Abaktalning aptekalardagi narxlari
ABAKTAL tabletkalari 400mg N10
|
|
15 ta dorixonada bor
|
80 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Abaktal ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ABAKTAL®
ABACTAL
Preparatning savdo nomi: Abaktal®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pefloksasin (pefloxacin)
Dori shakli: infuziyalar uchun eritma.
Tarkibi:
5 ml infuziyalar uchun eritma (1 ampula) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: pefloksasin mezilati shaklida (80 mg/ml) 400 mg pefloksasin;
yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, benzil spirti, dinatriy edetati, natriy gidrokarbonati (rN ni tartibga solish uchun), natriy metabisulfiti, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: sarg‘ish rangdan sariq ranggacha yoki yashilsimon rangdan yashil ranggacha bo‘lgan, deyarli ko‘rinmaydigan zarrachalarsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: xinolonlar guruhidan mikroblarga qarshi vositalar, pefloksasin.
ATX kodi: J01MA03.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Pefloksasin xinolonlar guruhidan bakteriyalarga qarshi sintetik vosita bo‘lib hisoblanadi. Uning bakteriyalarga qarshi ta‘siri mexanizmi dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) replikasiyasini so‘ndirishga asoslangan.
Pefloksasin DNK zanjirlarini parchalashga mas‘ul bo‘lgan topoizomeraza II ni (DNK-girazani) bostirish yo‘li bilan bakteriyalar DNK si replikasiyasini ingibisiya qiladi. DNK-giraza xromosomali va plazmasimon DNK ning kovalent yopiq xalqasimon molekulalari bakterial hujayra ichida joylashishi mumkin bo‘lgan tarzda manfiy o‘ta o‘ramlarning superspirallashishini katalizasiya qiladi. Pefloksasin boshqa xinolonlar kabi nafaqat DNK-giraza bilan, balki DNK va DNK-giraza tomonidan hosil qilingan kompleks bilan ham spesifik bog‘lanishi mumkinligi haqida taxmin bayon qilingan.
Xinolonlar shuningdek tuzilishi jihatidan DNK-giraza bilan o‘xshash bo‘lgan topoizomeraza IV ni ingibisiya qiladi. Biroq bu xinolonlarning bakteriyalarga qarshi ta‘siriga yordam berishi mumkinligi hamon noma‘lum bo‘lib qolmoqda.
Sezuvchanlik chegaralari
Mikroorganizmlar MPK90 qiymati ≤ 2 mkg/ml bo‘lganida pefloksasinga sezuvchan, agar MPK90 > 2, ammo ≤ 4 mkg/ml bo‘lganida o‘rtacha sezuvchan va MPK > 4,0 mkg/ml bo‘lganida rezistent hisoblanadi.
Bakteriyalar shtammlari orasida orttirilgan rezistentlikning tarqalganligi geografik xudud va vaqtga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin, shuning uchun bakteriyalarning barqarorligi to‘g‘risida, ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolashda, mahalliy ma‘lumotlarni olish maqsadga muvofiq. Zarurat bo‘lganida, agar kamida infeksiyalarning bir nechta turlarida rezistent shtammlarning mahalliy tarqalganligi shundayki, bunda preparatdan foydalanishdan keladigan foyda shubhali bo‘lsa, ekspert maslahatiga murojaat qilish lozim.
Odatda pefloksasinga sezgir mikroorganizmlar (MPK < 2 mkg/ml):
Escherichia coli, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Serratia spp., Proteus mirabilis, Rroteus ning indol-musbat turlari, Citrobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp., Haemophilus influenzae, Staphylococcus aureus, Neisseria spp.
O‘rtacha sezgir mikroorganizmlar (2 mkg/ml < MPK< 4 mkg/ml):
Streptococcus spp., Pneumococci, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp., Clostridium perfingens, Mycoplasma spp., Chlamydia trachomatis.
Tabiiy chidamli mikroorganizmlar (MPK > 4 mkg/ml):
Grammanfiy anaeroblar, Spirochetes, Mycobacterium tuberculosis.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilganida pefloksasin farmakokinetikasi ichga qabul qilgandagi kabi o‘xshash bo‘ladi.
