×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZARSIO inyeksiya uchun eritma 30 mln.ed/0,5 ml N1

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Faol modda:
Филграстим
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Sandoz GmbH
ATX kodi:
- L03AA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LAFEROBION suppozitorii 150000me N10 БиоФарма OOO Ukraina
RUFERON RN suppozitorii 150000me N10 Рубикон, ООО Belarusiya
43 000 s`om dan
GENFERON suppozitorii 1000000me N10 БИОКАД, ЗАО Rossiya
128 000 s`om dan
METILURASIL suppozitorii 500mg N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
8 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZARSIO inyeksiya uchun eritma 30 mln.ed/0,5 ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZARSIO®

ZARSIO

 

Preparatning savdo nomi: Zarsio®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): filgrastim

Dori shakli: in‘eksiyalar va infuziyalar uchun eritma

Tarkibi:

0,5 ml (1 shpris) eritma quyidagilarini saqlaydi:

faol modda: 0,30 mg (30 mln. TB) yoki 0,48 mg (48 mln. TB) filgrastim*;

yordamchi moddalar: glyutamin kislotasi, sorbitol, polisorbat 80, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

*Rekombinant filgrastim rN 4,4 5% hajm /vazn sorbitolda 1,5 – 2,5 mg/ml rch7-KSF, 10 mM glyutamin kislota saqlovchi YeR2006 balk eritma sifatida ishlab chiqariladi.

Rekombinant DNK texnologiya usuli bilan E. coli shtammi ishlab chiqaradigan rekombinant odam granulositar koloniestimulyasiya qiluvchi omil (rchG-KSF).

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Immunomodulyator. Koloniestimulyasiya qiluvchi omillar. Filgrastim.

ATX kodi: L03A A02.

Fprmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Zarsio biosimilyar dori vositasi hisoblanadi.

Rekombinant odam granulositar koloniestimulyasiya qiluvchi omil (rchG-KSF) suyak ko‘migidan periferik qonga neytrofillarning ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishini boshqaradi. Zarsioni qo‘llash tomir xavzasida 24 soat davomida neytrofillar sonini ahamiyatli oshishi, shuningdek monositlar sonini biroz oshishi bilan birga kechadi. Alohida hollarda shuningdek eozinofillar va bazofillarning sonini ham oshishi aniqlanadi, lekin pasientlarning bir qismida eozinofiliya va bazofiliya davolash boshlangunga qadar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan dozalar diapazonida Zarsio qo‘llanganida neytrofillar sonini oshishi dozaga bog‘liq xarakterga ega. Ajralib chiqayotgan neytrofillar normal yoki yuqori funksional faollikka ega, bu xemotaksis va fagasitoz testlari o‘tkazilganida  tasdiqlanadi. Davolash tugaganida periferik qondagi neytrofillarning soni 1-2 kun davomida 50% ga kamayadi va keyingi 1-7 kunlar davomida normal qiymatlariga qaytadi.

Sitotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarda Zarsioni qo‘llash, neytropeniya va febril neytropeniyaning tez-tezligi, yaqqolligi va davomiyligini ahamiyatli pasayishi bilan birga kechadi va faqat sitotoksik ximioterapiyani olayotgan pasientlar bilan solishtirganda, antibiotiklarni pastroq dozalarda qo‘llash imkoniyatini beradi.

Mieloleykozni induksion ximioterapiyasi yoki mieloablativ terapiyadan so‘ng suyak ko‘migini transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda stasionar davolashni zarurati va davomiyligini pasaytiradi. Mieloablativ terapiyadan so‘ng suyak ko‘migini transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda tana haroratini oshishining tez-tezligi pasayganligi kuzatilgan.

Zarsioni monoterapiya sifatida ham, ximioterapiyadan keyin ham qo‘llash, periferik qon oqimiga gemopoetik o‘zak xujayralarni chiqishiga jalb etadi. Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) autologik yoki allogen transplantasiyasi sitostatiklarning yuqori dozalari bilan davolashdan keyin yoki suyak ko‘migini transplantasiyasi o‘rniga, yoki unga qo‘shimcha sifatida o‘tkaziladi.

Filgrastim bilan ishlab chiqarilishini jalb etilgan allogen QPO‘X pasientlarda, ahamiyatli tezroq gematologik tiklanish kuzatilgan, bu suyak ko‘migining allogen transplantasiyasi bilan solishtirganda trombositlarning tutib turilmaydigan tiklanishiga ketadigan vaqtni ahamiyatli kamayishiga olib keladi.

O‘tkir leykemiyasi bo‘lgan pasientlarda suyak ko‘migini allogen transplantasiyasidan keyin rchG-KSF ishlatishni baholash maqsadida o‘tkazilgan Yevropa tadqiqoti vaqtida, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasining, rchG-KSF yuborilganida transplantasiya bilan bog‘liq o‘lim (TBO‘) xavfini oshishi aniqlangan. O‘tkir va surunkali mielogen leykozlari bo‘lgan pasientlardagi alohida retrospektiv xalqaro tadqiqot vaqtida, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini, TBO‘ va o‘lim hollarining rivojlanishi xavfiga ta‘siri kuzatilmagan. Allogen transplantasiyalari yuzasidan o‘tkazilgan to‘qqiz prospektiv randomizasiyalangan tadqiqotlar, sakkiz retrospektiv tadqiqotlar va bir nazoratli tadqiqot yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan meta-tahlil natijalari “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini, surunkali “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini yoki davolash bilan bog‘liq bo‘lgan erta o‘lim rivojlanishi xavfiga ta‘siri aniqlanmagan.

Xavflar nisbati (95% II “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasi va TBO‘)

Suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin rchG-KSF davolashdan keyin

Puplikasiyalar

 

Tadqiqot davri N “Transplantat xo‘jayinga

qarshi” II-IV

o‘tkir bosqichi

Surunkali

“transplantat xo‘jayinga

qarshi”reaksiyasi

TBO‘
Meta-Tahlil

(2003)

 

1986-2001Ra

 

1198

1,08

(0,87, 1,33)

1,02 (0,82, 1,26) 0,70

(0,38, 1,31)

Yevropa retro-

spektiv tadqiqot

(2004)

 

1992-2002Rb

 

 

1789

1,33

(1,08, 1,64)

1,29 (1,02, 1,61) 1,73

(1,30, 2,32)

Xalqaro ret-

rospektiv

tadqiqot

(2006)

 

2000-2002Rb

 

 

 

2110

1,11

(0,86, 1,42)

1,10 (0,86, 1,39) 1,26

(0,95, 1,67)

a Tahlil bu davr vaqtida suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyingi pasientlar ishtirokidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi; alohida tadqiqotlar vaqtida rchG-KSF ishlatilgan.

b Bu davr davomida suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlar tahlili.

QPO‘X allogen transplantasiyasi oldidan sog‘lom donorlarda QPO‘X ga jalb etish xususiyati uchun Zarsioni qo‘llash.

Sog‘lom donorlarga 4-5 ketma-ket kunlar davomida buyurilgan sutkada 1 mln. TB/kg (sutkada 1 mkg/kg) doza, ko‘pchilik pasientlarda ikki leykoferezdan keyin resipient tana vaznidan ≥ 4 x 106 CD34 + xujayra/kg yig‘ish imkoniyatini beradi.

OTN (og‘ir tug‘ma, periodik va ideopatik neytropeniya) bo‘lgan kattalar va bolalarda Zarsioni qo‘llash, periferik qonda faol neytrofillar sonini turg‘un oshishini va infeksion va boshqa asortalir tez-tezligini pasayishini rag‘batlantiradi.

