasevtik nomutanosiblik bo‘lishi mumkin).
Maxsus ko‘rsatmalar
In‘eksiya uchun suvni osmotik bosimi past bo‘lganligi sababli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri in‘eksiya qilish yoki infuziya ko‘rinishida yuborish mumkin emas (gemoliz xavfi!).
In‘eksiya uchun suv in‘eksiya uchun moyli eritmalar, kuydirish uchun sirtga qo‘llanadigan vositalar bilan aralashtirilmasin.
In‘eksiya uchun suv infuziya uchun eritmalarni tayyorlash uchun, jaroxatlarni yuvish va bog‘lov materiallarini namlash uchun qo‘llanmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash.
Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash suyultirish uchun in‘eksiya uchun suv qo‘llanadigan preparatning yo‘riqnomasi bo‘yicha aniqlanadi.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun dori shakllarini tayyorlash uchun erituvchi.
1, 2, 3, 5 yoki 10 ml dan neytral shisha ampulalarda.
10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori bilan birga karton qutiga joylanadi.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.