Yaroqlilik muddati (oy) | 24 |
Hujayra kulturasida atsiklovir OGV-1 ga qarshi ko'proq ifodalangan virusga qarshi faollikka ega bo'lib, undan keyin OGV-2, VZV, EBV va TsMV faoliyat tartibida kamayib boradi.
Gerpesni davolashda u yangi toshma elementlarining shakllanishiga to'sqinlik qiladi, teri disseminatsiyasni va vistseral asoratlar ehtimolini kamaytiradi, qoloqlar hosil bo'lishini tezlashtiradi va o'rab oluvchi gerpesning o'tkir bosqichida og'riqni kamaytiradi.
Taqsimlanishi
Organlar va to'qimalarga (shuningdek, bosh miya, buyrak, o'pkalar, jigar, suvli namlikka, ko'z yoshi suyuqligi, ichak, mushaklar, taloq, ko'krak suti, bachadon, shilliq parda va vaginal sekretsiya, sperma, amniotik suyuqlik, gerpetik pufakchalarning tarkibiga) yaxshi kirib boradi. Gemtoentsefal to'sig'i orqali kiradi. Orqa miya suyuqligidagi atsiklovirning kontsentratsiyasi uning plazma konsentratsiyasining taxminan 50% ni tashkil etadi. Atsiklovir oz miqdorda plazma oqsillari (9-33%) bilan bog'langan, shuning uchun oqsil bilan bog'langan joylaridan uzish natijasidagi dorilar o'zaro ta'siri ehtimoli kam.
So'rilishi
Kattalarda atsiklovir qabulidan keyin plazmadan yarim chiqarilish davri tahminan 3 s ni tashkil qiladi, 1 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda -2,6 s.Preparatningaksariyati buyraklar tomonidan o'zgarmagan holda chiqariladi. Atsiklovirning buyrak klirensi kreatinin klirensidan sezilarli darajada oshadi, bu atsiklovirning nafaqat koptokchalar fil'tratsiya, balki kanal sekretsiyasi orqali ham chiqarilishini ko'rsatadi. Atsiklovirning asosiy metaboliti 9-karboksimetoksi-metilguanin bo'lib, siydikda preparatning kiritilgan dozasining 10-15% ni tashkil qiladi. Atsiklavirni tavsiya qilinganda 1 g probenetsidni qabul qilgandan 1 soatdan keyin atsiklovirni T1/2 va “plazmadagi kontsentratsiya — vaqt"egri chizig'i ostidagi maydon mos holda 18 va 40% ga oshdi.
Patsientlarning alohida guruhlari
Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda atsiklovirning T1/2 o'rtacha 19,5 soatni tashkil qilgan va gemodializni o'tgazganda atsiklovirning o'rtacha T1/2 5,7 soat edi va plazmadagi atsiklovir kontsentratsiyasi taxminan 60% ga kamaydi.
Keksalardagi atsiklovirning klirensi kreatinin klirensining kamayishi bilan parallel ravishda kamayadi, ammo atsiklovirningT1/2biroz o'zgaradi.
Noxush reaktsiyalarning uchrash tezligi
Qon va limfa tizimining tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: anafilaksiya.
Nerv tizimining va ruhiy holat tomonidan buzilishlar
Tez- tez: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Juda kam hollarda: qo'zg'aluvchanlik, ongni chalkashishi, tremor, ataksiya, dizartriya, gallyutsinatsiyalar, psixotik belgilar, tirishish, uyquchanlik, entsefalopatiya, koma.
Odatda, bu nojo'ya ta'sirlar buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda yoki boshqa qo'zg'atuvchi omillar ishtirokida kuzatilgan va asosiy, qaytariluvchan bo'lgan ("Maxsus ko'rsatmalar"bo'limiga qarang).
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: xansirash.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez - tez: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og'rig'i.
Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlari
Kam holarda: qonda bilirubin va jigar fermentlari kontsentratsiyasining qayta oshishi.
Juda kam hollarda: gepatit, sariqlik.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
Tez - tez: qichishish, toshma, shu jumladan fotosezuvchanlik.
Tez-tez emas: eshakemi, tez, tarqalgan soch to'kilishi.
Tez diffuz soch to'kilishi turli kasalliklarda va ko'plab dorilarni davolashda kuzatilgani uchun uning atsiklovirni ichish aloqasi aniqlanmagan.
Kamdan-kam hollarda: angionevrotik shish
Juda kam hollarda: toksik epidermal nekroliz, ko'p shakilli ekssudativ eritma.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: qon zardobida mochevina va kreatinin kontsentratsiyasining oshishi.
Juda kam hollarda: o'tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak sanchig'i.
Buyrak sanchig'i buyrak yetishmovchiligi va kristalluriya bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Umumiy va yuborish joyidagi va buzilishlar
Tez - tez: charchoq, isitma kuzatilishi mumkin.
Gidratatsiya holati
Atsiklovir bilan davolashda ko'p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi(buyrak kanallarida atsiklovir cho'kmalarini hosil bo'lishini oldini olish uchun).