OITV bilan infeksiyalangan pasientlarda Zarsioni qo‘llash neytrofillar sonini normal qiymatlar chegarasida tutib turadi, bu antiretravirusli va mielosupressiv dori vositalarining dozalashni kerakli tartibiga rioya qilish imkoniyatini beradi. Zarsio qo‘llanganida OITV replikasiyasi oshishining belgilari aniqlanmagan.

Gemopoezning rag‘batlantirilishini boshqa omillari kabi, in vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlarda rchG-KSF spesifik reseptorlarga ega bo‘lganligi tufayli endoteliy xujayralarini rag‘batlantirish qobiliyatiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

 

Farmakokinetikasi

Sog‘lom ko‘ngillilarning ishtirokidagi bir martalik va ko‘p martalik dozalarni randomizasiyalangan, kesishgan, ikki tomonlama yashirin tadqiqotlar, Zarsioning farmakokinetik xususiyatlari teri ostiga va vena ichiga yuborilganidan keyin original dori vositasining profili bilan o‘xshash.

So‘rilishi

0,5 mln. TB/kg (5 mkg/kg) bir marta teri ostiga yuborilganidan keyin, qondagi filgrastimning maksimal konsentrasiyasiga tmax 4,5±0,9 soatdan keyin erishiladi (o‘rtacha qiymat ± SD)

Taqsimlanishi

Qondagi taqsimlanish hajmi taxminan 150 ml/kg. Tavsiya etilgan dozalarda teri ostiga va vena ichiga yuborilganida qon plazmasidagi filgrastimning konsentrasiyasi 10 ng/ml dan yuqorida 8-16 soat davomida saqlanadi. Vena ichiga yoki teri ostiga yuborilganidan filgrastimning yuborilgan dozasi va qon plazmasidagi uning konsentrasiyasi orasida proporsional aloqa aniqlangan.

Chiqarilishi

Bir marta teri ostiga yuborilganidan keyin filgrastimning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 2,7 soatdan (1,0 mln. TB/kg yoki 10 mkg/kg) 5,7 soatgachani (0,25 mln. TB/kg yoki
2,5 mkg/kg) tashkil qiladi, 7 kun qo‘llanganidan keyin 8,5-14 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

  • xavfli o‘sma (surunkali mieloleykoz va mielodisplastik sindromlardan tashqari) tufayli sitotoksik ximioterapiya olayotgan pasientlarda neytropeniya davomiyligini yoki febril neytropeniya paydo bo‘lishi tez-tezligini qisqaritish uchun, shuningdek keyingi suyak ko‘migini trasnplantasiyasi bilan mieloblastiv terapiya olayotgan pasientlarda neytropeniya davomiyligini qisqartirish uchun

Zarsioning samaradorligi va xavfsizligi bolalar va kattalarda sitotoksik ximioterapiya o‘tkazilganda bir xil namoyon bo‘ladi.

  • periferik o‘zak xujayralarni (QPO‘X) rivojlanishini jalb etish.
  • neytrofil granulositlar miqdorini oshirishga qaratilgan davomli davolashda, og‘ir tug‘ma, periodik yoki ideopatik neytropeniyasi (neytrofil granulositlarning mutloq soni 0,5 x 109/l va kam) va anamnezida og‘ir yoki qaytalanuvchi infeksiyalari bo‘lgan bolalar va kattalarda infeksion asoratlar kelib chiqishini tez-tezligi va davomiyligini qisqartirish uchun.
  • OITV-infeksiyasining yoyilgan bosqichi bo‘lgan doimiy davom etuvchi neytropeniyasi (neytrofillarning mutloq soni 1 x 109/l va kam) bo‘lgan bemorlarda, neytropeniyaning nazorati bo‘yicha boshqa choralar yetarli bo‘lmaganida, bakterial infeksiyalarning xavfini pasaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Zarsio bilan davolash onkologiya-gematologiya markazi mutaxassislari bilan xamkorlikda o‘tkazilishi kerak, ular kerakli diagnostik imkoniyatlar bo‘lganida, granulositar koloniestimulyasiya qiluvchi omilni qo‘llash tajribasiga ega bo‘ladilar.

Ishlab chiqarilishini jalb etish va aferez muolajasi, bu soxada kerakli tajribaga va gemopoezning o‘tmishdosh-xujayralarini kerakli monitoringi imkoniyatiga ega bo‘lgan onkologiya-gematologiya markazi mutaxassislari bilan xamkorlikda o‘tkazilishi kerak

Sitotoksik ximioterapiya

Zarsioning tavsiya etiladigan sutkalik dozasi sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) ni tashkil qiladi. Preparatning birinchi dozasini sitotoksik ximioterapiya kursidan keyin kamida 24 soat o‘tgach yuborish kerak.

Zarsio har kuni qonning klinik tahlilida neytrofillarning umumiy soni kutilayotgan nadirdan oshib, normal qiymatlarga yetmagunicha yuboriladi. Solid o‘smalar, limfoma va limfoleykoz bo‘yicha sitotoksik ximioterapiyadan keyin ko‘rsatilga qiymatlarga erishishgacha davolash 14 kungachani tashkil qiladi. O‘tkir mieloid leykozni induksion va konsalidasion davolashdan keyin davolash muddatlari ahamiyatli oshishi (38 kungacha) va qo‘llanayotgan sitotoksik ximioterapiyaning turi, dozasi va sxemasiga qarab belgilanadi.

Sitotoksik ximioterapiyani olayotgan pasientlarda, neytrofillar sonini o‘tkinchi oshishi odatda Zarsio bilan davolash boshlanganidan keyin 1-2 kun o‘tgach kuzatiladi. Shunga qaramasdan, turg‘un terapevtik samaraga erishish uchun Zarsio bilan davolashni neytrofillar soni kutilayotgan nadirdan oshib, normal qiymatlarga yetmagunicha davom ettirish kerak. Zarsio bilan davolashni neytrofillarning soni nadirdan o‘tmagunicha muddatidan oldin bekor qilish tavsiya etilmaydi.

Yuborish usuli: Zarsio teri ostiga in‘eksiyalar ko‘rinishida sutkada 1 marta yoki oldindan 5% li glyukoza eritmasida suyultirib sutkada 1 marta 30 minut davomidagi vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Bir martalik doza vena ichiga yuborilganida Zarsioning samarasini davomiyligi qisqarishi mumkin. Bu ma‘lumotlarning klinik ahamiyati Zarsioning ko‘p martalik dozalarini qo‘llashga nisbatan aniqlanmagan. Yuborish usulini tanlash konkret klinik vaziyatning xususiyatlariga bog‘liq va har bir pasient uchun shaxsiy ravishda belgilanadi. Randomizasiya qilingan tadqiqotlar vaqtida sutkada 23 mln. TB/kg (sutkada 230 mkg/m2) (sutkada 4,0-8,4 mkg/kg)  dozada teri ostiga in‘eksiyalar qo‘llangan.

Keyingi suyak ko‘migini transplantasiyasi bilan mieloblastiv davolanayotgan pasientlar: Zarsioning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 1 mln. TB/kg ni (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. Zarsioning birinchi dozasini sitotoksik ximioterapiya yuborilganidan keyin kamida 24 soat o‘tgach, va suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin 24 soatdan kech bo‘lmasdan yuborish kerak.

Dozaga tuzatish kiritish: neytrofillirning soni maksimal pasayganidan keyin (nadir) Zarsioning sutkalik dozasiga neytrofillarning sonini o‘zgarishiga qarab quyidagi tarzda tuzatish kiritish kerak:

Neytrofillarning mutloq soni (NMS) Zarsioning dozasiga tuzatish kiritish
Ketma-ket 3 kun davomida NMS >1x109/l Dozani sutkada 0,5 mln. TB/kg gacha (sutkada 5 mkg/kg) pasaytirish
So‘ngra agar keyingi ketma-ket 3 kun davomida NMS >1x109/l bo‘lsa Zarsio bekor qilinadi
Agar davolash vaqtida NMS <1x109/l gacha pasaysa, Zarsioning dozasi yana yuqorida keltirilgan sxemaga muvofiq oshiriladi

Qo‘llash usuli: Zarsio 30 minut davomidagi qisqa vena ichiga infuziya yoki 24 soat davomidagi davomli teri ostiga yoki vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Zarsioni 20 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultirish kerak.

Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) ishlab chiqarilishini jalb etish

Keyingi QPO‘X ni autologik transplantasiyasi bilan mielosupressiv yoki mieloblastiv davolanayotgan pasientlar

QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun monoterapiya sifatida Zarsio qo‘llanganida tavsiya etiladigan doza ketma-ket 5-7 kunlar davomida sutkada 1 mln. TB/kg (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. 5-nchi va 6-nchi kunlari 1-2 seans leykaferez o‘tkaziladi. Ayrim hollarda qo‘shimcha 1 seans leykaferez o‘tkaziladi. Leykafarez yakunlangunicha Zarsioning dozasini o‘zgartirish mumkin emas.

Mielosupressiv ximioterapiyadan keyin QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) har kuni, ximioterapiya kursi yakunlanganidan keyingi birinchi kundan boshlab, to neytrofillarning soni kutilgan nadirdan o‘tmagunicha va normaga yetmagunicha. Leykaferezni NMS <0,5 x 109/l dan > 5 x 109/l gacha oshgunicha davr davomida o‘tkazish kerak.  Jadal ximioterapiya olmayotgan pasientlarda 1 seans leykaferez o‘tkaziladi. Alohida hollarda leykaferezning qo‘shimcha seanslarini o‘tkazish tavsiya etiladi.

QPO‘X ni allogen transplantasiyasi oldidan sog‘lom donorlar

Sog‘lom donorlarda QPO‘X ni allogen transplantasiyasi oldidan QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi teri ostiga ketma-ket 4-5 kun davomida sutkada 1 mln. TB/kg ni (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. Leykaferez 5-nchi kundan boshlab o‘tkaziladi va zarurati bo‘lganida resipientning tana vazniga 4x106 CD34+ xujayra/kg olish maqsadida 6-nchi kungacha davom ettiriladi.

Yuborish usuli: Keyingi QPO‘X ni allogen transplantasiyasi bilan mielosupressiv yoki mieloablativ davolash o‘tkazilayotgan pasientlarda QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi shuningdek 24 soat davomidagi davomli teri ostiga infuziya yoki ketma-ket 5-7 kun davomida bir har kunlik teri ostiga in‘eksiya ko‘rinishida xam yuborilishi mumkin.

Zarsio 20 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultiriladi.

Og‘ir surunkali neytropeniya (OSN)

Yuborish usuli: Zarsio teri ostiga in‘eksiyalar ko‘rinishida yuboriladi.

Tug‘ma neytropeniya

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 1,2 mln. TB/kg (sutkada 12 mkg/kg) bir marta yoki bo‘lingan dozalarda.

Ideopatik va periodik neytropeniya

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) bir marta yoki bo‘lingan dozalarda.

Zarsio dozasini tanlash

Zarsio har kuni neytrofillar miqdorini ko‘rsatgichi 1,5 x 109/l ga yetgunicha va turg‘un oshgunicha har kuni yuboriladi. Terapevtik samaraga erishilgandan keyin bu darajani tutib turish uchun minimal samarali doza aniqlanadi. Neytrofillarning kerakli miqdorini tutib turish uchun Zarsioni har kuni davomli yuborish talab etiladi.

Davolashni 1-2 haftasidan keyin davolashning samaradorligiga qarab dozani ikki marta oshirish yoki yarmiga kamaytirish mumkin. Keyinchalik har 1-2 haftada neytrofillaring o‘rtacha miqdorini 1,5 x 109/l dan 10 x 109/l gacha doirasida tutib turish uchun dozaga shaxsiy ravishda tuzatish kiritish o‘tkaziladi. Og‘ir infeksiyalari bo‘lgan pasientlarda doza tezroq oshiriladigan sxemani qo‘llash mumkin. Davolashga ijobiy javob bergan 97% pasientlarda, to‘liq terapevtik samara sutkada 24 mkg/kg gacha dozalar buyurilganida kuzatiladi. OSN bo‘lgan pasientlarda sutkada tana vazniga 2,4 mln. TB/kg dan (sutkada
24 mkg/kg) ko‘proq dozalarda buyurilganida Zarsioning uzoq muddatli xavfsizligi aniqlanmagan.

OITV-infeksiyasi

Yuborish usuli: Zarsio teri ostiga in‘eksiyalar ko‘rinishida yuboriladi.

Neytrofillarning sonini tiklanishi

Zarsioning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi, neytrofillar soni normallashgunicha (NMS > 2 x 109/l) dozani maksimal sutkada 0,4 mln. TB/kg gacha (sutkada 4 mkg/kg) oshirish bilan sutkada 0,1 mln. TB/kg ni (sutkada 1 mkg/kg) tashkil qiladi. Neytrofillar sonini normallashishi odatda 2 kun o‘tgach yuz beradi.

Kam hollarda (<10% pasientlarda) neytrofillar sonini tiklanishi uchun Zarsioning dozasi sutkada 1 mln. TB/kg gacha (sutkada 10 mkg/kg) oshirilishi mumkin.

Neytrfillarning normal sonini tutib turish

Reversiv neytropeniyaga erishilgandan keyin, neytrofillarning normal sonini tutib turish uchun minimal samarali doza aniqlanishi kerak. Dozalashni sutkada 30 mln. TB/kg dan (sutkada 300 mkg/kg) navbatlash uchun dozaga boshlang‘ich tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Keyin dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin, u neytrofillar miqdorini > 2x109/l da tutib turish uchun, pasientning NMS bo‘yicha aniqlanadi. Klinik tadqiqotlarda, haftaning 1-7 kunlarida sutkada 30 mln.TB/kg (sutkada 300 mkg/kg) dozalash NMS >2x109/l tutib turish uchun talab etilgan, doza haftada 3 kun o‘rtacha tez-tezlikda yuboriladi.

Davomli yuborish NMS > 2x109/l da tutib turishni talab qilishi mumkin.

 

Alohida guruh pasientlar

Buyraklar/jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki ularning farmakokinetik va farmakodinamik ko‘rsatgichlari sog‘lom ko‘ngilliklardagilar bilan o‘xshash.

OTN va xavfli o‘smalari bo‘lgan bolalar

OTN sinovida o‘rganilgan 65% pasientlar 18 yoshgacha bo‘lganlar. Bu yosh guruhi uchun davolashning samaradorligi aniq bo‘lgan, guruh tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarni o‘z ichiga olgan. OTN dan davolangan bolalardagi xavfsizlik profillarida farqlar kuzatilmagan.

Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi sitotoksik ximioterapiyani olayotgan kattalarda ham bolalarda ham bir xil ekanligini ko‘rsatadi.

Bolalar uchun dozalash bo‘yicha tavsiyalar mielosupressiv ximioterapiyani olayotgan kattalardagi kabidir.

Keksa pasientlar

Klinik tadqiqotlardagi keksa yoshdagi pasientlarning soni cheklanganligi tufayli, keksa pasientlarda Zarsioni qo‘llash buyicha alohida tavsiyalar yo‘q. Bu guruh pasientlarida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Yuborishgacha suyultirish

Zarsioni 5% li (50 mg/ml) glyukoza eritmasida suyultirish kerak.

Suyultirish bevosita yuborish oldidan o‘tkaziladi, lekin 0,2 mln. TB/kg (2 mkg/kg) dan kam oxirgi konsentrasiyagacha suyultirish tavsiya etilmaydi.