Pefloksasinni sutkada bir yoki ikki marta 400 mg dozada sog‘lom ko‘ngillilarga ko‘p marta yuborilganida zardobda eng yuqori konsentrasiya infuziyadan keyin darhol
5,8 mkg/ml ni, eng kichik konsentrasiya esa infuziyadan keyin 12 soat o‘tgach 1,49 mkg/ml ni tashkil etgan. Uchinchi doza yuborilganidan keyin o‘rtacha eng yuqori va eng kichik konsentrasiyalar tegishincha 9,55 mkg/ml va 4,22 mkg/ml ni tashkil etgan.
Plazma oqsillari bilan 20–30% pefloksasin bog‘lanadi. 400 mg li bir martalik doza qabul qilinganidan keyin taqsimlanish hajmi 1,7 l/kg ni tashkil etadi.
Pefloksasin vena ichiga yuborilganidan keyin organizm to‘qimalari va suyuqliklarida tez taqsimlanadi.
Pefloksasin ikkita bosh metabolitlar: N-dimetil-pefloksasin va pefloksasin-N-oksidi hosil bo‘lgan holda jigar metabolizmiga uchraydi. Faqat ularning birinchisi bakteriyalarga qarshi faollikka ega.
Buyrak orqali o‘zgarmagan pefloksasin va uning ikki asosiy metabolitlari ko‘rinishida qabul qilingan dozaning 59% ajratiladi. Umuman olganda dozaning 60% siydik bilan va 40% ahlat bilan ajratiladi. Pefloksasin va uning metabolitlari 48 soat davomida ajratiladi. Safro bilan pefloksasin va uning metabolitlarini 20–30% ajratiladi. Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin ajratilish davri 10,5 soatni tashkil etadi. Ko‘p marta qabul qilinganida yarim chiqarilishsh davri 12,3 soatgacha oshadi.
Pasientlarning alohida guruhlarida farmakokinetikasi
Buyrak faoliyatini buzilishi zardobda pefloksasin konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi; preparatni yari chiqarilish davri yetishmovchilik darajasiga bog‘liq emas. Pefloksasin dializ yordamida kuchsiz ajratiladi.
Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda pefloksasinning plazmadan klirensi sezilarli ravishda pasayadi, va oqibatda, yarim chiqarilish davri ko‘payadi. Siydikda o‘zgarmagan pefloksasinning ko‘p miqdori aniqlanadi.
Buyrak va jigar faoliyati normal bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda zardobda eng yuqori konsentrasiyaning va plazma konsentrasiyasining vaqtga bog‘liqligi egri chizig‘ini kichik miqdordagi ko‘payishi, shuningdek pefloksasin klirensini pasayishi kuzatilgan.
Qo‘llanilishi
Pefloksasinga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksiyalarni:
- buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (jumladan prostatit);
- nafas yo‘llarining infeksiyalari (surunkali bronxitni zo‘rayishi, mukovissidozni zo‘rayishi, kasalxona ichidagi pnevmoniya);
- otorinolaringologik infeksiyalar (surunkali sinusit, xavfli tashqi otit);
- abdominal va gepatobiliar infeksiyalar;
- og‘ir bakterial me‘da-ichak infeksiyalari;
- salmonellalar tashuvchiligi;
- suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari (grammanfiy mikroorganizmlar chiqargan osteomielit);
- stafilokokklarga qarshi penisillinga rezistent bo‘lgan stafilokokklar chiqargan teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari;
- septisemiya va endokardit;
- meningit (agar kasallik qo‘zg‘atuvchisi faqat pefloksasinga sezuvchan bo‘lsa);
- gonoreya;
- jarrohlik operasiyalarini o‘tkazishdagi infeksiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.
Preparat monoterapiya sifatida ham, boshqa antibiotiklar bilan birgalikda ham infeksiyalarni davolashda samarali bo‘ladi. U shuningdek immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarda infeksiyalarni davolash va oldini olishda ham samarali bo‘ladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat stasionar davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sog‘liqni saqlash mutaxassislari tomonidan yuborilishi kerak.
Abaktal 400 mg dozada har 12 soatda asta-sekin vena ichiga yuboriladigan bir soatlik infuziya ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Bir ampula ichidagi modda (400 mg) 250 ml glyukozaning 5% li eritmasida eritiladi.
Abaktalni natriy xloridi eritmasi yoki xlor ionlarini saqlaydigan eritma bilan eritish mumkin emas.
Qonda samarali konsentrasiyalarga tezda erishish uchun davolashni 800 mg li kuchli dozadan boshlanadi.