Atsiklovir gerpesni jinsiy yo'llar bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolanish vaqtida xatto klinik belgilari bo'lmaganda xam, jinsiy aloqadan saqlanish kerak.
Keksa yoshdagi patsientlar va buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan patsientlar
Atsiklovir buyraklar tomonidan chiqarilganligi sababli, buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda dozalar kamaytirilishi kerak ("Qo'llash usuli va dozalar"bo'limiga qarang). Keksa yoshdagi patsientlarda buyrak funktsiyasi pasayishi mumkin, shuning uchun bu guruh patsientlarda dozani kamaytirish ham talab qilinishi mumkin. Keksa patsientlar va buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlar nerv tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlarni rivojlantirish xavfi yuqori bo'lgan guruhda bo'ladi(odatda bunday reaktsiyalar preparatni bekor qilishga javoban qaytariladi) va shunga ko'ra, qat'iy tibbiy nazorat ostida bo'lishi kerak.Og'irbuyrak funktsiyasi buzilishida foydalanish uchun tavsiya qilinmaydi.
Atsiklovirni qo'llashda buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak (qon plazmasidagi azot mochevina va kreatinin darajasini aniqlash). Keksa patsientlarni davolash suv yuklamasini yetarli darajada oshirish va shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak, chunki patsientlarning ushbu toifasi atsiklovirning yarim chiqarilish davrini oshiradi.
Yaqqol immuntanqisligi bo'lgan patsientlar
Og'ir immunitet tanqisligi bo'lgan patsientlarda atsiklovir bilan uzoq muddat yoki takroriy davolash kurslari atsiklovir terapiyasining davom etishiga javob bermaydigan atsiklovir sezgirligi pasaygan virus shtammlari paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik davrida atsiklovirni qo'llash onaga mo'ljallangan foyda homila uchun potentsial xavfdan ortiq bo'lgan hollarda mumkin.
Kuniga 200 mg 5 martalik dozada og'iz orqali yuborilgandan so'ng, atsiklovir ona sutida plazma kontsentratsiyalarining 0,6-4,1% kontsentratsiyalarida aniqlanadi. Ona sutidagi bunday kontsentratsiyalarda emizilgan chaqaloqlar 0.3 mg/kg/ sutkagacha dozada atsiklovir qabul qilishi mumkin. Ona sutidagi bunday kontsentratsiyalarda emizilgan chaqaloqlar 0.3 mg/kg/ sutkagacha dozada atsiklovir qabul qilishi mumkin. Buni hisobga olgan holda, preparatni emizikli ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
- immun statusi normal bo'lgan bemrlarda 1 va 2 tip Herpes simplex virusi chaqirgan infektsiyalarni oldini olish;
- immunitet tanqisligibo'lgan bemrlarda 1 va 2 tip Herpes simplex virusi chaqirgan infektsiyalarni oldini olish;
- varicella zoster – suvchechak va o'rab oluvchi gerpes (o'rab oluvchi gerpesni atsiklovir bilan erta davolash og'riqni qoldiruvchi samara ko'rsatadi va gerpesdan keyingi nevralgiyani rivojlanish tezligini kamaytirishi mumkin) viruslari chaqirganbirlamchi va qaytalanuvchi infektsiyalarni davolash.
Probenetsid va tsimetidin, bir vaqtning o'zida ishlatilganda, atsiklovirning kanal sekretsiyasini kamaytiradi va shu bilan atsiklovirning plazmadagi kontsentratsiyasini va yarim chiqarilish davrini oshiradi.
Atsiklovir uchun plazmadagi AUC ko'rsatkichlari va mikofenolat mofetilning nofaol metaboliti, har ikki preparatlarni birga qo'llaganda transplantologiyada ishlatiladigan immunodepressantning ortishi kuzatildi. Biroq, atsiklovirning keng terapevtik indeksi tufayli dozani moslash talab qilinmaydi.
Atsiklovirni nefrotoksik preparatlar bilan birgalikda qo'llash nefrotoksik ta'sirlar (ayniqsa buyrak funktsiyasi buzilgan patsientlarda) rivojlanish xavfini oshiradi.
Atsiklovir ta'sirining oshishi immunostimulyatorlarning bir vaqtda tayinlanishi bilan qayd qilinadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tkandan so'ng qo'llanilmasin.
Preparatni ovqat vaqtida qabul qilish mumkin, chunki oziq-ovqat iste'mol qilish atsiklovirning yemirilishida sezilarli buzilishlarga olib kelmaydi.
Kattalar
Oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni davolash. Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 200 mg 5 martani tashkil qiladi, har 4 soatda, tungi uyqu davridan tashqari. Odatda, davolash kursi 5 kun, lekin og'ir birlamchi infektsiyalarda uzaytirilishi mumkin.
Og'ir immunitet tanqisligida (masalan, suyak iligi transplantatsiyasidan keyin) yoki ichakda so'rilishi buzilganda, og'iz orqali yuborish uchun Atsiklovir dozasi kuniga 400 mg 5 martagacha oshirilishi mumkin. Davolashni infektsiyadan keyin iloji boricha erta boshlash kerak; qaytalanishlarda preparatni prodromal davrda yoki toshmaning birinchi elementlari paydo bo'lganda tavsiya qilish tavsiya etiladi.