1,5 mln.TB/kg  kam konsentrasiyaga suyultirishda 2 mg/ml konsentrasiyaga erishilguncha  odam zardob albuminini qo‘shimcha qo‘shish kerak. Masalan: 20 ml eritma hajm i va 30 mln. TB/kg dan (300 mkg) kam Zarsioning umumiy dozasiga erishish uchun qo‘shimcha 0,2 ml 20% li odam zardobi albuminini (200 mg/ml, Yevropa Farmakopeyasi) qo‘shish kerak.

Zarsio 5% li (50 mg/ml) glyukoza eritmasida suyultirilganida shisha va turli platmassalar bilan, shu jumladan polivinilxlorid, poliolefin (polipropilen va polietilenning sopolimeri) va polipropilen, mutanosib.

Zarsioni natriy xloridi erimasi va,  5% li glyukoza eritmasidan tashqari, boshqa dori vositalari bilan suyultirish mumkin emas.

Ignani oldindan ximoyalovchisi bilan oldindan to‘ldirilgan shprisni ishlatish

Ignani oldindan himoyalovchisi in‘eksiyadan keyin, igna bilan shikastlanishni oldini olish uchun, ignani o‘rab oladi. Bu shprisni normal ishlashiga ta‘sir qilmaydi. Xamma doza yuborilmaguncha va porshenni keyinga surish mumkin bo‘lmagunicha porshenga sekin va birtekis bosing. Porshenga bosimni saqlab, pasientdan shprisni oling. Porshen bo‘shashganida, ignani oldindan ximoya qiluvchisi ignani yopadi.

Har bir shpris faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan va ochilganidan keyin darhol ishlatilishi kerak. Agar eritma darhol ishlatilmagan xolda, foydalanuvchi saqlash davomiyligi va sharoitiga javobgar bo‘ladi.

Saqlash va ambulator qo‘llash davrida pasient Zarsioni sovutgichdan chiqarib olishi va xona xaroratida (25oS dan yuqori bo‘lmagan) 72 soatgacha saqlashi mumkin. 72 soat o‘tgach Zarsioni qo‘llash yoki sovutgichda saqlash mumkin emas, uni utilizasiya qilish kerak.

Utilizasiya va boshqacha ishlov berishdaga ehtiyotkorlikning alohida choralari

Zarsio va/yoki uning chiqindilari maxalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak.

Ishlatish oldidan eritmani vizual tekshirish kerak. Faqat yot zarrachalari bo‘lmagan tiniq eritmalar ishlatilishi kerak. Manfiy xaroratlarning tasodifiy ta‘siri Zarsioning turg‘unligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Zarsio konservantlar saqlamaydi. Mikrobli kontaminasiyaning mumkin bo‘lgan xavfi tufayli, Zarsio shprislari faqat bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizlik profilini xulosasi

Onkologik bemorlardagi klinik tadqiqotlar vaqtida eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari orasida, 10% pasientlarda kuchsiz va o‘rtacha va 3% kuchli mushak-skelet og‘rig‘i qayd etilgan.

Shuningdek “transplantat xo‘jayinga qarshi” (GvHD) reaksiya qayd etilgan.

Sog‘lom donorlarda QPO‘X eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari orasida mushak-skelet og‘rig‘i qayd etilgan. Zarsio qo‘llanganidan keyin donorlarda leykositoz va trombositopeniya, shuningdek leykaferez aniqlangan. Shuningdek  splenomegaliya va taloqning spontan yorilish hollari ham qayd etilgan. Taloqning spontan yorilishini bir necha hollari o‘lim bilan yakunlangan.

OTN bo‘lgan pasientlar orasida, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlardan suyak og‘rig‘i, umumiy mushak-skelet og‘rig‘i va splenomegaliya aniqlangan. Mielodisplastik sindromlar (MDS) yoki leykoz tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan, Zarsio qabul qilgan pasientlarda rivojlangan.

Kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligi sindromi rivojlanishi haqida ko‘p bo‘lmagan xabarlar tushgan, sitotoksik ximioterapiyani olgan, xavfli o‘smalari bo‘lgan pasientlarda talab etilgan davolash kech buyurilganida (≥1/1000 dan <1/100 gacha), shuningdek rchG-KSF yuborilganidan keyin periferik qondagi o‘tmishdosh-xujayralarning ishlab chiqarilishini jalb etishini o‘tayotgan sog‘lom donorlarda ham, u hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

OITV infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda klinik tadqiqotlar vaqtida, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari orasida, mushak-skelet og‘rig‘i, suyak og‘rig‘i va mushaklarda og‘riq aniqlangan.

Quyidagi ma‘lumotlar klinik tadqiqotlar vaqtida va spontan xabarlar yo‘li bilan qayd etilgan nojo‘ya ta‘sirlarni ta‘riflaydi. Har bir guruhda nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi jiddiyligining pasayishi tartibida berilgan. Ma‘lumotlar bu guruh pasientlaridagi nojo‘ya ta‘sirlarning turli profilini aks ettirib, xavfli o‘smalari bo‘lgan pasientlar, QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etilishidagi sog‘lom donorlarda, OITV va OTN bo‘lgan pasientlar uchun alohida berilgan.

Onkologik pasientlar

Juda tez-tez (>1/10)

  • qonda siydik kislotasining miqdorini oshishi, qon laktatida degidrogenaza miqdorini oshishi, ishtahani pasayishia
  • bosh og‘rig‘ia
  • og‘iz-xalqumda og‘riqa, yo‘tala, dispioe
  • diareyaa
  • qusisha, qabziyata, ko‘ngil aynishia
  • gamma-glyutamiltransferazani oshishi, qonda ishqoriy fosfataza darajasini oshishi
  • toshma3
  • alopesiya
  • mushak-skelet og‘rig‘ia
  • asteniya, charchoqlika
  • shilliq qavatni yallig‘lanishia

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

  • dori vositasiga yuqori sezuvchanlika
  • gipotenziya
  • qon tupurisha
  • dizuriya
  • ko‘krakda og‘riqa

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)

  • taloqni yorilishia
  • splenomegaliyaa,e
  • o‘roqsimon xujayralar krizisi3
  • “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasib
  • soxta podagra3
  • venooklyuzion kasalligid
  • suyuqlik almashinuvini buzilishi
  • kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi sindromia
  • o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromia
  • nafasni buzilishia
  • o‘pkalarning shishia
  • o‘pkalarning interstisial kasalligia
  • o‘pkalarning infiltrasiyasia
  • o‘pkadan qon ketishia
  • Svit sindromi
  • teri vaskulitia
  • revmatoid artritni zo‘rayishi
  • siydik chiqarilishini buzilishi
  • og‘riqa

aQuyiga qarang

bSuyak ko‘migini allogen transplantasiyasidan keyin pasientlarda GvHD va o‘lim hollari haqida hisobotlar tushgan (s bo‘limga qarang)

sSuyak og‘rig‘i, belda, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, mushak-skelet og‘rig‘i, ko‘krakda skelet-mushak og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i

Bu dHolatlar suyak ko‘migining transplantasiyasini yoki periferik qonning o‘tmishdosh-xujayralarining ishlab chiqarilishini jalb etishini o‘tkazgan pasientlardagi post-marketing tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan.

Bu eHolatlar klinik sinovlar sharoitlarida kuzatilgan.