Jarrohlik operasiyalarida infeksiyalarni oldini olish uchun operasiyadan bir soat oldin 400 mg dan 800 mg gacha pefloksasinni yuborish tavsiya etiladi. Eng yuqori sutkalik doza 1200 mg ni tashkil etadi.
Pasientlarning alohida guruhlari
Keksa yoshli pasientlar
Keksa yoshli pasientlarga dozani pasaytirish tavsiya etiladi. Davolashning birinchi kuni sutkada ikki marta 400 mg zarbdor dozani buyurish tavsiya etiladi, undan keyin sutkada ikki marta 200 mg dozaga o‘tiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Pefloksasin gemodializ vositasida ajratilmaydi, shuning uchun dializ muolajasi so‘ngida qo‘shimcha dozani yuborish talab qilinmaydi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparat tana vazniga 8 mg/kg dozada bir soat davomida vena ichiga tomchilatib quyidagicha yuboriladi:
- sutkada bir marta (sariq kasalligida),
- har 36 soatda (assitda),
- har 48 soatda (sariq kasalligida va assitda).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi toifalardan foydalanilgan: tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum tez-tezlikda (ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash imkoniyati yo‘q).
Preparatni qo‘llash vaqtida kuzatiladigan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyalar: uyqusizlik, me‘dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, eshakemi, artralgiya va mialgiya. Eng jiddiy nojo‘ya reaksiyalar: pansitopeniya, anafilaktik shok, tirishishlar, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, gravis miasteniyasini qo‘zg‘alishi, paylarni uzilishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: eozinofiliya.
Kam hollarda: trombositopeniya.
Tez-tezligi noma‘lum: anemiya, leykopeniya, pansitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: uyqusizlik.
Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Kam hollarda: gshallyusinasiyalar, jizzakilik.
Tez-tezligi noma‘lum: ongni chalkashishi, tirishishlar, dezorientasiya, bosh miya ichki bosimini oshishi (ayniqsa, yosh pasientlarda pefloksasin uzoq muddat qo‘llanganidan keyin uchraydi, ko‘p hollarda preparatni qabul qilish bekor qilinganidan va kerakli davolash o‘tkazilganidan keyin yaxshi yakunlanadi), miokloniya, tungi vahimali tushlar, paresteziya, sensorli yoki sensomotor periferik neyropatiya, miasteniyani qo‘zg‘alishi.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: me‘dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish.
Tez-tez emas: diareya.
Kam hollarda: soxta membranoz kolit.
Jigar va safro yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: transaminazalar, ishqoriy fosfataza darajasini oshishi, bilirubinemiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: eshakemi.
Tez-tez emas: yorug‘likka sezuvchanlik.
Kam hollarda: eritema, qichishish.
Tez-tezligi noma‘lum: tomir purpurasi, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Tez-tez: artralgiya, mialgiya.
Tez-tezligi noma‘lum: tendinit, paylarni uzilishi, bo‘g‘im bo‘shlig‘ida suv yig‘ilishi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Pefloksasinga, preparatning har qanday yordamchi moddasiga yoki boshqa xinolon preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
- Homiladorlik (shu jumladan mumkin bo‘lgan yoki taxmin qilingan homiladorlik).
- Emizish.
- O‘sish davridagi bolalar va o‘smirlar (og‘ir artropatiyani rivojlanish xavfi tufayli, bu ayniqsa yirik bo‘g‘imlarga taalluqli).
- Anamnezda xinolon preparatlari chaqirgan paylarni shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kortikosteroidlar
Tendinitni rivojlanish xavfi sababli pefloksasin va kortikosteroidlarni birga qo‘llashdan saqlanish lozim.
Teofillin
Pefloksasin va teofillinni birga qo‘llash qon zardobida teofillin konsentrasiyasini kichik miqdorda oshishini keltirib chiqarishi mumkin. Bu teofillinning nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanishiga olib kelishi, ular kamdan-kam hollarda hayot uchun xavf solishi yoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Ushbu preparatlarni kombinasiyalangan holda qo‘llanganida qon zardobida teofillin darajasini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida teofillin dozasini pasaytirish lozim.