Immun holati normal bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan infektsiyani qaytalanishini oldini olish
Immun holati normal bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan qaytalanuvchi infektsiyalarni oldini olish uchun Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 4 marta 200 mg (har 6 soatda)ni tashkil qiladi.
Ko'plab patsientlarga yanada qulay davolash rejimi to'g'ri keladi – kuniga 2 marta 400 mg (har 12 soatda)
Qator hollarda Atsiklovirning past dozalari samarali bo'ladi — kuniga 3 mart 200 mg (har 8 soatda) yoki kuniga 2 marta (har 12 soatda). Ba'zi patsientlarda 800 mg umumiy sutkalik dozani qabul qilishda infektsiya uzilishi sodir bo'lishi mumkin.
Atsiklovir bilan davolashni kasallik davomida mumkin bo'lgan o'zgarishlarni aniqlash uchun vaqti-vaqti bilan 6-12 soatga to'xtatib turish kerak.
Immunitet tanqisligi bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni oldini olish
Immunitet tanqisligi bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi tufayli kelib chiqadigan infektsiyalarning oldini olish uchun Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 4 marta 200 mg ni (har 6 soatda) tashkil qiladi.
Og'ir immunitet tanqisligi (masalan, suyak iligi transplantatsiyasidan keyin) yoki ichak so'rilishi buzilganda, ichish uchun Atsiklovir dozasi kuniga 5 marta 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolashning profilaktik kursining davomiyligi infektsiya xavfi mavjud bo'lgan davrning davomiyligi bilan belgilanadi. Klinik tadqiqotlarda suyak iligi transplantatsiyasi retsipientlari uchun davolashning maksimal muddati 6 oy (ko'chirib o'tkazilgandan so'ng 1-oydan 7-oygacha) ni tashkil qiladi. OIV infektsiyasining yaqqol klinik ko'rinishi bo'lgan patsientlarda Atsiklovir bilan davolash kursi 12 oy ni tashkil qiladi, ammo bunday patsientlarda davolanishning uzoqroq kurslari samarali bo'lishi mumkinligiga ishonish uchun asos bor.
Suvchechak va o'rab oluvchi gerpesni davolash
Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 5 marta 800 mg; preparat har 4 soatda qabul qilinadi, tungi uyqu davridan tashqari. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi. Preparat infektsiya boshlanganidan keyin iloji boricha tezroq buyurilishi kerak, chunki bu holda davolanish yanada samarali bo'ladi.
Bolalar
Immunitet tanqisligi bo'lgan bolalarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni oldini olish va oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyani davolash:
2 yoshdan va undan kattalar –kattalar bilan bir xil dozalarda 200 mg kuniga 4 marta (har 6 soat);
2 yoshdan kichik - kattalar uchun tavsiya etilgan dozaning yarmi.
Suvchechakni davolash:
6 yosh va undan katta yoshdagi bolalar -800 mg kuniga 4 marta;
2 dan 6 yoshgacha-400 mg kuniga 4 marta
2 yoshdan kichik-200 mg kuniga 4 marta. Aniqroq, dozani 20 mg/kg miqdoridan aniqlash mumkin, lekin 800 mg dan kuniga 4 martadan ko'p emas.
Davolash kursi 5 kun.
Maxsus guruhdugi patsientlar
Keksa yoshdagi patsientlar. Keksa yoshda kreatinin klirensi kamayishi bilan parallel ravishda organizmda atsiklovir klirensi kamayishi kuzatiladi.
Keksa yoshdagi patsientlar, Atsiklovirning yuqori dozalarini ichish fonida yetarli miqdorda suyuqlik ichishlari kerak, buyrak yetishmovchiligidaAtsiklovir dozasini kamaytirish uchun qaror qabul qilish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda oddiy gerpesvirusi chaqirgan infektsiyalarni davolash va oldini olish uchun tavsiya etilgan dozalarda atsiklovirni ichish, preparatni belgilangan xavfsiz darajalardan oshib ketadigan kontsentratsiyalargacha yig'ilishiga olib kelmaydi. Biroq buyrak yetishmovchiligi og'ir bo'lgan patsientlarda (kreatinin klirensi <10 ml/min) Atsiklovir dozasini 200 mg kuniga 2 martaga (har 12 soatda) kamaytirish tavsiya etiladi.
Suvchechak, o'rab oluvchi gerpesni davolashda, shuningdek, og'ir immunitet tanqisligi bo'lgan patsientlarni davolashda Atsiklovirning tavsiya etilgan dozalari:
- og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi<10 ml / min): kuniga 2 marta 800 mg, har 12 soatda;
- buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 10-25 ml/min) kuniga 3 marta, 800 mg, har 8 soatda .
Davolash: simptomatik. Patsientlar intoksikatsiyaning mumkin bo'lgan alomatlarini aniqlash uchun qat'i tibbiy nazoratda bo'lishlari kerak.Atsiklovir gemodializ bilan tanadan chiqariladi, shuning uchun gemodializ dozani oshirib yuborilishini davolash uchun ishlatilishi mumkin.