Sog‘lom donorlarda QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etilishidagi klinik tadqiqotlar vaqtidagi nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez (>1/10)

  • trombositopeniyaa
  • leykositoza
  • bosh og‘rig‘i
  • mushak-skelet og‘rig‘i*

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

  • splenomegaliyaa
  • qonda laktatdegidrogenaza miqdorini oshishi
  • dispnoe
  • qonda ishqoriy fosfatazani oshishi

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/10 gacha)

  • taloqni yorilishia
  • anafilaktik reaksiya
  • giperurikemiya (qonda siydik kislotasining miqdorini oshishi)
  • kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi sindromia
  • o‘pkadan qon ketishi
  • qon tupurish
  • o‘pkalarni infiltrasiyasi
  • gipoksiya
  • aspartataminotransferazani oshishi
  • revmatoid artritni zo‘rayishi

 

aQuyiga qarang

*Suyak og‘rig‘i, belda, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, mushak-skelet og‘rig‘i, ko‘krakda skelet-mushak og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i

OTN bo‘lgan pasientlardagi klinik tadqiqotlar vaqtidagi nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez (≥1/10)

  • splenomegaliyaa
  • anemiya
  • giperurikemiya
  • qonda glyukoza darajasini pasayishi
  • qonda laktatdegidrogenaza miqdorini oshishi
  • bosh og‘rig‘i
  • burundan qon ketishi
  • diareya
  • gepatomegaliya
  • qonda ishqoriy fosfatazani oshishi
  • toshma
  • mushak-skelet og‘rig‘i*
  • bo‘g‘imlarda og‘riq

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

  • taloqni yorilishia
  • trombositopeniyaa
  • terili vaskulit
  • sochni to‘kilishi
  • osteoporoz
  • gematuriya
  • in‘eksiya joyida reaksiya
  • splenomegaliyaa

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)

  • proteinuriya

OITV bo‘lgan pasientlardagi klinik tadqiqotlardagi nojo‘ya reaksiyalar

Juda tez-tez (>1/10)

  • mushak-skelet og‘rig‘i*

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

  • splenomegaliyaa

aQuyiga qarang

*Suyak og‘rig‘i, belda, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, mushak-skelet og‘rig‘i, ko‘krakda skelet-mushak og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i

Alohida nojo‘ya ta‘sirlarining ta‘rifi

Suyak ko‘migini allogen transplantasiyasidan keyin rchG-KSF qabul qilgan pasientlarda “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasi va o‘lim hollari haqida hisobotlar tushgan.

rchG-KSF ishlatilgan post-marketing davrda kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligi sindromi hollari qayd etilgan. Ular, odatda, bir necha ximioterapevtik vositalarni qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan og‘ir xavfli o‘smalari va sepsisi bo‘lgan pasientlarda paydo bo‘lgan.

Onkologik pasientlar

Randomizasiya qilingan plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlar vaqtida, Zarsio ishlatilganida sitotoksik ximioterapiya bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaksiyalar tez-tezligini oshishi aniqlanmagan. Shu klinik tadqiqotlar vaqtida, Zarsio/ximioterapiya va plasebo/ximioterapiya olgan pasientlarda nojo‘ya ta‘sirlar bir xil tez-tezlikda paydo bo‘lgan, va ko‘ngil aynishi va qusish, alopesiya, diareya, charchoqlik, anoreksiya (ishtahani pasayishi), shilliq qavatini yallig‘lanishi, bosh og‘rig‘i, yo‘tal, toshma, ko‘krakda og‘riq, asteniya, og‘iz-xalqumda og‘riq va qabziyatni o‘z ichiga olgan.

Postmarketing davri vaqtida Zarsio qabul qilgan pasientlarda terili vaskulit qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma‘lumotlari asosida uchrash-tezligi, tez-tez emas sifatida baholanadi.

Postmarketing davrida Svit sindromi (o‘tkir febril dermatoz) hollari xabar berilgan. Klinik sinovlarning ma‘lumotlari asosida tez-tezligi, tez-tez emas sifatida baholanadi.

Klinik tadqiqotlar vaqtida va postmarketing davrida o‘pkalarga nojo‘ya ta‘siri qayd etilgan, o‘pkalarning interstisial kasalligi, shu jumladan o‘pkalarning shishi va o‘pkalarning infiltrasiyasi, ayrim hollarda nafasni buzilishi yoki o‘tkir respirator distress-sindromi (ARDS) bilan, ular o‘limga olib kelishi mumkin.

Zarsio buyurilganidan keyin splenomegaliya va taloqni yorilishini tez-tez bo‘lmagan hollari xabar berilgan. Taloqning yorilishini ayrim hollari o‘limga olib kelgan.

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, anafilaksiya, toshma, allergik toshma, angionevrotik allergik shish, qiyinlashgan nafas va past arterial bosim davolashni boshlang‘ich yoki keyingi bosqichida, klinik tadqiqotlar vaqtida va postmarketing davri vaqtida qayd etilgan. Umuman, xabarlar ko‘proq vena ichiga yuborilganidan keyin tushgan. Ayrim hollarda, Zarsioni qo‘llash sinama qayta tiklanganida simptomlar takrorlangan, buning asosida sabab-oqibat aloqasi haqida taxmin qilish mumkin. Agar jiddiy allergik reaksiya rivojlansa, Zarsioni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Pastmarketing davri vaqtida o‘roqsimon xujayralarning kasalliklari bo‘lgan pasientlarda o‘roqsimon xujayralarning krizisini alohida hollari qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma‘lumotlari asosida uchrash-tezligi, tez-tez emas sifatida baholanadi.

Onkologik bemorlarda Zarsio qo‘llanganidan keyin soxta podagra hollari qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma‘lumotlari asosida uchrash-tezligi,  tez-tez emas sifatida baholanadi.

QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etilgandagi sog‘lom donorlar

Sog‘lom donorlarda va rchG-KSF yuborilganidan keyin pasientlarda splenomegaliyaning tez-tez, biroq umuman simptomsiz hollari va taloqning tez-tez bo‘lmagan spontan yorilish hollari qayd etilgan.

O‘pka nojo‘ya ta‘sirlari (qon tufurish, o‘pkadan qon ketishi, o‘pkalarning infiltrasiyasi, qiyinlashgan nafas va gipoksiya) qayd etilgan. Artrit simptomlarining zo‘rayishini tez-tez bo‘lmagan hollari aniqlangan.

Leykositoz (leykositlar > 50x199/l) 41% pasientlarda qayd etilgan, vaqtinchalik trombositopeniya esa (trombositlar < 100x199/l) Zarsio leykaferez qo‘llanganidan keyin 35% donorlarda qayd etilgan.

OTN bo‘lgan pasientlarda

Nojo‘ya ta‘sirlari, shu jumladan splenomegaliyani aniqlangan, u ayrim hollarda trombositopeniyaga rivojlanishi mumkin.

Ehtimol Zarsio bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari va odatda OTN bo‘lgan pasientlarda paydo bo‘luvchi, in‘eksiya joyidagi reaksiya, bosh og‘rig‘i, gepatomegaliya, bo‘g‘imlarda og‘riq, alopesiya, osteoporoz va toshmani o‘z ichiga olgan.

Davomli qo‘llanganida OTN bo‘lgan pasientlarning 2% terili vaskulit qayd etilgan.

OITV bo‘lgan pasientlarda

Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan splenomegaliya, 3% pasientlarda aniqlangan. Xamma hollarda shifokor tashrifi vaqtida simptomlari yengil yoki o‘rtacha, klinik jihatdan esa xavfsiz bo‘lgan; pasientlarda gipersplenik sindrom bo‘lmagan, splenektomiya o‘tkazilmagan. OITV infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda tez-tez uchrashi va OITS bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarda turli darajada mavjudligi tufayli, bunda Zarsioni qo‘llash bilan aloqasi aniqlanmagan.

Bolalar

Bolalardagi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, sitotoksik ximioterapiyani olayotgan kattalar va bolalardagi Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi o‘xshashligini ko‘rsatadi, shuning uchun kattalar va bolalarda Zarsioning farmakokinetikasida farqlar yo‘q. Yakka nojo‘ya ta‘siri mushak-skelet og‘rig‘i hisoblanadi, kattalardagi bunday samaradan farq qilmaydi.