Peroral antikoagulyantlar
Pefloksasin va varfarinni bir vaqtda qo‘llash varfarinning antikoagulyant ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Bakteriyalarga qarshi preparatlarni, shu jumladan ftorxinolonlarni qabul qilayotgan pasientlarda peroral antikoagulyantlar faolligini oshirishi to‘g‘risida ko‘pgina xabarlar mavjud. Pefloksasinni peroral antikoagulyantlar bilan birga qo‘llash vaqtida va ular qo‘llagandan keyingi qisqa vaqt ichida XMN (xalqaro me‘yorlashgan nisbat) ko‘rsatkichini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Nomutanosiblik
Abaktalni natriy xloridi eritmasi yoki xlor ionini saqlovchi eritma bilan eritish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparat dozasini muvofiq ravishda pasaytirish zarur.
Yorug‘likka sezuvchanlik
Abaktal yorug‘likka sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Davolash davrida va preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 4 sutka davomida quyosh nuri yoki ultrabinafsha nuri ta‘siridan saqlanish yoki quyoshdan himoya qiluvchi kiyimdan yoxud quyosh nuridan himoya qiluvchi (ultrabinafsha nuridan himoya qilish koeffisienti yuqori bo‘lgan) kremdan foydalanish zarur.
Skelet-mushak tizimi
Paylarni, xususan axillov payini uzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, keksa yoshdagi pasientlarda ko‘proq kuzatiladigan tendenit rivojlanishi mumkin. Bunday tendenit, gohida ikki tomonlama, davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida, shuningdek preparatni qabul qilish bekor qilinganidan keyin bir necha oy davomida yuzaga kelishi mumkin. Paylarni uzilishini rivojlanishiga kortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolash olib kelishi mumkin.
Tendinopatiyani rivojlanishi xavfini pasaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
- keksa yoshdagi pasientlarda preparat xavf-foyda nisbati sinchkovlik bilan baholanganidan keyin qo‘llaniladi; mazkur guruhdagi pasientlar uchun xavfni dozaning yarmidan foydalangan holda pasaytirish mumkin («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang);
- anamnezda tendiniti bo‘lgan pasientlarda, kortikosteroidlar bilan davolanayotgan yoki og‘ir jismoniy zo‘riqishlarga uchraydigan pasientlarga Abaktalni qo‘llashdan saqlanish lozim.
Paylarni uzilishi xavfi yotoq bemorda yana yura boshlagan hollarda oshadi. Abaktal bilan davolash boshlanganidan keyin axill payi sohasida, ayniqsa xavf guruhidagi pasientlarda, og‘riq yoki shish yuzaga kelishiga nisbatan alohida e‘tibor qaratish tavsiya etiladi. Ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida, hatto agar shikastlanish bir tomonlama bo‘lsa ham, Abaktalni qo‘llashni to‘xtatish, shikastlangan pay tinch holatda bo‘lishini ta‘minlash va mos keladigan bandajdan yoki immobilizasiya qiluvchi bog‘lamadan foydalanish zarur. Bunday hollarda mutaxassis maslahati zarur.
Gravis miasteniyali pasientlarda Abaktalni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang).
Nerv tizimi
Anamnezda tirishish kasalligi yoki tirishishlar rivojlanishi omillariga moyillik mavjud bo‘lgan pasientlarda Abaktalni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Ftorxinolon preparatlarini, shu jumladan pefloksasinni qabul qilayotgan pasientlarda tezda rivojlanishi mumkin bo‘lgan sensorli yoki sensomotor periferik neyropatiya yuzaga kelishi kuzatilgan.
Agar pasientda neyropatiya simptomlari yuzaga kelsa, qaytmaydigan buzilishlarni oldini olish maqsadida Abaktalni qo‘llash to‘xtatilishi kerak. Keksa yoshdagi pasientlarda, bosh miya perfuziyasi pasaygan, bosh miya tuzilmalarida o‘zgarishlar yoki insult bo‘lgan pasientlarda Abaktalni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Ovqat hazm qilish tizimi
Abaktal bilan davolash davomida yoki davolashdan keyin (hatto davolash tugaganidan keyin bir necha hafta davomida) yuzaga keladigan diareya, ayniqsa og‘ir, uzoq muddat davom etadigan va/yoki qon ketish bilan kechuvchi diareya Clostridium difficile (CDAD) tomonidan chaqiradigan kasallik simptomi bo‘lishi mumkin. CDAD yengil shaklda ham, og‘ir, hayotga xavf soladigan (soxta membranozli kolit) shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin. CDAD ga shubha qilinganida yoki u tasdiqlanganida Abaktalni qabul qilish darhol bekor qilinadi va zudlik bilan zarur bo‘lgan davolash buyuriladi. Ichak motorikasini qo‘zg‘atuvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.