Bolalarni davolashda Zarsioni keyingi baxolash bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas.

Keksa pasientlar

Sitotoksik ximioterapiyani olayotgan 65 yoshdan oshgan pasientlar orasida yoshroq katta pasientlar (>18 yosh) bilan solishtirganda xavfsizligi yoki samaradorligida umumiy farqlar yo‘q.

Shuningdek klinik tadqiqotlar vaqtida, keksalar va yosh katta pasientlar orasida farqlar aniqlanmagan. Boshqa tasdiqlangan ko‘rsatmalarni davolashda keksalarda Zarsioni qo‘llashni baxolash uchun yetarli bo‘lmagan miqdorda ma‘lumotlar bor.

OTN bo‘lgan bolalar

Zarsio qabul qilayotgan, og‘ir surunkali neytropeniyasi bo‘lgan bolalarda suyak to‘qimasi zichligini pasayishi va osteoporoz hollari qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma‘lumotlari asosida uchrash-tezligi, tez-tez sifatida baxolanadi.

Gumon qilingan nojo‘ya ta‘sirlari haqida hisobotlar

Zarsio qayd etilganidan keyin gumon qilingan nojo‘ya ta‘sirlari haqida hisobotlar berish muximdir. Bu dori vositasining foyda/xavf ko‘rsatgichini monitoringini o‘tkazishni davom ettirish imkoniyatini beradi. Tibbiyot xodimlari hisobotni milliy tizimi orqali har qanday gumon qilingan nojo‘ya ta‘siri haqida xabar beradilar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • faol moddagi yoki har qanday boshqa yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik
  • yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri (birinchi 4 hafta)
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • mielodisplastik sindrom (MDS) va surunkali mieloleykoz
  • fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslikda (sorbitol saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mielosupressiv sitotoksik ximioterapevtik vositalarni yuborish kuni Zarsioni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Bo‘linayotgan mieloid xujayralarni mielosupressiv sitotoksik ximioterapiyaga sezuvchanligi tufayli, Zarsioni bu ximioterapevtik preparatlarni yuborishdan 24 soat oldingi yoki keyingi intervalda buyurish tavsiya etilmaydi. Zarsio va 5-ftorurasil bir vaqtda qo‘llanganida neytropeniya kuchayishi mumkin.

Klinik tadqiqotlarda o‘sishni boshqa gemopoetik omillari va sitokinlarning mumkin bo‘lgan o‘zaro ta‘siri xali o‘rganilmagan.

Litiy neytrofillarning ajralib chiqishini rag‘batlantirishini hisobga olib, Zarsioning ta‘siri kuchayishi mumkin. Bu o‘zaro ta‘sir tekshirilmagan, lekin uning noxush keyingi ta‘sirlari haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Maxsus ogohlantirishlar

Dozalashning belgilangan tartiblaridan tashqari sitotoksik ximioterapiyaning dozalarini oshirish uchun Zarsioni buyurish mumkin emas.

Og‘ir tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan, leykemiya rivojlangan yoki leykemiya rivojlanishini simptomlari bo‘lgan pasientlarga Zarsioni buyurish mumkin emas.

Sitotoksik ximioterapiya

Xujayralarni xavfli o‘sishi

rchG-KSF in vitro sharoitda mieloid xujayralarning o‘sishini rag‘batlantirishi mumkin. Mielodisplastik sindromi (MDS) va surunkali mieloleykozi bo‘lgan pasientlarda Zarsioni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun bu kasalliklarda uni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolashni boshlash oldidan surunkali mieloleykozni blast-transformasiyasi va o‘tkir mieloleykoz orasida differensial diagnozni sinchiklab o‘tkazish talab etiladi.

Ikkilamchi o‘tkir mielositar leykozi (O‘ML) bo‘lgan pasientlar uchun Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar cheklanganligi tufayli, Zarsioni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Normal sitogenetik profilili [t(8; 21), t(15; 17) inv(16)] 55 yoshligacha bo‘lgan O‘ML li pasientlarga birinchi marta buyurilgan Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Onkologik bemorlardagi ehtiyotkorlikning maxsus choralari

Zarsio qo‘llanganidan keyin splenomegaliya va taloqning yorilishini ko‘p bo‘lmagan hollari haqida xabar berilgan. Taloq yorilishini bir necha hollari o‘lim bilan yakunlangan. Zarsioni qabul qilayotgan pasientlar, qorinni chap yuqori qismida va/yoki yelka uchida og‘riq haqida xabar berganlarida, taloqni kattalashishi yoki taloqni yorilishiga tekshirishlari kerak.

Leykositoz

Zarsioni tana vazniga 0,3 mln. TB/kg (0,0003 mg/kg) dan ko‘proq sutkalik dozada qabul qilayotgan 5% dan kamroq pasientlarda qondagi leykositlarning miqdori 100x109/l ga yetadi yoki undan oshadi. Bunday og‘irlik darajasidagi leykositozni rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar haqida ma‘lumotlar yo‘q. Lekin og‘ir leykositoz bilan bog‘liq bo‘lgan xavf ehtimolini hisobga olib, Zarsio bilan davolanish vaqtida muntazam leykositlar sonini nazorat qilish kerak. Agar leykositlarning soni kutilgan nadirga erishganidan keyin 50x109/l dan oshsa, darxol Zarsioni qo‘llashni bekor qilish kerak. Agar Zarsio QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etish uchun qo‘llanayotgan bo‘lsa, uni bekor qilish yoki leykositlar soni > 70x109/l gacha oshganida dozani qisqartirish kerak.

O‘tkazilayotgan ximioterapiyada dozani oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xavf

Ximoterapevtik vositalarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan xavfli o‘smalari bo‘lgan pasientlarni davolashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki yuqori dozalarni qo‘llashni kasallikni yakuniga ahamiyatli qo‘shimcha samarasi tasdiqlanmagan, lekin yurak-qon tomir tizimiga, nafas a‘zolariga, nerv tizimiga va teriga yaqqolroq toksik ta‘sirining ehtimoli yuqori

Zarsio bilan davolash, mielosupressiv ximioterapiya bilan bog‘liq bo‘lgan trombositopeniya va anemiyani oldini olmaydi. Ximioterapevtik vositalarning yuqoriroq dozalari qo‘llangan xolda (masalan, buyurilgan sxemalarga muvofiq to‘liq dozalari), og‘ir trombositopeniya va anemiya xavfi oshadi. Qonning klinik tahlili ko‘rsatgichlarini: gematokrit va trombositlar sonini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Bir komponentli yoki majmuaviy ximioterapevtik vositalar qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, ular og‘ir trombositopeniya chaqirishi mukin.

QPO‘X filgrastim- ishlab chiqarilishini jalb etilganida, mielosupressiv yoki mieloblastiv ximioterapiya bilan bog‘liq bo‘lgan trombositopeniyaning og‘irlik darajasini va davomiyligini kamayishi aniqlangan.

Ehtiyotkorlikning boshqa choralari

Mieloid o‘tmishdosh-xujayralar miqdori ahamiyatli pasaygan pasientlarda Zarsioning samaradorligi o‘rganilmagan. Zarsio asosan, neytrofillarning o‘tmishdosh-xujayralariga ta‘sir qilish yo‘li bilan neytrofillar sonini oshiradi. Shuning uchun o‘tmishdosh-xujayralar soni past bo‘lgan pasientlarda (masalan, jadal nurli davolash yoki ximioterapiya natijasida, yoki suyak ko‘migini o‘sma xujayralari bilan infiltrasiyasi oqibatida) hosil bo‘layotgan neytrofillarning soni past bo‘lishi mumkin. Suyak ko‘migini allogen transplantasiyasidan keyin rchG-KSF olgan pasientlarda “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini rivojlanishi va o‘lim bilan yakunlanish haqida ma‘lumotlar bor.

 

 

Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) ishlab chiqarilishini jalb etish  

Bir pasientlar populyasiyasi chegaralarida ishlab chiqarilishini jalb etishni tavsiya etilgan ikki usullarini (faqat Zarsio yoki mielosupressiv ximioterapiya bilan birga) solishtirish maqsadida prospektiv randomizasiya qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Alohida pasientlar va CD34 xujayralarni laborator tahlili orasida farqlar darajasini turli tekshirishlar orasida bevosita qiyoslashni o‘tkazish qiyin. Shuning uchun ma‘lum usulni tavsiya etish qiyin. Ishlab chiqarilishini jalb etish usulini alohida pasientni davolashni umumiy maqsadini hisobi bilan tanlash kerak.

Sitostatik vositalar bilan oldingi davolash

Ilgari jadal mielosupressiv davolash o‘tkazilgan pasientlarda, QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsio dori vositasini qo‘llash fonida, tavsiya etilgan minimal darajagacha yetarli (>2x109/l CD34 – xujayra/kg) yoki trombositlarning tiklanish tezligini oshishi uchun QPO‘X sonini oshishi yuz bermasligi mumkin.

Ayrim sitotoksik vositalar gemopoezning o‘tmishdosh-xujayralariga nisbatan alohida toksiklikka ega va ularning ishlab chiqarilishini jalb etilishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishlari mumkin. Melfalan, karboplatin yoki karmustin kabi sitotoksik vositalarni davomli qo‘llash, natijalarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Lekin melfalan, karboplatin yoki karmustinni Zarsio bilan bir vaqtda qo‘llash QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etishda samarador.  Agar QPO‘X ni transplantasiya qilish roejalashtirilayotgan bo‘lsa, pasientni davolashni erta bosqichida o‘zak xujayralarning ishlab chiqarilishini jalb etishni o‘tkazish tavsiya etiladi. Ximoterapevtik vositalarning yuqori dozalarini qo‘llashgacha bunday pasientlarda faollangan o‘tmishdosh-xujayralarning soniga alohida e‘tibor berish kerak. Agar ishlab chiqarilishini jalb etishning natijalari yuqorida keltirilgan mezonlarga muvofiq yetarli bo‘lmasa, o‘tmishdosh-xujayralarni ishlatishni talab qiluvchi davolashning muqobil usullarini qo‘llashni ko‘rish kerak.

Qonning periferik o‘zak xujayralari miqdorini baxolash

Zarsioni qo‘llash fonida pasientlarda ishlab chiqarilishini jalb etilgan QPO‘X sonini baxolashda, miqdoriy aniqlash usuliga alohida e‘tibor berish kerak. CD34+ xujayralar miqdori bo‘yicha oqimli-sitometrik tahlil natijalari, tanlangan usulga qarab farqlanadi, va shuning uchun turli laboratoriyalarda tekshirishlar o‘tkazishda olingan natijalarni ehtiyotkorlik bilan interpretasiya qilish kerak.

Statistik tahlil, ximioterapevtik vositalarning yuqori dozalari qo‘llanganidan keyin, reinfuziyaga kiritilgan soni va trombositlar sonini tiklanish tezligi orasida murakkab, lekin turg‘un o‘zaro ta‘sir mavjudligini ko‘rsatadi. CD34+ xujayra/kg ning minimal miqdori >2x109/l gematologik ko‘rsatgichlarni yetarli tiklanishiga olib keladi va chop etilgan ma‘lumotlar asosida tavsiya etilgan. Ko‘rsatilgan qiymatdan ortiq CD34+ xujayralarning miqdori tezroq normallashish bilan birga kechadi, agar xujayralarning miqdori bu darajaga yetmasa, qon ko‘rsatgichlarining tiklanishi sekinroq yuz beradi.

QPO‘X gi allogen transplantasiyasini o‘tkazish oldidan sog‘lom donorlar

QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish sog‘lom donorlar uchun bevosita klinik natijaga ega emas va faqat o‘zak xujayralarni allogen transplantasiyasi maqsadida o‘tkazilishi mumkin.

QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish gematologik ko‘rsatgichlarga va infeksion kasalliklarning mavjudligiga alohida e‘tibor bilan, faqat o‘zak xujayralarni donorligi bo‘yicha standart klinik va laboratoriya mezonlariga muvofiq keluvchi donorlarga buyurilishi mumkin.

Zarsioni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi 16 yoshgacha bo‘lgan va 60 yoshdan oshgan sog‘lom donorlarda o‘rganilmagan.

Zarsioni buyurish va leykoferez o‘tkazishdan keyin o‘tkinchi trombositopeniya (trombositlarning miqdori <100x109/l) 35% donorlarda kuzatiladi. Ular orasida leykaferez o‘tkazilganidan keyin trombositlar miqdori <50x109/l bo‘lgan trombositopeniyaning 2 holati aniqlangan. Agar leykaferezning birdan ortiq seansini o‘tkazish talab qilinsa, ayniqsa trombositlar miqdori <100x109/l dan kam bo‘lgan donorlarning  holatini sinchiklab nazorat qilish kerak; odatda, neytrofillar miqdori 75x109/l gacha bo‘lganida aferez tavsiya etilmaydi. Antikoagulyantlarni qabul qilayotgan yoki gemostazning buzilishlari bo‘lgan donorlarda leykaferez o‘tkazish mumkin emas.

Agar leykositlarning miqdori >70x109/l dan oshsa Zarsioni bekor qilish yoki qo‘llanayotgan dozani pasaytirish kerak.

QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun rchG-KSF qabul qilayotgan donorlarda, qonning klinik tahlilining xamma ko‘rsatgichlarini, ular normallashgunicha muntazam nazorat qilish kerak

rchG-KSF qo‘llagan sog‘lom donorlarda, o‘tkinchi sitogenetik o‘zgarishlarning hollari aniqlangan. Bu ko‘rinishlarning ahamiyati noma‘lum.

Shunga qaramasdan, donorlarda xavfli mieloid klonning rivojlanish xavfini istisno qilish mumkin emas. Aferez muolajasini o‘tkazuvchi Tibbiy markazlarga, uzoq muddatli davr davomida Zarsio qo‘llashni xavfsizligini monitoringi maqsadida, donorlar o‘zak xujayralarining holatini kamida 10 yil davomida muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.

Splenomegaliyaning tez-tez, asosan, simptomsiz hollari, shuningdek  rchG-KSF qabul qilgan sog‘lom donorlar va pasientlarda taloqni yorilishini juda kam hollari haqida xam ma‘lumotlar bor. Taloqning yorilishini ayrim hollari o‘lim bilan birga kechgan. Shuning munosabati bilan taloqning o‘lchamlarini sinchiklab nazorat qilish kerak (klinik ko‘rikda va UZI usuli bilan). Qorin bo‘shlig‘ining yuqori chap qismida yoki yelkaning yuqori qismida og‘riqlar bo‘lgan donorlar va/yoki pasientlarda taloqning yorilish xavfini hisobga olish kerak.

Sog‘lom donorlarda nafas a‘zolariga noxush ta‘sirining (qon tufurish, o‘pkadan qon ketishi, o‘pkalarda infiltrativ o‘zgarishlar, xansirash va gipoksiya) juda kam hollari aniqlangan. Sanab o‘tilgan simptomlar borligiga gumon qilinganida Zarsioni keyingi qo‘llashni maqsadga muvofiqligini va muvofiq davolashni buyurish zaruratini ko‘rish kerak.