Yurak tomonidan buzilishlar
Ftorxinolonlar sinfidagi ayrim boshqa preparatlar QT intervalini uzayishini chiqarishga qodir.
O‘ta yuqori sezuvchanlik
Abaktalni qo‘llashda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin bo‘lib, ular hayotga xavf soluvchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Bunday reaksiyalar yuzaga kelganida Abaktalni qabul qilish bekor qilinadi va zarur bo‘lgan davolash boshlanadi.
Qonda glyukoza miqdorini patologik o‘zgarishi
Abaktalni qo‘llashda qonda glyukoza miqdorini patologik o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Xinolon qatoridagi preparatlar qo‘llanilganida ko‘proq qandli diabet bo‘lgan va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik preparatlarni (masalan, glibenklamidni) yoki insulinni qabul qilayotgan pasientlarda gipoglikemiya haqida xabar berilgan, shu munosabat bilan qonda glyukoza darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Ftorxinolon preparatlari bilan davolangan, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemolitik reaksiyalar kuzatilgan. Pefloksasin qo‘llanganida gemoliz holatlari kuzatilmaganiga qaramay, ushbu pasientlarda ushbu antibiotikni qo‘llashdan saqlanish va imkoni boricha boshqa mos keladigan preparatlardan foydalanish lozim. Agar ushbu preparatni buyurish talab etiladigan bo‘lsa, gemolizning har qanday belgilari yuzaga kelishini diqqat bilan kuzatish lozim.
Barqarorligi
Abaktalni qo‘llash, ayniqsa uzoq muddat davomida qo‘llash mazkur preparatga nisbatan sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlar soni oshishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun preparat bilan davolash vaqtida pasient holatini doimo kuzatib borish muhim. Agar davolash vaqtida ikkilamchi infeksiya rivojlansa, tegishli choralar qabul qilinishi kerak.
Laboratoriya tahlillari natijalariga ta‘siri
Abaktalni qabul qilayotgan pasientlarda siydikda opiatlar miqdoriga o‘tkaziladigan testlar natijalari soxta musbat bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda yana ham maxsus bo‘lgan testlarni o‘tkazish talab etilishi mumkin.
Abaktal siydikda glyukoza miqdorini aniqlash testi natijalariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Ko‘rishni buzilishi
Agar ko‘rish faoliyati buzilsa yoki ko‘zlarga biror-bir ta‘sir kuzatilsa, zudlik bilan okulistga murojaat qilish zarur.
Preparat natriy metabisulfitini (Ye223) 0,5 mg/ml miqdorda saqlaydi. U kam hollarda yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalarini va bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin.
Preparat natriyni 1 mmol/doza miqdorida saqlaydi va shuning uchun natriyni tarkibida saqlamaydigan bo‘lib hisoblanadi.
Homiladorlik va emizish
Pefloksasinni homilador ayollarda qo‘llash to‘g‘risidagi ma‘lumotlar cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparatni reproduktiv tizimga nisbatan bevosita yoki bilvosita toksik ta‘siri aniqlanmagan.
Xinolon preparatlari bilan davolangan bolalarda bo‘g‘imlarni shikastlanishi hollari kuzatilgan, ammo ushbu preparatlarni homiladorlik davrida ta‘siri natijasida bolalarda bo‘g‘im kasalliklari haqidagi ma‘lumotlar olinmagan.
Ehtiyotkorlik chorasi sifatida Abaktalni homiladorlik davrida qo‘llashdan saqlanish afzalroq.
Pefloksasin sezilarli darajada ko‘krak sutiga (zardob konsentrasiyasidan 75%) o‘tadi. Bolada bo‘g‘imlar shikastlanishi potensial xavfi tufayli, Abaktal bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish zarur.
Bolalar
Abaktal 18 yosh bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Nevrologik ta‘sirlar rivojlanishi ehtimoli bor, shuning uchun bunday simptomlar paydo bo‘lganida transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat dozasi oshirib yuborilishining o‘tkir hollarida pasientni sinchkovlik bilan kuzatish va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish zarur. Gemodializ samara bermaydi.
Chiqarilish shakli
Rangsiz shishadan (I tip) tayyorlangan 5 ml li ampulalar, qutida 10 ampuladan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda yorug‘likdan himoya qilingan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Faqat resept bo‘yicha beriladi. Faqat stasionarda davolash uchun qo‘llaniladi.
Chiqarish shakllari