Zarsio bilan rag‘batlantirilgan ishlab chiqarilishini jalb etishda olingan QPO‘X allogen resipientlar

Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra, QPO‘X allogen transplantatni immunologik o‘zaro ta‘siri, suyak ko‘migini transplantasiyasi bilan solishtirganda o‘tkir va surunkali “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasining rivojlanishini yuqoriroq xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Og‘ir surunkali neytropeniya (OSN)

Qon xujayralarining soni

Trombositlar sonini, ayniqsa Zarsio bilan davolashni birinchi haftasi davomida jiddiy nazorat qilish kerak. Agar pasientda trombositopeniya aniqlangan bo‘lsa, va tormbositlar soni uzoq vaqt davomida 199 000/mm3 dan kamni tashkil qilsa, qisqa muddatga Zarsioni bekor qilish yoki uning dozasini kamaytirish masalasini ko‘rish kerak.

Sinchkov nazoratni talab qiluvchi, qon formulasining boshqa o‘zgarishlari ham bo‘lishi mumkin, shu jumladan anemiya va mieloid o‘tmishdosh-xujayralar miqdorini o‘tkinchi oshishi.

O‘tkir leykoz yoki mielodisplastik sindromni rivojlanishi

OSN o‘z vaqtida tashxisini amalga oshirish, va bu tashxisni aplastik anemiya, mielodisplaziya va mieloleykoz kabi qon yaratish tizimining boshqa o‘zgarishlaridan ajratish kerak. Davolashni boshlashgacha leykositar formula va trombositlar miqdorini aniqlash bilan umumiy klinik tahlil o‘tkazish, suyak ko‘migining morfologiyasi va kariotipni aniqlash kerak.

Klinik tadqiqotlar vaqtida Zarsio qabul qilgan OSN bo‘lgan pasientlarning kam qismida (taxminan 3%) MDS yoki leykoz kuzatilgan. Bu natijalar faqat tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni kuzatishda olingan. MDS va leykoz bu OSN ning eng ko‘p uchraydigan asoratlari, va ularni Zarsio bilan davolash bilan aloqasi aniqlanmagan. Sitogenetik ko‘rsatgichlari dastlab o‘zgarmagan taxminan 12% pasientlarda takroriy tekshirishda o‘zgarishlar, shu jumladan 2 juft xromosomada monosmiya aniqlangan. Agar OSN bo‘lgan pasientda sitogenetik o‘zgarishlar paydo bo‘lsa, Zarsio bilan davolashni davom ettirishdan xavf va foyda darajasi nisbatini sinchiklab baxolash kerak; MDS yoki leykoz rivojlangan xolda Zarsio qo‘llashni bekor qilish kerak. Hozirgi vaqtda OSN bo‘lgan pasientlarda Zarsioni davomli qo‘llash sitogenetik buzilishlar, MDS yoki leykoz rivojlanishini qo‘zg‘atishi noma‘lum. Suyak ko‘migini muntazam (taxminan har 12 oyda) morfologik va sitogenetik tekshirishlarini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Ehtiyotkorlikning boshqa choralari

Tranzitor neytropeniyaning virusli infeksiyalar kabi sabablarini istisno qilish kerak. Taloqni kattalashishi, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan samara bo‘lishi mumkin. Klinik tadqiqotlar vaqtida 31% pasientlarda palpasiya vaqtida splenomegaliya aniqlangan. Rentgenografiyada taloqning o‘lchamlarini kattalashishi Zarsioni qo‘llash boshlanganidan keyin tezda aniqlanadi va barqarorlashish tendensiyasiga ega. Zarsioning dozasini kamaytirish taloqning o‘lchamlarini kattalashishini sekinlashtirishi yoki to‘xtatishi aniqlangan; 3% pasientlarda splenektomiyaning zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Klinik ko‘rikda taloqning o‘lchamlarini muntazam nazorat qilish kerak.

Pasientlarning katta bo‘lmagan sonida gematuriya/proteinuriya kuzatilgan. Bu ko‘rinishlarni istisno qilish uchun muntazam siydikning umumiy tahlilini nazorat qilish kerak.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va autoimmun neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarda Zarsioni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

OITV infeksiyasi

Zarsio qo‘llanganidan keyin splenomegaliyaning tez-tez hollari haqida xabar berilgan.

Zarsio olayotgan va yuqori chap qorin bo‘shlig‘iv/yoki yelkadagi og‘riq haqida xabar bergan pasientlarni taloqni kattalashishi yoki taloqni yorilishiga tekshirish kerak.

Qon xujayralarining soni

Neytrofillarning mutloq sonini (NMS), ayniqsa Zarsio qo‘llashni birinsi haftasida, jiddiy nazorat qilish kerak. Ayrim pasientlarda Zarsioning boshlang‘ich dozasida NMS juda tez va ahamiyatli oshishi kuzatilishi mumkin. Preparatni qo‘llashni birinchi 2-3 kunlari davomida har kuni NMS o‘lchash tavsiya etiladi. Keyinchalik NMS birinchi 2 hafta davomida minimum haftada 2 marta va so‘ngra esa har haftada yoki tutib turuvchi davolashning xamma kursi davomida hafta oralatib tekshirish kerak. Zarsioni sutkada 30 mln.TB/kg (sutkada 0,300 mg) dozada qo‘llashda tanaffus qilinganida pasientda davolash vaqtida NMS ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilishi mumkin. Minimal NMS ni (nadirni) aniqlash maqsadida Zarsioni har bir qo‘llash oldidan qonning umumiy tahlilini nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Mielosupressiv dori vositalarining yuqori dozalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan xavf

Mielosupressiv dori vositalarini qo‘llash fonida trombositopeniya va anemiya rivojlanishini oldini olish uchun Zarsio qo‘llanmaydi. Yuqoriroq dozalar yoki Zarsio bilan davolash bilan birga bir necha mielosupressiv dori vositalari bir vaqtda  qo‘llangan xolda, trombositopeniya va anemiya rivojlanishini xavfi oshadi. Muntazam qonning keng tahlilini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Infeksiyalar yoki o‘sma oqibatida mielosupressiya rivojlanishi

Neytropeniya opportunistik infeksiyalarda suyak ko‘migining shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ular mikobakterial kompleks kabi qo‘zg‘atuvchilar yoki xavfli o‘smalar, masalan, limfoma bilan chaqiriladi. Suyak ko‘migining yallig‘lanish kelib chiqishga ega bo‘lgan infiltrativ shikaslanishi yoki xavfli o‘smasi aniqlanganida, neytropeniyani davolash uchun Zarsioni qo‘llash bilan bir vaqtda, tashxis qilingan kasalliklarni muvofiq davolashni buyurish kerak. Suyak ko‘migining infeksion genezli shikastlanishi yoki xavfli o‘smasi bilan bog‘liq bo‘lgan neytropeniyani davolashda Zarsioni qo‘llashning samaradorligi aniqlanmagan.

Ehtiyotkorlikning boshqa

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZARSIO inyeksiya uchun eritma 30 mln.ed/0,5 ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZARSIO inyeksiya uchun eritma 30 mln.ed/0,5 ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZARSIO inyeksiya uchun eritma 30 mln.ed/0,5 ml N1 dori vositasi Sandoz GmbH tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZARSIO inyeksiya uchun eritma 30 mln.ed/0,5 ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZARSIO inyeksiya uchun eritma 30 mln.ed/0,5 ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RELIGRAST inyeksiya uchun eritma 300 mkg/0,5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Филграстим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reliance Life Sciences Pvt Ltd- Plant 2. Dhirubhai Ambani Life Sciences Center, R-282 TTC area of MIDC, Thane- Belapur Road, Rabale Navi Mumbai, India, 400701
  • Vakil: Zandra-Tashkent MChJ
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
ZARSIO inyeksiya uchun eritma 48 mln.ed/0,5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Филграстим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz GmbH
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ZARSIO inyeksiya uchun eritma 48 mln.ed/0,5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Филграстим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9